Qarindoshlar o’rtasidagi nikoh nima uchun xavfli? ● sog’lom ota-onalarda faqat “toza” ”sog’lom” genlar mavjud;
● kasallik genini tashuvchilari o’zlari kasal bo’lmaydi, lekin kasallik genlarini o’z farzandlariga beradi;
● bemorlarda umuman “sog’lom” genlar mavjud emas. Kasallik genini tashuvchilarning 50 foiz urug’i “kasallik” genini saqlaydi. “Kasallik” yoki “sog’lom” genlarni berilishi 3 xil ko’rinishda bo’ladi;
● 1 ko’rinish: Homila ikkita “sog’lom” genlardan iborat urug’dan rivojlangan bola sog’lom tug’iladi;
● 2 ko’rinish: Homila ota-onalarning birini “sog’lom” genini saqlovchi ikkinchisini “kasallik” genini saqlovchi urug’idan rivojlanadi, natijada bola sog’lom lekin “kasallik” genining tashuvchisi bo’lib qoladi;
● 3 ko’rinish Homila ota-onaning “kasallik” genini saqlovchi urug’laridan rivojlanadi va bola kasallik bilan tug’iladi;
● tabiyki qarindoshlar orasidagi nikohda “kasallik” genlarini uchrashi ehtimoli yuqori bo’ladi;
● qarindoshlik qancha yaqin bo’lsa “kasallik” paydo bo’lishi ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi.
Qachonki ota-onalardagi “kasallik” genlari bir-biri bilan uchrashsa farzandlarni irsiy kasallik bilan tug’ilishi kuzatiladi.
Har bir bola o’z genlarining yarmini onadan, ikkinchi yarmini otasidan oladi.
Farzandlarimiz kelajagi, sog’-salomat, barkamol bo’lishi uchun qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikohlardan voz kechish lozim.
Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari:
erta turmush qurish oqibatida qiz bolalar o’z mustaqilliklari va
erkinliklaridan cheklanadilar;
erta turmush qurish oqibatida oilada mavjud bo’ladigan muammolar
yechimini to’g’ri va maqsadli hal etishda qiynaladilar;
farzandlar tarbiyasida tajribasizliklari sababli muammolar yuzaga keladi;
erta turmush qurish oqibatida o’z tengdoshlari kabi hayot go’zalligidan to’liq bahramand bo’la olmaydilar. (o’z istaklari va orzulariga yetisha olmaydi.);
homiladorlik, tug’ish jarayonlari og’ir kechadi;
tuqqandan keyin asoratlar yuzaga keladi;
jinsiy a’zolarda har xil yuqumli va boshqa kasalliklar kelib chiqadi;
o’smir qizlarda homilaning rivojlanishi og’ir o’tadi (homila yaxshi
rivojlanmaydi, og’irligi kam bo’ladi, ko’p holatlarda bola chala va
nimjon tug’iladi);
o’smir qizlardagi tug’ish jarayoni ham og’ir o’tadi (tos suyaklari yaxshi
rivojlanmaganligi sababli tabiiy yo’l orqali tug’ish jarayoni
qiyinlashib, ko’pgina holatlarda kesar-kesish yo’li bilan yakun topadi);
o’smir qizlar erta homilador bo’lganlarida ruhiy holatlari buzilib, tushkunlik holatlariga tez tushib qoladilar, bu holat ularda uzoq vaqt saqlanadi;
erta uylangan yigitlar otalik vazifalarini bajarishda ko’pgina
qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin;
ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ota va onaga qaram bo’ladilar;
erta turmush qurgan qizlarda ajralishlar ham ko’p uchraydi.