ADABIY oTLAR:
1. Karimov I.A. O’zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida.T., 2005 y.
322
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir. T., 2005
Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. T., 2002
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. T., 2000
Karimov I. «O’zbekiston XXI-asrga intilmoqda». T.,1999. 3-18-betlar
Karimov I.A. Vatan ozodligi-oliy saodat. T., 1999 y.
Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. T., 1998 y.
Karimov I.A. Buyuk kelajak sari. T., 1998. 3-66, 82-122-betlar
Barkamol avlod orzusi. T., 1999 y.
Mustaqillik: izohli, ilmiy-ommabop lug’at. T., 2006 y.
Falsafa. T., 1999 “Sharq” nashriyoti, 446-492-betlar
Falsafa. Ma’ruzalar matni. T., 2000, 289-312 betlar
Falsafa asoslari. T., 2005, 337-376-betlar
Falsafa. Qomusiy lug’at. T., 2004
Falsafa. Qisqacha izohli lug’at. T., 2004
Falsafa. Matluba Ahmedovaning umumiy tahriri ostida. T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2006 yil.
1. Global (umumbashariy) muammolar, ularni hal qilish yo’llari va imkoniyatlari
Insoniyat XX asrda bir kator muammolarga duch keldiki, xozirda ulardan qutulib ketish yoki ketmaslik bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Agar XX asrning birinchi yarmi oxirlarida insoniyat qarshisida asosan bitta umumbashariy muammo — yadro halokatining oldini olish kundalang bo’lib turgan bo’lsa, xozirda ularning soni birmuncha ortdi. Aholining tabiiy o’sishi, fan-texnika yutuqlaridan tor manfaatlar yo’lida foydalanish, bir qator mintaqalarda murakkab ekologik vaziyatni vujudga keltirdi. Oqibatda insoniyatning kelajagi xavf ostida kolayotganligi muammosi kelib chikdi. Ushbu muammo umumbashariy muammo bo’lib, uni jahon xalqlarining ishtirokisiz hal qilib bo’lmaydi. Umumbashariy muammolar deganda biz insoniyatga xavf solib turgan, butun dunyo, barcha davlatlar va xalqlarning ishtirokisiz yechish mumkin bo’lmagan muammolarni tushunamiz
Tabiatga kishilarning zug’umi kuchaya borgan sari tabiiy muvozanatning buzilishi oqibatida kishilarning yashash tarzi, sog’ligi, ijtimoiy muqitga bo’lgan aks ta’siri tobora halokatli tus ola boshladi. Insoniyat bunday tahlikali holatdan faqatgina har qanday siyosiy, mintaqaviy, irqiy, milliy, diniy va boshqa manfaatlarini keyinga surib, mushtarak umuminsoniy manfaatlar tevaragida jipslashish, zudlik bilan ta’ sirli choralar
323
qo’llash orqaligina qutulishi mumkin. I.A.Kaiimov "Butun dunyo yagona va o’zaro bog’liqdir. Bizning mushtarak burchimiz yer yuzini bolalarimiz va nabiralarimizga obod va baxtiyor yashashlari uchun munosib qilib qoldirishdir" . -deb takidlagan edilar.
Bugungi kunda quyidagi muammolar insoniyatga xavf solmoqda:
termoyadro urushi xavfining oldini olish va qurollanishni bartaraf etish;
—jaqon iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotning o’sishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
iqtisodiy qoloqlikni tugatish; yer yuzida qashshoqlik va ochlikka barham berish;
tabiiy boyliklardan oqilona va kompleks yondashgan holda foydalanish;
insoniyatning baxt-saodati yo’lida fan-texnika yutuqlaridan foydalanish uchun xalqaro hamkorlikni yanada faollashtirish (eng xavfli kasalliklarga qarshi kurash, koinotni o’zlashtirish);
dunyo okean boyliklari va imkoniyatlaridan unumliroq foydalanish; azon qatlami yo’qolishi xavfining oldini olish va h.k.;
—insoniyat va uning kelajagi to’g’risidagi o’zaro hamkorlikda jiddiy tadqiqotlar olib borish; kishi organizmining tobora tez sur’atlar bilan o’zgarayotgan sun’iy va tabiiy muhitga moslashish jarayonini ilmiy taxlil qilish.
Insoniyat oldida ana shu xildagi muammolarning kundalang turib qolishining o’ziyoq kishilik sivilizasiyasi o’ta murakkab, o’ta qaltis bir jarayonni boshidan
kechirayotganligidan darak beradi. Umumbashariy muammolarning ba’zi bir guruhlari mavjudki, ularni hal qilishning o’zidayoq butun planetamizdagi ijtimoiy hayotning keyingi ming yillikdagi aniq manzarasini chizib berish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Bunday muammolar shartli ravishda uch guruhga ajratiladi:
Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o’rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k) bo’lib, bular shartli ravishda "intersosial" mu- ammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham uz ichiga oladi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |