287
Tayanch iboralari: G’oya, ilmiy g’oya. Milliy g’oya. Diniy g’oya. Umuminsoniy g’oya. Aqidaparastlik g’oyasi. G’oya va mafkura. Mafkuraviy maydon. Mafkuraviy bo’shliq. Mafkuraviy paligon. Mafkuraviy immunitet. Istiqlol mafkurasi.
ADABIY oTLAR:
Karimov I.A.O’zbek xalqi hyech qachon hyech kimga qaram bo’lmaydi.T.,2005 yil
Karimov I.A. Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga,
xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq.T.,2004 yil.
Karimov I.A. «Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir».T.,2000 yil.
Karimov I.A. Egali yurt erkini bilmas.T.,2000 yil.
Karimov I.A. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni millat qilishga
xizmat etsin».T.,1998 yil.
Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida».T.,1997 yil.
Mustaqillik: Izohli ommabop lug’at.T.,2006 yil.
Falsafa qomusiy lug’at.T.,2004 yil.
Falsafa asoslari.T.,2005 yil,365-376 betlar.
Falsafa.T.,2000 yil,211-220 betlar.
1. Inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g’oyalar muhim o’rin tutadi. Shuning uchun I. A. Karimov ta’kidlaganidek,«birorta jamiyat, davlat,inson mafkurasiz, g’oyasiz bo’lishi mumkin emas. G’oyasiz, mafkurasiz jamiyat ham, davlat ham, inson ham o’zining yo’lini yo’qotadi» deb ifodalaydi. Shu ma’noda, insoniyat tarixiy-g’oyalar tarixidir.
288
G’oya —inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g’oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g’oya bo’la olmaydi. G’oyalar, garchi tafakkurda paydo bo’lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g’ayri shuuriy qatlailarga ham singib boradi. G’oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosiga kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Ma’lumki,har qanday millat va xalq, har qanday ijtimoiy tuzum va davlat muayyan bir tamoyillar va qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o’z
manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini ko’zlab harakat qiladi.
Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi.
Inson tafakkuri voqyelikni idrok etish maboynida turli fikrlar, qarashlar, g’oyalar va ta’limotlar yaratadi. Binobarin, g’oyalar ham inson tafakkurining mahsulidir. Zero, turli diniy aqidalar, falsafiy ta’limotlar, ilmiy qarashlar, badiiy asarlarning negizida muayyan g’oyalar yotadi. Ijtimoiy siyosiy harakatlarning maqsadlari ham g’oyalarda aks etadi. Tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g’oya bo’la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvarli fikrlargina g’oya bo’la olishi mumkin.
G’oyaning falsafiy talqinini quyidagicha izohlash mumkin: G’ova-voqyelik va hayot ta’sirida vujudga keladigan, uni aks ettirish asosida shakllanadigan dunyoni bilishning o’ziga xos shakillaridan biridir. U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh, partiya va boshqalarning muayyan maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo’lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga undaydi, safarbar qiladi.
G’oya ijtimoiy fikr sifatida shakllanadi va muayyan tarizda namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda, g’oya biron-bir maqsadni ifodalaydi va amaliy harakatga undaydi, hamda muayyan mafkuraning asosi bo’ladi. Eng muhimi g’oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g’oya odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elat va millatlar orasida yoyiladi. Mutaqil hayotga qadam qo’yayotgan yangi avlod jamiyatda mavjud g’oyalar ta’sirida tarbiyalanadilar, muayyan qarashlar va g’oyalarni o’z e’tiqodiga singdiradi o’z navbatida yangi g’oyalarni yaratadi va targ’ib etadi.
G’oyalarning turlari ko’p. Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o’rganish, bilish jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, din,falsafa,san’at va badiiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq
289
muayyan g’oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o’z g’oyalari mavjud bo’ladi.
Mazmuni va namoyon bo’lish shakliga qarab, g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin:
Ilmiy g’oyalar;
Falsafiy g’oyalar;
Diniy g’oyalar;
Badiiy g’oyalar;
Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar;
Milliy g’oyalar;
Umuminsoniy g’oyalar va hakazo.
Shu bilan birga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi bilan bog’liq partiyaviy, sinfiy, etnik g’oyalar hamda ko’lamiga ko’ra farqlanadigan umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan g’oya shakllari ham bor. Diniy g’oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy iymon-e’tiqodning negizini tashkil etuvchi hoyalarga aytiladi. Masalan, ilohlarning ko’pligi haqidagi fikrga tayanadigan politeizm dinlari vaqti kelib monoteistik-yakkaxudolik hoyasi asosidagi dinlarga o’z o’rnini bo’shatib bergan. Yakkaxudolik g’oyasi milliy dinlarda(masalan,iudaizmda), ayniqsa jahon dinlari-xristianlik va islomda o’z ifodasini yaqqol topgan. Xususan, islom dinida Allohning yagonaligi g’oyasi asosida uning barcha aqidalari, ruknlari, talab va majburiyatlari shakllangan. Biz dinda g’oyaning mohiyatini ko’rdik, endi dunyoviy g’oyaning nima ekanligini bilishimiz kerak.
Dunyoviy g’oya 1). Muayyan g’oyalarni ifodalash uchun qo^llaniladigan g’oya; 2). Jamiyat va insonni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan sog’lom
fikrlar majmui.
Dunyoviy g’oyalar ma’lum bir millat, davlat, xalq va jamiyat ehtiyojlari, maqsad muddaolari, manfaatlarini amalga oshirish tamoyilini ham o’zida mujassamlashtiradi, Dune mamlakatlarining rivojlanish yo’lini belgilab olishga doir dolzarb g’oyalarni tashkil etadi. Dunyoviy g’oyalar adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik ruhini, taraqqiyot yo’lidagi olijanob maqsad muddaolarini ifoda etib, Vatan ravnaqi, yurt-tinchligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda dunyoviy g’oyalar ezgulik yo’lida butun jamiyat a’zolarining
290
hamkorligini nazarda tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. Shu bilan birgalikda dunyoviy g’oyadan ilmiy g’oyalarning farqini ham anglashimiz kerak.
Ilmiy g’oyalar — fan taraqqiyotining samarasi ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalarini tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. G’oyalarning «hayoti», ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyotda tasdiqlanmagan, eskirgan qarashlar yangi g’oyalar bilan o’rin almashaveradi.
G’ayri-ilmiy g’oyalar— jamiyat taraqqiyotiga, kishilarning manfaati, maqsadiga zid keladigan g’oyalar tizimidir. G’ayri ilmiy g’oyalar sohta qarashlar, ta’limotlarga asoslaniladi. Bu g’oyalar taraqqiyotning yuksaltirish emas, balki odamlarni to’g’ri yo’ldan chalg’itadi, chunki bu g’oyalar soxta qarashlarga asoslanilgan bo’ladi. Bu g’oyalar ijtimoiy hayotni to’g’ri aks ettirmaydi.
Yuqorida bir necha g’oyaning turlarini tahlil qildik, endi milliy g’oyaning o’zi nimaligini bilishimiz kerak.
Milliy g’oya — millatning o’tmishi, bugun va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli.
Milliy g’oya o’z mohiyatiga ko’ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bo’lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo’lgan vazifalar va mo’ljallami ham aks ettiradi. U yoki bu g’oyaning milliy g’oya sifatida maydonga chiqishi millatning o’tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog’liqdir, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo’lgan maqsad-muddaolari va mo’ljallarini to’g’ri ifodalay olishi mumkin.
Milliy g’oya, oxir-oqibatda, azmi-ko’pmi insonning taqdiriga ta’sir qiladi. Shu ma’noda, har qanday milliy g’oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo’ladi. Ammo aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan g’oyalar ham bor. Masalan, «Milliy yarash» g’oyasi fuqarolar urushi ketayotgan paytda davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo’lsa,«Manfaatli hamkorlik» g’oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir.
Mamlakatimiz uchun milliy g’oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o’tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday
291
paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tug’ilishi mumkin. Shunday ekan, millat, jamiyatning parokanda bo’lib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Endi taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi g’oya, aqidaparastlikning mohiyatini ham bilib olishimiz zarur. Insoniyat hayotida milliy g’oyalardan tashqari umuminsoniy g’oyalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuminsoniylik g’oyalar — o’z mohiyati va miqyosiga ko’ra, bashariyatning ongi va qalbini egallagan, dunyodagi barcha odamlar va har bir xalq uchun eng yuksak ahamiyatga ega bo’lgan, butun insoniyatning ezgu maqsadlariga xizmat qiladigan g’oyalar majmui. Hozirgi zamonda demakratiya va gumanizm, tinchlik va barqarorlik, mustaqillik va ozodlik, qonunning ustuvorligi va inson erkinliklari kabi qadriyatlar umuminsoniy ahamiyatga ega. Shuningdek, yaxshilik, adolat, millatlarning teng huquqligi, vijdon erkinligi, tabiatni asrash va shu kabilar umuminsoniy g’oyalarga misol bo’la oladi. Jamiyat rivojida ular xilma xil tarzda, turli-tuman shakllarda namoyon bo’lib, inson hayotining ma’naviy mezoni bo’lib xizmat qiladi.
Umuminsoniy g’oyalarning har bir xalq mafkurasida ustuvor bo’lishi shu xalqning jahon hamjamiyatiga teng huquqli a’zo sifatida barcha bilan tinchlik va hamkorlik aloqalarini o’rnatishi, erkin va farovon hayot barpo etishining muhim shartidir. O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi umuminsoniy g’oyalarga tayanadi. Ana shu sababdan u boy tarix merosimizni tiklash, milliy qadriyatlarni jahonga tanitish, fuqarolarimizni umumbashariy an’analarga sodiqlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Aqidaparastlik — muayyan sharoitda, biror-bir g’oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutloqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni, boshqa sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llashga urinish hisoblanadi. Bu atama faqat salbiy ma’noda qo’llanib, muayyan omil yoxud oqim tomonidan bayon etilgan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishni anglatadi. Masalan, XVn-XVin asrlarda mexanika Fani rivojlangan. Mexanikada qo’lga kiritilgan yutuqlar ba’zi olimlarda amaldagi barcha hodisalarni ham mexanika fani yutuqlari asosida izohlash mumkin, degan noto’g’ri xulosaga olib kelgan.
Ayrimlar hatto odamni ham oddiy bir mexanizm sifatida tafsiflay boshlagan. Bunday yondashuv fanda «mexanizm» nomini olgan bo’lsada, asli u ham aqidaparastlikning o’ziga xos ko’rinishi edi deyish mumkin. Demak, u yoki bu hodisa, qoida, tamoyilni mutloqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin.
292
Diniy aqidaparastlik dindagi muayyan aqida yoki qoidalarni, o’rinli yoki o’rinsizligidan qat’iy nazar, ko’r-ko’rona qo’llash va mutloqlashtirishga intilishdir. Aqidaparastlik barcha dinlarda turli mazhab va yo’nalishlar orasida keskinlik, nizov a to’qnashuvlar keltirib chiqarishga sababchi bo’lgan.
Aqidaparast guruhlar haqiqatni tushuntirish, ishontirish kabi usullar orqali targ’ib etishni tan olmaydi. Ular o’z g’oyalari bid’atli, g’ayriinsoniy bo’lishgacha qaramasdan, jahil va boshqalarga nisbatan murosasiz munosabatda bo’ladilar. O’zini shak-shubhasiz haq deb bilish, haqiqatni faqat men bilaman, degan qarashga asoslangan manmanlik esa, zo’rovonlikni yuzaga keltiradi. Ya’ni aqidaparastlik ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Ekstremizm turli ko’rinishlarda bo’lib, terrorchilikni ham o’z ichiga oladi. Ekstremistlar qayerda faoliyat ko’rsatmasin, o’zaro nizolar, ixtiloflar, qurolli to’qnashuvlar orqali, ya’ni qon to’kish va zo’ravonlik yo’li bilan o’z maqsadiga erishishni ko’zlaydilar.
2. Yuqoridagi savolda g’oya tushunchasi, uning mohiyati va turlarini yoritgan edik.
G’oya va mafkura o’zaro bog’liqlikda bo’ladi. G’oya mafkuraning asosini tashkil qiladi. Lekin har qanday g’oya mafkuraning asosi bo’lavermaydi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat va davlatlarning manfaatlari maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi. O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.
Mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma^naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam mafkurasi bo’lmasa, o’z oldiga qo’ygan aniq bir maqsad, muddaosi bo’lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi. Maqsad esa-xalqni, millatni birlashtiruvchi, unga kuch qudrat bag’ishlovchi, ruhiy ozuqa beruvchi, istiqbolga boshlovchi bayroqdir. Yurtboshimiz so’zlari bilan aytadigan bo’lsak: «Bu bayroq butun O’zbekiston xalqining ruhini,
g’urur—iftixorini, kerak bo’lsa, qudratini, orzu—intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug’ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning, yurtimizning maqsadi o’zining ulug’vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan hammamizni jalb
293
etadigan bo’lmog’i lozim. toki bu maqsad xalqni-xalq, millatm-minat qila bilsin,
20
qo’limizda yengilmas bir kuchga aylansin».
Insonlar, xalqlar, jamiyatlar hayotida mafkura muhim rol o’ynaydi. Yurtboshimiz so’zi bilan aytadigan bo’lsak: Mafkura bo’lmasa, odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar. Mafkuraning hayotbaxsh kuchi, avvalo insonning jamiyatdagi o’rni va ahamiyatini qanday tushunish va uni qanday maqomda tasavvur etishiga bog’liq. Chunki insonning ijtimoiy harakat va faoliyatga undash va shu tariqa ko’zlangan muayyan maqsad-vazifalarga erishishi dunyodagi barcha mafkuralarning ma’no-mohiyatini tashkil etadi. Shu ma’noda, milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar tizimida insonning jamiyatdagi o’rni va maqomi aniq belgilanganligi diqqatga sazovardir. Ya’ni bu tizim insonni bunyodkor kuch sifatida ta’riflaydi va shunga da’vat etadi.
Istiqlolning bosh g’oyasi ham, asosiy g’oya va tushunchalari ham bunyodkorlik falsafasi bilan yug’rilgan. Chunki bunyodkorlik-xalqimizning olijanob fazilati. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o’zbek tom ma’noda bunyodkordir, do’ppisida suv tashib bo’lsa ham daraxt ko’kartiradi.
Bunyodkor g’oya deb, insonni ulug’laydigan, uning kuch g’ayrati va salohiyatini oshirib xalqi, vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o’zida taraqqiyot, do’stlik, tinchlik, adolat, halollik, poklik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g’oyaga aytiladi.
Insoniyat tarixi xilma-xil g’oya va mafkuralarning vujudga kelishi, amaliyoti, bir-biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayonda turli g’oyalar u yoki bu kuchga xizmat qilishi, o’ziga ishongan kishilarni qanday maqsadlar tamon yetaklashiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkuralarga bunyodkor g’oya asos bo’lsa, vayronkor g’oyalarga tayangan mafkuralar xalqlar va davlatlarni tanazzulga yetaklaydi, odamlar uchun son- sanoqsiz kulfatlar keltiradi. Bu esa o’z navbatida, g’oyaviy jarayonlar tarixini o’rganish, ular zamiridagi mazmun-mohiyatini bilib olishni zaruratga aylantiradi. Chunki, insonning mafkuralarga tabiiy ehtiyoj sifatida vujudga keladi va rivojlanib boradi. Bunyodkor g’oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun, kurash olib borganligi tarixdan ma’lum. Bunday jarayon ijobiy g’oyalarning tug’ilishiga, ular esa o’z navbatida elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi va takomili misolida ko’rish mumkin. Bunyodkorlik g’oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek
20
M.A KapuMOB. WaMMATMMM3 Ma^Kypacu 'xanfoHM-'xanfo, MunnaTHU-Munnai ^unuwra xu3MaT ^tcmh,1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |