Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 

qilish subyektlari 

Ish beruvchi 

Jabrlanuvchi 

Naf oluvchi 

Fuqarolik javobgarligini 

majburiy sug‘urtalash 

shartnomasi bo‘yicha 

sug‘urtalovchi 

 

Annuitetlar shartnomasi 



bo‘yicha sug‘urtalovchi 


652 

haqiga qo‘shimcha ravishda xodim olgan jarohat darajasiga qarab 

belgilangan  oylik  foiz,  jarohat  olishi  bilan  bog‘liq  xarajatlarni 

qoplash,  shuningdek,  nafaqa  ko‘rinishidagi  bir  marotabalik 

to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovdan iborat. 

Bir 


marotaba 

to‘lanadigan 

nafaqa 

hajmi 


jamoa 

shartnomasida,  agar  shartnoma  tuzilmagan  bo‘lsa,  ish  beruvchi 

va  kasaba  uyushmasi  yoki  xodimlarning  boshqa  vakolatli  organi 

o‘rtasidagi  kelishuvga  binoan  belgilanadi.  Bunda  jarohat  olgan 

xodimga  to‘lanadigan  bir  martalik  nafaqa  hajmi  jarohatlangan 

shaxsning  bir  yillik  o‘rtacha  ish  haqidan  kam  bo‘lmasligi,  halok 

bo‘lgan  xodimning  oila  a’zolariga  beriladigan  nafaqa  hajmi  esa 

halok  bo‘lgan  xodimning  6  yillik  o‘rtacha  ish  haqidan  kam 

bo‘lmasligi kerak. 

Shu 


munosabat 

bilan 


“Ish 

beruvchining 

fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  Qonun  barcha 

ish  beruvchilarga  ularning  xodimlari  xizmat  burchini  o‘tayotgan 

paytda  hayoti  yoki  salomatligiga  ziyon  yetgan  taqdirda  majburiy 

tarzda  sug‘urta  himoyasini  taqdim  etishni  nazarda  tutadi.  Qonun 

xodimlarning  xizmat  burchini  o‘tayotgan  paytda  hayoti  yoki 

salomatligiga  ziyon  yetishi  yoki  kasb  kasalligiga  uchrashi,  halok 

bo‘lishi  yoxud  kasb  kasalligi  oqibatida  vafot  etishi  bois  ish 

beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug‘urtalovchilar 

tomonidan  davriy  va  bir  martalik  to‘lovlarni  to‘lash  uchun  zarur 

mablag‘larni  to‘lashni  ta’minlovchi  tizim  uchun  asos  bo‘lib  xizmat 

qiladi.  

Sug‘urtaning  ushbu  turining  majburiyligi,  birinchi  navbatda, 

mamlakatning  barcha  ish  beruvchilarini  qamrab  olish  imkonini 

beradi. Bu esa o‘z navbatida, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha eng 

kam  sug‘urta  tariflarini  qo‘llashga  imkoniyat  yaratadi.  Mohiyatan, 

majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o‘rtasidagi 

jabr  ko‘rgan  ish  beruvchilar  ko‘rgan  zararlarni  qoplash  uchun 

mo‘ljallangan  mablag‘larni  qayta  taqsimlash  mexanizmi  sifatida 

namoyon  bo‘ladi.  Bu  mexanizm,  birinchi  navbatda,  jabr  ko‘rgan 

xodimlarga  yetkazilgan zararlarni  qonunda  belgilangan  sug‘urta 

summasi  doirasida  qoplash  kafolatini  ta’minlaydi.  Ikkinchidan, 

majburiy  sug‘urta  ish  beruvchi  o‘zining  jabr  ko‘rgan  xodimiga 

zarar  qoplab  berilganda  ham  moliyaviy  barqarorligi  saqlanib 

qolishi  va  ish  beruvchining  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlovchi  eng 

maqbul usul bo‘lib qoladi.  

645 

qilish  to‘g‘risida”gi  Qonunida



115

  va  Vazirlar  Mahkamasining 

“Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy 

sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunini 

amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-

son qarorida

116d

a atroflicha qayd etib o‘tilgan.  



  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonunining  30-moddasida  majburiy  sug‘urta  bo‘yicha  to‘lovlarni 

kafolatlash  jamg‘armasining  asosiy  vazifalari  quyidagilardan 

iborat 

ekanligi 

ko‘rsatib 

o‘tilgan: “transport 

vositalaridan 

foydalanilayotganda  jabrlanuvchilarga  yetkazilgan zararning  o‘rni 

ularga  ushbu  Qonun  talablariga  muvofiq  kompensatsiya 

to‘lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta’minlash; 

ushbu  Qonunga  muvofiq  sug‘urta  mukofotlari  bo‘yicha  siylovlar 

olish  huquqiga  ega  bo‘lgan  fuqarolarning  ayrim  toifalarini  qo‘llab-

quvvatlash  tizimini  mazkur  siylovlarni  kompensatsiya  qilish  orqali 

moliyaviy  jihatdan  ta’minlash;  majburiy  sug‘urta  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni,  shu  jumladan  majburiy  sug‘urta  shartnomalari, 

sug‘urta  hodisalari,  sug‘urta  qildiruvchilar  va  jabrlanuvchilar 

shaxsiga  oid  ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  axborot  ma’lumotlar 

bazasini 

shakllantirish, 

shuningdek‚ 

mazkur 

ma’lumotlar 

sug‘urtalovchilar  va  To‘lovlarni  kafolatlash  jamg‘armasi  o‘rtasida 

qonun  hujjatlarida  belgilangan  sug‘urta  siri  to‘g‘risidagi  talablar 

ta’minlangan  holda  ayirboshlanishini  tashkil  etish;  ushbu 

moddaga  muvofiq  To‘lovlarni  kafolatlash  jamg‘armasi  zimmasiga 

yuklatilgan  asosiy  vazifalarni  amalga  oshirish  bo‘yicha  uning 

faoliyatini  tartibga  soluvchi  qoidalarni  maxsus  vakolatli  davlat 

organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash”

117.


 

Jamg‘arma  tashkil  etilgan  paytdan  boshlab  o‘z  zimmasiga 

yuklangan  vazifalarni  sifatli  va  to‘liq  bajarilishini  ta’minlash 

maqsadida  yo‘l-transport  hodisasi  sodir  bo‘lishi  natijasida 

jabrlanuvchilarga  kompensatsiya  to‘lovlari  bo‘yicha  kelib  tushgan 

                                                 

115

  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston 



Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008-yil 

17-son. 


116

  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  haqida” 

2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qarori. O‘zbekiston  Respublikasining Qonunchilik  hujjatlari to‘plami.  – T.: Adliya 

vazirligi, 2008-yil 26-27-son. 

117


  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston 

Respublikasining  Qonuni.  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonunchilik  hujjatlari  to‘plami.  –  T.:  Adliya  vazirligi, 

2008-yil 17-son. 



646 

arizalarni  ko‘rib  chiqish  va  to‘lovlarni  amalga  oshirish  tartibini 

belgilovchi  me’yoriy  hujjatlarni  ishlab  chiqdi.  Mazkur  hujjatlar 

jamg‘arma  tomonidan  tegishli  arizalarni  o‘z  vaqtida  ko‘rib  chiqish 

va  kompensatsiya  to‘lovlarini  amalga  oshirish  imkoniyatini  berdi. 

Qonunga  muvofiq,  sug‘urtalovchiga  nisbatan  bankrotlik  tartib-

taomili  qo‘llanilganda,  jabrlanuvchiga  yetkazilgan zarar  uchun 

javobgar shaxs noma’lum bo‘lganda va foydalanilayotganda zarar 

yetkazgan transport vositasining  egasi o‘z fuqarolik javobgarligini 

sug‘urta  qilish  bo‘yicha  majburiyatini  bajarmaganda  jamg‘arma 

tomonidan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshiriladi.  

Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy 

sug‘urta 

qilish 

bo‘yicha 

to‘lovlarni 

kafolatlash 

jamg‘armasining  asosiy  vazifalaridan  yana  biri  amaldagi 

qonunchilikka  asosan  sug‘urta  mukofotlarini  to‘lashda  siylovlar 

berilishi  belgilab  qo‘yilgan  shaxslar  tomonidan  to‘lanishi  lozim 

bo‘lgan 


sug‘urta 

mukofotlari 

summasining 

50 


foizini 

sug‘urtalovchilarga  to‘lash  hisoblanadi. “Transport  vositalari 

egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish 

to‘g‘risida”gi  Qonunning  13-moddasiga  ko‘ra  quyidagi  shaxslar 

sug‘urta  mukofotlari  bo‘yicha  siylovlar  olish  huquqiga  quyidagilar 

ega


118:

 

-1941-1945-yillardagi  urush  qatnashchilari  yoki  partizanlari 



yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar; 

-1941-1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari; 

-konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; 

-harbiy  xizmat  majburiyatlarini  bajarishda  yaralanganligi, 

kontuziya  bo‘lganligi  yoki  shikastlanganligi  oqibatida  yoxud 

frontda  bo‘lish  bilan  bog‘liq  kasallik  tufayli  halok  bo‘lgan  harbiy 

xizmatchining  ota-onasidan  biri  yoki  boshqa  turmush  qurmagan 

bevasi; 


-Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; 

-pensionerlar; 

-nogironlar. 

Majburiy  sug‘urta  shartnomasini  tuzish  uchun  sug‘urta 

qildiruvchi  sug‘urta  tashkiloti  va  uning  joylardagi  vakillariga 

majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani 

                                                 

118


  “Transport  vositalari  egalarining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”  O‘zbekiston 

Respublikasining  Qonuni.  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonuni.  O‘zbekiston  Respublikasining  Qonunchilik 

hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son. 

651 


jarohat  olgan,  kasb  kasalligi  yoki  xizmat  burchini  bajarayotgan 

vaqtida  salomatligiga  ziyon  yetgan  fuqarolarning  ijtimoiy 

himoyasini ta’minlashdan iborat. 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  ish  beruvchilarning 

fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  bo‘yicha  tegishli 

ruxsatnomaga  ega  sug‘urta  tashkilotlari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini  majburiy  sug‘urta 

qilish  tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

2009-yil  24-iyundagi  “Ish  beruvchining  fuqarolik  javobgarligini 

majburiy  sug‘urta  qilish  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

Qonunini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  haqida” 177-sonli 

qaroriga  muvofiq  tasdiqlangan  “Ish  beruvchining  fuqarolik 

javobgarligini  majburiy  sug‘urta  qilish  Qoidalari”da  o‘z  ifodasini 

topgan.  Majburiy  sug‘urtalash  qoidalari  ushbu  sug‘urtani  amalga 

oshirish  vakolatiga  ega  barcha  sug‘urtalovchilar  uchun  bir  xilda 

amal qiladi. 

Shuni  ta’kidlash  kerakki,  O‘zbekiston  Respublikasining 

Mehnat  kodeksi  bugungi  kunda  xizmat  burchini  bajarayotgan 

paytida  jarohat  olgan  xodimlarning  ijtimoiy  muhofazasini  ko‘zda 

tutadi.  Mehnat  kodeksi  ish  beruvchining  xodimga  yetkazilgan 

ziyon  uchun  javobgar  ekanini  belgilagan.  Ma’lumki,  Mehnat 

kodeksining  189-192  moddalariga  binoan  ish  beruvchi  olgan 

jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog‘liq ravishda 

sog‘ligiga  yetgan zararni,  shuningdek,  boquvchini  yo‘qotganlik 

uchun  yetgan zararni  o‘rnatilgan  tartibda  to‘liq  qoplashi  shart. 

Ko‘rinib  turibdiki,  xizmat  burchini  bajarayotgan  paytda  jarohat 

olgan  xodimlarni  moddiy  jihatdan  himoyalash  ish  beruvchi 

hisobidan 

amalga 


oshiriladi. 

Xodimning 

xizmat 

burchini 

bajarayotgan  paytda  olgan  jarohati  uchun  ish  beruvchi  javobgar 

hisoblanadi.  Shu  bilan  birga,  ish  beruvchi  qoplashi  zarur  bo‘lgan 

zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga doimo ham 

mos  kelavermaydi  yoki  ish  beruvchining  moliyaviy  holatiga 

sezilarli  darajada  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Chunki,  ish  beruvchi 

qoplashi  kerak  bo‘lgan  zarar  hajmiga  bir  vaqtda  va  har  oyda 

to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  kompensatsiya  to‘lovlari  ham  kirishi 

mumkin.  Masalan,  Mehnat  kodeksining  190-moddasiga  binoan 

xodimning sog‘ligiga yetgan zarar uchun qoplanishi kerak bo‘lgan 

mablag‘ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan o‘rtacha oylik ish 




650 

boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar 

yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli 

organlardan  olingan,  sug‘urta  hodisasining  sabablari  hamda 

oqibatlarini,  zararning  xususiyati  va  miqdorini  belgilash  uchun 

zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi; 

zararning  oldini  olish  va  (yoki)  kamaytirish  yuzasidan 

mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish