Reja: Adabiy til bilan shevalar o‘rtasitagi fonetik munosabatlar



Download 36,02 Kb.
Sana03.06.2022
Hajmi36,02 Kb.
#631690
Bog'liq
Dialektologiya. Ma'ruza-5.2022 (2)


5-ma’ruza
O’ZBEK SHEVALARINING FONETIK XUSUSIYATLARI
O‘zbek xalq shevalarining vokalizmi

Reja:


  1. Adabiy til bilan shevalar o‘rtasitagi fonetik munosabatlar.

  2. O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi.

  3. O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish – lablanmaslik hodisasi.

  4. Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’,’, i) unli fonemalari.

  5. Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү, unlilari.

  6. Yuqori o‘rta ko‘tarilish lablanmagan ye,e va º, unli fonemalari.

  7. Lablangan o vaѳ unli fonemalari.

  8. Quyi ko‘tarilish unli fonemalar (ә va º , a va ).



Shevalararo unli fonemalarning son jihatidan munosabatlari. O‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamoa joylashgan hududga nazar tashlab, shevalar bo‘yicha fonemalarning munosabatini son jihatdan qarasak, bir qancha shevalarning yagona bir markazga – adabiy til talaffuz normalariga asos bo‘ladigan markazga qarab yo‘nalishini ko‘ramiz. Respublikamizning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan Toshkent shu yo‘nalishlarning asosiy punktidir. Chunonchi: 1. Toshkent-Andijon, 2. Toshkent-Buxoro, 3.Toshkent-Urganch (Xorazm), 4. Toshkent – Turkiston. Yagona markazdan uzoqlashgan sari birinchi, uchinchi va to‘rtinchi yo‘nalishlarda (oxirgisi Qozog‘iston hududida joylashgan) unli fonemalar soni ko‘paya boradi. Ikkinchi yo‘nalishda esa o‘zbek shahar shevalariga xos bo‘lgan unli fonemalarning tipik tarkibi asosan saqlanadi. Ammo unli fonemalarning sifat jihatdan tavsifi birmuncha boshqacharoq tus oladi. Bu yo‘nalishlarning bo‘linishi shartli deb tushunish lozimdir, chunki ko‘rsatilgan to‘rtta yo‘nalishning har biri, o‘z navbatida, bir qator cheklanishlarga ega, bu dialektologiya kursida alohida tekshriladi.
Adabiy til bilan shevalar o‘rtasidagi fonetik munosabatlar. Adabiy tilning shakllanishida bevosita ishtirok qilgan ba’zi o‘zbek shevalarining unlilari o‘ziga xos qator xususiyatlarga ega. Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari hamda shahar shevalarining talaffuz va leksik-grammatik xususiyatlariga o‘xshash bo‘lgan qishloq shevalari adabiy tilning shakllanishida yetakchi rol o‘ynaydi. O‘zbek tili taraqqiyotining barcha davrlarida vujudga kelgan eng progressiv xususiyatlarni o‘zida aks ettirganligi sababli shahar shevalari yetakchi shevalar hisoblanadi. Aksincha, j-lovchi shevalar konservativ xarakterga ega bo‘lib, bu shevalar vokalizmida qipchoq lahjasining traditsion xususiyatlari qat’iy ravishda saqlangan. Bu ikki qutb shevalar (y-lovchi va j-lovchi shevalar) orasida fonetik va morfologik xususiyatlari jihatdan adabiy til va jonli shevalarning o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga kelgan ko‘pgina murakkab hodisalarni o‘zida mujassamlashtirgan shevalar ham bor ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgandek, o‘zbek xalq shevalari tovush tarkibi va fonetik xususiyatlariga ko‘ra ikki katta guruhga bo‘linadi. Bulardan biri j-lovchi shevalar bo‘lib, bular o‘zbek adabiy tilida so‘z boshida keladigan y o‘rniga dj fonemasini ishlatadi. M: yol o‘rniga djol, yɔmɔn o‘rniga djaman, yoq o‘rniga djoq.
J-lovchi shevalar o‘zbek adabiy tilidan boshqa fonetik xususiyatlari bilan ham farq qiladi. M: orfografik o o‘rnida til orqa a tovushi ishlatiladi.
M: ad. -orf. ota (ɔtә) j-lovchi (ata) ad. -orf. bola (bɔlә) j-lovchi (bala). Faqat ba’zi j-lovchi shevalargagina o-lash xususiyatiga ega. Bunday shevalar qatoriga Samarqand viloyatidagi qozoq-nayman shevasi, Toshkent viloyatidagi qurama shevalarining ba’zilari va boshqa shevalar kiradi. Shuningdek j-lovchi shevalar singarmonizmli bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
J-lovchi shevalarda o‘zbek adabiy tili normalaridan chetga chiqish hollari ko‘plab uchraydi. Qozoq tiliga yaqin bo‘lgan dj o‘rniga j ishlatiladigan shevalar ham j-lovchi shevalar qatoriga kiradi.
O‘zbek shevalarining ikkinchi guruhini o-lovchi va a-lovchi guruhchalarga bo‘linuvchi y-lovchi shevalar tashkil etadi. A-lovchi shevalar singarmonizmlidir. Y-lovchi guruhning a-lovchi shevalarida (Shimoliy o‘zbek, Turkiston, Iqon, Qorabuloq, Mankent va Xorazm shevalari) qadimgi turkiy cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida ishlatiladi.
O‘zbek xalq shevalarida unli fonemalarning soni. O‘zbek xalq shevalari o‘z tarkibi jihatidan murakkabdir. O‘zbek tili dialektlari kompleksi tarkibiga qorluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq va o‘g‘uz lahjalari kiradi. Bu lahjalarning har biri, o‘z navbatida, vokalizmi jihatidan, fonetik noo‘xshashliklarga ega bo‘lgan shevalarga bo‘linadi.
Qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda 9-10 ta unli fonema bor. O‘g‘uz lahjasidagi shevalar esa tovush jihatdan ancha murakkab, chunki ularda ba’zi unli fonemalar sifat jihatidangina emas, balki mikdor jihatdan ham keskin farq qiladi. Bu lahjadagi shevalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bularda ma’no farqlovchi, ya’ni ma’lum semantik funksiyaga ega bo‘lgan va mustaqil fonema hisoblanadigan alohida cho‘ziq unli tovushlar mavjud. O‘g‘uz lahjasidagi shevalarning vokalizmi sistemasi mutloq cho‘ziq va mutloq qisqa fonemalardan tashkil topgan bo‘lib, bu fonemalarning soni ba’zi shevalarda 18 taga qadar boradi.
O‘zbek adabiy tiliga asos bo‘lgan shevalarda unli fonemalar soni 6-7 tadan oshmaydi. Toshkent va Samarqand shevalarining vokalizm sistemasi 6 fonemalik bo‘lib, bu fonemalarning ba’zilari sifat jihatdan farq qiladi.
Toshkent til shevalarida – ’, ye, ә, ɔ, ο, u
Samarqand til shevalarida – ’, ye, a, o, ɔ,u
Bu vokalizm (Samarqand shevalariga xos xususiyatlar saqlangan holda) Buxoro va Qarshi shevalariga ham ta’lluqlidir. Xuddi shunday xususiyatni Leninobod (Eski Xo‘jand) va Chust shevalarida ham ko‘rish mumkin.
Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida sifat jihatdan farq qiladigan ammo miqdor jihatdan farqlanmaydigan 7 fonema (’, u, ye, o, ә, a, ɔ) mavjud. Bu shevalarning unlilari sistemasida Toshkent va Samarqand unlilari sistemasidan farq qiladigan orqa qator quyi ko‘tarilish a unli fonemasi saqlangan. Shunday qilib, bu shevalarda Toshkent shevasidagi ә, ɔ Samar qand, Buxoro, Qarshi, Xo‘jand, Chust shevalaridagi a, ɔ va adabiy tildagi a va o kabi ikki unli fonema o‘rniga uch keng unli fonema a, ә, ɔ borligini ko‘ramiz. Bu shevalarda a fonemasi quyi ko‘tarilishdagi unli fonemalar o‘rtasida oraliq fonema holatini saqlab qolgan. Ammo bu uch fonemaning so‘zlardagi tarqalishi Qo‘qon va Marg‘ilon shevalarida bir xil emas.
Hudud jihatdan Marg‘ilonga yaqin bo‘lgan Vodil qishlog‘ining shevasi, shuningdek, Jizzax shevasi va Toshkent viloyatining atrof shevalari Toshkent shahar shevasining unlilari sistemasiga o‘xshaydi.
Andijon, Shahrixon shevalarida Farg‘ona vodiysining bir qator qishloq shevalarida (mas., Saroy), Turkiston shevasi, o‘zbek tilining qoraqalpoq dialekti, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarining j-lovchi o‘zbek shevalarida, shu jumladan, Toshkent viloyat Ohangaron vodiysining qurama shevalari vokalizmi tarkibida 9,10 ta fonema mavjud.

Bu unli fonemalar tubandagilar:





Tilning ko‘tarilishi o‘rniga ko‘ra

Til oldi (oldingi qator).

Til orqa
(orqa qator)

lab ishtirokiga ko‘ra

lablanmagan

lablangan

lablanmagan

lablangan

tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra (tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra)

yuqori ko‘tarilish (tor)

и (yoki ъ)



ү



ы(yoki ь)

u

o‘rta ko‘tarilish (yarim tor)

е
э є

ө




о

quyi ko‘tarilish (keng)

ә




а

ɔ




Ko‘rinadiki, sxemadagi 12 katakchadan faqat ikkitasi bo‘sh qolgan, bular o‘rta ko‘tarilish, lablanmagan orqa qator va quyi ko‘tarilish, lablangan oldingi qator unlilar katakchasidir. Xaqiqatdan ham, o‘rta ko‘tarilish, til orqa lablanmagan va quyi ko‘tarilish, til oldi lablangan unlilar mustaqil fonema sifatida bizga ma’lum bo‘lgan o‘zbek shevalarida yo‘q.
O‘zbek shevalarida unlilarning lablanish-lablanmaslik hodisasi. Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida, shuningdek, o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilarning lablanish holati asta-sekin kamayib, aksincha, tilning tanglayga tomon ko‘tarilish darajasiga ko‘ra yuqori ko‘tarilish unlilarining o‘rta ko‘tarilish unlilariga va nihoyat, keng unli fonemalarga o‘tishi asta-sekin kuchayib bormoqda.
Yuqori ko‘tarilish unlilari i va u (’ va ү) ni asosiy farqi ularning lablanishi yoki lablanmasligidadir. Tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra bu ikki fonema ’, ү va adabiy tildagi i, u o‘zining kombinator variantlariga ega, bu kombinator variantlar adabiy talaffuzda ham o‘z aksini topgan. Masalan: qirq, qiz, qish kabi so‘zlardagi adabiy orfoepik i tovushi til orqa ь (qrq, qz, qsh) kabi talaffuz qilinadi. Aksincha, kul, gul, kuya, kuchuk kabi so‘zlar talaffuzida ad. -orf. u tovushi oldingi qator ү kabi talaffuz qilinadi (kүl, gүl, kүyә, kүchүk) va bu i, u unlilarining pozitsiyasiga ko‘ra til oldi va til orqa bo‘lib turishi aniq seziladi.
O‘rta ko‘tarilish unlilari ye, o dan faqat o//ad.-orf. o‘ unlisidagina ko‘rinadi. Sol., qol, kөl.
Quyi ko‘tarilish unlilarida lablanish yoki lablanmaslikka nisbatan tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra farqlanish ustun. Shu sababli o‘zbek adabiy tili vokalizmida ham, Toshkent tipidagi shevalar vokalizmida ham ɔ fonemasining lablanishi fakul’tativ xarakterdadir.
Farg‘ona shevalarining ba’zilari (xususan, Marg‘ilon va unga yondosh shevalar) vokalizmidagi farq yuqorida ko‘rsatilganidek quyi ko‘tarilish unlilarida uchraydi. (Marg‘ilon ә, a, ɔ//Toshk ә, ɔ//ad. -orf. a, o). Marg‘ilon shevasida uchraydigan a, ɔ keng unlilari alohida fonema bo‘lib, bir-biridan labning ishtiroki bilan farqlanadi.
9, 10 ta unli fonemaga ega bo‘lgan o‘zbek shevalarida umumnorma sifatida labning ishtiroki va tilning gorizontal yo‘nalishiga ko‘ra ajralish prinsipining qoldig‘i ma’lum darajada saqlangan ye-o va ө-o (yuqori- o‘rta ko‘tarilish); i-i, i-ү, ү-u (yuqori ko‘tarilish) va ә-a, a- ɔ (quyi ko‘tarilish) kabi juft unlilarni qiyos qiling.
O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi. Ba’zan o‘zbek shevalarida unlilar cho‘ziq-qisqaligiga ko‘ra ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. M: Iqon, Qorabuloq hamda janubiy Xorazm shevalarida cho‘ziq unlilar mustaqil fonema sifatida saqlangan.
Qorabuloq shevasi vokalizmi:
tor i/ ү i/u
yarim tor ye/ ө o
yarim keng ә a
hamda a:, o:, i: kabi mustaqil cho‘ziq unlilardan iborat. Misollar: a:t (a:d) – ot (ism), at-ot (hayvon); a:ch (a:sh) a:j – och (qornim och), ach-och (eshikni och); o:t (o:d) - o‘t (olov), ot – o‘t (o‘simlik) va boshqalar.
O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali (ikkilamchi) unlilar. O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali so‘z ma’nolarini farqlamaydigan unlilar ham mavjud. Yondosh undoshning tushishi natijasida (shәhәr >shә:әr>shә::r kabi) vujudga keladigan ikkinchi darajali cho‘ziq unlilar o‘zbek shevalarida ko‘plab uchraydi. Bular: Nam. sɔtәmәn bu sandu: n’ (Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik). Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik) o‘zbek shevalarining har birida turlicha ko‘rinishiga ega bo‘lib, fonetik fonematik bo‘lmagan hodisadir.
Namangan shevasida uchraydigan ultra cho‘ziqlik tovushlarning tushishi bilan ham, tovushlar kompleksini tushib qolishi bilan ham bog‘liq emas, bunda unlilarning uzunligi alohida jumla ohangdorligi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Mas., Mәm b’lmә: :mәn// ad. -orf. men bilmayman. Namanganliklar nutqida hozirgi-kelasi zamon fe’lining talaffuzidagi intonatsiya ko‘tarilib borib oxirgi bo‘g‘inda esa birdan pasayib ketadi. Bu intonatsion harakatni grafik usulda quyidagicha ko‘rsatish mumkin: kөpә :: d’, k’rә :: d’, kelә :: d’.
Yuqori ko‘tarilish lablanmagan (i, ’, i, ь) unli fonemalari.
i fonemasi. Odatdagi turkiy i – til oldi, lablanmagan, qoraqalpoq tilidagi i ga o‘xshash va qozoq tilidagi i ga yaqin unli tovush. Bu fonema turli shevalarda turli tovushlar bilan almashinadi.
i tovushi j-lovchi o‘zbek shevalarida, xuddi qoraqalpoq tilidagi kabi yuqori-o‘rta ko‘tarilish lablanmagan unli tomon rivojlangan. Shuning uchun bu unli akustik jihatdan ochiq i kabi eshitiladi va yopiq ye ga yaqinlashadi, ko‘pincha, urg‘usiz bo‘g‘inlarda ye lashadi.
O‘zbek shevalarida i/ye(e), ’//ye unlilarining almashinishi (o‘tishi) so‘z boshida, shuningdek, qo‘shma so‘z va grammatik formalarda esa so‘z o‘rtasi va oxirida sporadik holatda uchraydi.
Misollar: jl. isәp ~ xisәp~ hesәp//yl. Toshk. x’sɔp// ad.-orf. hisob.
Qorabuloq nichә// nechә// ad.-orf. necha: jl. edi//idi (djebedim– bobi dim); Nam. beros// ad.-orf. bir oz; um’t//umet// ad.-orf. umid.
i fonemasi y va sh tovushlari bilan yondosh kelganda, dj ta’sirida, oldingi qatorlik holatini saqlaydi: piyәlә//djigәr//mәshinә//ad.-orf. piyola, jigar, mashina.
Burun tovushlari m, n, ng lab tovushi b va til orqa k, g tovushlari bilan yondosh kelgan i tovushi tilning orqaroq tortilishi bilan talaffuz qilinadi. Shunday qilib, bu tovush i>i unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushga o‘tadi va eshitilishi jihatdan til orqa i tovushiga yaqin, ammo rus tilidagi i ga o‘xshamaydigan bir tovushga aylanadi: olti, ming.
’ fonemasi shahar shevalari va o‘zbek adabiy tilida oraliq (indifferent) tovush bo‘lib, i va i ning birikishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan. Qiyos qiling: yl. Toshkent. k’r//ad.-orf. kir va q’r// ad.-orf. kir: j-lovchi va singarmonistik shevalarda kir va qir.
i tovushi e va a ga o‘tadi. i>ә va i>a o‘tishi xuddi ’ >ә kabi faqat so‘z o‘zak-negizlarida emas, balki affiks va yuklamalarda ham uchraydi. tog‘r’// tuvra- to‘g‘ri; pataha- fotiha; nararax-nariroq. Bolama- bo‘ladimi? jl. nesexetti qilip; ad.-orf.yangi//yl. yeng’// Toshk. yyeng’// jl. djanga (djanga raq). Hozirgi – kelasi zamon sifatdoshi affikslarida ad.-orf. beradigan// jl. berәtig‘an: qiyos qiling: Marg‘. berәdәgɔn.
i>ә ga o‘tishi so‘z birikmalarida ham uchraydi: ad.orf. o‘n ikki// onәki, erta bilan// yl. yertә m’nәn// djl. ertәmәnәn.
Yuqori ko‘tarilish lablangan u, ү unlilari. u fonemasi orqa qator, qisqa unli tovushdir. Barcha singarmonizmli o‘zbek shevalarida uchraydigan u fonemasi boshqa turkiy tillardagi til oldi u unlisiga o‘xshaydi.
Bu ikki fonema singarmonizmli shevalarga bir-biridan sifat jihat dan farq qiladi, so‘z ma’nolarini farqlaydi. үch// ad.-orf. uch (son), uch// ad.-orf. uch (uchmoq fe’lining o‘zagi).
J-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda u, ү fonemalari so‘zlarning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi: үstә-usta, djүgan-yugan, yүgүrүp- yugurib.
Ko‘rsatish olmoshlarida u va ү unlilarining yuqori o‘rta ko‘tarilish unlilariga o‘tishi ayrim j-lovchi shevalarda va qisman qurama shevalarida aniq ko‘rinadi: ad.-orf. shu// jl. sho
u>o holati, uyg‘ur tilidagi kabi, Namangan, Qorabuloq, Toshkent va boshqa shevalarda uy, kuy (ohang) so‘zlarida ham uchraydi. Toshkent koy (yәxsh’ koyәkәn yәnә b’r chәl’ng)// ad.-orf. kuy (yaxshi kuy ekan, yana bir chaling).
ɔ u, ү fonemalari ba’zan ikkinchi darajali cho‘ziqlikka ega bo‘lishi mumkin: qq. suvurip//su:urip (sug‘urib), ɔchuvlanip//ɔchu:lanip, turuvdiq turu:dik. ad.-orf. sug‘urib, achchig‘lanib, turgan edik. su:bet, mu:tedj bolub (muhtoj bo‘lib) x ning tushishi hisobiga cho‘zilayapti.
u>i ga o‘tishi mumkin: jl: bul//bil (ish), manda (bunda) maymil (maymun), mәlim (ma’lum).
Yuqori-o‘rta ko‘tarilish unli fonemalar. O‘zbek xalq shevalarida mavjud bo‘lgan lablanmagan ye, e, є va lablangan o, ө unlilari kiradi. ye, e, є, ө unlilari old qator, o unlisi esa orqa qatordir.
ye fonemasi. Bu fonema yopiq unli tovush bo‘lib, y-lovchi shahar shevalari, shuningdek, o‘zbek adabiy tilida uchraydi.
ye fonemasi sifat jihatdan o‘zbek shevalari vokalizmidagi eng turg‘un fonemadir. Bu fonema (spontan holatda) nisbiy cho‘ziqlikka ega bo‘ladi va urg‘usiz bo‘g‘inlarda, ikki jarangsiz undosh o‘rtasida kelganda , ko‘pincha, reduksiyaga uchramaydi.
Artikulyatsion-akustik jihatdan bu unli rus tilidagi undosh tovush lardan keyin kelgan (Mas., deti so‘zidagi) ye unlisiga yaqinlashadi. Misollar: Toshk., Marg‘., Nam. yek’n, yerkәk, kengәydє; Qorabuloq.yesidin kedip, yendi goshni apchiq// ad.-orf. ekin, erkak, kengaydi, hushidan ketib, endi go‘shtni olib chiq.
Yed’, yemas to‘liqsiz fe’llarida ye unlisi tushib qolishi mumkin. Toshk., Nam., kelgәn-mәs, mәngә tushkәn-mәs( chushkәn-mәs).
e fonemasi. Bu fonema j-lovchi (singarmonizmli) shevalarga xos bo‘lib, shahar tipidagi shevalarda sporadik ravishdagina uchraydi. Sifat jihatdan є fonemasidan far qiladigan yuqori-o‘rta ko‘tarilish e tipidagi bu normal tovush og‘izning yopilish darajasi jihatdan taxminan qoraqalpoq, qozoq, no‘g‘oy, qumuq tillaridagi tipik qipchoq e tovushiga to‘g‘ri keladi. Bu tovush sifat jihatdan rus tilidagi o‘ziga o‘xshash tovushga qiyos qilinsa, deti so‘zidagi ye unlisiga nisbatan bir qadar ochiq, lekin delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan birmuncha yopiq ekanligi ko‘rinadi. Boshqacha aytganda, ruscha delo so‘zidagi ye unlisiga nisbatan o‘zbek tilidagi e unlisi tilning birmuncha yuqori ko‘tarilishi bilan talaffuz etiladi; bu fonema tez talaffuzda ruscha eti so‘zidagi e unlisiga yaqinlashadi, ba’zan esa o‘xshab ham ketadi. Misollar: jl. qur. men ming tebә ketemәn, kelәy, nechchә, nechә djilg‘a ketgәn, kechә g‘aytqan // ad.-orf. kecha qaytgan.
e unlisining diftonglashishi. Anlaut holatdagi e unlisining diftonglashishi j-lovchi shevalararo har xil ko‘rinishga ega. Boshlang‘ich element (forshlag)ning kuchiga qarab diftonglashish ham har xil bo‘ladi. Masalan, ba’zi j-lovchi qurama shevalarida diftonglashish hodisasi maksimal darajada bo‘lsa ham, boshqa j-lovchi shevalarda esa birmuncha kamroq ko‘rinadi.
J-lovchi shevalarda yuqori-o‘rta ko‘tarilishdagi lablanmagan e unlisi tubandagi ko‘rinishlarga ega:
ye yoki ie – maksimal darajada diftonglashish, ie sporadik holatda uchraydigan kamayib boruvchi diftonglashish (diftonglashishning bu turi forshlagning kuchi va sifatiga bog‘liq). Misollar: jl. qur. ieki, iegibdja tir, ieshshәyigә, yekki, yelliv, yertә.
e unlisining i unlisiga o‘tishi. Ad.-orf. e j-lovchi shevalarda ko‘pincha i unlisiga o‘tadi va o‘zidan keyingi undoshni yumshatadi: ad.-orf. egni> jl. qur. iyni, iynigә. Sol., qirg‘. iyin: iyinden toonu alib tashlaganday.
ye tovushi rivojida i yoki ә tovushlari uning oxirgi chegarasidir. ye>ә holati ekan, emas yordamchi fe’llarda ko‘proq uchraydi. bar ekәndә jdog‘ ekәn, shuyәmәs.
J-lovchi va y-lovchi shevalarda fakultativ-sporadik ravishda, e unlisining lablanish holati ham bor. Mas., jl. bөdәnә-bedana, turub-өde turib edi; qiyos qiling: Toshk., Nam. bottә< bettә, do:d’m(cho‘ziq o: bilan) nuchu: (cho‘ziq u: bilan) < nuchuk-nechik.
Bo‘g‘iz h yoki til o‘rta y tovushlarining tushib qolishi natijasida ravishda cho‘ziq e: tovushi paydo bo‘ladi: jl. me:nәtkәsh, me:ribәn// ad.-orf. mehnatkash, mehribon.
y tovushining tushib qolishi natijasida cho‘ziq i:Lablangan o va ө unli fonemalari
o fonemasi. Bu tovush til orqa, odatdagi turkiy o dir. toqquz yarim postun, toyde, soqim//ad.orf. so‘qim, qiyos qiling: ad.-orf. bo‘rdoqi.
ө fonemasi. Bu tovush til oldi, odatdagi turkiy ө dir. sөz, sөylәding, kөl.
J-lovchi shevalarda uchraydigan bu fonemalar anlaut holatda qozoq va qoraqalpoq tillaridagi o, ө fonemalari xususiyatlariga ega bo‘ladi. Bu fonemalar ham e fonemasi kabi so‘z boshida diftonglashadi uo va үө : uon, үөrdәk, uorta ɔvil qishlag‘i, uorin, uoraq // ad.- orf. o‘rdak, o‘rin, o‘roq; үө diftongiga misollar: үөrdәk// үөrdүk, үөlәn//ad.-orf. o‘rdak, o‘lan.
Quyi ko‘tarilish unli fonemalar.
J-lovchi va y-lovchi o‘zbek shevalaridagi tubandagi unlilar kiradi.
a) old qator ə va є
b) orqa qator a va ɔ
ɔ unlisi j-lovchi va y-lovchi shevalarning barchasida ham uchrayvermaydi. J-lovchi shevalardan qozoq-nayman va qurama shevalarining ba’zilarida ɔ unlisi mustaqil fonema sifatida, boshqa j-lovchi shevalarda esa a fonemasining varianti sifatida uchraydi. Bu fonema singarmonizmli y-lovchi shevalarda, masalan, Qorabuloq, Iqon va boshqa a-lovchi guruh shevalarda yo‘q.
ɔ fonemasi sifat jihatdan shevalararo har xildir. ә, є, a, ɔ fonemalari so‘zlarda ham bir xil tarqalgan emas. Masalan, a unlisi Marg‘ilon shevalariga nisbatan Namangan shevalarida ko‘proq qo‘llaniladi. Marg‘ilon shevalarida bu fonemaning kam ishlatilishiga sabab faqat chuqur til orqa undoshlar bilan yonma-yon kelishidir. Aksincha, a unlisi Marg‘ilon shevalarida Namangan shevalariga nisbatan ko‘proq uchraydi, chunki Namangan shevasida ә unlisiga ega bo‘lgan so‘zlar ko‘pincha є tovushi bilan talaffuz etiladi. ɔ va ә unlilarining tarqalishi Namangan va Marg‘ilon shevalariga nisbatan Toshkent shevalarida ko‘proqdir.
Til oldi ə unlisi. ә fonemasi ochiq, lablanmagan tovush bo‘lib, u ma’lum fonematik holatlarda kombinator ravishda a unlisidan paydo bo‘lgan va e fonemasining maksimal keng variantidir. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida uchraydi, ammo sifat jihatdan bu fonema shevalararo bir xil emas. Qiyos qiling: Nam., Marg‘., Toshk. ә, Qorabuloq-Iqon. є, Sam., Bux., Xo‘jand a (oxirgi a ruscha dal so‘zidagi a tovushiga yaqin).
Yl. Toshk., Nam., Marg‘. mәmlәkәt, sәbz’ Xor. gәsh’r, dәrrov, Qorabu loq.shәrgә barip; jl. mәyәk, әzәmәt, pәtir.
Ko‘pgina shevalarda so‘z boshida va birinchi bo‘g‘inlarida ә unlisi ad.orf. o unlisi o‘rnida qo‘llanadi. jl. әbriyli, dәri, әdәt. ә>ye nersә, jl ming tөbәdә ishlәydi.
Jl-lovchi shevalarda ad.-orf. olmoq fe’lining o‘zagidagi o tovushi ә yoki ɔ tovushi bilan talaffuz qilinadi: ә bilan: әpkep alip kelip, әbberәdi alip berәdi // ad.-orf. olib kelib, olib beradi.
є//e//ә almashinishi hamma shevalarda so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi: jl. nersә, yєnәReduksiyalanish natijasida ә fonemasi ye ga ham o‘tadi. Namangan, yelang‘ach// (yalang‘och), yyeng’ (yangi).
Orqa qator a unli fonemasi. a fonemasi lablanmagan, sof til orqa, odatdagi turkiy a. Deyarli barcha o‘zbek shevalarida bu unli normal fonema hisoblanadi. Biroq Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda a>ɔ yoki a>ә holati keng tarqalganligidan a fonemasi juda kam uchraydi.
ch, dj, y, h undoshlari ta’sirida a fonemasi yumshalishi mumkin a>ә, masalan: ch, dj, h, y undoshlari bilan yondosh kelganda: chәch, chәy, chәchmәk // ad.-orf. soch, choy, sochmoq; djәy, djәsh, djәrag‘//ad.-orf. joy, yosh, yarog‘; bәhә, әhvәl //ad.-orf. baho, ahvol; biydәy, tәyyar// ad.-orf. bug‘doy, tayyor.
y tovushining ta’sirida a>ɔ o‘rniga a>ә vujudga kelishini ad.-orf. ayt so‘zining shevalararo talaffuzida ham ko‘rish mumkin. Qorabuloq va ba’zi bir Toshkent shevalarida ayt so‘zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan.Bu so‘z qisqarib yet formasiga kelib qolgan: ayt >әyt >yet.
Qorabuloq shevasida uchala forma ham ayt//әyt//yet mavjud. Bu xususiyat Toshkent va Qorabuloq shevalarini ayt so‘zida ay o‘zagini saqlagan j-lovchi va ba’zi Farg‘ona shevalaridan farqlaydi.
Ikki bo‘g‘inli yasama fe’llarda a>ә (ya’ni ikkala a unlisining ham ә tovushiga o‘tishi uchraydi. Toshk.ɔz <әz, lekin әzg’nә//ad.-orf. ozgina.
a unlisi yana tubandagi xususiyatlarga ega:
1. a>i. xiyal (xayol), chiyan (chayon).
2. a unlisining lablanishi, ya’ni a>o: tovaq, Toshk.sɔvɔl ad.-orf. tovoq, savol.
3. Yonma-yon kelgan undosh tovushning tushib qolishi hisobiga a: unlisi cho‘ziladi. yl. q’shla:l’g‘adam// ad.-orf. qishloqlik odam.
Til orqa ɔ fonemasi. ɔ fonemasi o‘zining artikulyatsion xususiyat lariga ko‘ra til orqa a va juda keng ɔ unlilari o‘rtasidagi oraliq tovushdir.
Bu tovush mustaqil fonema sifatida a-lovchi shevalardan tashqari, o‘zbek shevalarining barchasida uchraydi. A-lovchi shevalarda ɔ tovushi faqat ayrim so‘zlardagina a fonemasining varianti sifatida uchraydi.
O-lashish hodisasining pozitsion sabablarini Toshkent shevasi materiali juda aniq yoritib beradi, j-lovchi va y-lovchi sheva materiallari esa, bu hodisaning sabablarini aniqlashda yordam beradi.
O-lashish ikki xil yo‘sinda yuzaga keladi:
Lab-lab v tovushi ishtirok etgan so‘zlarda: mas; jl. qur. kelәyatir> kelvatir>kelәvɔtir>kelәɔtir. Farg‘ona sәvz’>sovz’, brɔvd’k’>brovd’k’. Keyingi so‘zlarda a unlisi kuchli lablanib, ochiq o kabi talaffuz qilinadi. Qiyos qiling: Toshkentda bɔrsәm’z>bɔrsәviz>bɔrsɔuzә yoki bɔrәm’z>bɔrɔ viz> bɔrɔuz >bɔrɔuzә.
Chuqur til orqa (q, g‘, x) tovushlari bilan yondosh kelganda, masalan, Toshkent tәrә>tәrɔq, q’shlә>q’shlɔq, sәnә>sәnɔq: jl. qilg‘ɔn, djog‘alg‘ɔn, qɔtin, qulɔq.
Bu tovushni artikulyatsion jihatdan o‘zlashtirish juda sekinlik bilan bo‘lgan. U yoki bu pozitsion holatlardan qat’iy nazar, bu tovush avval bir bo‘g‘inli so‘zlarda, keyinchalik ikki bo‘g‘inli so‘zlarda yuzaga kelgan. J-lovchi shevalarda o-lashish hodisasi faqat o‘zbek adabiy tili normalaridangina farqlanmay (mas., jl. sɔri, ɔriq // ad.orf. sariq, ariq), balki yondosh y-lovchi shevalardagi o-lashish hodisasidan farq qiladi. (mas., qozoq-nayman, djɔman, djɔqin, bɔla//Samarq. yamɔn, yaqin, bala). Bu hol o‘zbek shevalarida o-lashning har xil yo‘llar bilan vujudga kelganligini ko‘rsatadi.


Toshkent dialekti unlilar tizimi

Til oldi




Indifferent

Til orqa

Tor



(ы) u

u

Yarim tor

ye

ө

o

Keng

ә




ɔ


Farg‘ona dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Inifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarim tor ye ө




o

Keng ә







Namangan dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarimtor ye ө




o

Keng ә








Andijon dialekti unlilar tizimi

Til oldi

Indifferent

Til orqa

Tor ү



u

Yarimtor ye ө




o

Keng ә







Qipchoq lahjasidagi unlilar tizimi

Labning ishtirokiga ko‘ra

Lablan

magan

Lablan

gan

Tilning to‘g‘ri yo‘nalishiga ko‘ra

Til oldi

Til orqa

Til oldi

Til orqa

Tilning tik harakatiga ko‘ra













Tor

i

ы

ү

u

O‘rta keng

e




ө

o

Keng

ә

a








Ohangdoshlik. Ohangdoshlik hodisasi turkiy tillarda qadimdan mavjud bo‘lib, u tovushlardagi uyg‘unlikni, o‘zaro ohangdoshlikni ta’minlaydi. Odatda, ohangdoshlik haqida gap ketganda, ko‘pincha, unlilardagi til oldilik va til orqalik, hamda lablanganlik va lablanmaganlik to‘g‘risida gapiriladi. Vaholangki, ohangdoshlik hodisasi bu bilan tugamaydi. Lablaganlik, ya’ni lab uyg‘unligi faqat unli tovushlarga xos hodisa. Ammo tanglay uyg‘unligi qonuniyatiga binoan, tovushlardagi til oldilik va til orqalik xususiyati hisobga olinadi. Bunday ajralish nafaqat unlilarda, balki tilmiz tarixiga nazar tashlasak, balki undosh tovushlarda ham mavjud bo‘lgan. Qiyoslang: qag‘anga-hoqonga, alim – olim, qarz, og‘izg‘aru-o‘g‘uzga, soqum-so‘qim, kuchug-kuchni, kozum-ko‘zim kabi.
Ohangdoshlikdagi uchinchi jarayon – bu undosh tovushlardagi jaranglilik va jarangsizlik hodisasi sanaladi. Bu jarayon ham turkiy tillar tarixining qadimgi davridan boshlab amal qilingan.
Ohangloshlik eski turkiy til davrida ham mavjud bo‘lib, turkiy tillar tarixida bu jarayon haqida dastlab M.Koshg‘ariy fikr bildirgan. Olim turkiy tillarning o‘zak xarakteriga qarab qo‘shimchalarning qattiq, yumshoqlikda farqlanganligini ta’kidlaydi.
A. M. Shcherbak eski o‘zbek tili davrida birinchi tip, ya’ni tanglay uyg‘unligining saqlangan va buzilgan hollari bor, ikkinchi tip, ya’ni lab uyg‘unligida esa buzilish holati mavjud deb ko‘rsatadi. Filologiya fanlari doktori, A. Rustamov esa XV asr o‘zbek adabiy tilida singarmonizmning har uchala qonuni, ya’ni unlilardagi tanglay uyg‘unligi hamda undoshlardagi jaranglilik va jarangsizlik uyg‘unligi bor degan xulosani bildiradi: atasi(rabg‘)-otasi, oturmaz(XIII)-o‘tirmas, qatla (MN)- qatla, sүlүk(Attuh fatuz)- үzlүklүk, yүzүndin(MN)-yuzingdin, tүshti(XIII)-tushdi, ulug‘lug‘ (XIII)-ulug‘lik, kөңүl(MN)- ko‘ngil kabi.
Qipchoq lahjasida ham til tarixidagi ohangdolikning har uch holati amal qiladi. Xususan, tanglay uyg‘unligiga binoan o‘zak va qo‘shimchadagi til oldilik va til orqalik holati nutqdagi qulaylik bois saqlanib qolgan: tish + tiң-tishning; qol + diң- qo‘lning, әkәsi, үkәsi, tag‘asi, ag‘asi, sindi, tindi, kәldi, kөrdi, bөldi, kөzүm, qolum(qolim, kөzim), sөzүm(sөzim), tөzүm, ulum(ulim) kabi.
Qipchoq lahjasida ayrim holatda lab ohangdoshligi buzilishi mumkin. Biroq tanglay uyg‘unligi, ya’ni til oldilik va til orqalik nutqda to‘liq saqlanadi.
Undosh tovushlardagi jaranglilik, jarangsizlik hodisasiga ham qipchoq lahjasida amal qilinadi: ish+ tәn-ishdan, үsh+tә-uchta, qish+tan-qishdan, qish + ta-qishda, kepti-kelibdi, ketti-ketdi, oqish +ta –o‘qishda, qal +di-qoldi, bar+di-bordi, bol + di-bo‘ldi, bөl +di-bo‘ldi, kөr +di-ko‘rdi, sөz+ ge, k өz+ gә e, kel +di kabi.
Odatda, ohangdoshlik hodisasi nutqda qulaylikni ta’minlash, talaffuzda bir meyorni yuzaga keltirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga talaffuzdagi o‘sha meyor nutqda ma’lum biir musiqa, ohangni shakllantirishni yuzaga keltirishga yordam beradi.
O‘zbek adabiy tilida ohangdoshlik qonuniyati aksariyat amal qiladi: Labial uyg‘unlik buzilgani bilan undoshlardagi jaranglilik, jarangsizlik va tanglay uyg‘unligi nutq ravonligi, uning musiqaviyligini ta’minlashga xizmat qiladi

Adabiyotlar:


1.. Данияров Х. Опыт изучения джекающих диалектов в сравнении с узбекским литературным языком. Т.:“Фан”. 1975.
2. Дониёров Х.. Эски ўзбек адабий тили ва қипчоқ диалектлари. Тошкент, 1976.
3. Абдуллаев Ф. Ўзбек тилининг ўғуз лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1978.
4. Ишаев А. Қорақалпоғистондаги ўзбек лаҳжаси. Т.: “Фан”. 1977.
5. Тўйчибоев Б. Ўзбек тилининг тараққиёти босқичлари. Т.: “ Ўқитувчи”. 1996.

Takrorlash uchun savollar:



  1. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasidagi shevalarda qaysi unlilar qatnashgan?

  2. Qipchoq lahjasidagi unlilar qanday sifatlarga ega?

  3. O‘g‘uz lahjasidagi unlilarning xususiyatlarini ko‘rsatib bering.

  4. O‘zbek shevalaridagi unlilar qanday xususiyatlarga ega?

  5. Umlaut qanday xususiyatlarga ega?

  6. Kontrast unlilar deganda nimani tushunasiz?

Download 36,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish