Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

24.8. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 

 sug‘urta qilish 

 

Xorijiy  amaliyot  shuni  ko‘rsatadiki,  majburiy  sug‘urtaning 



mavjudligi  sug‘urtaning  mamlakat  iqtisodiyotiga  kirib  borishida 

asosiy  omillardan  biridir.  Albatta,  sug‘urtaning  majburiy  turlarini 

tatbiq  etish  respublikada  sug‘urta  sohasi  rivojiga  ko‘p  jihatdan 

imkon  yaratadi.  Lekin,  majburiy  sug‘urta  tizimini  yaratishdan 

asosiy  maqsad  aholi  muhtoj  qatlamlarining  ijtimoiy  himoyasini 

ta’minlashdan  iboratdir.  Bugungi  kunda  majburiy  sug‘urta 

aholining  muhtoj  qatlamlari  uchun  ijtimoiy  himoyani  bozor 

iqtisodiyoti prinsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi. 

Sug‘urtaning  majburiy  turlari  ijtimoiy  himoyani  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  ta’minlashda  qanchalik  dolzarb  ekanligini 

hisobga  olgan  holda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2007-yil  10-apreldagi  “Sug‘urta  bozorini  isloh  qilish  va  yanada 

rivojlantirish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”  PQ-618-son 

qarori  bilan  “O‘zbekiston  Respublikasida  sug‘urta  bozorini  isloh 

qilish  va  rivojlantirishning  2007-2010-yillarga  mo‘ljallangan 

Dasturi”  tasdiqlangan  edi.  Bu  dastur  respublikada  sug‘urta 

sohasini  rivojlantirish  bilan  bir  qatorda  majburiy  sug‘urtaning 

ijtimoiy  yo‘naltirilgan  tizimini  yaratishni  ko‘zda  tutadi.  Bugungi 

kunda  mamlakatimizda  transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urtalash  muvaffaqiyatli  amal  qila 

boshladi. 

2009-yilning  17-aprelida  O‘zbekiston  Respublikasining  “Ish 

beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

to‘g‘risida”gi  Qonuni  qabul  qilindi

119

.  Ushbu  qonunni  qabul 



qilishdan  ko‘zda  tutilgan  asosiy  maqsad  mehnat  jarayonida 

                                                 

119

  “Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston  Respublikasining 



Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son. 

647 


har  bir  transport  vositasi  bo‘yicha  taqdim  etadi,  unga  quyidagi 

hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi: 

a)  transport  vositasini  boshqarishga  qo‘yilgan  sug‘urta 

qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti 

yoki  boshqa  shaxsini  tasdiqlovchi  guvohnomasi  (fotosurati  va 

ro‘yxatga  olinganlik  to‘g‘risidagi  oxirgi  yozuv  qayd  etilgan 

varaqlari); 

b) 


transport 

vositasining 

texnik 

pasporti 

(schyot-

ma’lumotnomasi)  yoki  uning  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazilganligi 

to‘g‘risidagi 

guvohnoma 

(transport 

vositasining 

oldi-sotdi 

(almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi); 

d)  transport  vositasini  boshqarishga  berilgan  ishonchnoma 

yoxud  ushbu  transport  vositasiga  egalik  huquqini  tasdiqlovchi 

boshqa  hujjat  —  agar  majburiy  sug‘urta  shartnomasi  transport 

vositasini 

boshqarishga 

faqat 


muayyan 

shaxslargina 

boshqarishga  qo‘yilishi  sharti  bilan  tuzilgan  bo‘lsa  (transport 

vositasini  boshqarishga  qo‘yilgan  barcha  shaxslar  uchun, 

transport vositasi egasidan tashqari); 

e)  transport  vositasini  boshqarishga  qo‘yilgan  barcha 

shaxslarning 

haydovchilik 

guvohnomasi 

yoki 


barcha 

haydovchilarning 

transport 

vositasini 

boshqarish 

huquqini 

tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga 

faqat  muayyan  shaxslar  qo‘yilishi  sharti  bilan  majburiy  sug‘urta 

shartnomasi tuzilgan taqdirda; 

f)  sug‘urta  qildiruvchi  —  jismoniy  shaxslarning  sug‘urta 

mukofoti  bo‘yicha  siylov  olish  huquqiga  ega  bo‘lgan  shaxslar 

toifasiga  tegishliligini  tasdiqlovchi  (guvohnoma,  ma’lumotnomalar 

va shu kabilar) hujjatlar (agar bo‘lsa). 

Sug‘urta  qildiruvchi  sug‘urtalovchiga  taqdim  etilayotgan 

ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar 

hisoblanadi.  

Sug‘urta  puli  majburiy  sug‘urta  shartnomasida  milliy 

valyutada  ko‘rsatiladi.  Majburiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha 

sug‘urta  mukofotining  miqdori  hukumat  qarori  bilan  tasdiqlangan 

sug‘urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.  

Hozirgi  paytda  transport  vositalari  egalarining  fuqarolik 

javobgarligini 

majburiy 

sug‘urta 

qilish 

bo‘yicha 

sug‘urta 

summasining  eng  yuqori  miqdori  12,0  mln.  so‘mga  teng  qilib 

belgilangan.  Uning  35  foizgacha  bo‘lgan  qismi  yo‘l-transport 



648 

hodisasi  sodir  bo‘lishi  natijasida  jabrlanuvchining  –  yuridik  yoki 

jismoniy  shaxsning  mulkiga  yetkazilgan zararni  qoplash  uchun 

sarflanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Sug‘urta 



summasining 

65 


foizgacha 

bo‘lgan 


qismi 

jabrlanuvchining  hayoti  va  sog‘ligiga  yetkazilgan zararni  qoplash 

uchun  to‘lanadi.  Buni  yuqorida  keltirilgan  chizmada  yaqqol 

ko‘rsatish mumkin. 

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  sug‘urta  mukofotini  hisoblashda 

tarif stavkasi quyidagilarni e’tiborga olgan holda o‘zgaradi: 

• transport vositasining turi; 

• transport  vositasining  yuridik  yoki  jismoniy  shaxsga  tegishli 

ekanligi; 

• transport  vositasi  harakatlanadigan  (ro‘yxatga  olingan) 

hudud; 


• oldingi davrlarda sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lganligi yoki 

bo‘lmaganligi; 

• haydovchining yoshi; 

• transport vositasidan mavsumiy foydalanish; 

• haydovchining staji. 

Masalan,  Toshkent  shahrida  davlat  ro‘yxatidan  o‘tgan  va 

shu  hududda  harakat  qiladigan  dvigatel  hajmi  1200  kub. 

santimetrgacha  bo‘lgan  jismoniy  shaxslarga  tegishli  yengil 

avtomashinalar  uchun  bazaviy  tarif  stavkasi  0,4  foizni  tashkil 

etadi.  Sug‘urta  summasining  eng  yuqori  miqdori  12,0  mln.  so‘m 

 

 

Sug‘urta summasi 



Jabrlanuvchining mulkiga zarar 

yetkazilganda to‘lanadigan 

summaning eng yuqori miqdori –

sug‘urta summasining 35,0gacha 

miqdorga teng 

Jabrlanuvchining hayoti va 

sog‘ligiga zarar yetkazilganda 

to‘lanadigan summaning eng 

yuqori miqdori – sug‘urta 

summasining 65,0gacha miqdorga 

teng 

 

649 



etib belgilangan.  Demak, bazaviy stavka 48,0 ming so‘mga teng. 

Mashina  Toshkent  shahrida  harakat  qilganligi  uchun  unga  1,4 

koeffitsiyent  qo‘llaniladi  va  natijada  sug‘urta  summasi  67,2  ming 

so‘mga teng bo‘ldi. Agar, haydovchining staji 5 yildan ortiq bo‘lsa, 

u  holda  unga  1,0  koeffitsiyent  qo‘llaniladi, ya’ni  sug‘urta  mukofoti 

o‘zgarmasdan qoladi.  

Jabrlanuvchilarga  zarar yetkazilishiga  olib  kelgan  yo‘l-

transport  hodisasi  ishtirokchisi  bo‘lgan  sug‘urta  qildiruvchi 

(fuqarolik  javobgarligi  majburiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha 

sug‘urtalangan  boshqa  shaxs)  mazkur  hodisaning  boshqa 

ishtirokchilari  talabiga  ko‘ra  ularga  ushbu  transport  vositasi 

egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta 

shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart. 

Sug‘urta  qildiruvchi  (fuqarolik  javobgarligi  majburiy  sug‘urta 

shartnomasi  bo‘yicha  sug‘urtalangan  boshqa  shaxs)  yoki  uning 

vakolatli vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda: 

-jabrlanuvchiga 

(uning 


merosxo‘rlariga 

yoki 


huquqiy 

vorislariga)  yo‘l-transport  hodisasi  kunidan  boshlab  uch  kalendar 

kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi; 

-davlat  yo‘l  harakati  xavfsizligi  xizmati  xodimlarining  yetib 

kelishini 

kutishi, 

imkoni 

boricha 


yo‘l-transport 

hodisasi 

guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi; 

-darhol,  yo‘l-transport  hodisasidan  keyin  72  soatdan 

kechiktirmay,  sodir  bo‘lgan  hodisa  haqida  yozma  shaklda, 

sug‘urta  polisining  nusxasini  ilova  qilgan  holda  sug‘urtalovchiga 

(uning  filialiga)  yo‘l-transport  hodisasi  sodir  bo‘lgan  joydagi  va 

transport  vositasi  ro‘yxatdan  o‘tkazilgan  joydagi  davlat  yo‘l 

harakati  xavfsizligi  xizmatiga  bildirishi  kerak.  Bildirishnomada 

hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan 

zararning  miqdori,  yo‘l-transport  hodisasiga  aloqador  barcha 

shaxslarning,  shu  jumladan  taxmin  qilingan  da’vogarlarning 

nomlari  va  manzillariga  taalluqli  axborot  imkon  qadar  to‘liq 

hajmda,  shuningdek“  sug‘urta  qildiruvchi  hodisa  haqida  ilk 

marotaba 

qay 


tarzda 

xabardor 

bo‘lganligi 

va 


sug‘urta 

qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi 

mumkin  deb  hisoblashiga  oid  tafsilotlar  majburiy  tartibda 

ko‘rsatilishi kerak; 

-sug‘urtalovchiga  sug‘urta  hodisasi  munosabati  bilan  unga 

nisbatan  qo‘yilayotgan  barcha  talablar  yoki  unga  qarshi 




672 

Uy  xo‘jaliklarining  o‘zlari  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlar 

uy 

xo‘jaliklari 



sektorining 

ichida 


moliyaviy 

resurslarning 

harakatlanishi  jarayonida  vujudga  keladigan  munosabatlar 

hisoblanadi.  Bu  yerda  ushbu  jarayon  hamma  vaqt  ham 

oydinlashmagan  va  kuchsiz  tartibga  solinuvchi  hisoblanadi. 

Moliyaning  bu  sohasiga,  jumladan,  quyidagi  operatsiyalarni 

kiritish mumkin: 

•  fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari; 

•  iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar; 

•  uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari; 

•  uy  xo‘jaliklari  sektori  doirasida  hamkorlikdagi  pul  fondlarini 

shakllantirish  va  ulardan 

foydalanish 

xususidagi  boshqa 

munosabatlar. 

Uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy  institutlar  bilan  o‘zaro  aloqalari 

moliyaviy  munosabatlarning  alohida  guruhini  ifodalaydi.  Ularning 

kredit  muassasalari  bilan  munosabatlari  uy  xo‘jaligi  byudjeti 

defitsitini  to‘ldirish  (iste’mol  krediti  yordamida),  bo‘sh  turgan  pul 

mablag‘larini  bank  hisobvaraqlariga  joylashtirish  yoki  ularni 

saqlash  va  jamg‘arish  maqsadida  boshqa  moliyaviy  aktivlarga 

qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompa-

niyalari  bilan  bo‘ladigan  munosabatlari  esa  turli  ko‘rinishdagi 

sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida 

gavdalanadi. 

Moliyaning  mohiyati  uning  funksiyalari  orqali  namoyon 

bo‘lganligi  uchun  uy  xo‘jaliklari  moliyasining  mohiyati  ham  uning 

funksiyalari  yordamida  ifodalanadi

134

.  Uy  xo‘jaliklari  moliyasining 



funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin

135


•  taqsimlash; 

•  takror ishlab chiqarish; 

                                                                                                                                                             

davlat  muassasalari  va  notijorat  tashkilotlarga  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  uy-joy-kommunal  xo‘jaligi,  madaniyat  va 

san’at sohasida taqdim etilgan moddiy imtiyozlardan iborat. 

134

  Bir  vaqtning  o‘zida  shu  narsani  ta’kidlash  kerakki,  iqtisodiy  adabiyotlarda  uy  xo‘jaliklari  moliyasining 



funktsiyalari ayrim hollarda keng ma’noda, boshqa bir hollarda esa, tor ma’noda talqin qilinmoqda. Tor ma’noda uy 

xo‘jaliklari  moliyasining  funktsiyalari  uy  xo‘jaliklaridagi  iqtisodiy  munosabatlarda,  xususan,  moliyaning 

funktsiyalari  (taqsimlash  va  nazorat)  orqali  ochib  beri-layapti.  Keng  ma’noda  esa,  bu  erda  umuman  moliyaga  xos 

bo‘lgan  funktsiyalar  ajratilib  ko‘rsatilishi  bilan  birgalikda,  uy  xo‘jaliklari  moliyasining  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

xususiyatlarini ifodalovchi funktsiyalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 

135


  Bu  erda  uy  xo‘jaliklari  moliyasiga  tegishli  bo‘lgan  funktsiyalar  sonining  oltitaga  etkazilganligidan  “Bir  butun 

moliyaning  o‘zi ikki funktsiyani bajarishi, asosan,  umumiy e’tirof etilgan bir paytda, uning tarkibiy qismi bo‘lgan 

uy  xo‘jaliklari  moliyasi  qanday  qilib  oltita  funktsiyani  bajarishi  mumkin?”  degan  savol  tug‘ilishi  tabiiy.  Jiddiy 

mulohaza  yuritilsa,  bu  erda  bayon  etilgan  uy  xo‘jaligi  moliyasiga  tegishli  bo‘lgan  olti  funktsiya,  oxir  oqibatda, 

moliyaga  xos  bo‘lgan  ikki  funktsiyaga  borib  taqalishi  mumkinligini  aniqlash  mumkin.  Shuning  uchun   ham 

“moliyaning ikki funktsiyasi” va “uy xo‘jaliklari moliyasining olti funktsiyasi” o‘rtasida  keskin farqlarning bo‘lishi 

mumkinligini isbotlashga urinish behudaga vaqtni sarflash bilan barobardir. 

657 


Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo‘natilgan sug‘urta obyektini 

qayta sug‘urtalashdan iborat edi. 

Yevropada  XIX  asrda  sanoat  rivojlanishi  bilan  qayta 

sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va 

chet  el  mamlakatlarida  sho‘ba  korxonalari  mavjud  bo‘lgan 

sug‘urtalovchilar  qondirish  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan.  Keyinchalik 

fakultativ  qayta  sug‘urtalash  shartnomalari,  risklarni  to‘liq  yoki 

qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday 

shartnoma birinchi bo‘lib 1821-yilda tuzilgan. 

Qayta  sug‘urta  operatsiyalari  XIX  asrning  o‘rtalarida  alohida 

tadbirkorlik turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug‘urta jamiyati 

tashkil  etildi.  Dastlab,  qayta  sug‘urta  sug‘urtalovchining  sug‘urta 

shartnomalari  bo‘yicha  javobgarligida  ishtirok  etishdan  iborat 

bo‘lgan  bo‘lsa,  o‘tgan  davrlar  mobaynida  u  tavakkalchilikni 

ikkilamchi  taqsimlovchi  kuchli  mexanizmga  aylandi  va  keng 

miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo‘ldi. 

Qayta 

sug‘urta 



sug‘urta 

faoliyatini 

va 

sug‘urta 



operatsiyalarining  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlovchi  zaruriy 

mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug‘urta ehtimollar nazariyasiga 

asoslangandir.  Ko‘p  hollarda  sug‘urta  tashkilotlari  to‘laqonli 

muvozanatlashgan  risklar  portfelini  yaratish  imkoniyatiga  ega 

bo‘lmaydi.  Bunga  sabab  sug‘urtalangan  obyektlar  miqdori  ko‘p 

emas 


yoki 

portfel 


tarkibida 

katta 


yoki 

xavfli 


risklar 

joylashganligidir.  Bundan  tashqari  amaliyotdan  ma’lumki,  har 

qanday sug‘urta tashkiloti, hatto risklarni sug‘urtaga qabul qilishda 

ularni  yaxshi  o‘rganib  chiqqan  taqdirda  ham,  odatda  sug‘urta 

shartlari  turli  xatarlarni  qoplaganligi  uchun,  sug‘urtalangan 

obyektlarga  suv  toshqini,  bo‘ron,  zilzila  kabi  tabiiy  ofatlar  va 

yong‘in 

natijasida 

birdaniga 

zarar 


etishi 

mumkin. 


Sug‘urtalovchining  mablag‘lari  va  hatto  barcha  aktivlari  uning 

sug‘urtalanuvchi  oldida  portfel  bo‘yicha  javobgarligining  uncha 

katta  qismini  tashkil  etmaydi,  lekin  yuqoridagi  ko‘rsatilgan  ofatlar 

esa  uning  moliyaviy  holatiga  katta  ta’sir  ko‘rsatish  bilan  birga, 

hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. 

Sug‘urtaga 

qabul 

qilingan 



risklar 

bo‘yicha 

sug‘urta 

summasini  tenglashtirish  va  sug‘urta  portfeli  muvozanatini 

ta’minlash, sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib, 

sug‘urta  summalari  bo‘yicha  javobgarliklarni  to‘g‘ri  taqsimlashda 

va  sug‘urta  operatsiyalarini  moliyaviy  mustahkamligini  va 



658 

rentabelligini  ta’minlash  maqsadida  qayta  sug‘urta  tizimi  tashkil 

etilganligini ta’kidlash kerak. 

Qayta  sug‘urtalash  orqali  sug‘urtalovchi  o‘zining  faoliyatiga 

xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi: 

 

1. Tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi: 



-  sug‘urta hodisasi ro‘y berishining aniqligi; 

-  tabiiy  ofat  natijasida  juda  ko‘p  polislar  bo‘yicha  bitta 

riskdan sug‘urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi. 

  2. Davr xavfi: 

-  pulning  qadrsizlanishi  natijasida  sug‘urtalovchi  to‘plagan 

sug‘urta 

mukofotlarining 

sug‘urta 

qoplamasini 

to‘lashga 

yetmasligi; 

-  texnologiyaning  taraqqiy  etishi  natijasida  belgilangan 

sug‘urta  stavkasi  va  sug‘urta  shartlarining  olingan  majburiyatga 

to‘g‘ri kelmasligi. 

  3. Xatolik xavfi: 

-  sug‘urta 

ta’riflarini 

noto‘g‘ri 

hisoblash 

(statistika 

axborotlarini noto‘g‘ri talqin qilish). 

Har bir sug‘urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning 

oldini  olish  va  qayta  sug‘urtalash  imkoniyatlaridan  to‘g‘ri 

foydalanish hisoblanadi. 

Qayta 

sug‘urtalashning 



iqtisodiy 

mohiyati 

sug‘urta 

tashkilotlari tasarrufida dastlabki tashkil etilgan jamg‘armani qayta 

taqsimlashdir,  ya’ni  bevosita  sug‘urtada  sug‘urtalovchi  sug‘urta 

mukofotlari 

hisobidan 

jamg‘arma 

tashkil 

qiladi. 


Qayta 

sug‘urtalashda  esa  yangi  jamg‘arma  tashkil  etilmasdan,  sug‘urta 

kompaniyalari  tashkil  etgan  jamg‘armani  yo‘naltirish  va  qayta 

taqsimlash  bilan  jamg‘arma  tashkil  etiladi.  Risklarning  va 

jamg‘armalarning 

ikkilamchi 

taqsimlanishi, 

ya’ni 


qayta 

sug‘urtalash  sug‘urtanuvchiga  ma’lum  bo‘lmasligi  mumkin. 

Bunday  qayta  taqsimlanish  ikkinchi  darajali  bo‘lib,  bu  jarayon 

sug‘urtalovchi  va  qayta  sug‘urtalovchi  o‘rtasida  ro‘y  beradi. 

Bunday  fikrlarni  Kristofer  Pfayffer

123,


  Shaxov  V.V

124


,  Folkner 

Xenke


125,

  U.  Konkelar

126

  o‘zlarining  ilmiy  ishlarida  ko‘rsatib 



o‘tganlar. 

Jamg‘armalarning 

qayta 

taqsimlanishi 



sug‘urta 

tashkilotlari 

uchun 

yangi 


sug‘urta 

turlarini 

yaratish 

va 


                                                 

123


 Kristofor Pfayffer “Vvedenie v perestraxovanie” Ankil 2002. 3 b.  

124


 Shaxov V.V. “Vvedenie v straxovanie”. Moskva, Finansi i Statistika 1992. 150 b. 

125


 Folkner Xenke “Voprosu nadzora nad perestraxovochnimi predpriyatiyami” INRE 

1996, №3. 14 b. 

126

 U.Knoke “Osnovnie aspekti nadzora za deyatelnostno perestraxovochnix kompanii” INRE 



1996, №2 17b. 

671 


muhim  iqtisodiy  tomoniga 

ega: 


ular  iqtisodiyotda 

aholi 


daromadlarining  boshlang‘ich  darajasini  belgilab  beradiki,  bu 

holat,  o‘z  navbatida,  iste’molning  shakllanishi,  ko‘lami  va  tarkibiy 

tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, 

uy  xo‘jaliklari  tomonidan  jamg‘arish  funksiyasining  amalga 

oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  

Davlat  va  uy  xo‘jaliklari  o‘rtasidagi  moliyaviy  munosabatlar 

ham  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  (bevosita)  va  qaytarma  (yana  orqaga 

qaytariluvchi)  aloqalar  asosida  tashkil  etiladi  (vujudga  keladi)  va 

ular byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va 

ulardan 


foydalanishdagi 

munosabatlarni 

ifodalaydi. 

Uy 


xo‘jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti 

sifatida  maydonga  chiqadi  va  demak,  byudjet  tizimi  daromadlar 

bazasining  tuzilmaviy  elementi  hisoblanadi.  Bir  vaqtning  o‘zida 

soliqlar,  pensiya  tizimi,  sotsial  transfertlar  orqali  davlat  moliyaviy 

oqimlarni  uy  xo‘jaliklarining  turli  guruhlari  o‘rtasida  qayta 

taqsimlaydi.  Uy  xo‘jaliklari  va  davlat  o‘rtasidagi  moliyaviy 

munosabatlarni  amalga  oshirish  jarayonida  milliy  daromadning 

ikkilamchi  qayta  taqsimlanishi  sodir  bo‘ladi.  Bozor  iqtisodiyoti 

sharoitida  davlat  uy  xo‘jaliklariga  tegishli  bo‘lgan  daromadning 

taqsimlanish 

jarayoniga 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ta’sir 

qilish 


instrumentlariga  ega  emas.  Moliyaviy  munosabatlarning  bu 

sohasi  davlat  tomonidan  eng  kam  darajada  reglamentatsiya 

qilinadi.  Buning  sababi  shundaki,  uy  xo‘jaliklari  pul  fondlarini 

shakllantirishning  zarurligi,  usuli  va  maqsadi  to‘g‘risida,  ularni 

sarflashning  o‘lchami  va  vaqti  xususida  qarorlar  qabul  qilishda 

mustaqildir.  Shu  bilan  birgalikda  davlat  uy  xo‘jaliklariga  tegishli 

bo‘lgan daromad va yakuniy iste’molning miqdoriga ta’sir qilishga 

qodir.  Bu  holat,  jumladan,  quyidagilar  orqali  amalga  oshirilishi 

mumkin: 

•  soliqlar yordamida tartibga solish; 

•  mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish; 

•  birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish; 

•  imtiyozlar tizimi; 

•  sog‘liqni  saqlash  va  maorifni  byudjetdan  moliyalashtirish 

orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish; 

•  va boshqalar

133



                                                 



133

  Keyingi  yillarda  ayrim  mamlakatlarda  natural  shakldagi  ijtimoiy  transfertlar  uy  xo‘jaliklari  oxirgi  iste’moli 

tarkibiy tuzilishining 15%dan ko‘proq bo‘lgan qismini tashkil etayotir. Bu uy  xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatayotgan 



670 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish