235
MAXSUS MAKTABDA IMO- IHSORA NUTQINI O‘QITISH
MAZMUNI
Abdullaeva Maftuna Muxiddinovna - Nizomiy
nomidagi TDPU "Surdopedagogika va inklyuziv
ta’lim " kafedrasi o‘qituvchisi
Eshitish qobiliyatida nuqsoni bor maktablarning tayyorlov sinflarda
maxsus maktabgacha
muassasalarda tarbiyalanmagan, nutqi mavjud bo‘lmagan
bolalar o‘qitiladi. Bu kategoriyadagi bolalarni o‘qitishda juda katta
qiyinchiliklarga
duch
kelinadi,
chunki
bunday
bolalarda
nutqini
shakllantirishning qulay vaqtlari boy berilgan, nutqning yo‘qligi esa bolaning
psixik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘ladi.
Maktabga borish, yangi
sharoit bilan tanishish, yangi do‘stlar, bular hammasi bolalarga o‘zaro
muloqotga kirishishi talab etadi[1]. Tarbiyachi va o‘qituvchining vazifasi –
ularning atrofdagilar bilan muloqot qilish ehtiyojini qondirishdir. Buning uchun
ularni og‘zaki nutq bilan muloqot vositasi sifatida qurollantirish ko‘zda tutiladi.
Agar maktablarda so‘zlashuv nutqiga yaxshi ahamiyat berilgan bo‘lsa, butun
pedagogik jamoa faoliyati nutqni muloqot vositasi sifatida o‘qitishga qaratilgan
bo‘lsa, bunda bolalar kommunikatsiyaning bu turidan ko‘proq foydalanadilar.
Jonli muloqotdan noto‘g‘ri foydalanish bolalarda
imo-ishora bilan gapirish
yo‘lini tanlashga olib keladi[2]. Maxsus o‘qitish jarayonida kar bolalarda tovush
bilan ishlash, nutq nafasi, ayrim tovushlar ustida ishlash, talaffuzini
shakllantirish amalga oshiriladi. Og‘zaki nutqni talaffuz qilish va shakllantirish
o‘qituvchi hamda bolalardan katta mehnat talab qiladi. Eshituvchi o‘quvchilar
kabi, eshitish qobiliyatida nuqsoni bor o‘quvchilar uchun og‘zaki nutq muloqot
uchun juda katta ahamiyatlidir. Kar bolalarni og‘zaki va yozma so‘z nutqini
shakllantirishdagi qiyinchiliklar daktil nutqiga murojaat qilishga sabab bo‘ldi.
Daktil nutqi karlar o‘rtasida muloqot (aloqa)larining amalga oshirish uchun
yaratilgan. Daktil nutqini o‘zlari uchun sukut saqlab yashash turmush tarzini
qabul qilgan Ispan monaxlari tomonidan ixtiro qilingan. Nutqning og‘zaki
nutqga o‘xshash bo‘lgan bu ko‘rinishidan faqat bevosita (yuzma-yuz) muloqotda
bo‘lganda foydalanish mumkin. Daktil nutqi yozma nutqga ham o‘xshash bo‘lib,
har bir harfga aniq bir daktilema to‘g‘ri keladi. O‘zbek tili daktilema alifbosi
quyidagi jadvalda o‘z ifodasini topgan. Nutqning bu ko‘rinishini egallash uchun
karlardan nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarini
qanday darajada egallash
talab qilinmaydi. Daktil nutqi yordamida bolalar o‘z xohish, istaklari va
iltimoslarini bildirishlari va daktil nutqdan foydalanayotgan boshqa kishilarni
tushunishlari mumkin. Tayyorlov sinfining o‘quvchilari, katta maxsus
tayyorgarliksiz ham daktil belgilarini tezda o‘zlashtirisha oladi[3].
Daktil
nutqidan tilni egallashning boshlang‘ich formasi sifatida foydalanish kar
bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish va atrofdagilar bilan nutq aloqlarini
o‘rnatish imkoniyatini beradi. Shuningdek, kar bolalarni tilga o‘rgatishda daktil
nutqini qo‘llanishi asosiy maqsad emas, kar bolalarni og‘zaki nutqini
shakllantirish maqsadida foydalanadigan majburiy choradir.Xususan,
tayyorlov
sinflarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qituvchining daktillashiga
taqlid qilish asosida daktillamalar o‘rganadilar. Og‘zaki nutqga o‘rgatish
236
jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar daktil belgilari va daktillash
texnikasini birga egallaydilar. Materialni idrok etish va egallash jarayonini
yengillashtirish uchun daktil belgilar ifodalangan so‘zli
ifoda jadvalidan
foydalaniladi[4]. So‘zli ifoda jadvalini qo‘llab o‘quvchi, daktilema belgilarini
qo‘li vosita amalga oshiradi. Daktil belgilari ifodalangan so‘z o‘quvchilar to‘liq
eslab, qolmaguncha, yig‘ma polotnoga osib qo‘yiladi. O‘qituvchi daktil shaklda
berayotgan nutqiy materialni og‘zaki bayon etadi. Bu o‘qituvchi nutqiga
qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. Nutqiy materialni og‘zaki daktil bayon
etish tayyorlov sinfi yili oxirigacha asosiy talabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: