25.3. Uy xo‘jaliklari daromadlari
Ma’lum bir davrda uy xo‘jaliklarining ixtiyoriga kelib tushuvchi
pul mablag‘lari summalari ularning daromadlari deyiladi. Bunday
daromadlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi, miqdoriy va sifat
ko‘rsatkichlari tizimi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy mazmuniga ko‘ra
turli manbalardan tashkil topadi.
Eng umumiy ko‘rinishda, uy xo‘jaliklarining jami daro-
madlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
• uy xo‘jaliklarining natural shakldagi daromadlari;
• uy xo‘jaliklarining pul shaklidagi daromadlari.
Natural daromadlar tovar shakliga ega emas va ular o‘z-
o‘zini ta’minlashga mo‘ljallangan uy xo‘jaligi a’zolari mehnatining
natijasidan iborat bo‘ladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi
mumkin:
• tomorqadan olingan mahsulotlar;
• uy xo‘jaliklarida iste’mol qilinadigan va qishloq xo‘jaligi
korxonalaridan olingan natural to‘lovlar.
Rasmiy (shakliy) belgisiga ko‘ra (mablag‘lar tushumining
natural shakli bo‘yicha) uy xo‘jaliklari daromadlarining bu guruhiga
natural shakldagi sotsial transfertlarni va ish beruvchi tomonidan
taqdim etilgan (berilgan) natural ko‘rinishdagi imtiyozlarni ham
kiritish mumkin. Biroq moliyaviy nuqtayi nazardan, bu mablag‘lar
uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini ta’minlash funksiyasini ifodalovchi
natural daromadlar bo‘la olmaydi va ular pul mablag‘larining
defitsitligi sharoitida kompensatsion instrumentlar sifatida xizmat
qiladi.
Umuman olganda, uy xo‘jaliklarining jami daromadlarida
natural daromadlarning salmog‘i uncha katta bo‘lmagan qismni
tashkil etadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, uning salmog‘i
alohida olingan uy xo‘jaliklarining an’analari, ustuvorliklari, afzal-
liklari, demografik va ijtimoiy tavsifnomalariga muvofiq ravishda
o‘zgarib turishi mumkin. Shu munosabat bilan qayd etish joizki,
682
(parametrlardan) tashqari uy xo‘jaligining iste’mol va moliyaviy
xatti-harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda sotsial va
psixologik jihatlar muhim rol o‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi:
• davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bo‘lgan ishonch
darajasi;
• o‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti-harakat tajribasi
va uning subyektiv bahosi;
• asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;
• qo‘yilmalarning imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarga egalik
qilish.
Jamg‘ariladigan
fondlarni
shakllantirish
bo‘yicha
uy
xo‘jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari
jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini ajratib
ko‘rsatishga imkon beradi. Uy xo‘jaligining har qanday
jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bo‘lgan uch komponetdan
tarkib topadi:
• jamg‘arish me’yori, ya’ni uy xo‘jaligi jami daromadining
jamg‘arishga yo‘naltiriladigan ulushi asosida jamg‘arishning
amalga oshirilishi;
• risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish miqdorlarini
hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
• pul mablag‘larini joylashtirish muddatlari.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlarning kombinatsiya qilinishi uy
xo‘jaligining jamg‘arish strategiyasini belgilab beradi. Uning
quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
• “0”li strategiya – jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha
daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltiriladi;
• yuqori risk strategiyasi – qo‘yilmalar faqat yuqori riskli
moliyaviy aktivlarga yo‘naltiriladi;
• real strategiya – mablag‘lar past va bo‘lishi mumkin bo‘lgan
riskli aktivlarga qo‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.
Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga,
shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik
darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank
operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning
huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadlik
darajasida
bir-birlariga
yaqinlashish
tendensiyasi
paydo
679
salohiyatini o‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti-
harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday
tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir
bo‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy
ravishda olib boriladi.
Uy xo‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo‘lishidan qat’iy-
nazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan
foydalanish bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, uy xo‘jaliklarining
moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan
quyidagi bloklarni qamrab oladi:
• uy xo‘jaligining daromadlarini shakllantirish;
• iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy
xo‘jaligining iste’mol fondi);
• jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yo‘nalishlar, ko‘rinib
turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni
qamrab oladi. Endi har bir blokka (yo‘nalishga) tegishli bo‘lgan uy
xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari
to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet
cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xo‘jaliklarida
daromadlarni shakllantirish jarayoni
136
prinsipial jihatdan muhim
ahamiyatga
ega.
Daromadlar
qancha
ko‘p
bo‘lsa,
uy
xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va
moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bo‘ladi. Moliyaviy
qarorlar uy xo‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi
davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham
tegishli bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklarining daromadlarini
shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida
mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga
nisbatan bo‘lgan mulkchilik daromadlarni funktsional (birlamchi)
taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xo‘jaliklari moliyaviy
salohiyatining o‘sishi uchun iqtisodiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bir
vaqtning o‘zida daromadning funktsional taqsimlanishi yollanib
mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining sotsial maqomi bir
136
Gap bu erda uy xo‘jaliklarining sof daromadi, ya’ni soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyingi
daromadi xususida ketayapti. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha moliyaviy qarorlar uy
xo‘jaliklarining vakolatiga kirmaydi va ular mavjud me’yoriy-huquqiy bazasiga (asosga), aholining ijtimoiy
madaniyati va fuqarolik majburiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
680
tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni
fuqarolar o‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi. Chunki
zamonaviy iqtisodiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyati sotsial
maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi.
Unga ko‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli
ko‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, ko‘chmas
mulkka ega bo‘lib, o‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, uy xo‘jaliklari darajasida daro-
madlarni shakllantirish bo‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga
bog‘liq bo‘ladi:
• mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul
shaklida) imkoniyatining mavjudligiga;
• uy xo‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga –
uy xo‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish
vaqti rejimi va h.k;
• uy xo‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va
inson kapitalidan foydalanishga;
• uy xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatadigan tashqi muhitga.
Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi
bu yerda cheklanmalar sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol
tanlanmasining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan variantlari majmuini
belgilab beradi. Ana shu nuqtayi nazardan uy xo‘jaliklarining
iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada
detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya
qilinishi
mumkin:
• hayotiy minimum byudjeti;
• minimal iste’mol byudjeti;
• optimal iste’mol byudjeti.
Hayotiy minimum byudjeti o‘z ichiga uy xo‘jaligi a’zolarining
minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan
oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlari to‘plamini
qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xo‘jaligi a’zolarining nisbatan
kengroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va
iste’molning tiklanuvchi darajasini ta’minlaydi.
Optimal iste’mol byudjeti esa uy xo‘jaligi doirasida inson
kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va
rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet
insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham
681
yuqoriroq bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Optimal iste’mol
byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga ajratish mumkin:
• o‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti;
• yuqori darajadagi etarlilik byudjeti.
Iste’molga xarajatlarning har qanday ko‘rinishi va uning
umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xo‘jaliklari
ma’lum ko‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga
asoslanadi. Agar uy xo‘jaligining daromadi faqat hayotiy
minimumni qoplashga etadigan bo‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar
uy xo‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning
o‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda
hayot kechirishning moslashtirilgan mexanizmlarini (o‘z-o‘zini
ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami,
mayda-chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bo‘lishi
kerak. Daromadlarning o‘sishi bilan iste’molning hajmi oshadi va
uning tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi. Biroq, bu holda ham
iste’molning o‘sish sur’atlari daromadning o‘sish sur’atlaridan
pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy
adabiyotda
J.M.Keyns
137
tomonidan
ifodalangan
“asosiy
psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy
xo‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yo‘nalishini optimal-
lashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Jamg‘ariladigan
fondlarni
shakllantirish
bo‘yicha
uy
xo‘jaliklarining
moliyaviy
qarorlari
ishlab
chiqilib,
qabul
qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
• ega bo‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning
odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari
yaratishning zarurligi;
• uzoq muddatga foydalanishga mo‘ljallangan qimmat turuvchi
predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan kapital xarajatlar
darajasini oshirish uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;
• pensiya rezervlarining lozimligi;
• uy xo‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida
kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga
keltirishning zarurligi.
Daromadlar va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish hamda
ulardan
foydalanishda
umumiqtisodiy
o‘lchamlardan
137
Qarang: Keyns Dj.M. Obshchaya teoriya zanyatosti, protsenta i deneg. – M., 1999. s.96.
704
• Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib
olish va xizmatlarni to‘lash (iste’mol xarajatlari) o‘z ichiga
nimalarni oladi?
• Uy xo‘jaliklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi
sifatida majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallarning o‘sish
tendensiyasiga ega ekanligi qanday omillar bilan bog‘langan?
• Davlat moliyasining taqsimlash funksiyasi dorasida jismoniy
shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar qanday
muhim vazifalarni yechishga xizmat qiladi?
• Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalari qachon paydo bo‘ladi va
uning asosida qanday ziddiyat yotadi?
• Jamg‘arma munosabatlari sohasida qanday ko‘p tomon-
lamali aloqalar, manfaatlar, maqsadlar vujudga keladi va qo‘shilib
ketadi?
• Uy xo‘jaliklarining jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish nimalar bilan belgilanadi?
• Jamg‘armalar hajmining o‘zgarishiga qanday holatlar ta’sir
ko‘rsatadi?
• Jamg‘armalarni qanday turli belgilarga ko‘ra tasniflash
mumkin?
• Jamg‘arish(ma) jarayonining maqsadlariga ko‘ra jamg‘ar-
malarni nimalarga ajratish mumkin?
• Sabablari nuqtayi nazaridan uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining
qanday ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin?
• To‘plash shakllari bo‘yicha uy xo‘jaliklari jamg‘armalarining
qanday shakllari mavjud?
• Jamg‘armalarning bog‘langan (tashkil qilingan) shakllari
qanday turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin?
• Hozirgi paytda uy xo‘jaliklarida mablag‘larni jamg‘arish
jarayonida
ko‘zga
tashlanayotgan
ijobiy
tendensiyalarni
tushuntirib bering.
689
Bu sohadagi barcha imtiyozlarni qonuniy tarzda tartibga
keltirish eng kamida quyidagi uch vazifaning yechilishini ko‘zda
tutadi:
• imtiyozlarning taqdim etilish shakllarini o‘zgartirish (natural
imtiyozlarni pul kompensatsiyalari bilan almashtirish) va byudjet
resurslarining cheklanganligi uchun moliyalashtirilishining iloji
bo‘lmagan ko‘plab imtiyozlarni bekor qilish;
• obyektiv ravishda muhtoj bo‘lgan, kasbiy me’zonlari va
alohida xizmatlari belgilari bo‘yicha manzilli qo‘llab-quvvatlashga
o‘tish;
• sotsial qo‘llab-quvvatlash choralarining moliyalashtirish
manbalarini qat’iy chegaralash.
Yuqorida
keltirilgan
vazifalarning
bajarilishi
sotsial
transfertlarni (to‘lanmalarni) taqdim qilishning yangi modellariga
o‘tishning samarali adaptatsion (moslashuvchan) shakllaridan
foydalanishni talab qiladi.
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar uy xo‘jaliklari
daromadlarining tarkibiy tuzilishida navbatdagi muhim manba
bo‘lib xizmat qiladi. Bunday daromadlarning tarkibiga xususiy
biznesni yuritish va uy xo‘jaligida to‘plangan mulkning (boylikning)
kamayishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keluvchi
daromadlarning har qanday shakllari kiradi. Bu daromadlar
biznesning tashkil qilingan (qayd etilgan korxona) va tashkil
qilinmagan shakllari doirasida vujudga keladi.
Keyingi yillarda uy xo‘jaliklarining daromadlari tarkibida
mulkdan olinadigan daromadlarning salmog‘i oshib borayotir.
Bunday daromadlar uy xo‘jaliklarining mulkida bo‘lgan moliyaviy
va nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlaridan foydalanish
natijasida vujudga keladigan pul daromadlaridan iborat. Bunda
moliyaviy aktivlardan olinadigan daromadlar pul mablag‘larini
bank omonatlariga, qimmatli qog‘ozlarga, xorijiy valyutalar bilan
operatsiyalarga
joylashtirish
natijasida
vujudga
keladi.
Nomoliyaviy noishlab chiqarish aktivlardan olinadigan daromadlar
uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan uy-joy binolari va yer
uchastkalarini sotish yoki ijaraga berish natijasida paydo bo‘ladi.
Shunday qilib, ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklarining mulkdan
olinadigan daromadlari quyidagi ko‘rinishlarda amal qiladi:
• foizlar;
• dividendlar;
• rentalar.
690
Moliyaviy vositachilik, fond bozori, patent huquqi bozori,
xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo‘lgan xususiy
mulkchilikning rivojlanishi uy xo‘jaliklari daromadlarining umumiy
summasida mulkdan olinadigan daromadlarning yanada o‘sishiga
olib kelishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Uy xo‘jaliklari turli guruhlari daromadlarining tarkibi, tarkibiy
tuzilmasi va dinamikasi bir-biridan keskin farq qilishi mumkin.
Bunda daromadlarning tabaqalanishi juda ko‘p obyektiv va
subyektiv omillar ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Ularning eng
asosiylari quyidagilardir:
• mulkchilik omili (uning noteng taqsimlanganligi);
• oilaviy sotsioiqtisodiy ahvol (oilaning kelib chiqishi, a’zolar
soni, ijtimoiy maqomi, to‘plangan boyligi;
• inson kapitaliga qo‘yilmalar (ma’lumoti, malakasi, kasbiy
mahorati, ularning o‘sish salohiyati).
Farovonlikning umumiy darajasiga bog‘liq bo‘lmagan holda
daromadlarning tabaqalanganligi barcha mamlakatlar uchun xos.
Jamiyatda jami daromadlarning taqsimlanishidagi notenglikni Jini
koeffitsiyenti (daromadlarning kontsentratsiyalashuvi indeksi)
yaqqol
ko‘rsatadi.
Uning
umumiy
ko‘tarilishi
(yuqoriligi)
jamiyatning chuqur ijtimoiy qatlamlarga bo‘linganligidan darak
beradi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning o‘sishi, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishda barqaror ijobiy tendentsiyalarning shakllanishi,
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning samarali
instrumentlari, kambag‘allikni ogohlantirish mexanizmlari uy
xo‘jaliklarida ega bo‘lingan real pul daromadlarining o‘sishiga,
daromadlarning notengligi muammosini yumshatishga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |