TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
“YOSH FILOLOGLAR”
ZAKOVAT KLUBI
"FILOLOG KUBOGI"
2-mavsum.
1-tur
1-SAVOL:
O‘tmishda shunday odat bo‘lgan ekan. Bo'yni shamollab, qiyshayib qotib qolgan odam birorta bo'ynini g‘ozdek tutib, kekkayib, ko‘krak kerib yuradigan odamning orqasidan sekin asta borishi va 3 marta SHU ISHNI QILISHi kerak edi. Shunday qilsa bo'yni tuzalib qoladi, deb ishonganlar.
Savol: nima ish ekanligini toping.
Javob:
Assalomu alaykum.
2-savol:
O'zbek estrada xonandasi Ziyoda, yer yuzidagi eng birinchi insonlardan biri, Afg'oniston Islom Respublikasi, XXI asrda O'zbekiston mudofaa tizimida faoliyat yuritgan inson.
Savol: Yuqorida keltirib o'tilgan insonlarni bog'lab turadigan bir so'zni yozib bering.
Javob:
Qobul. Qobil javobi ham qabul qilinadi.
Izoh: Ziyodani familiyasi Qobulova. Odam Atoni o'g'li Qobil. Afg'onistonning poytaxti Qobul. 2008-2017-yillarda O'zbekiston mudofaa vaziri bo'lgan inson bu Qobul Berdiyev.
3-savol:
Xalqimizda ilgari ot yoki eshak mingan odam bir joyga borib, ot yoki eshagini ko‘chaga tashlab ketishga to‘g‘ri kelsa, ulovining oldingi ikki oyog‘ini mahsus xalqali zanjir bilan qulflab, kalitini cho‘ntaklariga solib ketardilar, lekin keng tarqalgan iboraga qarshi o‘laroq bu halqali zanjirlar ot yoki eshakdan ancha arzon turar edi.
Savol: xo‘sh, bu xalqali zanjir qanday nomlangan?
Javob:
Tushov.
Ulovidan tushovi qimmat degan ibora shundan paydo bo‘lgan.
4-savol:
Kavkazliklarning aytishicha, "Eng yaxshi maqtov bu - aynan (U) insondan eshitilgan maqtovdir".
Savol: U qanday inson?
Jabob:
Siz yaxshilik qilmagan odamdan.
5-savol:
Chingizxon qal'alar, devorlar yoki shaharlar qurishni past ish deb bilgan va uning otliqlari koplab muhandislik mo'jizalarini yo'q qilgan, lekin Chingizxon bir turdagi inshoatni juda ham avaylagan va ko'plab qurdirgan.
Savol: qaysi inshoot?
Javob:
Ko'priklar.
6-savol:
U sabrli bo'ladi.
U yuvosh bo'ladi.
U sodda bo'ladi.
U ishonadi...
U umidli-da bo'ladi!
Sevsa faqat U sevadi.
Or-nomus bilan sevadi.
Hayo bilan sevadi.
Sevaman demasin-da sevadi.
Tog'ay Murod U deya kimga yoki kimlarga ta'rif bergan?
Javob:
O'zbek
7-savol:
Bu narsa shu qadar shirinki uni totib ko'rging keladi, u narsa shu qadar achchiqki tilingni kuydiradi?
Savol u nima?
Javob:
Haqiqat.
8-savol:
Buyuk rus shoiri Pushkin grafga qarata: "Men sizdan boyman, siz qishloqlardan keladigan pullarni kutib o'tirasiz, menda esa doimo foyda keltirib turadigan 36 ta "X"lar bor" - degan.
Diqqat savol: u nimani nazarda tutgan?
Javob:
O'SHA DAVR RUS ALFAVITIDAGI 36 TA HARFNI NAZARDA TUTGAN.
9-savol:
Yangi Gvineyadagi Papaus xalqining tiliga koʻra - bitta joʻja mingni, ikkita joʻja esa ikki mingni bildiradi.
Savol: Ularning “joʻja qochib ketib qaytib kelmadi” iborasi nimani bildiradi?
Javob:
Cheksizlikni.
10-savol:
XIX asrning ikkinchi yarmida Fransiya plyajlarida choʻkkanlarni qutqarish qoidalari yozilgan boʻlib, unga koʻra choʻkayotgan odamni sochidan tortish man qilingan.
Savol: Buning sababi nima?
Javob:
Chunki oʻsha paytda parik urfga aylangan edi.
11-SAVOL:
Bir donishmanddan so'rashibdi.
Osmonda nima ko'p?
Donishmand javob beribdi:
- Osmonda quyosh bor. Demak, osmonda savob va mehr ko'p, - debdi.
Yana donishmanddan so'rashibdi:
- Unda yer yuzida nima ko'p?
Donishmand javob beribdi:
- Yerda insonlar bor. Demak, yerda orzu-istak ko'p,- debdi.
Donishmanddan yana so'rashibdi:
- Unda yer ostida nima ko'p?
Savol: donishmand nima deb javob bergan?
Javob:
Armon.
Izoh: Marhumlar bor. Demak, ARMONlar ko'p.
MAMATQULOV BOTIR
24.03.2021
Do'stlaringiz bilan baham: |