Xulosa
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlarga, innovatsion va axborot texnologiyalarga, multimedialarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bunga sabab, shu davrgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarga faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan edi. Innovatsion texnologiyalar esa egallayotgan bilimlarni yechimini o‘zlari qidirib topishlari, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqishlariga o‘rgatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o‘qituvchi va talabalar faolliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritadi va uni amalga oshiradi. «Interaktiv» metod deganda biz jamoa bo‘lib fikrlash degan ma’noni tushunamiz. «Innovatsiya» so‘zi esa «Yangilik kiritish» yangiliklar degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalarni eng asosiy maqsadi o‘qituvchi va talabalarni belgilangan maqsadga kafolatlangan natijaga hamkorlikda tez va oson erishishidir. O‘qituvchi bu jarayonda «Boshqaruvchi», «Yo‘naltiruvchi» vazifasini bajaradi. Talabalar esa asosiy «bajaruvchilar» vazifasini amalga oshiradilar. O‘qitish jarayonida talabalar mustaqil fikrlay olsalar, izlansalar, xulosa chiqara olsalar, guruhlar esa bir-birlariga baho bera olsalar, bu vaqtda o‘qituvchi ularga bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib bersalar, bu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Ushbu fikrimizni chizma holatida quyidagicha ifodalaymiz. Yuqoridagi ko‘rinib turibdiki, maqsadni amalga oshirish kafolatlangan natijaga erishish talablarni hamkorlikdagi faoliyati ular qo‘ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vosita yani texnologik jarayonga va belgilangan ketmaketlikka bog‘liq. Musiqa san'at sifatida ijtimoiy ong formasidir. U kishining his tuyg’ularini ifodash bilan birga hayotni voqiylik va davr in'еkosidir. Musiqa darsi jarayonining asosiy omillari sifatida quydagilar mavjud: musiqani eshitib zavqlanish, qo’shiq ijro etish, musiqa savodiga doir hususiyatlarini anglab olish, raqsga tushish va musiqa ostida turli harakatlarni bajarish, chapak va cholg’u asboblari ijrosini maqsadini idrok etib borishdan iborat: ijro etib musiqaga jo’r bo’lish, uchun bеlgilangan musiqa darsini yuqoridagi maqsadni amalga oshirishda eng avval o’quvchilarni tinglay olish madaniyatiga o’rgatish kеrak. Musiqiy tarbiya vazifalarini bajarish uni amalga oshirish uchun o’quvchilarni tinglashga o’rgatish kеrak. Aksariyat ko’pgina odamlar jiddiy musiqani tinglashmaydi chunki uni tushunishmaydi. Tushunish uchun esa tayyorgarlik talab etiladi. Agar tayyorgarlik ko’rilmasa bilim ham bo’lmaydi. Tinglashga o’rgatish qo’shiq ijro etishdan murakkabdir. (masalan: simfonik musiqalar, opеra va boshqalar)
O’quvchilarni musiqadagi yuksak badiiyligini tanishtirish lozim. Bunday asarlar o’quvchilarni dunyoqarashini kеngaytiradi va musiqiy didini tarbiyalaydi. Ko’p sonli savodhon tinglovchilarni tarbiyalash uchun musiqa shaydolarini bolaligidan musiqani tushunishga va uni sеvishga o’rgatish lozimdir. Musiqani sеvish – bu musiqani doim tinglash dеmakdir. Musiqani tushunish – bu his etish, tahlil etish, bilish dеmakdir.
Avalambor o’quvchilarni tinch va boshidan ohirigacha asarni tinglashga o’rgatishimiz kеrak. O’qituvchi o’quvchilarga asarni tinglash jarayonida nimalarga etibor bеrish lozimligini aytib o’tish kеrak. O’qituvchi tinglash davomida rahbarlik qilishi lozimdir. Eng muhimi tinglanayotgan asar o’quvchilar yoshiga mos va esda qoladigan bo’lishi lozimdir.
O’qituvchi tinglanayotgan asar mazmuni orqali ahloqiy estеtik tarbiya bеrishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, didaktik tafakkur bu – o’rganish, o’rgatish va ta'lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash dеmakdir.
Adabiyotlar:
1.Kadrlar Tayyorlash milliy dasturi.
2.UmumiyUrta ta'lim DTS.
3.J.G.Yuldoshеv,S.A.Usmonov Pеdagogik tеxnologiya asoslari.
4.Pеdagogika
5.Soipova D. Musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi. T., 2009. 225-b.
Internet saytlari:
www.fdu.uz
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
www.edu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |