Ta’limi vazirligi jizzax viloyati baxmal tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 56-umumiy o’rta ta’lim maktabining sonli buyrug’I



Download 278,5 Kb.
bet26/26
Sana10.07.2022
Hajmi278,5 Kb.
#772658
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
xotin qizlar xujjatlari

Jinsiy tarbiya
O’smir yoshlarning balog’atga yetish davri ularning organizmida o’ziga xos psixologik va fiziologik o’zgarishlar kuzatilishi, bu fiziologik jarayonlarning asosida o’smirlar organizmidagi ichki sekresiya bezlari ishining faollashuvi yotishi hamda bularning mutlaqo me’yoriy fiziologik jarayon ekanligini ta’kidlab o’tish o’rinli.
15-18 yashar o’smir jinsiy jihatdan yetiladi va unda o’zga jinsga nisbatan intilish mayli paydo bo’ladi. Jinslar o’rtasidagi masalalarga qiziqa boshlaydi; o’smirning gavda shakli, ruhiyati, xulq-atvori o’zgaradi.
O’smir tez o’sadi, bu unga haddan tashqari tez o’sganday tuyuladi, o’smir o’zini besunaqay sezadi, sut bezlari kattalashadi, o’g’il bolalarning yuziga husnbuzarlar toshadi.
O’smir o’z holatidagi o’zgarishlar to’g’risida ota-onalariga tushuntirishlari va ulardan bu borada bamaslahat to’g’ri tushunchalar olishlari lozim. Ota-onalardan uyalib, zarur narsalar haqida tushunchalar o’z vaqtida olinmasa,o’spirin yoshlar bilmasdan og’ir oqibatlarga, hatto fojealarga olib boradigan ishlar qilib, xatoliklarga yo’l qo’yadilar.
Jinsiy balog’atga yetish muddati har bir shaxsning jinsiga, sharoitiga, millatiga, salomatligiga, yashash va boshqa xususiyatlariga qarab 11-12 yoshdan boshlanadi va qizlarda 18 yoshda, o’g’il bolalarda 19-20 yoshlarga borganda balog’atga yetadi.
Ba’zan o’smir yigit va qizlarda balog’atga yetish kechikadi. Bunday hollarda albatta endokrinolog vrachlar bilan maslahatlashish lozim.
Qizlarda balog’atga yetish har oylik xayz sikli bilan namoyon bo’ladi. Bu davrda qizlar gigiyena qoidalariga amal qilib jinsiy a’zolarini doimo toza saqlashga e’tiborli bo’lishlari lozim. Hayz ko’rish davrida ichki kiyimlarni tez-tez almashtirib turish, zo’riqtiradigan og’ir jismoniy ish qilmaslik, sakrash, yugurish, raqsga tushish, ot, velosiped minish, suv havzalari (basseyn)da suzish mumkin emas.
Qadimgi paytlarda O’rta Osiyo xududida qizlarni deyarli 14-15 yoshda turmushga berib yuborishar edi. Oqibatda nosog’lom bolalar tug’ilar, erta turmushga chiqqan qizlar ko’pincha dardga chalinib qolar edilar. Ma’lumki, 18 yoshda yigit-qizlar to’lishib, bo’ylari o’sadi, yigitlarning ovozlari do’rillab qoladi, ammo bu hali ularning anatomik va fiziologik jihatdan butunlay yetilganliklarini bildirmaydi.
Ilmiy ma’lumotlarning ko’rsatishicha, oilaviy hayot qurishga 18 yoshdan oldin shoshilmaslik lozim, qizlar 20-22 yoshda, yigitlar 23-25 yoshlarda turmush qurganlari ma’qul.
Xulosa tariqasida har bir kishida sog’lom turmush tarzini shakllantirishning juda oddiy uslubini taklif qilamiz. Bular quyidagilardan iborat:

  • eng avvalo o’zingizdagi zararli odatlardan qutilishga harakat qiling. Buning uchun ularning zarari va oqibatini har doim tasavvur qiling hamda tanqidiy baholab boring. Tegishli bo’limdagi zararli odatlardan qutilish uslublarini qo’llang;

  • ovqatlanishda meyoriylikni odat qiling va farzandlaringizga o’rgating. Tana og’irligini meyorida bo’lishiga erishing. Ortiqcha va rejimsiz, pala-partish yeyishga chek qo’ying. Keyin, ovqatliklar va ularning tarkibiy qismlari haqida tushuncha hosil qilib, ularga rioya qilishga harakat qiling;

  • kundalik jismoniy faollikni taminlash. Buning uchun birinchi galda bo’g’imlarni harakatga keltiruvchi mashqlar majmuini belgilang. Buni uy sharoitida bajariladigan mashqlardan boshlash mumkin. Undan keyin farzandlaringizni ertalab turib sayr qilish, yurish, yugurishga odatlantiring. Kundalik harakat dasturingiz oz bo’lsa ham doimiy bajariladigan mashg’ulotlardan iborat bo’lsin;

  • farzandlaringiz har kuni erta uyquga yotib, erta turishni odat qilishsin. O’qishda tanaffuslarga rioya qilishsin;

  • tanaffuslar vaqtida ochiq xavoga chiqishsin;

  • o’zaro muomila va munosabatlarda izzat, hurmat, axloq, odob meyorlariga, jamiyat qonunlariga rioya qilishsin;

  • oilaviy munosabatlar xam o’zaro munosabatlarning davomi. Shuning uchun yuqoridagi talablar bu yerda ham amal qiladi. Lekin bunda oilani tashkil qilish masalasida yaxshi o’ylab ish qilish lozim. Oilaviy juft tanlashda asosiy talabni chiroy, mavqye, boylik kabi uncha asossiz bo’lgan omillarga qarab emas, balki, tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik omillar nuqtai-nazaridan hal qilishga harakat qiling;

  • tozalikni odat qiling va farzandlaringizga o’rgating. Tozalanish masalalarida bilim va malakalarini mustahkamlab boring;

  • ehtiyotkorlik kundalik turmushning asosiy talabi bo’lsin. Har bir texnika va mexanizmlardan foydalanishda, biron bir ish hatto, biron gapni gapirishdan oldin uning oqibatlari haqida obdon o’ylab ko’rishga o’rgating;

  • sog’lom turmush tarzi kechiruvchi odamlar bilan do’stlashing. Ularning suhbatlari Sizda, sog’lom turmush tarzi shakllanishiga va bu sohada bilimlaringizni boyishiga yordam beradi.

  • Uyingizda, albatta, sog’lom turmush tarzi masalalariga bag’ishlangan kitoblar bo’lsin. Sizning sog’lom turmush tarzi yo’lidagi harakatingiz oila a’zolaringizni, do’stlaringizni, tanishlaringizni ergashtirishga xizmat qilsin.

  • Siz yuqoridagi talablarni turmushingizga kiritgandan keyin sog’lom turmush tarzining har bir sohasini takomillashtirishga harakat qilib boring. Buning uchun shu sohaga aloqador bilimlar doirasini kengaytirish va chuqurlashtirib borish lozim bo’ladi. Sog’lom turmush tarziga kamida 2 – 3 oyda ko’nikmalar shakllanib, 5 – 6 oyda ular mustahkamlanib, 1 yildan keyin esa bunday turmush Siz uchun kundalik odatga aylanadi. Siz haqiqiy sog’liq nima ekanligini tushunasiz.




1 Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Меҳнат Кодекси. Т.: “Адолат” – 1998

Download 278,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish