294
olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizasiyasiga erishgan
davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g’oyalari sifatida yashab kelmoqda.
Prezident I.A.Karimovning «o’zbek tom ma’noda bunyodkordir», degan so’zlarida ham ana shu boqiy g’oyalarning ma’no-mazmuni o’z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir. Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g’oyalar urug’ini sepgan zot, payg’ambar zot yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar mavjud: «Ezgu fikr, ezgu so’zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon so’zu yomon ishlardan yuz o’giraman». Bu yuksak g’oyalar bundan 2700 yil ilgari yashab o’tgan vatandoshimiz Zardo’shtning o’lmas mafkurasi edi.
Insoniyat tarixida ezgulik va bunyodkor g’oyalar bilan yovuzlik va buzg’unchilik g’oyalar o’rtasida hamisha kurash bo’lganligini bilamiz. «Ezgulik», taraqqiyotga intiluvchi kuchlarni, insonparvarlik va yuksak axloq falsafasini, ijtimoiy adolat prinsiplari yoki «Avestoda»da bayon qilingan «ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu ish»ning negizini tashkil etadigan qadriyatlarni o’zida mujassam etadi.«Yovuz»lik esa tarixda reaksiya, taraqqiyot g’ildiragini orqaga burish, qora kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi.
Insoniyatning, jumladan, O’zbekistonning bir necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar, oqibatida zulm, zo’ravonlik, kulfat urug’larini sochi shva qon to’kilishga sabab bo’lgan buzg’unchi g’oyalar va mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog’liq qayg’uli sahifalar juda ko’p.
XXI asrga kelib dunyoning siyosiy manzarasi tubdan o’zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi, nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bo’lgan sobiq sosialistik lager tarqalib ketdi. Uning eng kata va tatalitar tuzumi hukmron bo’lgan asosiy davlati-sobiq ittifoq o’tmishga aylandi. Bu davlatning o’rnida mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Mustabid mafkura g’oyalaridan xalos bo’lgan xalqlar o’z milliy davlatchilik an’analarini tikladi. «Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demakratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq- huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g’oyalari ustuvordir». Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g’oyalar umuminsoniy manfaatlar bashariyatning asriy orzusi bo’lgan yorug’ kelajak uchun xizmat qiladi. Lekin, ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali o’z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavuzkor millatchilik, shovinizm,
Do'stlaringiz bilan baham: |