Ta’limni maqsadi



Download 151.5 Kb.
Sana13.04.2017
Hajmi151.5 Kb.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi taxrirdagi DTS, dasturining maqsad va vazifalari.

Ta’limni maqsadi:

Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlash, o’zini - o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shuningdek gigiena va sog’lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishini ta’minlaydi, hamda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi.


Tarbiyaviy maqsadi:
Boshlang’ich ta’lim jarayonida bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismoniy sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish, ularga rioya qilishga o’rgatiladi.
Rivojlantiruvchi maqsad:
Boshlang‘ich d ta’lim DTS dasturida ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirish , erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglash o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a`zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan.


REJA





  1. Kirish.

  2. Takomillashgan DTS va o’quv dasturlari.

  3. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf DTS talablari

  4. Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari.

  5. Boshlang‘ich sinflar uchun tayanch o‘quv rejasi

  6. Boshlang‘ich sinf masad va vaziyafalari

  7. 2009-2010 yilga mo‘jallangan o‘quv reja


Takomillashgan DTS va o’quv dasturlari.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dastur”ni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida “2004-2009” yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida yurtboshimizni Farmoni e’lon qildi. Bunga asosan Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari e’lon qilindi.


Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning beshta asosiy yo’nalishlarida ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o’quv standarti va o’quv dasturlarini takomillashtirish borasida ham yo’l-yo’riqlar ko’qsatib o’tilgan.

Shunga binoan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz olimlari, tajribali amaliyotchi o’qituvchilardan iborat Umumiy o’rta ta’lim standarti hamda o’quv-metodik materiallarni ekspertizada o’tkazish bo’yicha ekspert guruhi tashkil qilindi, guruh amaldagi umumiy o’rta ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o’quv standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli izlanishlar qilindi. Guruh boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari bo‘yicha DTS lari asosida har bir sinf uchun o‘quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni qayta ko’rib chiqish va ekspertiza natijalari asosida ularni takomillashtirish vazifalarini bajardilar.

Xalq ta’limi vazirligining 2004 yil 27 fevraldagi 29-son buyrug‘iga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va barcha xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi ishchi guruhlari tomonidan DTS, o’quv dasturlari ekspertizadan o’tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o’rta ta’limning yangi tahrirdagi DTSni, modernizatsiya qilingan o’quv dasturi tayyorlandi.

Takomillashtirilgan o’quv dasturi va standartlarini amaliyotda sinab ko’rish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2004 yil 8 oktabrdagi “Umumiy o’rta ta’limning takomillashtirilgan DTS i, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlarini tajriba-sinovdan o’tkazish haqida”gi 198-sonli buyrug’i asosida 2004-2005 o’quv yilining 2-choragida 29 ta tayanch maktablarida 31 ta o’quv fanidan takomillashtirilgan DTS, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari tajriba-sinovdan o’tkazildi.


Umumiy O‘rta ta`lim maktablarining boshlangich sinflari uchun DTS talablari.
Boshlangich ta`lim jarayoni bolaning mantiviy tafakkur qila olishi salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarshi, kommunikativ savodxonligi va o‘z- o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga jismonan soglom bo‘lishga moddiy borliq go‘zalliklarni xis eta olishga, g o‘zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o‘zida singdirish va ardoqqash, ularga rioya ?ilishga o‘rgatadi.

Boshlangich ta`lim bosqichi oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta`lim standarti asosida davlat boshlangich sinf o‘quvchilaridan standartda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o‘z navbatida bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ta`limiy xizmatlar va vositalar bilan ta`minlaydi.

Boshlanlich ta`lim davlat standarti o‘quv predmeti

bo‘yicha emas, balki ta`lim sohalari bo‘yicha belgilandi. Ta`lim sohalari bo‘yicha standart ko‘rasatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta`lim mazmunining miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlangich ta`lim davlat ta`lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta`lim mazmuni ko‘lamini chegaralash, ta`lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta`lim standartini belgilash boshlangich ta`lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtai nazardan yangilash) ni ko‘zda tutadi.

Davlat ta`lim standarti boshlangich ta`lim jarayoni oldiga

qo‘yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o‘quvchilar egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga

qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning egallagn bilim, k o‘nikma va malakalarni baholash mezonlarni belgilashga imkon yaratadi. Boshlangich ta`lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayni shu boshlangich sinf o‘quvchilarida ko‘nikama va malaka hosil qilishga qaratilgan ta`lim sohalarining mujassamlashgan predmentlari tashkil qiladi.

Boshlangich ta`lim standarti mazkur ta`lim bosqichining har bir ta`lim sohasi uchun belgilangan standart predmentlari mazkur ta`lim sohasining modernizatsiyalashtirilishi shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta`lim jarayonining vosita va metodlari hmda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e`tibor boshlangich ta`lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to‘laqonlilikni saqlab qolishga qratiladi.

Boshlangich ta`lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan q qo‘yildigan talabda ta`lim sohalari bo‘yicha o‘zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uygunlik to‘la ta`minlangan bo‘lmogi kerak. Shu jihatdan boshlangich ta`lim standartini belgilash ta`lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponetlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlangich ta`lim jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyani qo‘llash imkonni beradi. quyidagi pedagogik omillar ta`lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo‘llash uchun asos yarata oladi:

- boshlangich ta`lim jarayoniga kiritilgan har bir ta`lim sohasi bo‘yicha belgilanadigan ta`lim mazmuniga o‘quv materiallarning tadrijiy tarzda berilishini ta`minlash;

- ta`lim jarayonini ta`lim sohalarning maqsadiga

bo‘ysundirish va ta`lim sohalararo maqsadlarga mutanosibligini ta`minlash;

- har bir ta`lim sohasi bo‘yicha boshlan?ich sinf o‘quvchilarida hosil bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning aniq darajalarini hamda ta`lim natijasini baholash mezoniga qo‘yiladigan talablarni boshlangich ta`lim standartining asosiy parametrlari bo‘yicha ishlab chiqish.

Boshlangich ta`lim standarti ta`lim sohalariga qo‘yilgan standart ko‘rsatkichlarini mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta`lim sohalarida belgilab qo‘yilgan ta`lim standartining ko‘rsatkichlari tashkil etadi. Ta`lim sohalari bo‘yicha ta`lim natijasining sifati xuddi mana shu

ko‘rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o‘rinda belgilab qo‘yilgan ko‘rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o‘lchov birliklarida ifodalanadi.

Davrning dolzarb talablari va jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga asoslanib jahon tajribasiga tayangan holda O‘zbekiston Respublikasidagi boshlangich ta`lim tayanch o‘quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta`limi

sohalari kiritiladi.

Boshlangich ta`lim bosqichida xorijiy (ingliz, nemis, fransuz, arab kabi) tillarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, u maktab komponetidagi soatlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. o‘zbek maktablari uchun rus tili, o‘qishlar boshqa tillarda (rus, qozoq, turkman, tojik, qirgiz va boshqa) olib boriladigan maktablarda davlat tili (o‘zbek tili) ni o‘qitish konsepsiyasidan hamda "Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili davlat ta`lim standarti" da o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu sohalarda olib boriladigan ta`lim mazmuni mazkur standart talablariga tayangan holda belgilanishi lozim.

1-4 sinflar

1. Ona tili va o‘qish

Boshlangich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quydagi bilim, ko‘nikama va malakalarni egallashlari shart.

A) o‘qish texnikasi bo‘yicha:

-bir daqiqada 80-90 so‘zni o‘qiy olish talablari.

- xarflarni to‘gri talaffuz etish.

- so‘zlarni to‘gri o‘qish.

- gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o‘qish.

- gapdagi tinish belgilarni talaffuzi

Boshlang’ich ta’lim DTS.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek DTS umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yilgan talablarni belgilaydi.

“Ta’lim to’g’risida”gi qonunda “Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi. Buni uchun olti-etti yoshli bolalar, maktabning moddiy-texnik bazasi o’qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat’iy diagnostika qilishi shart”.

Boshlang’ich ta’lim o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining asosiy malaka va ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash, o’zini-o’zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy qiqiena va sog’lom turmush tarzi asoslarini egallab olishni ta’minlaydi. Shu asosda boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko’nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllanadi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta‘lim standarti asosida boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartda belgilab qo’yilgan ko’rsatkichiga erishishni talab qiladi va o’z navbatida bu ko’rsatkichlarga erishish ko’rsatilgan.

Boshlang’ich ta’lim standarti mazkur ta’lim bosqichining har bir ta’lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta’lim sohasining modernizatsiyalashtirishni, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnologik tizimi va darajasini belgilab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlang’ich ta’lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik va to’laqonlilikni saqlab qolishga qaratilgan.

Boshlang’ich ta’lim tayanch o’quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta’limi sohalari kiritilgan.

Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo’yilgan standart ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo’yilgan ta’lim standartining ko’rsatkichni tashkil etadi. Ta’lim sohasi ta’lim natijasining sifati mana shu ko’rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichida xorijiy tillarni o’rganish bo’lib u maktab komponentidagi soatlar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. O’zbek maktablari uchun rus tili, o’qishlar boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tilini o’qitish konsepsiyasidan hamda Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o’zbek tili DTS ida o’z ifodasini topadi.



Umumiy o’rta ta`lim maktablarining boshlangich sinflari uchun tayanch o’quv rejasi.


Ta`lim sohalari

O’quv fanlar

Sinflar

haftalik umumiy soatlari

Jami soatlar

I

II

III

IV

Filologiya

Rus tili

-

2

2

2

6

204

Ona tili



















O’qish

8

8

10

10

36

1216

Matematika

Matematika

5

5

5

5

20

675

Tabiat

Tabiat

1

1

1

1

4

135

Inson va jamiyat

Odobnoma

1

1

1

1

4

135

Musiqa

1

1

1

1

4

135

T/s chizmachilik

1

1

1

1

4

135

Mehnat

1

1

1

1

4

135

Jismoniy tarbiya

2

2

2

2

8

270

Umumiy soatlar

20

22

24

24

90




Maktab ixtiyoridagi soatlar

2

2

2

2

8

270




haftalik eng ko’p dasrlar soni

22

24

26

26

98

3310 soat



1999 yil 16 avgust 390-sonli qaror .

Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari.

Ona tili.
Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o’zgalar fikrini aniqlashi, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchining ona tili ta’limi sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezoni orqali aks ettiriladi:





2009-2010 o’quv yilga mo’jalangan o’quv rеjalari 2009 1 aprеl 75-sonli buyrug’i 3- ilova
1-sinf 20/22 soat

2- sinf 22/24 soat

3- sinf 24/26 soat

4- sinf 24/26 soat


1. O’quv reja tarkibidan davlat va makatab komponentlaridan iborat.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2001 yil 4.01 dagi “O’zbekiston Respublikasi Konsetutsiyasini o’rganishni tashkil etish to’g’risidagi F-132 sonli farmoishi asosida I-IV sinflarda Konsetutsiyasi alifbosi” kursi “Odobnoma”, “O’qish”, “Tabiyatshunoslik”, “Atrofimizdagi olam” kabi fanlar tarkibida har bir sinfda 10 soatdan o’qitiladi.

5-7 sinflarda “Konsetutsiya olamiga sayohat” kursi 17 soatdan makatab komponenti hisobidan o’qitiladi va jurnaldan alohida bet jaratiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 22 avgustdagi “Din sohasidagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni va faoliyatani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 364- sonli qarori ijrosi ta’minlash maqsadida. “Dinlar tarixi” kursidan dastlabki umumiy tushunchalar.

I-IV sinflarda sinflar kesimida 17 soatdan jami 68 soat “Odobnoma”, O’qish”, “Tabiyatshunoslik”, “Atrofimizdagi olam” fanlari va tarbiyaviy soatlar tarkibida

V sinf 17 soat “Tarix”. “Adabiyot”, “Vatan tuyg’usi” fanlari

VI sinf 17 soat “Tarix”. “Adabiyot”, “Vatan tuyg’usi” fanlari

VII sinf 17 soat “Tarix”. “Adabiyot”, “Vatan tuyg’usi” fanlari

VII sinf 17 soat “Tarix”. “Adabiyot”, “Vatan tuyg’usi” milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari fanlari

IX sinf 17 soat “Tarix”. “Adabiyot”, “Vatan tuyg’usi” “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Dunyo dinlar tarixi” kurs makatb ixtiyoridagi soatlarda haftasiga 1 soat ajratiladi.

“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-marifiy asoslari” 14 soatlik kursi “Jahon tarix”, “O’zbekiston tarhi”, Miliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat-ma’rifat asoslari fanlariga ajratilgan soatlar tarkibida o’qitiladi.

Iqtisodiy bilim asoslari

I-IV sinflarda “Iqtisodiy va soliq alifbosi” kursining o’quv materiallari “Ona tili”, “O’qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Mexnat” fanlari tarkibida sinflar kesimida 10 soatdan jami 40 soat

V-VII sinflarda “Matematika”, “Mexnat”, “Fizka” “Konsetutsiya olamiga sayohat”, “Geografiya”, “ Tarix”, “Vatan tuyg’usi” fanlari tarkibida sinflar kesmida 17 soatga

8-9 sinflarda esa alohida fan sifatida o’qitiladi.

XTV ning 2008 3.08.-gi “Umumiy o’rta ta’limning Yangi tahrirdagi DTS, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari tajriba sinovlarning 2-bosqich natijalariga asosan Informatika fani V-VII sinflarda maktab ixtiyoridagi soatlar hoisobidan sinflar kesimida 0,5 soatdan jami 51 soat o’qitiladi.



Ayrim fanlar chuqur o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (sinf)larda o’qishlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o’qitiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi 173-sonli qaror bilan tasdiqlangan. “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat umuta’lim muassasalarning ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umuta’lim muassasalar to’g’risida Nizom” haqida O’zbekiston Respublikasi XTVlarning 2008 yil 7 noyabrdagi 296-sonli, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat test markazining 2008 yil 7 noyabrdagi 01-387 KB-sonli qo’shma buyruqlari bilan tasdiqlangan fanlarni chuqur o’qitish bo’yicha namunaviy o’quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Mazkur namunaviy o’quv dasturlar asosida fanlarni chuqur o’rganish bo’yicha mualliflik o’quv dasturlarni O’zbekiston Respublikasi XTV xuzuridagi respublika ta’lim markazi bilan kelishgan xolda mustaqil ishlab chiqarish, tasdiqlash va amalga oshirish mumkin.

I-VIII sinflarda “ Yo’l harakati qoidalari”ni o’rgatish uchun har bir sinfga maktab komponenti hisobdan yo’liga 17 soatdan ajratiladi I-IV sinflarda bu darslar boshlang’ich o’quvchilar tomonidan o’tiladi. Bu mashg’ulotlar makatab dars jadvali kiritilishi va sinf jurnalida alohida bet ajratib, o’quvchilar bilim baholanishi shart. I-IV sinfda

Salomatlik darslari” V-IX sinflarda “Sog’lom avlod asoslari” maktab ixtiyoridagi soatlardan foydalangan xolda hir bir sinfda yiliga 17 soat Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi asosida o’qitiladi. Darslarni oily ma’lumotli, etarli bilim va malakaga ega bo’lgan, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan o’quvchilar, biologlar yoki psixologlar o’tishlari kerak. Davra suhbatlariga mutaxassis tabiiy xodimlarni taklif etish tavsiya etiladi.

Inson havfsizligi asoslari” mashg’ulotlari I-IV sinflarda jismoniy tarbiya fani tarkibida 6 soatdan o’tiladi. Sog’liqni saqlash vazir;ligining umumiy o’rta talim maktablarida talim jarayoni tashkil etish sharoitlariga qo’yiladigan talablar. Son Pin №0102-00 asosida o’quv yili 1- sinfda 33 xafta, 2 -4sinflarda 34 xafta belgilangan. Maktabda o’quv mashg’ulotlari 2 sentabrdan boshlanadi va barcha sinflarda 25- maydan tugallanadi. O’quv yili mobaynida ta’tillar

Kuzgi tatil 4nayabrdan 6 kun; qishqi tatil 28 dekabrdan - 10nayabrgacha 10 kun; baxorgi tatil 22 martdan 10kun; yozgi tatil- o’quv yili (imtixonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.

1sinf o’quvchilari uchun fevral oyining uchinchi xaftasidan bir xaftalik ta’lim beriladi.
REJA


  1. Ona tili darslarining maqsad va vazifalari.

  2. Boshlang’ich sinflarda fonetika, frammatika,

to’g’ri yozuv va nutq o’stirish.

  1. Tovush

  2. So’z

  3. Gap

  4. Bog’lanishli nutq

3.Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatgichlar

4.Tayyorgarlik davrida yozuvga o‘rgatish

5. Savob o‘rgatish davrida yozubga o‘rgatish

6.O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalari.

7. O‘quvchilarni bilim ko‘nikma malakalari

8. Test


ONA TILI DARSLARIGA QO’YILGAN

TALABLAR.

Ona tili daralarida bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglash, o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, lamiyat a’zjlari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarni rivojlantiradi. Ona tili ta’limda yozuv fani emas. Balki butun larayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko’satgichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillika rioya qilingan holda bayon qilaolishga o’rgatish nuqtai nazaridan belgilaydi.

Bo’glang’ich ta’lim bosqichida o’quvchilarning ona tili ta’lim sohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametric standart o’lchovi orqali aks ettiriladi.


    1. O’qish texnikasi.

    2. O’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash.

    3. Fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Bo’shlang’ich sinflarda o’quvchilar ona tili o’qish bo’yicha quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi shart.

  1. O’qish texnikasi bo’yicha:

Miqdoriy ko’rsatkich, bir daqiqada 80-90 so’zni o’qiy olish.

Talablar.



  • harflarni to’gri talaffuz etish;

  • so’zlarni to’g’ri o’qish;

  • gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o’qish;

  • gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;

  • sanash va ajralaish ohanglarida to’g’ri foydalanish;

  • so’z urug’ularida rioya qilish;

  • ohangga rioya qilish;

  • ilmiy atama va ramzlarni to’g’ri talafuz etish.

  1. Matn mazmunini va o’agalar fikrini anglash malakasi bo’yicha: Miqdoriy ko’rsatgich, 10 daqiqada 4-5 sahifasi matn o’qish, qauta so’zlab bera olish .

Talablar.

  • og’zaki nutqning to’g’ri, ravon, aniq, tushunarli va ta’sirchan bo’lish;

  • monolik nutqning ravon bo’lishi;

  • daoligik, nutqda ta’sirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq bo’lishi.

  1. Diktant yozma malakasi:

Miqdori ko’rsatkich 75-80 so’zdan iborat diktant yoza olish.

Talablar.



  • immo xatolarga yo’l qo’ymaslik;

  • ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchanligi;

  • berilgan izohlarning aniqligi;

  • lug’atlarning to’g’ri va aniq berilishi.

  1. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo’yicha;

Miqdoriy ko’rsatgich 5-6 gapdan iborat bo’lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bo’lgan mavzu asosida) yaratish;

Talablar:



  • matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’likligi va aloqadorligi ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashish;

  • harf va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

  • husnihatda qatorlarni to’gri joylashtirish;

  • tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanishi;

  • matnda so’zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonivlarni qo’llay olish;

  • matnda hat boshlarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta’minlash;

  • uyadosh so’zlardan foydalana olish;

Boshlang’ich ta’lim yakunida o’quvchilar kamida 20 ta kichik hajmdagi she’rni yoddan aytib bera olishi shart.

Boshlang’ich ta’lim davlat stsndarti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonunga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da Vazirlar Mahkamasining “Uzliksiz ta’lim tizimida DTS larini ishlab chiqarish va joriy etish to’grisida”gi 1998 yil 5 yanvar qaroriga va “DTS ni to’grisidagi Nizom” ga asoslangan holda belgilangan.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha DTS ni umumiy O’rta ta’limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, O’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, O’quv yuklamasi hajmiga bo’lib, u davlatnung me’yoriy hujjati sifatida e’tibor etilgan.

“Ta’lim to’g’risida”gi qonuning “DTS” to’grisidagi 7-moddasida belgilab berilgandek “DTS lari umumiy o’rta, o’rta mahsus, kasb-hunar va oily ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yilgan talablarni belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”.

Boshlang’ich ta’lim davlat qonunini hayotga tadbiq etishda muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tili, o’qish asosiy o’rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi.


      1. Savod o’rgatish, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.

      2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.

      3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.


Fonetika, grammatika, to’g’ri yozuv va nutq

o’stirish.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatlari va yozma nutqini, tafakkurini amalga oshirish, ularni shahs sifatida shakllantira borishni amalga oshirish, ularda bilim olishga qiziqishni oshirish, faollik, mustaqillik, mehnatsevarlik, qiyinchaliklarni enga olish qobi-liyatlarini o’stirish hisoblanadi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatlarini muvaffaqiyatli o’stirish kelgusida fanlarni puxta o’slashtirishlariga imkoniyat yaratadi.

Boshlang’ich sinflar, “Fonetika, grammatika, to’g’ri yozuv va nutq o’stirish” dasturi bosqichi izchillik tamoyili asosida tuzilgan bo’lib, fonetika, gramatika, imlodan beriladigan boshlang’ich ta’limotlar yuqori sinflarda o’qitiladigan ona tili va adbiyot materillari bilan uzviy bo’glanadi.

Ushbu dastur “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Boshlanishli nutq” va “Husnihat” bo’limlarini o’z ichiga oladi.

Tovush va harflar.

Tovushlar va harflarga oid asosiy bilimlar o’quvchilarning savod o’rgatish jarayonida o’rgangan amaliy bilimlariga asoslangan holda 1-2-sinflarda beriladi, ular haqida ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.

Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, ularning harfiy ifodasi, bo’g’in, jarangliva jarangsiz undosh tovushlar haqida tushunchalar beriladi.

Bolalar ushbu bilimlar asosida aytilaishi va yozolishida farq qiladigan so’zlar, a va o, y va i tovushli so’zlarning aytilishi va yozilishi, so’z oxirida kelgan jarangli b va d undoshlarning jarangsiz jufti, n va m undosh eshitilsa ham b va g harfinig yozilishi, ayrim so’zlar oxirida kelgan d va m undoshlarning talaffuzda tushib qolishi, ammo yozuvda saqlanishi; yonma-yon kelgan ikki bir hil undoshli so’zlarning aytilishi va yozilishini bilib oladilar.

3va4-sinflarda esa tovushlar va harflarga oid bilimlar chuqurlashtiriladi, mustahkamlanadi. So’zlarni tovush-harf tomonidan tahlil qilish takomillashtiriladi,

bolarda nutqni eshita olish qo;iliyatini o’stirishga e’tibor kuchaytiradi. Bular o’z navbatida, o’quvchilar savodhonligini oshiradi, xatosiz ko’chirib-yozish, eshitib yozish yozganlarini mustaqil tekshirish ko’nikmalarini o’stiradi.

Tovushlar va harflar yuzasidan olib boriladigan ishlar kichik yoshdagi o’quvchilarning o’gzaki va yozma nutq madaniyatini o’stirish va takomillashtirishga yo’naltiriladi.
So’z

Bo’shlang’ich sinflarda so’z leksik-grammatik tomonidan o’rganish, lug’at ustida ishlashga katta e’tibor beriladi.

Lug’aviy mashqalar grammatik va to’g’ri yozishni o’rganish bilan bo’glik holda olib boriladi. O’quvchilar o’qish, grammatika, to’g’ri yozuv imlodan materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda, so’zlar shaxs va narsalarning nomini, harakatini, belgisini, sanog’i va tartibini ifodalovchi, yaqin va qarama-qarshi ma’noni bildirish, matnlarni har hil ma’nodan ishlanishini bilib oladilar, ular o’z firklarini to’g’ri va aniq ifodalashga, fikrga mos so’zlar tanlay olishga o’rgatib boradilar.

So’z turkumlarini o’rganishga 2-sinfda tayyorlanadilar. Ular kim? (kimlar?) nima? nimalar? So’roqlariga javob bo’lgan shahs va narsalar nomini, qanday?, qanaqa?, qaysi?, so’roqlariga javob bo’lgan, shahs va narsalarning sanog’i va tartibini, nima qildi? nima qiladi? nima qilyapti? So’rog’iga javob bo’lgan, narsa va shahsning harakatini ifodalashni bilib oladilar ularni ma’lum so’zlarga so’roq bera olishga, u yoki bu so’roqqa javob bo’lgan so’z nimani ifodalashini aytib berishga o’rgatiladi.

3-sinfda o’quvchilar o’zak va o’zakdosh so’zlar bilan tanishadilar. So’zning tarkibi, o’zak, so’z yasovchi so’z o’zgartuvchi qo’shivchalar o’rganiladi.

Oddiygina so’z yasalishi bilan, ko’p ishlatiladigan – chi, -la, -siz, -zor, -li, -kor kabi qo’shimchalar ma’nosi bilan amaliy tanishtiradi.

O’quvchilar – soz turkimi termin bilan 3-sinfda tanishadilar. Ular ot, otning ma’nosi ( shahs predmetlaring nomini bildirishi) so’roqlari, birlik va ko’plikda, qo’llanishi; sifat, uning ma’nosi (predmetning belgisini bildirish) so’roqlari; son, uning ma’nosi (narsa, predmetning sanog’I va tartibini bildirishi) so’roqlari, bo’lishli va bo’lishsiz fe’llari o’rganiladi.

4-sinf o’quvchilar otalarning egallik qo’shimchalarini bilan qo’llanishi, kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi va asosiy so’roqlariga qarab ularning bir-biridan farqlanishini, kelishini qo’shimchalarning yozilishini, sifat yuzasidan o‘rganiladigan takrorlanib, qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning, son, uning ma’nosi, sanoq va tartib sonlari, ularning so’roqlari, tartib sonlarining yozilishini, kishilik olmoshlari, ularning uch shahsda, birlik va ko’plik sonda qo’llanilishi, kelishiklar bilan turlanishini o’rganadilar.

4-sinfda o’quvchilarga fe’llarining tuslanishi (shahs - son qo’shimchalari bilan o‘zgarish) haqida tushunchalar beriladi. 3 o‘tgan, hozirgi, kelasi zamonda qo‘llanishi, o‘tgan zamon qo‘shimchasi (-di) ning aytilishi va yozilishi, qo‘shimcha fe’llar va ularning yozilishi o’rgatiladi.

Dasturlarning “Gap” bo’lishida nutqda ko’proq ishlatiladigan va ammo, lekin, biroq, shuning uchun bo’glovchilari bilan tanishadilar.

So’zning tarkibi va so’z turkumlarini o’rganish jarayonida turli so’z turkimlariga oid so’zlarning hilma-hil ma’nolarda qo’llanishi hamda so’zni gapda, so’z birikmasida to’gri o’rini, abiq ishlatilishi bilib olishga yordam beradigan leksik mashqlar, shuningdek, o’quv yili davomida o’rganiladigan, imlosi qiyin so’zlarning yozilishini bilib olishga ko’maklashadigan lug’abiy-imloviy mashqlar o’tkaziladi. O’quvchilar darslikda berilgan lug’atdan, boshlabg’ich sinflar uchun nashr etilgan imlo lug’atidan foydalanishga o’rgatiladi.
Gap.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarga gap haqida; gapning ifoda maqsadiga ko’ra turli (darak, so’roq,buykuq gap) haqida his-hayajon bilan aytilgan gaplar; gapning mazmuniga ko’ra oxiriga nuqta, so’roq va undov belgisini qo’yilishi haqida, gap bo’laklari, gapda o’z birikmalariga ajratishi haqida dastabki ma’lumotlar to’rt o’quv tili davomida izchillk bilan berib boriladi.

Birinchi sinfda o’quvchilar nutqdan gapni ajratib olishga, gapni alohida so’zdan farqlashga, gapni o’qiganda ohangga rioya qilishga, ta’lim tayyorgarlikdan so’ng gapning birinchi so’zini bosh harf bilan boshlab yozilgan va oxirgiga nuqta qo’yishga o’rganadilar.

Ikkinchi sinfda esa oldingi sinfda berilgan bilimlar yangi til materiallari asosida mustahkamlanadi, o’quvchilar gapining oxirida nuqtadan tashqari so’roq belgisi va undov belgisining ishlatilishi bilan tanishadilar va oxiriga qo’yilgan tinish belgisiga mos ohangda gapni o’qishga o’rganadilar.

Uchunchi sinfda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari (darak,so’roq, buyruq gap) shuningdek, ayrim gaplarning, hiz hayojon bilan aytilishi va oxiriga undov belgisining qo’yilishi haqida tushuncha beriladi, ularni og’zaki va yozma nutqda qo’llashga o’rgatiladi. Gap bo’laklari ega kesim va ikkinchi darajali bo’laklar mavzulari ham o’rgatiladi.

To’rtinchi sinfda ammo, lekin, biroq bog’lovchilari yordamida bog’langan va bog’lovchilarsiz qo’llangan uyshuq bo’lakli gaplar o’rganiladi. O’quvchilar uyshuq bo’lakli gaplarni sanash ohangida o’qishga, ammo, lekin, biroq bog’lovchilaridan oldin hamda bog’lovchilarsiz bog’langan uyshuq bo’laklar orasida vergul qo’yib yozishga, uyshuq bo’lakli gaplardan og’zaki va yozma nutqda foydalanishga o’rganadilar.


Bog’lanishli nutq.

Boshang’ich sinflarda olib boriladigan ta’limiy ishlarning asosiy yo’nalishlaridan birio’quvchilarning og’zari va yozma nutqini o’stirish, muomila odobini shakllantirish hisoblanadi.

“Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish” dasturiga ko’ra kichik yoshdagi o‘quvchilarning yoshlariga mos ravishda namuna asosida matn tuzishga va uni lug‘aviy-imloviy tayyorgarlikdan so‘ng o‘qituvchi yordamida yozishga doir ko‘rgan bilganlari, o‘qiganlari, kuzatishlari asosida matn tuzishlariga ya’ni inshoga oid mashqlarni bajarishga o‘rgatib boriladi.

Boshlang‘ich sinflarda bayon va insho ta’limli xarakterda bo‘ladi. Bayon ham, insho ham kichik hikoya tarzida bo‘lishi zarur. O`quvchilarning bilim, makaka va ko’nikmasiga qo’yilgan DTS ning minimal talabi




Ta’lim mazmunini belgilovchi ko’rsatkichlar.

Ona tili

Boshlang’ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o’z ichiga oladi.

- Gap va nutq, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi (fonetik tahlil-unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar)

- bo’g’in va bo’g’in tuzilishi, so’zlarni bo’g’inlab ko’chirish;

- so’z va so’z ma’nolari (lug’aviy tahlil – bir ma’noli so’zlar,)

- so’z tarkibi o’zak va qo’shimchalar (turlovchi va yasovchi) o’zaklarda tovush o’zgarishi , bir necha shakldagi qo’shimchalar (o’zak va qo’shimchalar imlosi)

- so’z – nomlarini mazmuniga ko’ra guruhlash predmetlar nomini bildiruvchi so’zlar predmetlarning harakatini, belgisini , sanog’ini bildirguvchi so’zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so’zlar (shahsga nisbatan-kishilik olmoshi)

- gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko’ra turlash (darak, so’roq, buyruq va his-hayajonni bildirgan gaplar) gapda tinish belgilarining ishlatishi , nuqta, so’roq, undov) yozma nutqda ishlatiladigan muhim belgilar vergul, qavs, ikki nuqta, ko’p nuqta.

- Gapning tuzilishi, gapning asosiy mazmunini bildiruvchi besh bo’laklar ega va kesim asosiy mazmunini to’ldiruvchi bo’laklar (ikkinchi darajali bo’laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno)

- Gapda so’zlarning o’zaro bog’lanishi, so’zlar birikmasi, (gapning uyushiq bo’laklari, ularning o’zaro bog’lanishi.)

- Gap va matn, matnning tuzilishi; mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar; bayon, kichik insho, og’zaki, yozma ijodiyot;

- Xabar, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, yozish, ro’yhat tuzish;

- Kitob bilan ishlash

- So’zlarni to’g’ri talaffuz qilish, bo’g’inlab o’qishdan ongli, sidirg’asiga, tez, to’g’ri, ravon, ifodali o’qishga erishish;

- Kichik hajmda she’rni yod olish;

- 2-3 sinflarda yozuvchilarning ism-sharif asarlarining nomlari haqida to’laroq tushuncha hosil qilish.

- Badiiy asarlarni sharhli, ijodiy va ifodali o’qish

- Asar syujet voqealari o’rtasidagi bog’lanishni, qahramonlarning fe’l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash;

- O’qigan asarlarni yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini og’zaki va yozma tarzda izchil ifodalash

- So’z boyligini oshira borish

- 4-sinfda o’qigan asarlari yuzasidan mustaqil reja tuzish;

- O’qigan asarlari yuzasidan savol topshiriqlar tuzish;

- Badiiy asarlarni o’zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish.
O’quvchining o’zlashtirish zarur bo’lgan bo’lim, ko’nikma va malakalari.

Ona tili
1-sinf.

O’qish texnikasi miqdoriy ko’rsatkich minutiga 25-30 so’z.

Talablar

a) tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish;

b) so’zlarni to’g’ri o’qish

d) gap ohangiga rioya qilgan holda ravon o’qish;

e) 5 ta she’rni yoddan aytib berish ertak, topishmoq, tez aytishlarni bilish;

2-sinf O’qish texnikasi.

Miqdoriy ko’rsatkich minutiga 40-60 so’z;

Talablar a) tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish

b) so’zlarni to’g’ri o’qish

d) gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o’qish

e) gapda tinish belgilarining talaffuzda aks ettirish;

l) 10 ta she’rni yoddan bilish; ertak, topishmoq, maqol, qo’shiqlarni bir-biriga farqlash;

3-sinf. O’qish texnikasi

Miqdoriy ko’rsatkich minutiga 65-75 so’z

- Talablar. So’z va iboralarni to’g’ri talaffuz qila olish;

- Gapni to’g’ri oqish;

- Ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o’qish;

- Tinish belgilarga e’tibor berish;

- 15 ta she’rni yoddan bilish ertak maqol, topishmoq, qo’shiq, alla, hikoya kabi tushunchalarga ega bo’lish;

4-sinf


- O’qish texnikasi. 80-90 so’z

-20 ta she’rni yoddan bilish.

O’zgalar fikri va matn mazmunini anglash. (1 sinfda 15-20 so’zdan iborat diktant yoza olish-lug’at, izohli, rasmli, nazorat diktant 2-sinfda)

1-sinfda 10 minutda 0,5 – 075 sahifa o’qish

2 -//-//-//--------------- 1-1,5 -----//-------

3 -//-//-//--------------- 2,5 – 3 ----//------

4 -//-//-//---------------4 – 5 ----//----

Fikrni yozma shaklda bayon etish.

1-sinfda 15-20 so’zdan iborat diktant yoza olish, talablar.

- lug’at, izohli, rasmli, nazorat diktant;

Miqdoriy ko’rsatkich: 2-3 gapdan iborat sodda matnni yaratish.

- harf va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

- harflarni uzmasdan yozish

- so’zlarni oraliqdagi kenglikka to’g’ri belgilash;

2-sinfda 35-40 so’zdan iborat diktant yozish;

-lug’at, yoddan yozuv, nazorat diktant yozish ;

- 3 – 4 gapdan iborat kichik va sodda matn yaratish.

3-sinfda


Miqdoriy ko’rsatkich: 45-55 so’zdan iborat diktant yoza olish;

- saylanma, lug’at, tarkibiy, yoddan yozuv nazorat, izohli, ko’rsatkich diktant.

- 4-5 gapdan iborat bo’lgan matn yaratish;

IV sinf


- 75-80 so’zdan iborat diktant yoza olish;

- Saylanma, lug’at, tarkibiy, yoddan yozuv, nazorat, izohli, ko’rsatish diktanti

- 5-6 gapdan iborat bo’lgan matn yaratish.
Lug’at diktant.

1- sinfda savod o’rgatishdan keyin 6 so’z

2- sinfda savod o’rgatishdan keyin 8-10 so’z

3- sinfda savod o’rgatishdan keyin 10-12 so’z

4- sinfda savod o’rgatishdan keyin 12-15 so’z
Tekshirish diktant.


    1. sinfda 2-yarmida 15-20 so’z

    2. sinfda 1-yarmida 25-30 so’z

2- sinfda 2-yarmida 35-45 so’z

3- sinfda 2-yarmida 45-55 so’z

3- sinfda 2-yarmida 55-65 so’z

4- sinfda 1-yarmida 65-70 so’z

4- sinfda 2-yarmida 75-80 so’z

Bayon.

2-sinfda 35-40 so’zli matn so’roq gaplardan tizilgan tayyor reja asosida.

3-sinfda 65-70 so’zli matn yuzasidan birgalikda mustaqil ravishda tuzilgan reja asosida bayon yozish.
I.Tayyorgarlik davri (8 soat)

Tayyorgarlik davrida o’quvchilar quyidagi tushuncha, malaka va ko’nikmalarni egallaydilar.

- dars haqida, darsning vaqti, dars jarayonida o’quvchining tutgan o’rni (pozitsiyasi);

- rasm mazmunining aniqlash, rasm asosida izchillikda matn tuzish;

- yozma nutq, gap haqida tushuncha;

- so’z va bo’g’in haqida tushuncha;

- unli va undosh tovush haqida tushuncha

- maktab partasida to’g’ri o’tirish

- darsliklardan foydalanish ko’nikmalarni shakllantirish

2.Tayyorgarlik davrida yozuv darslari.

Yozuv darslari o’qish darslari bilan bog’langan holda olib boriladi.

Yozuv darslarining ilk bosqichida o’quvchida yozuv qoidalari, gigienasiga oid ko’nikma va malakalar shakllantiriladi;

- ruchkani to’g’ri ushlash;

- yozuv holatida bosh va yelkani to’g’ri tutish

- daftar qiyaligi (65)

- qo’lni yozuvga tayyorlash

- daftardan to’g’ri foydalanish

- chamalash ko’nikmasi

- daftar bilan ko’z oralig’i masofa

- yozuv elementlarini to’g’ri idrok etish .


Alifbe davri
Yozuvga o’rgatish

Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish.

-harflarni to’g’ri bog’lab yozish;

-harflarni 650 quyalikda yozish;

-har bir qatorda harflarning balandligi;

-harf unsurlari, harflar va so’zlar orasidagi masofalari bir xil saqlanish.

Bog’lanishli nutq (matn) ustida ishlash. O’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirishga oid ta’limiy ishlarni amalga oshirish.

- rasmlar asosida hikoya tuzish;

- rasm mazmuniga mos sarlavha topish;

- o’rganilgan matnni qayta hikoyalash;

- savollarga to’liq va burro javob berish.

- Adabiy tilda so’zlashga o’rgatish

- Topishmoq , maqol, hikmatli so’zlar ustida ishlash

- Guruhlarga bo’lib topshiriqlar berish

- Yakka tartibda ishlashga o’rgatish;

- Tinish belgilariga rioya qilish

- 4 va 8 misrali she’rlarni yod olish.

Lug’at ustida ishlash. O’quvchilar nutqini boyitish, lug’at daftarini tutish



O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablar

Bilishi kerak

- tovush va harfga xos belgilarni;










__________ ________
-unli va undosh tovushlar;

-harf birikmalari;

-alifboni

-tutuq belgisini ;

-so’zlarning ma’nolariga ko’ra guruhlanishi;

-so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi;


Ko’nikmalarni egallashi kerak:

-tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish

-tovushlarni talaffuzga ko’ra farqlash;

-talaffuzi va yozilishi mos bo’lgan so’zlarni to’g’ri yoza olish;

-so’zlarni bo’g’inga bo’lish;

-so’zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’inlarga ko’chirish;

-berilgan savollarga rasm asosida 2-3 so’zli gaplar bilan javob berish va yozma ravishda ifodalash;
Malakalarga ega bo’lishi kerak

-kitobdan ko’chirib yozish;

-adabiy tildan foydalanish;

-2-3 so’zli 4-5 gapni eshitib yozish;

2-sinf ona tili darslarida quyidagilarni bilishi lozim.

-so’zlar yordamida gap tuzish va yozishni.

-berilgan mavzuga oid gap tuza olish.

-unli va undosh tovushlarni farqlay olishni.

O’quvchi quyidagilarni uddalay olishi zarur

-so’zni, gapni va matnni harflarini tushurib qoldirmay, ortiqchani qo’shmay, o’rnini almashtirmay husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib to’g’ri yozish;

-4-5 bo’g’inli so’zning bir yo’lga sig’may qolgan qismini keyingi yo’lga bo’g’inlab ko’chirish;

-b va d, p va t undosh tovushli bilan kelgan so’zlarni yozilishi;

-yonma - yon kelgan bir xil undosh bilan yoziladigan so’zlarni to’g’ri yozish;

-so’zlarga so’roq berish va shu so’z bildirishi;

-Kishilarning ismi-shariflari, hayvonlarga, shaharlarga, qishloq, ko’cha, daryolarga qo’yilgan nomlarni bosh harflar bilan yozilishi;

-gapning mazmun bildirgani, gap oxirida nuqta, so’roq va undov belgisini qo’ya olishni;

-30-45 so’zli matn yuzasidan so’roq gaplardan tuzilgan tayyor reja asosida bayon yoza olishni;

-ma’lum bir mavzuga oid ikki-uch gap tuza olish va uni yozishni;

-rasmlar yordamida besh-olti gapli bog’lanishli nutq (hikoya - insho) tuza olish va uni ma’lum tayyorgarlikdan so’ng yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi.

-nutqda gap, uning turlaridan foydalana olish;

-matnlarni mavzuga ko’ra farqlay olish;

-matn qismlariga sarlavha tanlay olish, asosiy fikr, oxirgi xulosa qilish;

-berilgan matnni jamoa bo’lib tuzilgan reja tuzish va shunga asosan qayta og’zaki va yozma bayon qilish;

-biror mavzu doirasida 5-6 gapli bog’lanishli nutq tuza olish va yozma xat yoza olish;


4-sinf

O’qish va nutq o’stirish uchun 153 soat.

Sinfdan tashqari o’qish 17 soat.

Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish 170 soat

Bilishi kerak: - gap, gap bo’laklari,

-tovush va harf, uning belgilari (unli, undosh, jarangli-jarangsiz undoshlar)

-o’zak, o’zakdosh so’zlar

-so’z turkumlari, ularning belgilari.

-ot, otlarning egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi.

-sifat, son, olmosh, fe’l zamonlari

-fe’lning tuslanishi

-gap bo’laklari;

-sintaktik tahlil qilish;

-o’rganilgan qoidalarga oid 80-90 so’zli matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko’chirib va eshitib yoza olish;

-berilgan matnga mustaqil reja tuzish, qayta hikoyalash va yozma bayon qilish;

-berilgan mavzu yoki rasm asosida kichik matn tuzib,yoza olish;

-e’lon tabriknoma, taklifnoma yoza olish;

-quyidagi madaniyat, ruxsat, minnatdorchilik, kechirim,uzr,taklif kabilarni ifodalaydigan so’zlardan foydalanish.



TEST
1.Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishda nechta yo’nalish kiritildi.

a) 2 ta d) 4ta

b) 3ta e) 5 ta

2.DTS o’quv dasturlari ekspertizadan o’tkazish xalq ta’limi vazirligining qaysi yilda chiqarilgan nechanchi buyrug’iga asosan amalga oshirilgan

a) 2004 yil 8 oktabr 17-son buyrug’i

b) 1999 yil 5 yanvar 5-son buyrug’i

d) 2004 -2005 yilda

e) 2004 yil 27 fevral 29-sonli buyrug’i

3. 1-sinfda o’quvchilarning o’qish texnikasining miqdoriy ko’rsatkichi minutiga nechta so’z

a) 20-25 so’z d)15-20 so’z

b) 25-30 so’z e) 30-35 so’z

4.2-sinfda fikrni yozma bayon etishning miqdoriy ko’rsatkichi nechta so’z

a) 25-30 so’z d) 35-40 so’z

b) 40-50 so’z e) 45-55 so’z

5.3 – sinfda nechta gapdan iborat bo’lgan matn yaratadi

a) 4-5 gapdan d) 3-5 gapdan

b) 3-4 gapdan e) 5-6 gapdan

6. 4 – sinfda nechta she’r yod olishi kerak

a) 10 she’r d) 20 she’r

b) 15 she’r e)15-20 she’r


Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. Ta`lim to‘g‘risidagi qonun. 1997 yil.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 1997 yil
3. DTS va o’quv dasturi 1999 yil.
4. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitilishi 1999 yil.
5. Boshlang’ich ta’lim jurnallari. 2005 yil 5-son.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa