Jismoniy faollik
Hayot - harakatdan iboratdir. Inson harakat orqali shakllanadi, takomillashib boradi. Shu boisdan insonning salomatligi, avvalo uning doimiy ravishda harakatda bo’lishi bilan bog’langan. Faol, muntazam, tartibli va oqilona harakat salomatlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biri.
Jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtiruvchi va tarbiyaviy vazifalari quyidagilardan iborat:
inson kun davomida yaxshi kayfiyatda bo’ladi;
o’qishi sifatli va unumli, ijodiy faoliyati kuchli bo’ladi;
asablartizimimuvozanatlashib, bosiq, o’yli, mulohazalibo’ladi;
faollik, tashabbuskorlik, masalaga jur’atlilik bilan kirishish, qiyinchilikdan, og’ir mehnatdan qo’rqmaslik, o’rtoqlik va do’stlik hissiyotlarini shakllantiradi;
muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish gigiyenik ko’nikmalarning shakllanishiga olib keladi;
teri osti va ichki a’zolarga to’plangan yog’lar kamayib, ixcham, epchil, chaqqon bo’ladi;
mushaklari tortishib, qomati ko’rkam va kelishgan bo’ladi;
tomirlarda qonning oqishi yaxshilanib, butun tana va a’zolarga kislorod hamda oziqlarning borishi yaxshilanadi;
organizmning himoya qobiliyati oshadi;
Mehnatqilishva dam olish
Mehnat – uzoq umr ko’rishning garovidir. Hayotda yalqov, dangasalarning uzoq yashagani haqida bironta ham misol yo’q.
Bo’sh vaqtni qanday o’tkazish kerak? Dam olish san’ati ham aynan insonlarning o’z organizmi uchun mos, foydali, to’g’ri va jozibali dam olish turlarini tanlay bilishidan, o’zining bo’sh vaqtini oqilona band qila bilishidan iboratdir.
Hammauchunyaroqli, universal dam olish modeli yo’q, bo’lishihammumkinemas. Dam olishharbiryoshning garmonik rivojlantirishga, uningkuchinitiklash, kundalikturmushtashvishlaridan, birozbo’lsada, forig’bo’lish, insonningijodiyqobiliyatinioshirishgayordamberishkerak. «Yaxshi dam - mehnatgahamdam» debbejizaytilmagan.
Zararli odatlar
Odamda kasallik o’z-o’zidan, to’satdan paydo bo’lib qolmaydi. Uning organizmida paydo bo’lib, kasallik ko’rinishida shakllanmog’i uchun o’nlab sabablar kerak bo’ladi. Shunday sabablardan biri zararli odatlardir.
Kashandalik
Cheka boshlagan bola, birinchi navbatda, o’z ota – onasini, o’qituvchisi va yaqin kishilarini aldashdan boshlanadi, ya’ni cheka turib, chekmayman, deb ishontiradi. Hyech qachon bola chekuvchi bo’lib tug’ilmaydi, ammo nofaol chekishga yuqori darajadagi moyillik bilan dunyoga kelishi mumkin. Chunki, homilador ayol tamaki chekishi bilan soniyalardan keyin nikotin qon orqali bola miyasiga yetib boradi. Agar homilador ayol yonida uning turmush o’rtog’i cheksa, uzog’i bilan 30 soniyadan keyin nikotin bola miyasiga yetib boradi. Ushbu jarayon muntazam davom etadigan bo’lsa, birinchidan, ona qornida endi shakllanayotgan bola organizmiga salbiy ta’sir etadi, ikkinchidan, bunday bolalarda chekishga bo’lgan moyillik juda yuqori darajada bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |