1-AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIG‘I
Vazifalar:
Musiqa asarlari tahlili fanining maqsad va vazifalari.
Musiqa shakli haqida ma’lumot bering.
Sezuraning qanday belgilari bor? ( vazifalar word shaklda bajariladi)
Musiqa asarlari tahlili fanining maqsad va vazifalari.
Muqaddima faqat bir necha akkordlardan yoki bir akkordning o‘zidan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday muqaddimalarda ko‘pincha asarning tonalligi, metro-ritmi va fakturasi o‘rnatiladi.
Muqaddimada aniq, yorqin mavzu bayon qilinishi mumkin. Bu mavzular ba’zan mustaqil, ba’zan esa, keyinchalik ovoz yoki musiqa asbobi partiyasida bayon qilingan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. (Betxoven, “Patetik sonata” ning I qismiga qarang).
Ekspozitsiya (saraxbor)
Musiqada ekspozitsiya deb, asarning bir yoki bir necha mavzularining dastlabki bayoniga aytiladi. Ekspozitsiya – asar uzviy rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib, odatda bosh tonallikda boshlanadi, ammo, yordamchi tonalliklarning birontasida tugallanishi mumkin. Ekspozitsiya oxiridagi modulyatsiya – uni nisbiy noturg‘unlikga moyil qilib, keyingi rivojlanish uchun zamin hozirlaydi. Asarning rivoji davomida ekspozitsiyalar takrorlanib kelishi mumkin. (Gaydn, Motsart sonatalari va simfoniyalari ekspozitsiyalariga qarang).
Repriza
Kompozitsiya nuqtai-nazaridan repriza deb - mavzuni yoki ekspozitsiya mavzusini rivojlanishning ayrim, oraliq bosqichidan keyingi takrorlanishiga aytiladi. Kompozitsiya jihatidan muqaddimaga xotima muvofiq kelishligi kabi, ekspozitsiyaga repriza muvofiq keladi:
Musiqada reprizaning ahamiyati juda katta, chunki aynan aniq, o‘zgartirilmagan reprizada – asarning ekspozitsiyada bayon qilingan badiiy obrazi o‘z tasdig‘ini topadi. Ammo, mavzuning yoki ekspozitsiya mavzusining
reprizadagi takrorida, ular birmuncha boshqacharoq tarzda, ekspozitsiya va repriza oralig‘idagi rivojlanish jarayonida yuz bergan voqealar silsilasida idrok etiladi.
Musiqada aniq, o‘zgartirilmaydigan reprizalardan tashqari, rivojlanish jarayonini bevosita o‘zida aks ettiradigan o‘zgartirilgan reprizalar ham keng qo‘llaniladi:
Ekspozitsiyada berilgan mavzu reprizada yorqinroq, kuchliroq sado- lanishi mumkin. Bunday reprizaga dinamik repriza deyiladi. (Shopenning do minor “Noktyurn” iga qarang).
Repriza ekspozitsiyaga nisbatan qisqartirilgan (F.Shopen, Re bemol major prelyudiyasi) yoki kengaytirilgan bo‘lishi mumkin (P.Chaykovskiy, skripka va fortepiano uchun “Kuy”).
“Oynaband” repriza deb, ekspozitsiya mavzularining oldin ikkinchisi, keyin esa birinchisining bog‘langan holda kelishiga aytiladi (F. Shubertning “Priyut” – (boshpana, manzil) qo‘shig‘iga qarang).
Davriya shaklida yozilgan bitta mavzuning reprizasi ham “oynaband” repriza bo‘lishi mumkin. Bunday reprizalarda oldin ikkinchi, keyin esa birinchi jumlalar paydo bo‘ladi. (R.Shuman, “Rang-barang yaproqlar” siklidagi fa-diez minor “Albom varag‘i” asariga (ijod. 99) qarang).
Rivojlov
Intonatsion rivojlanish jarayoni birinchi notadan oxirgi notagacha asarni butunlay qamrab oladi. Yangi mavzularning va mavzusi o‘zgartirilgan takrorlanishlarning paydo bo‘lishi shuni bilan bog‘liqdir.
“Rivojlov” so‘zi birmuncha torroq, ya’ni ekspozitsiya mavzulari o‘zgartirilgan tuzilmalar ma’nosida qo‘llaniladi. Bunday tuzilmalarga tematik rivojlantirilgan tuzilmalar deyiladi. (Masalan, P. Chaykovskiyning “Kuz qo‘shig‘i” pesasida mavzu ekspozitsiyasi 9 – taktda tugaydi. Keyin ekspozitsiya boshqa ovozda takrorlanadi. Bundan keyin esa navbatdagi qism, ya’ni ekspozitsiya mavzusi turlicha tonallikda, noto‘liq holda o‘tkazilgan qism kirib keladi. Bu qismning vazifasi - asar mavzusini rivojlantirishdan iboratdir.
Mavzu rivojini tahlil qilayotib, biz:
qaysi mavzular rivojlantirilayotganligiga;
rivojlanishning tonallik rejasiga;
d) mavzu o‘zgarishining ahamiyatiga, ya’ni, uning qanday yangi xusu- siyatlar kasb etayotganligiga e’tibor qilishimiz lozim.
Epizod (lavha)
Uzviy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan yangi mavzuga epizod (lavha) deyiladi.
Xotima
Asar uzviy rivojlanishining tugallanish bosqichi xotima deyiladi. Xotimalar shaklning oldingi qismlarida asarning uzviy rivojlanishi yakunlanmagan taqdirda paydo bo‘ladilar.
Xotima – asar mavzusi tadbiq qilingan turda bo‘lishi mumkin; bunda asar mavzusi turlicha tonalliklarda qisman va hatto to‘liq shaklda o‘tkazilishi mumkin (xususan, subdominanta funktsiyasida), ammo, xotimada asosiy tonallik bir nechta kadanslar bilan mustahkamlanadi. (Betxoven, fortepiano uchun do diez minor sonatasi, ijod.27, №2, final).
Xotimada epizod mavzusi foydalangan bo‘lishi mumkin (Betxovenning Do major fortepiano sonatasi, ijod.2, №3, II qism).
Xotimalar, ayniqsa, sermazmun va shakl jihatidan rivojlantirilgan xotimalar
shaklni muvozanatlashtiradigan qism sifatidagina emas, balki, katta mazmunli- obraz ahamiyatiga ega bo‘lgan uzviy rivojlanishning yakunlovchi bosqichi sifatida ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Interlyudiyalar (oraliq tuzilmalar) va bog‘lovchi tuzilmalar Asarning rivojlanish jarayonida ekspozitsiya, repriza va shaklning shunga
o‘xshagan boshqa qismlariga qaraganda xuddi kamroq rol o‘ynayotgandek tuyuladi-gan tuzilmalar ham uchraydi. Bular interlyudiya (oraliq) va bog‘lovchi tuzilmalardir. Ammo, bunday tuzilmalar ko‘proq shakl yaratish ahamiyatiga ega bo‘ladilar, ba’zida esa muhim obraz va mazmun vazifasini ham bajaradilar.
Interlyudiya deb, prelyudiya (muqaddima) va postlyudiya (xotima) ga o‘xshagan oraliq tuzilmalarga aytiladi. (inter – lot. oraliq; pre – lot. oldin, gacha; post – lot. keyin).
Interlyudiyalarning roli katta bo‘lib, masalan, ovoz yoki musiqa asbobi partiyasini jo‘r partiyasida to‘ldiruvchi “muallif mulohazalari, fikrlari” dan iborat bo‘lishi mumkin (P. Chaykovskiy, “Primirenie” romansiga qarang).
Bog‘lovchi tuzilmalar reprizaning yoki yangi mavzuning paydo bo‘lishini tayyorlashga xizmat qiladilar. Sonata shaklining bog‘lovchi partiyalari bunga misol bo‘ladi (L. Betxoven, Lya bemol major sonatasi, №12, skertso).
Musiqa asarlari ijro jarayonida tirikdirlar. Shuning uchun ham musiqani idrok qilinishi uchun ijrochining yoki ijrochi jamoaning roli juda kattadir. Ammo, tinglovchilarning musiqiy dunyoqarash darajasi ham bu borada juda katta ahamiyatga egadir.
Musiqa asarlarining tahlili – musiqani go‘zal va ifodali tarzda ijro qilish qobiliyatlarini rivojlantirib qolmasdan, balki, uni tinglash qobiliyatini, musiqani o‘z ifoda vositalariga va shakl qonuniyatlariga ega bo‘lgan nutq sifatida tushunish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi.
Tayanch so‘zlar va ularning izohlari
Do'stlaringiz bilan baham: |