Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

25.2. Uy xo‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul 

 qilishning o‘ziga xos xususiyatlari 

 

 

Uy xo‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda 



qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bir vaqtning o‘zida, u 

faoliyati  butun  uy  xo‘jaligining  jami  va  uning  har  bir 

ishtirokchisining  ijtimoiy namoyon bo‘lishi va rivojlanishiga xizmat 

qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi 

uy  xo‘jaligining  bunday  o‘rni  uning  maqsadga  yo‘naltirilganligi 

faoliyati va u tomonidan  qabul qilinishi lozim bo‘lgan qarorlarning 

o‘ziga xosligini belgilab beradi. 

 

Bolalar  tarbiyasi,  bilim  darajasining  o‘sishi,  sog‘liqni  saqlash 



masalalari,  dam  olishni  tashkil  etish,  uy  xo‘jaligi  keksa  a’zolari 

to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qilish  va  boshqa  sotsial  maqsadlar  uy 

xo‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aynan ana shular 

uy  xo‘jaligi  ichida  ma’lum  bir  o‘zaro  hamkorlikning  me’yorlari  va 

qarorlar  qabul  qilishning  ko‘zga  ko‘rinmaydigan  mexanizmlarini 

685 


ega  bo‘lingan  daromadlarining  o‘sishi  aholining  moliyaviy 

imkoniyatlarini salohiyatli ravishda kengaytiradi, ishlab chiqarishni 

rag‘batlantirishning 

bozor 


mexanizmlarini 

faollashtiradi. 

Rivojlangan 

mamlakatlarda 

uy 

xo‘jaliklari 



ega 

bo‘lingan 

daromadlarining YaIMdagi salmog‘i 70%ni tashkil etayapti. 

Baholar  darajasiga  nisbatan  o‘zgartirilgan  (korrektirovka 

qilingan)  ega  bo‘lingan  daromad  uy  xo‘jaliklarining  real  ega 

bo‘lingan 

daromadi 

deyiladi. 

Bu 

ko‘rsatkich 



nominal 

daromadlarning  real  sotib  olish  qobiliyatini  o‘zida  aks  ettiradi. 

Uning  o‘zgarishi  esa,  ma’lum  davrdagi  ega  bo‘lingan  daromadlar 

va iste’mol baholari indeksi (yoki baholar indeksiga teskari bo‘lgan 

pulning sotib olish qobiliyati indeksi) o‘sish sur’atlarining nisbatiga 

bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  baholarning  o‘sish  sur’ati  nominal  ega 

bo‘lingan  daromadlarning  o‘sish  tezligidan  past  bo‘lsa,  uy 

xo‘jaliklarining real ega bo‘lingan daromadlari o‘sadi. Baholarning 

yuqori sur’atlarda o‘sishi sharoitida real daromadlar qisqaradi. Bu 

holat,  o‘z  navbatida,  aholi  iste’mol  talabi  va  sotib  olish 

qobiliyatining  pasayishiga  olib  keladi.  Bu  jarayon  iqtisodiyotning 

barcha  sektorlaridagi  ishbilarmonlik  faolligiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Uy  xo‘jaliklarining  pul  daromadlari  turli  manbalar  hisobidan 

shakllanadi  va  ularning  byudjetlariga  kelib  tushadi.  Ularning  eng 

asosiylari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

•  mehnat haqi; 

•  ijtimoiy to‘lanmalar; 

•  tadbirkorlik faoliyatidan keluvchi daromadlar; 

•  mol-mulkdan keluvchi daromadlar. 

Mehnat (ish) haqining tarkibiga quyidagilar kiradi: 

•  bajarilgan ishlar bahosi, tarif stavkalari va mansab ish haqlari 

bo‘yicha ish haqining hisoblangan summalari; 

•  rag‘batlantiruvchi ustama va qo‘shimchalar; 

•  ish  rejimi  va  mehnat  sharoitlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

kompensatsion to‘lanmalar; 

•  mukofotlar va bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lanmalar; 

•  har yillik va qo‘shimcha mehnat ta’tillariga haq to‘lashlar; 

•  safar xarajatlari; 

•  berilgan  maxsus  kiyim-bosh  va  maxsus  ovqatlanishning 

qiymati; 



684 

aholining  kambag‘al  qatlamlari  va  qishloq  aholisida  natural 

daromadlarning  salmog‘i  an’anaviy  ravishda  nisbatan  yuqoriroq 

bo‘ladi.  Bir  vaqtning  o‘zida  uy  xo‘jaligining  naturallashganligi 

tashqi 

muhitning 

(masalan, 

urushlar 

davrida, 

tizimli 


transformatsiyalanish  jarayonlarida  va  h.k.)  noqulay  shart-

sharoitlariga  o‘ziga  xos  tarzda  moslashish  mexanizmi  ham  bo‘lib 

hisoblanadi. 

Turli  manbalar  hisobidan  uy  xo‘jaliklarining  ixtiyoriga  kelib 

tushuvchi  pul  mablag‘larining  barcha  summasi  pul  daromadlari 

deyiladi. Bozor munosabatlari taraqqiy etgan sharoitda aynan pul 

daromadlari  uy  xo‘jaliklarining  hayotiyligini  ta’minlash  va  ular 

rivojlanishining asosi hisoblanadi. Uy xo‘jaliklari pul daromadlarini 

tahlil  qilishning  asosi  aholining  shaxsiy  daromadlari  hisob-

lanadiki, ular quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblanadi: 

•  nominal daromadlar; 

•  ega bo‘lingan daromadlar;  

•  real daromadlar. 

Uy xo‘jaligi a’zolarining ma’lum davrdagi shaxsiy daromadlari 

majmuining  puldagi  ifodasi  nominal  daromadlar  deyiladi.  Bu 

ko‘rsatkich soliqqa tortish darajasi va baholar dinamikasiga bog‘liq 

bo‘lmagan  holda  daromadlarni  tavsiflaydi.  Uy  xo‘jaliklari  nominal 

daromadlarining  YaIMdagi  salmog‘i  har  bir  mamlakat  iqti-

sodiyotining  rivojlanish  darajasi  va  ichki  xususiyatlariga  bog‘liq 

bo‘lib,  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  uning  darajasi  65-75% 

atrofida  tebranadi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  hisoblangan  nominal 

daromadlar  va  haqiqatda  olingan  nominal  daromadlar  o‘rtasidagi 

farqni  anglamoq  ham  lozim.  Ular  bir-birlaridan  shu  davrda 

hisoblangan,  lekin  to‘lanmagan  daromadlar,  shuningdek,  o‘tgan 

davrlar 

uchun 


qarzlarning 

qaytarilishi 

natijasida 

olingan 


daromadlar  summasiga  farq  qiladi.  Ish  haqi  bo‘yicha  to‘lash 

muddati  o‘tib  ketgan  qarzdorlikning  mavjud  bo‘lishi  bozor 

iqtisodiyotiga  yaqinda  o‘tgan  mamlakatlar  uchun  dolzarb 

muammolardan biridir. 

Soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  to‘langanidan  so‘ng  uy 

xo‘jaligining  ixtiyorida  qoladigan  daromadlarning  puldagi  ifodasi 

uy  xo‘jaligining  ega  bo‘lingan  daromadi  deyiladi.  Bu  daromad 

yakuniy  iste’mol  va  jamg‘arish  uchun  mo‘ljallangan.  Yoppasiga 

hisoblanganda  ega  bo‘lingan  daromad  aholining  ixtiyoriga  borib 

tushuvchi  YaIMning  tegishli  qismiga  mos  keladi.  Uy  xo‘jaliklari 

677 

(hayotiy  tajriba,  an’analar,  subyektiv  ravishda  ustuvorlik  berish, 



jamoatchilik  fikri  va  shunga  o‘xshashlarni)  shakllantiradi.  Amalga 

oshirilishi  uning  ishtirokchilari  hayotiy  faoliyatini  ta’minlab  turish 

uchun  zarur  bo‘lgan  to‘lanmagan  ishlar  salmog‘ining  ancha 

kattaligi uy xo‘jaligining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biridir. 

To‘langan  va  to‘lanmagan  ishlar  ko‘rinishlari  o‘rtasidagi  nisbat 

tarixiy jihatdan  o‘zgarib boradi va u uy  xo‘jaligining ijtimoiy tarkibi 

hamda butun jamiyatning ijtimoiy rivojlanish darajasiga bog‘liq. 

 

Uy  xo‘jaligi  tomonidan  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilinadigan 



me’yorlar  va  qoidalar  tashqi  omillar  ta’siri  natijasida  shakllanadi. 

Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi: 

•  ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish; 

•  umumiy iqtisodiy vaziyat; 

•  tarkibiy o‘zgarishlar; 

•  inflyatsion kutishlar; 

•  investitsion muhit; 

•  davlatning ijtimoiy siyosati; 

•  va boshqalar. 

Tashqi  omillar  moliyaviy  qaror  qabul  qilishda  institutsional 

chegaralarni  aniqlab  beradi.  Bir  vaqtning  o‘zida,  iqtisodiy 

faoliyatning  subyekti  sifatida  uy  xo‘jaliklari  maqsad  va  unga 

erishish  vositalarini  tanlashda  mustaqil  hisoblanadilar  va  qabul 

qilingan  iqtisodiy  va  moliyaviy  qarorlar  uchun  mas’uldirlar 

(javobgardirlar). 

Uy  xo‘jaligining  moliyaviy  xatti-harakati  quriladigan  ichki 

me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq: 

•  sotsio-madaniy  muhit,  xususan,  sotsial  holati,  savodxonlik 

darajasi,  uy  xo‘jaligidan  tashqaridagi  va  uning  ichidagi  sotsial 

aloqalar, dam olish shakllari va boshqalarga; 

•  uy  xo‘jaligi  faoliyatining  iqtisodiy  va  huquqiy  tavsifnomasi, 

shu  jumladan,  iqtisodiy  xatti-harakatning  tipiga  (o‘z-o‘zini 

ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor 

maqomining 

yuridik 

jihatdan 

rasmiylashtirilganligiga 

va 


boshqalarga; 

•  axloqiy  prinsiplarga,  shaxsiy  salohiyatiga  –  bunga  fikr 

yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga 

qodirligi va h.k.lar kiradi. 

Uy  xo‘jaligining  moliyaviy  qarorini  resurs  jihatdan  ta’minlash 

quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi: 




678 

•  dastlabki (boshlang‘ich) manbalar; 

•  jamg‘ariladigan manbalar; 

•  joriy manbalar. 

Resurslar  dastlabki  (boshlang‘ich)  manbalarining  tarkibi 

meros  bo‘yicha  yoki  ko‘chmas  mulk,  naqd  pullar,  moliyaviy 

aktivlarning  hadya  etilishi  natijasida  berilgan  boyliklarning  turli 

moddiy  shakllaridan  iborat.  Uy  xo‘jaliklarining  jamg‘armalari  va 

investitsion  qo‘yilmalari  resurslarning  jamg‘ariladigan  manbasini 

tashkil  etadi.  Resurlarning  joriy  manbalariga  doimiy  tushilmalar 

(mehnat  haqi,  tadbirkorlik  faoliyatidan  olinadigan  daromadlar, 

sotsial  transfertlar)  va  bir  martalik  xarakterga ega  bo‘lgan  pulli 

daromadlar  (masalan,  iste’mol  krediti,  lotereyadagi  yutuqlar) 

kiradi.  

Kerakli  fondlarni  shakllantirish  uchun  uy  xo‘jaligining 

ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy 

xo‘jaligining  moliyaviy  resurslarini  tashkil  etadi.  Funksional 

mo‘ljallanganligiga  ko‘ra  uy  xo‘jaliklarining  moliyaviy  resurslari 

quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin: 

• joriy  xarajatlar  uchun  mo‘ljallangan  pul  mablag‘lari  –  oziq-

ovqat  mahsulotlari,  nooziq-ovqat  mahsulotlarining  ayrim  turlarini 

(poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol 

qilinadigan xizmatlarning haqi va h.k.; 

• kapital xarajatlar uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari – uzoq 

davr foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport 

vositalari) uchun xarajatlar, uy xo‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol 

qilinadigan  xizmatlarning  (maorif,  tibbiy  xizmat  ko‘rsatish, 

sayyohlik yo‘llanmalari) haqini to‘lash; 

•  pul jamg‘armalari. 

Uy  xo‘jaliklari  ma’lum  davrdagi  moliyaviy  qarorlarining 

majmui  ularning  moliyaviy  xatti-harakatini  belgilab  (aniqlab) 

beradi.  Moliyaviy  qarorlarni  qabul  qilishda  subyektiv  motivlar, 

ustuvorliklar  va  cheklanmalar  rolining  katta  bo‘lganligi  uchun 

bunday  xatti-harakat  juda  xilma-xildir.  Buning  ustiga,  uy 

xo‘jaliklarining 

moliyaviy 

xatti-harakati 

dinamikali, 

tez 

o‘zgaruvchan  jarayon  hisoblanadi.  Shu  munosabat  bilan  uy 



xo‘jaliklarining 

moliyaviy 

qarorlari 

miqdoriy 

va 

sifat 


pozitsiyalaridan 

(shu 


jumladan, 

marketingli), 

iqtisodiyot, 

sotsiologiya  va  sotsial  psixologiya  nuqtayi nazarlaridan  tadqiq 

etiladi.  Bu  narsa  uy  xo‘jaligining  jamg‘arma  va  investitsion 

683 


bo‘layapti.  Bu  qo‘yilmalar  riskini  pasaytirish  va  moliyaviy  aktivlar 

portfelining  barqarorligini  oshirish  maqsadida  uy  xo‘jaliklari 

aktivlari 

portfelini 

diversifikatsiyalashga 

asoslangan 

real 

jamg‘arish 



strategiyasining 

shakllanganligida 

namoyon 

bo‘lmoqda. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish