Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli
darslar shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish
jarayoni o'yin faoliyati bilan uyg'nlashtiriladi. Shu sababli o'quvchilarning
bilim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik
o'yinli darslar deb ataladi.
O'quvchilarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlanlantiradi
va qo'shimcha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o'yinlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta'lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni
o'quvchilar guruhining o'zaro hamkorlikda avval o'zlashtirgan bilim
,konikma va malakalarini ijodiy qo'llanish va izlanish orqali hal etishga
zamin tayyorlaydigan didaktik o'yinlarni ijodiy o'yinlar deb atsh lozim.
Ijodiy o'yinli darslarda ... o'quvchilar ... o'qituvchi tomonidan tavsiya
etilgan topshiriqlarni ko'rgazmali qurollarga tayangan holda bajarib o'z
javoblarini asoslaydilar.
...Hamma o'quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o'zlashtirgan
bilimlarini yangi vaziyatlarda qo'llanib yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa
o'quvchilarning o'z bilimlariga , iqtidoriga ishonch uyg'otadi. Natijada har
bir o'quvchi sidqidildan va jiddiy tayyorgarlik mumuvaffaqiyatning garovi
ekanligini anglaydi va yanada ko'proq bilim olishga kirishadi.
J.O.Tolipova, A.T.G'ofurov. Biologiya ta'limi texnologiyalari.
Ushbu qo’llanmada “matematik poyezd” i metodini tadbirlarda, darslarda
qanday qo’llash yoritilgan. 5-sinf 2-chorak so’nggida, matematika fanida
“ matematik poyezd” metodi yordamida o’tkazish mumkin bo’lgan tadbir
ssenariysi berilgan. Tadbirni boyitmoqchi bo’lsangiz raqamlarni ham tilga
kiritish mumkin. Agar dars paytida foydalanmoqchi bo’lsangiz, uni 45 minutga
mo’ljallab ayrim joylarini qisqartirasiz. Masalan, quyida 5-sinfning "Aralash
sonlar ustida amallarga oid misol va masalalar yechish" mavzusida o’tilgan dars
ishlanmasi berilgan.
5-sinfning ixtiyoriy mavzusidagi takrorlash darslarida o’tkazish mumkin.
Faqat savollarni tanlangan mavzuga mos qilib tuzish kerak.
Dars raqamlar haqidagi ertak bilan boshlanadi. Raqamlar oilasiga mos
ertaklar 5-sinf yoshi xususiyatlariga mos bo’lib, ularni matematika faniga
qiziqishini yanada orttiradi.
Har bir topshiriq davomida musiqadan ham foydalanilgan. Quvnoq, sho’x
musiqa bolalarni kayfiyatini ko’taradi. Keyingi topshiriqlarni ishtiyoq bilan
bajarish uchun imkoniyat yaratadi.
Bu qo’llanmadan barcha yosh matematika o’qituvchilari o’z ish faoliyatida
foydalanishi mumkin.
300-DIUM matematika uslub birlashmasi raisi - Sobirova Zuxra;
300-DIUM oliy toifali matematika o’qituvchisi Jumabayeva M.M.
Do'stlaringiz bilan baham: |