Garmonik eshitish qobilyati va uni rivojlantirish uslublari.
Garmonik eshitirish qobilyati bir nechta tovushni bir vaqtda yaxlit tuzilma sifatida qabul qilishdir. Ushbu qobiliyat ko‘p ovozlikni xis etishda o‘z aksini topadi. Bunda emotsional taassurotlar va xislar asosiy rol o‘ynaydi. Oldin eshitib, kein xis etib, keyin mantiqiy-nazariy tushunish garmonik eshitish qobilyati ustida ishlashning asosdir.
Ko‘p ovozlikni eshitib xis etishda akkordning oxangiga, funksional vazifasiga, oxangdoshliklarni nisbatlariga axamiyat berish kerak. Undan tashqari akkordlarning aloxida tovushlariga xam e’tiborni qaratish lozim.
Amaliyotdan ma’lum bo‘ldiki, garmonik eshitish qobilyatini rivojlashni o‘kitishning dastlabki davridan boshlash zarur. Bunda akkordlarni chalib, tinglab ularning oxanglarini eslab qolishga xarakat qilish kerak. Garmonik eshitish qobiliyatini rivojlashda xorda kuylash, ansamblda chalish, kuyni garmoniyalash katta axamyatga ega. Bunda o‘quvchi umumiy ko‘p ovozli oxangni, yonidagi sherigini eshitishga va unga moslanishga xarakat qiladi.
Garmonik eshitish qobilyatini rivojlash uchun o‘qitishning boshlang‘ich davrida ikki ovozli mashqlar ustida ishlashdan boshlash kerak. Undan tashqari berilgan kuyga qo‘shimcha ovozni topib kuylash katta yordam beradi va o‘quvchining ijodiy qobilyatlarini rivojlaydi.
Garmonik eshitish qobiliyatini rivojlashda o‘qituvchi qiyinchiliklarni asta kuchaytirish lozim. Masalan interval va akkordlarni o‘rganishni quydagi tartibda olib boorish mumkin:
I-davr: O‘rta registr. Oxangdoshlik va nooxangdoshlik tushunchaliri. Bunda oxangi bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi (kontrast) intervallari qo‘llaniladi: sekunda – oktava, tersiya – septima, akkordlar; major – minor, septakkordlar; D 7, kichik minor, kamaytirilgan septakkord va x. k.
II-davr: O‘rta registr. Interval va akkordlarning oxangi ularning joylashuviga qarab aniqlanadi (keng yoki zichligiga).
M-n: sekunda zich nooxangdoshlik, septima keng nooxangdoshlik va x.k.
III-davr: Barcha registrlar qo‘llaniladi (yuqoridan – 2-3 oktavalar, pastdan –kichik, katta oktavalar). Intervallarning sifat miqdori aniklanadi (katta, kichik, sof) major, minor, kamaytirilgan uchtovushlik; septakkordlar. Ushbu mashqlarni yozma va og‘zaki tarzda o‘tkazish mumkin .
Akkordlarning funksional nisbatlarini aniqlashlarni xis etish bilan bog‘liqdir. Bunda noturg‘un akkordlarni tortilishi va yechilishiga e’tiborni qaratish lozim. Akkordlarning oxangi bilan tanishtirish uchun tanlangan misollar yorqin ifodali va turfa xil bo‘lishi kerak.
Garmonik eshitish qobiliyatini rivojlashdagi so‘nggi bosqichda intervallar va akkordlar tarkibida tovushlarni aniqlay olishdan iboratdir. Buni yana “ovozlar yonalishini to‘g‘ri aniqlay olish qobilyatini” deb xam yuritiladi.
Ovozlar yo‘nalishining aniqlanishni o‘zgartirishda quydagi vazifalarni bajarish zarur.
Dastlabki yuqoridagi ovoz bilan basning xarakatini aniqlash zarur;
Xar xil registrda joylashtirilgan tovushlarni bitta registrga to‘plashga xarakat qilish kerak;
Ovozlar yo‘nalishini aniqlashda eshitib qilish katta axamiyatga ega. Bundan tashqari xorda kuylash, fortepianoda kuylarni topish xam yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |