Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakultetining “Sport – sog`lik garovi” mavzusida o`tkazilgan sport tadbiri
B A Y O N N O M A S I
22.01.2021 y. Jizzax shahri
Qatnashdilar:
Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari v.b. B.Zikirov, JDPI Yoshlar Ittifoqi boshlang`ich tashkilot yetakchisi B.Anorboyev, Boshlang`ich ta’lim fakulteti Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi M.Nomozov va fakultet yigitlari.
Kun tartibi:
“Sport – sog`lik garovi” mavzusida sport tadbirini o`tkazish.
Eshitildi: “Sport – sog`lik garovi” sport tadbirini Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari A.Saparov ochib berdi.A.Saparov o`z ma`ruzasida hozirgi kunda sport bilan shug`ullanish har bir yosh uchun juda zarur ekanligi, chunki sport bilan shug`ullanish ham jismonan ham aqlan rivojlanishga yordam berishini, muntazam sport bilan shug`ullangan inson atrofdagilarga nisbatan kuchli va teran fikrlovchi shaxs bo`lib voyaga yetishi haqida o`zining fikrlarini aytib o`tdi va so`zni JDPI Yoshlar Ittifoqi boshlang`ich tashkilot yetakchisi B.Anorboyevga berdi.
B.Anorboyev o`z ma’ruzasida sportning bugungi kunda ijtimoiy hayotda qanchalik o`rni katta ekanligini aytib o`tdi. Sportni rivojlantirish uchun yurtimizda juda ko`p islohotlar o`tkazilayotganini aytib o`tdi. Shu o`rinda beshta muhim tashabbusning bir bandi ham aynan sportni rivojlantirishga qaratilganligini va misollar orqali o`z fikrlarini bildirdi.
Shundan so`ng Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar Ittifoqi BT yetakchisi M.Nomozov ham sportning kelajakni va sog`lom turmush tarzini rivojlantirishdagi o`rni juda katta ekanligini aytib o`tdi. Bunday sport tadbirlari va mashg`ulotlari tez-tez tashkillashtirib turilishini ta’kidlab o`tdi.
Shundan so`ng , fakultet yigitlari o`rtasida jamoalar tashkil etilgan holda futbol musobaqasi bo`lib o`tdi. Musobaqada barcha qatnashchilar faol qatnashdilar.
Ushbu sport tadbiridan xulosa qilgan holda yig`ilish
Qaror qiladi:
“Sport – sog`lik garovi” mavzusida o`tkazilgan sport tadbiri ijrosini ta’minlash maqsadida mashg`ulotlarni tez-tez olib borish.
Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar
Bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: A. Saparov
Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar
ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi: O’ralov J
Do'stlaringiz bilan baham: |