Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

24.5. Mol-mulk sug‘urtasi 

 

Yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish 



sug‘urta  turlari  bo‘yicha  ishlab  chiqilgan  sug‘urta  shartnomalarini 

tuzish  yoki  sug‘urta  polislarini  rasmiylashtirish  orqali  amalga 

oshiriladi.  Sug‘urta  turlari  obyekti  va  shakliga  ko‘ra  farqlanadi. 

Masalan,  mulk  sug‘urtasida  sug‘urta  obyekti  sifatida  yuridik  va 

jismniy  shaxslarga  tegishli  mol-mulklar,  moddiy  boyliklarni  but 

saqlash bo‘yicha manfaat yuzaga chiqadi.  

Mulkni  sug‘urtalashning  o‘zi  bir  qator  sug‘urta  turlarini  o‘z 

ichiga  oladi.  Yuridik  shaxslarning  mol-mulkini  sug‘urtalash, 

jismoniy  shaxslarning  mol-mulkini  sug‘urtalash  va  boshqalar 

mulkni sug‘urtalash turlariga misol bo‘ladi.  

Mutaxassislarning  fikriga  ko‘ra,  hozirgi  kunda  O‘zbekistonda 

200  dan  ziyod  sug‘urta  xizmatlari  turlari  ishlab  chiqilgan  va 

salohiyatli  mijozlar  e’tiboriga  etkazilgan.  Mamlakatimizda  faoliyat 

ko‘rsatayotgan  sug‘urta  tashkilotlari  o‘rtacha  30-40  ta  sug‘urta 

xizmat  turlarini  ko‘rsatadi.  Sug‘urta  xizmatlari  turlari  ixtiyoriy  va 

majburiy shakllarda amalga oshiriladi.  

Mulkiy  sug‘urta  hayot  sug‘urtasidan  tashqari  umumiy 

sug‘urta  tarmog‘ida  eng  asosiy  sug‘urta  turlarini  o‘z  tarkibiga 

oladi.  Hayotiy  tajribadan  ma’lumki,  har  qanday  korxona,  tashkilot 

yoki  fuqaro  o‘z  mol-mulkini  avaylab-asrashga  harakat  qiladi. 

Ammo,  oldindan  ko‘rib  bo‘lmaydigan  ko‘ngilsiz  voqealarning 

tasodifan  sodir  bo‘lishi  oqibatida  bu  mol-mulklar  zararlanadi  yoki 




626 

butunlay  nobud  bo‘ladi.  Rejali  iqtisodiyot  tizimida  barcha 

korxonalar  davlat  tasarrufida  bo‘lganligi  bois  bunday  voqelarning 

ro‘y  berishi  natijasida  yetkazilgan zararlar,  aksariyat  holatlarda, 

davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplangan. 

Ammo,  iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga  o‘tkazish  bilan 

bog‘liq 

iqtisodiy 

islohotlar  mulkiy  munosabatlarni  tubdan 

o‘zgartirib  yubordi.  Mulklar  davlat  tasarrufidan  chiqarilishi  tufayli 

xususiy  va  boshqa  mulkchilik  shaklidagi  korxona  va  tashkilotlar 

barpo  etildi.  Tabiiyki,  yangi  sharoitda  davlat  xususiy  sektordagi 

korxona  va  tashkilotlarning  mulkiy  manfaatlariga  yetkazilgan 

zararlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Bir tomondan, 

bozor  sharoitida  raqobatning  mavjud  bo‘lishi  hamda  turli  ichki  va 

tashqi  xavf-xatarlar  tadbirkorlik  faoliyatini  bir  maromda  amalga 

oshirishga  tahdid  solsa,  ikkinchi  tomondan,  yuqori  foyda  olishga 

intilish katta tavakkalchiliklar qilishni talab etadi. 

Mulk  sug‘urtasi  sug‘urta  tashkiloti  va  yuridik  yoki  jismoniy 

shaxs  bilan  tuzilgan  sug‘urta  shartnomasiga  muvofiq  amalga 

oshiriladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  929-

moddasida  sug‘urta shartnomasining  muhim shartlari ko‘rsatilgan 

bo‘lib,  sug‘urta  tashkilotlari  sug‘urta  shartnomalarini  tuzishda 

mazkur 


shartlarni 

e’tiborga 

olishlari 

lozim. 


Bu 

shartlar 

quyidagilardan iborat: 

Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan 

sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi 

lozim: 


sug‘urta  obyekti  bo‘lgan  muayyan  mol-mulk  yoxud  boshqa 

mulkiy manfaat to‘g‘risida; 

yuz  berishi  ehtimol  tutilib  sug‘urta  amalga  oshirilayotgan 

voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida; 

sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; 

sug‘urta  tovoni  miqdorini  aniqlash  tartibi  to‘g‘risida,  agar 

shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi 

nazarda tutilgan bo‘lsa; 

sug‘urta  mukofotining  miqdori  va  uni  to‘lash  muddati 

(muddatlari) to‘g‘risida; 

shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. 

Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar 

ham  kiritilishi  mumkin.  Agar  sug‘urta  shartnomasi  sug‘urta 

qildiruvchi,  sug‘urtalangan  shaxs  yoki  naf  oluvchi  hisoblangan 

639 

moddiy  yordam  bilan  ta’minlaydi.  Quyidagi  holatlarning  yuz 



berishi  sug‘urta  hodisalari  deb  hisoblanadi:  sug‘urta  qildirgan 

shaxsning  (shartnomada  belgilangan  muddatgacha)  yashashi 

yoki  vafot  etishi.  Sug‘urtalash  shartlari:  sug‘urta  qildirgan  shaxs 

har  oyda  (har  chorakda) cyg‘ypta  mukofotlari  to‘laydi.  Ularning 

miqdori  belgilangan  tariflarga  muvofiq  aniqlanadi.  Tariflar  ikkita 

ko‘rsatkichga: 

sug‘urta 

qildirgan 

shaxsning 

yoshiga 


va 

sug‘urtalash 

davriga 

bog‘liq 


bo‘ladi. 

Bunda 


jamg‘arilgan 

resurslardan  tashqari  har  oyda  O‘zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  qayta  moliyalashtirish  stavkasidan  kelib  chiqqan 

holda bonus yozib boriladi. 

Shuni  aytish  kerakki,  foiz  stavkalari  ancha  yuqori  bo‘lgan 

bank  depoziti  bu  sug‘urta  bilan  raqobatlashadigan  mahsulotdir. 

Depozitning  afzalligi  shundaki,  mijoz  shartnoma  (talab  qilib 

olinguncha  saqlanadigan  omonat)  amal  kilib  turgan  davrda 

daromadning bir qismini olishi mumkin, holbuki, hayotni jamg‘arib 

boriladigan  usulda  cyg‘yptalashda  sug‘urta  shartnomasi  tuzilgan 

paytdan  boshlab  mijoz  sug‘urta  davrida  o‘z  mablag‘larining  bir 

qismini  olish  huquqiga  ega  bo‘lmaydi.  U  shartnoma  amal  qilish 

muddati tugaganidan keyin summaning hammasini olishi mumkin. 

Hayotni  jamg‘arib  boriladigan  usulda  sug‘urtalashning  bank 

depozitiga  nisbatan  afzalligi  ham  bor.  Fuqaroning  hayoti 

sug‘urtalanganida  sug‘urta  qildirilgan  shaxs  shartnoma  amal  qilib 

turgan  har  qanday  davrda  vafot  etgan  taqdirda  sug‘urta  to‘lovlari 

amalga oshiriladi. Holbuki, depozit bo‘yicha bunday to‘lovlar yo‘q. 

Merosho‘rlar  cyg‘ypta  tashkilotidan  butun  sug‘urta  summasini, 

ya’ni  sug‘urta  qildiruvchi  cyg‘yptalash  davri  oxirida  olishi  kerak 

bo‘lgan summani oladilar. 

 

O‘zbekistonda 



amalda 

bo‘lgan 


“Sug‘urta 

faoliyati 

klassifikatori”ning  hayotni  sug‘urta  qilish  tarmog‘iga  oid  jami  4  ta 

klass  mavjud  bo‘lib,  shu  sohaga  ixtisoslashgan  sug‘urta 

kompaniyalari  o‘z  faoliyatlarini  ana  shu  klasslar  doirasida  tashkil 

etadilar.  Quyidagi  hayotni  sug‘urta  qilish  tarmog‘iga  oid 

klasslarning tasnifi keltirilgan: 

 



638 

- fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish; 

- xorijga chiquvchi fuqarolarni sug‘urta qilish; 

- tibbiy sug‘urta; 

- bonus to‘lovli hayot sug‘urtasi; 

- ta’lim olish uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash; 

- nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish. 

Shaxsiy sug‘urtaning yuqorida keltirilgan dastlabki uchta turini 

umumiy 

sug‘urta 

sohasida 

faoliyat 

ko‘rsatuvchi 

sug‘urta 

tashkilotlari  ham,  hayotni  sug‘urta  qilish  sohasida  faoliyat 

ko‘rsatuvchi  sug‘urta  tashkilotlari  ham  o‘tkazishlari  mumkin. 

Ammo,  so‘ngi  uchta  sug‘urta  turi  hayotni  sug‘urta  qilish sohasiga 

oid  bo‘lib,  ularni  faqat  shu  sohada  faoliyat  yuritish  uchun  tegishli 

litsenziyaga ega sug‘urta tashkilotlari amalga oshirishlari mumkin. 

2019  yilning  1  yanvar  holatiga  O‘zbekiston  Respublikasida 

hayotni  sug‘urta  qilishga  ixtisoslashgan  6  ta  sug‘urta  tashkiloti 

(“O‘zbekinvest Hayot” va  “Alfa life”, “New Life insurance”, “Agros 

Hayot”, “Evroasia-Life”, “Kafolat Hayot” sug‘urta  kompaniyalari) 

faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Inson  hayoti  quvonch  va  tashvishlardan  iboratligini  yaxshi 

bilasiz.  Ayniqsa,  inson  boshiga  tashvish  tushganda,  aniqroq  qilib 

aytganda  baxtsiz  hodisa  sodir  bo‘lganda  u  har  doim  moddiy 

ehtiyojlik  sezadi.  Hayot  sug‘urtasi  fuqarolarning  ma’lum  bir 

yoshgacha  yashashi  yoxud  vafot  etishi  bilan  bog‘liq  xarajatlarni 

qoplash imokniyatini beradi. 

Shu  jihatdan  ta’kidlash  mumkinki,  hayot  sug‘urtasi  ijtimoiy 

himoyaning  samarali  vositasidir.  Aslida,  sug‘urta  qildiruvchi 

shaxsning  sug‘urta  muddati  tamom  bo‘lgungacha  yoki  sug‘urta 

shartnomasida 

belgilangan 

yoshgacha 

yashashi, 

sug‘urta 

qildiruvchining vafot etishi holatlarda sug‘urta summalarini to‘lash 

bo‘yicha  sug‘urta  tashkilotining  majburiyatlarini  nazarda  tutuvchi 

va sug‘urta muddati bir yildan ortiq bo‘lgan sug‘urta turlariga hayot 

sug‘urtasi deyiladi. 

Hayot  sug‘urtasi  bo‘yicha  sug‘urta  shartnomalari  sug‘urta 

tashkiloti  va  sug‘urta  qildiruvchi  o‘rtasida  tuziladi.  O‘zbekistonda 

hayot  sug‘urtasining  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  hayotni 

jamg‘arib boriladigan tarzda sug‘urtalash hisoblanadi. Bu sug‘urta 

turi sug‘urta qildirgan shaxsni sug‘urta holati yuz bergan taqdirda 

627 


fuqaroning  ahvolini  qonun  hujjatlarida  belgilangan  qoidalarga 

nisbatan 

yomonlashtiradigan 

shartlarni 

o‘z 

ichiga 


olsa, 

shartnomaning  ana  shu  shartlari  o‘rniga  qonun  hujjatlarining 

tegishli qoidalari qo‘llaniladi. 

Yuridik  shaxslarning  quyidagi  mulklarini  saqlash  bilan 

bog‘liq  ularning  mulkiy  manfaati  sug‘urta  obyekti  sifatida  qabul 

qilinishi mumkin: 

•  binolar, inshootlar, tugallanmagan qurilish obyektlari;  

•  ishchi  mashinalar,  uzatish  qurilmalari,  quvvat  beruvchi 

uskunalar; 

•  inventar; 

•  tovar  zaxiralari,  xom-ashyo,  materiallar,  yoqilg‘i  va 

boshqalar. 

Sug‘urtalanuvchiga mulk huquqi sifatida tegishli bo‘lgan mol-

mulklar  ham,  ijara  va  keyinchalik  egalik  huquqini  berish  sharti 

bilan qabul qilingan mol-mulklar ham sug‘urtalanishi mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2002-

yilning  27-noyabridagi  “Sug‘urta  xizmatlari  bozorini  yanada 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida” 413-sonli  qarorida  “mol-

mulkni  olovdan  va  tabiiy  ofatlardan  sug‘urta  qilish” 8-klassga  oid 

ekanligi ko‘rsatilgan. Yong‘in, portlash, bo‘ron, dovul, jala, ko‘chki, 

tuproqning  cho‘kishi,  emirilish,  er  osti  suvlari,  sel,  yashin  urishi, 

zilzila,  yadro  energiyasi  ta’siri  natijasida  mol-mulk  yo‘qotilganda 

yoki  shikastlanganda  sug‘urta  qoplamasi  to‘lanishini  ta’minlovchi 

sug‘urta  turlarining  jami  Hukumat  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“Sug‘urta  faoliyati  klassifikatori”ning  8-klassiga  mos  keladi.  Do‘l, 

qalin  qor  yog‘ishi  yoki  qattiq  sovuq  tushishi,  buzib  kirib  o‘g‘irlik 

qilish  va  boshqa  voqealar  natijasida  mol-mulk  yo‘qotilganda  yoki 

shikastlanganda  sug‘urta  qoplamasi  to‘lanishini  ta’minlovchi 

sug‘urta turlari 9-klass doirasida amalga oshiriladi. 

  Sug‘urta 

hodisalari 

sug‘urtalanuvchilarning 

qo‘pol 

ehtiyotsizligi,  atayin  xatti-harakati  natijasida  voqea  sodir  etilsa  va 

uning  natijasida  mol-mulkka  zarar  yetkazilsa,  bu  zararlar 

sug‘urtalovchi tomonidan qoplanmaydi. Shu yerda siyosiy risklarni 

sodir  bo‘lishi  oqibatida  ko‘rilgan  zararlar  ham  qoplanmasligini 

eslatib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz. 

Sug‘urta  tashkilotlari  tomonidan  “Sug‘urta  faoliyati  klas-

sifikatori”ga  muvofiq,  umumiy  sug‘urta  tarmog‘ining  8-klassi  - 

“Mol-mulkni  olovdan  va  tabiiy  ofatlardan  sug‘urta  qilish”da  qayd 



628 

etilgan  shartlarda,  ya’ni  yong‘in,  portlash,  bo‘ron,  dovul,  jala, 

ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, yemirilish, yerosti suvlari, sel, yashin 

urishi,  zilzila,  yadro  energiyasi  ta’siri  natijasida  mol-mulk 

yo‘qotilganda yoki shikastlanganda sug‘urta qoplamasi to‘lanishini 

ta’minlovchi  sug‘urtaning  turlari  asosida  amalga  oshiriladi. 

Shuningdek,  mazkur  klassifikatorning  9-klassi  ham  mol-mulklarni 

sug‘urta qilishga oid bo‘lib, u “Mol-mulkni zarardan sug‘urta qilish” 

deb  ataladi. 9-klassning  mazmuni  8-klassda  ko‘rsatilmagan  do‘l, 

qalin  qor  yog‘ishi  yoki  qattiq  sovuq  tushishi,  buzib  kirib  o‘g‘irlik 

qilish  va  boshqa  voqealar  natijasida  mol-mulk  yo‘qotilganda  yoki 

shikastlanganda  sug‘urta  qoplamasi  to‘lanishini  ta’minlovchi 

sug‘urtaning turlari jamidan iborat. 

Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  mol-mulkni  sug‘urta  qilish 

huquqiga  O‘zbekiston  Respublikasi  moliya  vazirligi  tomonidan  8 

va 9-klasslar bo‘yicha litsenziya olgan barcha sug‘urta tashkilotlari 

haqlidir.  

Mol-mulkni  sug‘urta  qilish  sug‘urtalovchilar  bilan  tuzilgan 

shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.  

Sug‘urta shartnomasi - tomonlarning aniq yuridik va moliyaviy 

munosabatlarini 

belgilab 

beruvchi 

xujjatdir. 

Shartnomada 

franshiza  qo‘llanilishi  mumkin.  Franshiza  -  yuridik  shaxslar 

ko‘rgan  zararning  muayyan  qismi  bo‘lib,  sug‘urta  hodisasi  yuz 

berganda  sug‘urta  tashkiloti  ana  shu  qism  doirasida  javobgar 

bo‘lmaydi  va  u  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  sug‘urta  qoplamasidan 

chegirib tashlanadi. 

Sug‘urtalovchi  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslarga  tegishli  mol-

mulklarni  yong‘in,  zilzila,  toshqin,  suv  bosishi,  ko‘chki,  bo‘ron,  er 

cho‘kishi,  ichki  sanitariya  texnikasi  tizimlari  buzilishi  natijasida 

to‘liq  yoki  qisman  nobud  bo‘lganda  sug‘urta  qoplamasini, 

sug‘urtalanuvchi  bo‘lgan  yuridik  shaxslar  esa  sug‘urta  mukofotini 

o‘z  vaqtida  to‘lash  va  shartnomaning  boshqa  shartlarini  bajarish 

majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Mana shu qayd etilgan holatlar 

sug‘urta  tashkiloti  va  yuridik  shaxslar  o‘rtasida  mol-mulkni 

sug‘urtalash  bo‘yicha  tuzilgan  shartnomaning  predmetini  tashkil 

etadi.  


Suturtalovchining 

majburiyatlari 

sug‘urta 

mukofoti 

sug‘urtalovchining  hisob-kitob  raqamiga  kelib  tushgan  paytdan 

e’tiboran  kuchga  kiradi.  So‘ng  sug‘urta  polisi  sug‘urtalanuvchiga 

shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida beriladi.  

637 


vaqtincha  yoxud  umrbod  yo‘qotishi  mumkin.  Agar,  fuqaro  baxtsiz 

hodisalardan ehtiyoti shart sug‘urtalangan bo‘lsa, u holda sug‘urta 

tashkiloti fuqaroning boshiga baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida 

kulfat  tushganda  unga  moddiy  ko‘mak  beradi,  shu  fuqaroni 

oyoqqa  turib  olishiga  imkon  beradi.  Ayniqsa,  tibbiy  sug‘urtaning 

fuqarolarni  ijtimoiy  himoyalanishidagi  ahamiyati  katta.  Fuqaro 

kasallikka  duchor  bo‘lganda  tibbiy  sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha 

davolanish,  dori-darmon  sotib  olish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 

sug‘urta  tashkiloti  tomonidan  to‘lab  beriladi.  Bugungi  kunda 

O‘zbekiston  Respublikasidagi  qator  sug‘urta  takshilotlari  tibbiy 

sug‘urta turlarini amalga oshirmoqdalar. 

Shaxsiy  sug‘urtada  insonlarning  hayoti,  salomatligini  saqlash 

bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta obyekti bo‘lib hisoblanadi. 

Shaxsiy  sug‘urta  shartnomasi  tuzishda  sug‘urta  qildiruvchi 

bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga 

erishilishi lozim: 

sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida; 

sug‘urtalangan  shaxs  hayotida  yuz  berishi  ehtimol  tutilib 

sug‘urta  amalga  oshirilayotgan  voqea  (sug‘urta  hodisasi)ning 

xususiyati to‘g‘risida; 

sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida; 

sug‘urta  mukofotining  miqdori  va  uni  to‘lash  muddati 

(muddatlari) to‘g‘risida; 

shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida. 

Shaxsiy sug‘urta deganda insonning sog‘ligi, hayotini saqlash 

bilan bog‘liq manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urta turlari 

tushuniladi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

2002  yil  27  noyabrda  qabul  qilingan  “Sug‘urta  xizmatlari  bozorini 

yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  413-son  qarori 

bilan  tasdiqlangan  “Sug‘urta  faoliyati  klassifikatori”ning  umumiy 

sug‘urta sohasiga oid 1-klassi “Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart 

sug‘urta  qilish”  va  2-klassi  “Kasallikdan  ehtiyoti  shart  sug‘urta 

qilish”  shaxsiy  sug‘urta  tarmog‘iga  mansub.  Shuningdek,  hayotni 

sug‘urta  qilish  sohasining  barcha  klasslari  doirasida  amalga 

oshiriladigan sug‘urta turlari ham shaxsiy sug‘urta tarkibiga kiradi. 

Shaxsiy sug‘urtaga oid eng ommaviy sug‘urta turlariga quyidagilar 

kiradi: 



636 

-sug‘urta hodisasi yuz bergan sana va uning tavsifi; 

-sug‘urta  hodisasi  sodir  bo‘lganda  sug‘urtalanuvchi  qilgan 

ishlar; 


-zarar  miqdori  va  sug‘urtalanuvchi  da’vo  qilayotgan  sug‘urta 

tovonining  miqdori.  Bunda  tegishli  ro‘yxat  va  summa  ko‘rsatilishi 

kerak; 

-zararni  qoplash  uchun  uchinchi  shaxslardan  olingan  tovon 

miqdori. 

Mabodo  zarar  to‘liq  qoplangan  bo‘lsa  yoki  sud  qaroriga  ko‘ra 

zarar 

aybdor 


shaxs 

tomonidan 

qoplanadigan 

bo‘lsa, 


sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. 

Quyidagi hollarda sug‘urta tovoni to‘lanmaydi: 

-agar  sug‘urtalanuvchi  zarar yetkazilishiga  olib  keluvchi  xatti-

harakatlarni  ataylab  yoki  qo‘pol  ehtiyotsizligi  tufayli  sodir  etgan 

yoki ularga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa; 

-basharti  zarar  kelib  chiqishiga  olib  kelgan  holatlar  huquqni 

muhofaza  qilish  organlari  tomonidan  tekshirilayotgan  bo‘lsa, 

tekshiruv tamom bo‘lgunga qadar. 

Mabodo  sug‘urtalanuvchi  yoki  naf  oluvchi  shaxs  zarar  uchun 

aybdor 


yoki 

uchinchi 

shaxslardan 

tovon 


olgan 

bo‘lsa, 


sug‘urtalovchi  sug‘urta  shartlariga  ko‘ra  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan 

pul  bilan  aybdor  yoxud  uchinchi  shaxslardan  olingan  pul 

o‘rtasidagi farqning o‘zini to‘laydi. 

Shartnoma  imzolagandan  so‘ng  tavakkalchilik  darajasida  ro‘y 

bergan  va  sug‘urta  hodisasi  yuz  berish  ehtimolini  oshiradigan 

barcha  o‘zgarishlar  sug‘urta  tashkilotiga  sug‘urta  shartlarini 

o‘zgartirish hamda qo‘shimcha sug‘urta mukofoti to‘lanishini talab 

qilish  huquqini  beradi.  Sug‘urtalanuvchi  qo‘shimcha  sug‘urta 

mukofotini  to‘lashdan  bosh  tortgan  taqdirda  mazkur  shartnoma 

yuridik kuchini yo‘qotadi, to‘langan sug‘urta mukofoti esa qaytarib 

berilmaydi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish