25-BOB. UY XO‘JALIKLARI MOLIYASI
25.1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy
xo‘jaliklari moliyasi
Uy-xo‘jaliklari moliyasi davlat moliyaviy tizimning ajralmas
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy
xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan qanday
maqsadlarni bajarishga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir
tomondan, uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er,
kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari
hisoblanadi va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar
manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir
tomondan esa, uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni
iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor
talabini aniqlab beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat
yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy
aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok
etadi, soliq to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan
moliyaviy fondlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan
(kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash
uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy
xo‘jaligini yagona yashash maydonida birgalikda yashayotgan,
umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va boyliklarini to‘liq yoki
qisman berayotgan va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng
asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda
(birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo‘lmagan
guruhi, deb ta’riflaydi
130
.
Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi”
atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga
yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi”
iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari
130
Bu to‘g‘rida batafsil qarang: Finansovo-kreditniy entsiklopedicheskiy slovar / Pod obshch. red.
A.G.Gryaznovoy. – M.: 2002. s. 299.
661
Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qayta
sug‘urta to‘lovlarining hammasi sug‘urta mukofotidan foizlar
hisobida to‘lanadi. Obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasi
noaniq muddatga tuzilib ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi
mumkin. Bunday shartnoma sug‘urta tashkiloti uchun foydalidir,
chunki bunda hamma qabul qilingan risklar qayta sug‘urta
himoyasiga ega. Obligatorli qayta sug‘urta fakultativ qayta
sug‘urtadan farqli, u sug‘urta portfelining katta qismini o‘z ichiga
oladi. Obligatorli qayta sug‘urta shartnomasi fakultativ qayta
sug‘urta shartnomasidan ancha arzonroq. Shuning hisobiga
xalqaro qayta sug‘urta bozorida ushbu qayta sug‘urta turi katta
salmoqni tashkil etadi.
Obligatorli qayta sug‘urtadan farqli, fakultativ qayta sug‘urtada
qayta sug‘urtalovchi o‘ziga qabul qilayotgan risk haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘ladi. Ushbu shartnoma bo‘yicha bir martalik
bitimlar amalga oshiriladi. Fakultativ qayta sug‘urta shartnomasi
tomonlarga to‘liq erkinlik beradi.
Sug‘urta tashkilotining qayta sug‘urtalovchiga fakultativ qayta
sug‘urtalash bo‘yicha berayotgan taklifida risk haqida quyidagi
ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
-sug‘urta tashkilotining nomi va manzili;
-qayta sug‘urta turi: proportsional yoki noproportsional;
-riskning joylashgan joyi;
-sug‘urta manfaati;
-shartlar-sug‘urtalangan
xavflar
(qaysi
risklardan
sug‘urtalanadi va qaysilaridan sug‘urtalanmaydi (istisnolar) to‘liq
ko‘rsatiladi);
-umumiy sug‘urta summasi, qoplamaning qaysi valyutada
to‘lanishi, stavkalar;
-franshiza;
-qayta sug‘urtalovchiga mukofot, qayta sug‘urta komissiyasi
va boshqa xarajatlar;
-fakultativ qayta sug‘urtaning boshlanishi va tugash sanasi;
-taklif qilingan ulush;
-zararning oldini olish imkoniyati va choralari;
-ekspert xulosasi;
-bevosita sug‘urtadagi sug‘urtalovchining ulushi.
Odatda fakultativ qayta sug‘urtalash jarayoni sekin kechadi,
chunki qayta sug‘urtalovchi riskni obdon o‘rganguncha bir muncha
vaqt ketadi. Qayta sug‘urtalovchi riskni o‘rganib bo‘lib, sug‘urta
tashkilotiga o‘zi qabul qila oladigan ulush miqdorini aytadi. Yirik
662
qayta sug‘urtalovchilar o‘zlarining fakultativ qayta sug‘urtalash
bo‘linmalariga ega. Fakultativ qayta sug‘urtalashda qayta
sug‘urtalovchining vazifasi bevosita sug‘urta tashkilotining
imkoniyatini kengaytirish bilan cheklanib qolmasdan, balki riskni
baholash, sug‘urta shartnomalari shartlarini belgilash, zararni
oldini olish va ushbu masalalar bo‘yicha maslahat berishdan ham
iborat. Fakultativ qayta sug‘urta sug‘urtalovchi va qayta
sug‘urtalovchiga
ko‘p
qulayliklar
yaratishi
bilan
birga
kamchiliklarga ham ega. Fakultativ qayta sug‘urtaning asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat:
1. qayta sug‘urtaga berilayotgan risk bo‘yicha ma’muriy
ishlar hajmining ko‘pligi;
2. riskni joylashtirishda sug‘urtalovchining har bir qayta
sug‘urtalovchi bilan aloqada bo‘lishiga ketadigan ko‘p vaqt;
3. sug‘urtalovchi
sug‘urtalanuvchidan
birdaniga
uning
moliyaviy imkoniyatlaridan katta riskni qabul qila olmaydi;
4. fakultativ qayta sug‘urtalovchi tomonidan o‘rnatiladigan
komission haq nisbatan kamroq bo‘ladi.
Yuqoridagi sanab o‘tilgan kamchiliklarga qaramasdan
fakultativ qayta sug‘urta quyidagi sabablarga ko‘ra amalda
qo‘llaniladi:
1. oddiy sug‘urta shartnomalariga to‘g‘ri kelmaydigan
maxsus risklarni qayta sug‘urtalashda;
2. obligatorli qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta
sug‘urtalash limitidan oshgan summani qayta sug‘urtalashda;
3. shartnoma bo‘yicha risklarning zarar xavfi juda yuqori
bo‘lganda va qayta sug‘urtalovchining javobgarligini cheklashda;
4. bozorning boshqa sug‘urta tashkilotlari band etgan
segmentida sug‘urta tashkilotining teng ishtirok etishi.
5. sug‘urta qildiruvchi faoliyatining yangi yo‘nalishlarini
sug‘urtalayotganda sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlarni
oshirishda;
6. sug‘urtalovchiga sug‘urtaga qabul qilish amaliyotini
baholashda;
7. alohida ahamiyatga ega bo‘lgan risklarni sug‘urtalashda
qayta sug‘urtalovchining tajriba va salohiyatidan foydalanish.
Qayta sug‘urta qilish operatsiyalari nisbiy va nonisbiy
shaklda amalga oshiriladi. Nonisbiy qayta sug‘urta qilishga
nisbatan nisbiy qayta sug‘urtalash ancha ilgari paydo bo‘lgan.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda nisbiy qayta sug‘urtalashni,
667
• Sug‘urta qoplamasi yuridik shaxsga qaysi hujjatlar asosida
to‘lanadi?
• Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasini rivojlantirish
muammolari haqida so‘zlab bering.
• Mulkiy
sug‘urta
shartnomasi
bo‘yicha
nimalar
sug‘urtalanishi mumkin?
• Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi
bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida nimalar to‘g‘risida kelishuvga
erishilishi lozim?
• Shaxsiy sug‘urta, odatda, fuqarolarni qanday xavf-
xatarlardan himoyalanishini nazarda tutadi?
• Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga nimalar kiradi?
• Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urtaning
turlari nimalardan iborat?
• Sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalangan shaxslar
sug‘urtalovchiga qanday hujjatlarni taqdim etishi shart?
• Javobgarlik sug‘urtasi nima?
• Javobgarlik sug‘urtasi mazmun-mohiyati jihatidan nechtaga
bo‘linadi?
• Fuqarolik-huquqiy javobgarlik qanday turlardan iborat?
• O‘zbekiston sug‘urta bozorida javobgarlikni sug‘urta
qilishning qanday turlari amalga oshirilmoqda?
• Sug‘urta bozori deganda nima tushuniladi?
• Sug‘urta bozori qanday ishtirokchilarga bo‘linadi?
• Sug‘urta bozori professional ishtirokchilari tarkibiga yana
kimlarni kiritish mumkin?
• Sug‘urta bozorida sug‘urta kompaniyalarining mavqei
qanday?
• Qayta sug‘urta yoki qayta sug‘urtalash deyilganda nimalar
nazarda tutiladi?
• Qayta sug‘urta qilish shartnomalari qanday o‘ziga xos
belgilarga ega?
• Tsedent va retrotsedent nima?
• Fakultativ, obligator va fakultativ-obligatorli qayta sug‘urtalash
deyilganda nimalar tushuniladi?
• Sug‘urta ishi amaliyotida nisbiy qayta sug‘urtalashning
qanday shakllari mavjud?
666
• 2002-yilning 5-aprelida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi qabul qilgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-
moddasida sug‘urtaga qanday ta’rif berilgan?
• Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida qanday prinsiplarga
asoslanadi?
• Sug‘urtaga qanday funksiyalar xos?
• Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?
• Sug‘urtaning maqsad va vazifalari mustaqillik yillarida tom
ma’noda qanday o‘zgardi?
• Sug‘urta o‘z rivojlanish tarixida qanday bosqichlardan o‘tgan?
• Tijoratga
asoslanmagan
sug‘urtaning
o‘ziga
xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
• Tijorat sug‘urtasi paydo bo‘lishining bosqichlari qanday
davrlarni o‘z ichiga oladi?
• Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar
qanday yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi?
• Sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini
qanday turlarga bo‘lish mumkin?
• «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning asosiy mazmuni
nimalardan iborat?
• Yuridik shaxslarning qanday mol-mulklari bilan bog‘liq mulkiy
manfaati sug‘urta obyekti sifatida qabul qilinishi mumkin?
• Yuridik shaxslar mol-mulkining sug‘urtasida sug‘urta
obyekti bo‘lib nima xizmat qiladi?
• Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtalash bo‘yicha
shartnoma nimalar asosida tuziladi?
• Yuridik shaxslarning mol-mulki qanday hodisalarning ro‘y
berishi natijasida yetkazilgan zarardan sug‘urta qilinadi?
• Mol-mulklarni
sug‘urta
qilish
sug‘urta
faoliyati
klassifikatorining qaysi klasslarida ko‘rsatilgan?
• Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan
sug‘urta
shartnomasiga
muvofiq
sug‘urtalanuvchi
qanday
huquqlarga ega?
• Yuridik shaxslar mol-mulkini sug‘urtasi bo‘yicha tuzilgan
shartnoma qaysi holatlarda bekor etilishi mumkin?
• Yuridik shaxslarning mol-mulki sug‘urtasida sug‘urtachining
sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyati qachon
boshlanadi?
• Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda korxona qanday chora-
tadbirlarni amalga oshiradi?
663
ba’zan, an’anaviy qayta sug‘urtalash ham deb atash qabul
qilingan.
Nisbiy qayta sug‘urta qilishning asosiy mohiyati shundaki,
qayta sug‘urta tashkilotining riskni taqsimlashdagi ulushi sug‘urta
tashkiloti aniqlagan nisbat asosida oldindan aniqlanadi. Ushbu
nisbatga qarab, qayta sug‘urtalash mukofotining va sug‘urta
tashkilotining tegishli ulushi aniqlanadi. Nisbiy qayta sug‘urta
qilishning prinsipi “qayta sug‘urtalovchi sug‘urta tashkilotining
riskini bo‘ladi”, degan fikrdan iborat.
Qayta sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida o‘z ifodasini
topgan. Xususan, unda qayd etilishicha “sug‘urta shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki
sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman
boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan
qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi
mumkin
128
”. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta
shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi
shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Qayta sug‘urta qilishda sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini
to‘lash uchun asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
qildiruvchi oldida ushbu shartnoma bo‘yicha sug‘urtalovchi
javobgar bo‘lib qolaveradi.
Biroq asosiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi
hisoblangan sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz berishidan
oldin tugatilgan taqdirda, uning ushbu shartnoma bo‘yicha huquq
va majburiyatlarining qayta sug‘urta qilingan qismi qayta sug‘urta
qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchiga o‘tadi.
Ikki yoki bir nechta qayta sug‘urta qilish shartnomalarini
ketma-ket tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday shartnomalarning har
biri keyingi qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan asosiy
sug‘urta shartnomasi deb hisoblanadi.
Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotlari va ixtisoslashgan
qayta sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida vositachilik faoliyatini amalga
oshiruvchi qayta sug‘urta brokerlari muhim rol o‘ynaydi. Shuni
inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta
faoliyati
to‘g‘risida”gi
Qonunida
qayta
sug‘urta
brokeri
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “O‘z nomidan va qayta
sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida
ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta
128
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – T.: Adolat, 2002.
664
sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish
bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri
hisoblanadi”
129
. Biroq, 2019-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston
Respublikasida birorta ham qayta sug‘urta bilan shug‘ullanadigan
brokerlik idoralari tashkil etilmagan. Holbuki, xalqaro qayta
sug‘urta bozorlarida qayta sug‘urta brokerlarining faoliyati keng
taraqqiy etganligini inobatga olsak, bunday tashkilotlarning
keyinchalik milliy sug‘urta bozorimizda tashkil etilishiga shubha
qilmasa ham bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2007-yil 15-sentyabrda
amalda bo‘lgan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, shu jumladan yangi 8
1
modda
kiritilgan.
Bu
moddada
sug‘urta
hamda
qayta
sug‘urta
brokerlarining huquq va majburiyatlari yoritilgan. Quyida sug‘urta
hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va majburiyatlarini
keltirib o‘tamiz:
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga
ega:
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi
bo‘yicha vakolatlar doirasida vositachilik faoliyatini amalga
oshirish;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda,
sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) tanlash;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining
miqdorlari, sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar
to‘g‘risida, shuningdek sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va
moliyaviy barqarorligiga doir boshqa ko‘rsatkichlar haqida
ma’lumotlar olish;
ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga
hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishlari mumkin.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya
etishi;
sug‘urta shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha to‘liq,
ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra
taqdim etishi;
129
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish
to‘g‘risida. – Xalq so‘zi, 2007 yil 15 sentyabr.
665
mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan
ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart.
Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun
hujjatlariga hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari bir tomondan sug‘urta
tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro tuzilishi yoki ikkinchi tomondan,
sug‘urta tashkiloti va ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkiloti
o‘rtasida tuzilishi mumkin. Dastlab, sug‘urta tashkiloti o‘zining
moliyaviy qobiliyatini mustahkamlash maqsadida qabul qilib
olingan riskning bir qismini boshqa sug‘urta tashkilotida yoki
ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotida sug‘urtalash to‘g‘risida
qaror qabul qiladi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida
sug‘urtalovchi ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotiga murojaat
qiladi. Agar qayta sug‘urta tashkiloti riskni qayta sug‘urta qilishga
rozilik bildirsa, ular o‘rtasida qayta sug‘urtalash shartnomasi
tuziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shartnoma shartlarida,
unda ishtirok etuvchi tomonlarning huquqlari va majburiyatlari,
olingan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan javobgarlik,
shartnomani kuchga kirishi, amal qilish va bekor etilishi qoidalari
mujassam bo‘lishi kerak. Shuningdek, shartnomada qayta
sug‘urtalash mukofoti miqdori va javobgarlik hajmi ko‘rsatilishi
zarur.
Qayta sug‘urta qilish shartnomalari ba’zi o‘ziga xos
belgilariga ega bo‘lib, ushbu holat uni boshqa turdagi
shartnomalardan farqlaydi. Shuning uchun ham qayta sug‘urta
sohasini nazariy jihatdan qaysi sug‘urta tarmog‘iga kiritish yoxud
uni mustaqil sug‘urta sohasi sifatida qarash ancha bahs
munozarani talab qiladi.
Agar sug‘urta hodisasi ruy bersa, bu haqda sug‘urta
kompaniyasi qayta sug‘urta kompaniyasiga darhol xabar qilishi
kerak. O‘z navbatida, qayta sug‘urta kompaniyasi shartnomada
ko‘zda tutilgan qoplamani to‘lashi shart. Qayta sug‘urta
kompaniyasi shartnoma buyicha o‘z majburiyatlarini to‘la-to‘kis
bajarsa, u holda shartnoma bajarilgan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |