Intonatsion mashqlar ustida ishlashning amaliy usullari.
Solfedjio darslarida quyidagi 4 asosiy ish usullari qo‘llaniladi:
Intonatsion mashqlar.
Eshitib taxlil qilish
Notadan o‘qish.
Diktant yozish.
Turli intonatsion mashqlar ichki tasavvurlarni to‘plash va eshitish qobilyatini rivojlash uchun xizmat qiladi. Bunday mashqlar musiqa tilining turli elementini idrok etib ularni ifoda eta olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda yordam beradi. Intonatsion mashqlar diktant yozishda, eshitib taxlil qilishda oldin kuylangan elementlar tanib olishda xam yordam beradi. Lekin ularning asosiy vazifasi – notadan o‘qish ko‘nikmasini ishlab chiqarishga tayyorlab berish.
Musiqa elementlarini o‘zlashtirish jarayoni quydagilardan iborat:
1.Tanishuv;
2.Eshitish;
3.Ko‘p marta takrorlash natijasida eslab qolish;
4. Ifoda etish.
Intonatsion mashqlar bir, ikki, uch va to‘rt ovozli, ladning ichida yoki biror bir tovushdan, jo‘rli yoki jo‘rsiz bo‘lishi mumkin. Bunday mashqlar yakka, gurux bilan, xor bilan, ovozni chiqarib yoki chiqarmay, yopiq og‘iz bilan, notalarni nomini aytib yoki so‘zlar bilan kuylanishi mumkin. Bu mashqlar o‘rtacha tempda kuylanadi; keyinchalik templar tezlashtirlib “Legato” va “Stakkato” shtrixlari yordamida kuylanadi.
Berilgan tonallikka sozlanishda T va D ning nisbatlari, noturg‘un tovushlarni turg‘unlarga tortilishi va yechilishiga asoslanadi.
Sozlanish yo‘llari quydagicha bo‘lishi mumkin:
O‘qituvchi berilgan tonallikda to‘liq kadensiyani chalib beradi.
O‘qituvchi Tuchtovushligini chaladi, o‘quvchilar gammani, tovushlarni, akkordlar izchilligini kuylaydilar.
O‘qituvchi faqat bitta tovushni – tonikani beradi, o‘quvchilar esa qolganini mustaqil kuylaydilar.
O‘kituvchi kuyning boshlang‘ich tovushini beradi, pog‘onani aytadi, o‘quvchilvr esa o‘zlari tonikani topib soznadilar.
Kamertondan sozlanish.
Oldingi tonallikdan yangi tonalllikka qayta sozlanish.
Dastlab sozlanish nisbatan davomli bo‘lib uni albatta kuylash zarur. Asta sekin bitta tovushni eshitib sozlana olishga yetkazish kerak.
Mashqlarni va darslardagi misollarni kuylaganda o‘qituvchi ijro sifatiga axamiyat berishi kerak. Bunda quydagi talablar qo‘yiladi:
Legato kuylashi;
Iboralar o‘rtasida nafasni to‘g‘ri olish;
Notalarni to‘g‘ri va aniq talaffuz etish;
Ifodali ijro etish.
Intonatsion mashqlarga quyidagilar kiradi: tetraxordlar, gammalar, pog‘onalar, itervallar, akkordlar, sekvensiyalar, akkordlar izchilligi. Ushbu mashqlar avval jo‘r bilan keyin esa jo‘rsiz, ya’ni “a capella” ijro etish zarur. Ko‘p ovozli mashqlar iloji boricha ertaroq kiritilishi zarur, masalan musiqa maqtabining ikkinchi sinfidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |