299
bunyodkorlik ishlariga da’vat etadi, jamiyat duch kelgan muammolar yechimini
topishga yordam beradi.
0’tmishni kelajak bilan bog’lovchi ma’naviy ko’prik ekanligi. Milliy mafkura bir necha avlodlarning aql—zakovati bilan yaratiladi. U keyingi avlodlar tomonidan yangi mazmun bilan boyitilib beriladi.
Milliy mafkuraning yana bir muhim xususiyati kishilarni buyuk maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch ekanligidir.
Milliy istiqlol mafkurasi jamiyat a’zolari bunyodkorlik faoliyatining o’ziga xos mezonidir.
Xalqning mtellektual—ma’naviy salohiyati milliy istiqlol g’oyalarini qay darajada hayotga tatbiq eta olishida, ajdodlar orzu—umidini qay darajada ro’yobga chiqara bilishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Milliy istiqlol mafkurasining yana bir xususiyati kishilarni yaratuvchin faoliyatga safarbar etish, g’oyaviy himoya vositasi ekanligi bilan belgilanadi.
Milliy istiqlol mafkurasi yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir. Chunki, u «xalqning millatning o’tda yonmaydigan, suvda cho’kmaydigan o’lmas e’tiqodidir». (LKarimov). Shu bilan birgalikda istiqlol mafkurasining bo’lishi tabiiy. Chunki, Har qanday mafkura o’z oldiga muayyan maqsadlarni qo’yadi.
Bu maqsadlar pirovard natijaga erishishning yo’llari, vosita va usullarini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish;
Shu g’oya atrofida ulashtirish;
G’oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;
Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag’batlantirish;
G’oyaviy tarbiyalash;
G’oyaviy immunitetni shakllantirish;
Harakat dasturi bo’lishi qamrab oladi.
Quyidagi milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan mafkuraning ana shu xususiyatlarining mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz.
300
Odamlarni muayyan g’oyaga ishontirish,— Mafkura g’oyalar sistemasi sifatida biror bir g’oyani targ’ib qilish, kishilarni shu g’oyaning to’g’ri, hayotiy va ilg’or ekanligiga ishontirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Demakratik jamiyatda amal qiladigan plyuralizm kishilarga o’z hayotiy manfaatlari, maqsad va intilishlarini aks ettiradigan ilg’or g’oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.
G’oya asosida kishilarni uyushtirish. Jamiyat faqat o’z shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan odamlar yig’indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash kishilarning jamiyat bo’lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo’ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o’tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlari yo’lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.
G’oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg’or g’oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir. Mafkura ifoda etilgan g’oya va maqsad jamiyatdagi ko’plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyat dasturiga asos bo’ladi, ijtimoiy rivojlanishga kuchli turtki beradi. U jamiyatda ro’y beradigan tub o’zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so’ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.
Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Mafkura taraqqiyotning eng og’ir, murakkab davrida, ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o’tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo’llab- qo’vatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg’ularini uyg’otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo’lgan istiqlol g’oyasi o’zining jozibasi bilan kishilarni o’z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid bilan qarashga da’vat etadi.
G’oyaviy tarbiyalash.Jamiyatdagi mavjud g’oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozisiyani tarbiyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. G’oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g’oyani himoya qilish, targ’ib eti shva rivojlantirishga qaratilgan bo’ladi. Inson faoliyati aniq bir g’oyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, bu niyat ko’pincha ko’zga tashlanmaydi. G’oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda xushyorlik, sezgirlik hissini shakllantirish, yot va zararli g’oyalarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
301
G’oyaviy immunitetni shakllantirish. G’oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ochiq bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir.
Harakat dasturi ekanligi. Mafkura jamiyatda ijtimoiy-siyosiy harakatning o’ziga xos dasturilamali bo’lib xizmat qiladi. Chunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsada, ayni vaqtda uzoq istiqbolni ko’zlaydi. Milliy mafkura jamiyatdagi barcha qatlamlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad-g’oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan kutiladigan ideal natijadir.
Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi — Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g’oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O’zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.
mavzu: Qadriyatlar falsafasi.
Reja:
Qadriyatlar kategoriyasi, uning mohiyati. Qadriyatlar tizimi.
Qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari. Aksiologiya qadriyatlar haqidagi fan. Qadriyatlar va tarix.
Mustaqillik va qadriyatlar. O’zbekistonda milliy qadriyatlarni asrab- avaylash va umuminsoniy qadriyatlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati.
Tayanch iboralar: Qadriyat. Moddiy va ma’naviy qadriyatlar. Ma’naviy qadriyatlar tizimi. Qadriyatlar va o’tmish. Aksiologiya. Qadrlash va baho. Qadriyat va tarbiya. Inson qadri.
Do'stlaringiz bilan baham: |