300- DIU maktabi matematika
o'qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi
Shaniyazova Mavjuda
Matematik poyezd
"Aralash sonlar ustida amallarga oid misol va masalalar yechish" mavzusi
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qirg’ovul qizil ekan, dumlari uzun ekan,
chumchuq chaqimchi ekan, qarg’a qaqimchi ekan. Qadim-qadim zamon-da
“Matematika” mamlakatida, “Arifmetika”shahrida “Raqam” lar oilasi yashar
ekanlar. Oila boshlig’i “9 ota" bo’lib, u oila ichida eng kattasi, bosigi, aqllisi
ekan. Uning rafiqasi “8 ona" o’z farzandlarini sevuvchi, mehribon ona ekan.
Ularning bir-biridan shirin, asal farzandlari bor ekan. Farzandlarning eng kattasi
“7 jon” bo’lib, qaddi qomati kelishgan, yurganda qaddini g’oz tutib yuradigan
yigit ekan. Qizlari “6 oy” esa to’lin oydek ekan. “5- suluv” ni aytmaysizmi,
kamtarin, kamsuqum, yuzidan nur yog’armish. Quvnoq”4- bonu” ni tanimagan
odam yo’q ekan, tezda hamma bilan kirishib ketar ekan. Ulardan tashqari qizi
“3-bibi”, o’g’illari “2-toy”, “1-xon”, “0-jon” lar bor ekan. “0-jon” Hammasidan
kichik bo’lib, juda nozik ekan. Onasi “8-ona” ung’a har kuni alla aytib uxlatar
ekan.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Uxlar 14 mushukcha
Qiriq sichqon ham uyquda.
Yuzi pudlik fil quladi,
Ming birinchi tushida.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Istasang tez ulg’aymoq,
Bo’lma asti shoshqaloq.
Kamtarlik qilaversang,
Bo’lasan baquvvatroq.
Uxla ko’zim, no’ljonim,
Tong ham yaqin oppog’im.
Yetti soat, yetti minut,
O’tar ketar toychog’im.
Onasi shuncha harakat qilsa ham “0 jon” hadeganda uxlayvermabdi. Bundan
norozi bo’lgan
“8 ona” o’g’lini yengilgina shapatiladi:
- uxla-e, bemaza! Tong otishiga 7 soat-u 4yarim minut qoldi. Darrov uxlamasang
umrbod no’lligingcha qolib ketasan. Uxla! Kimga gapiryap- man?
Shunday deb “8 ona” beshikka qaradi. Ne ko’zbilan ko’rsinki, “0-jon”
birdaniga g’oyib bo’lib qolibdi.
- Voydod, voydod, bolam qani, bolam qani? Yordam bering, yordam bering!
Uni yana bitta o’quvchi unitib qildirganga o’xshaydi. Shundan beri xali no’ljon
topilmabdi. Bizga ham yordam so'rab xat yuborishibdi. Xo’sh nima deysizlar,
yordam beramizmi? Sinfda 3 ta guruh o’tiribdi:
1-guruh- Yosh matematiklar
2-guruh- Matematik bilimdonlar
3-guruh- Barkamol avlod
Ular yordamida “no’ljon” ni izlashga harakat qilib ko’ramiz. Buning uchun
bizga “Matematik po’yezd" kerak. Bu po’yezdga shunchaki o’tirib bo’lmaydi.
Faqatgina bu yerdagi topshiriqlarni to’g’ri bajargan o’quvchilargina o’tira olishi
mumkin.
Matematika po’yezdning 3 ta vago’ni bo’lib, 1vago’n-kupeli, 2vagon-
plaskard, 3vago’n-umumiy. Kupeli vago’nga oliy darajali xizmat ko’rsatiladi:
bemalol uxlab ketish mumkin, ovqat-choy ham keltirib berishadi. Dam
olayotgan paytda hech kim xalaqit bermaydi.
2-vago’n plasko’rd vago’n bo’lib, o’rtacha xizmat ko’rsatiladi: o’rindiqlarda
uxlab ketish mumkin, lekin eshik bo’lmaganligi sababli u yerdan bu yerga
odamlarning shovqini eshtilib turadi. Choy beriladi, lekin ovqat berilmaydi.
3-vago’n umumiy vago’n bo’lib, unda uxlab ketish mumkin emas, faqat o’tirish
mumkin, choy ham, ovqat ham berilmaydi.
Bu erdagi topshiriqlarni qaysi guruh tez, aniq, to’g’ri topsa- kupeli vago’nda, 2-
bo’lib bajarsa- plasko’rd vago’nda, 3-bo’lib bajarsa- umumiy vago’ndan joy
olishi mumkin. “Algebra” shahriga yetib borguncha qancha stansiya bo’lsa, har
bir stansityada yangi topshiriqlar beriladi. Har bir guruhning vago’ni, har yangi
stansiyada almashishi mumkin. Shartlar tushunarlimi? Unda boshladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |