Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, indivudual psixik(ruhiy) rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni bir muncha tezlashtiradi



Download 34,79 Kb.
bet2/4
Sana23.07.2022
Hajmi34,79 Kb.
#844060
1   2   3   4
Bog'liq
muhabbat ona tili

Kurs ishining maqsadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi mantiqiy tafakkurini o’stirishda ko’rgazmalilikdan o’rinli foydalanish yo’llarini qidirish va bu yo’lni konkret holatlarda yoritib berishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari:
* Boshlangich sinf ona tili fanining maqsad va vazifalarini o’rganish
* .Ona tili va óqish savodxonligi darslarida óquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning ahamiyati
* Ona tili va óqish darslarida kórgaazmalardan foydalanish metodikasi
* O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi kórgazmali vositalarga oid ona tili va óqish savodxonligi dars ishlanmasi va uning tahlili
Kurs ishioning obyekti. 2-sinfda ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ko’rgazmalilik asosida o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini takomillashtirish metodlari.
Kurs ishining predmeti. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining manitiqiy tafakkurini
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob (4ta paragraph),xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. Boshlangich sinflarda ona tili óqitishning nazariy asoslari
1.1.Boshlangich sinf ona tili fanining maqsad va vazifalari
Metod aslida yunoncha ,,metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi ma’nolari bildiradi1. Metodika (yurt, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish m etodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta ’limot2 — ta ’lim berish m etodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir. Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:
1. O'qitishning vazifalari va mazm unini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta ’lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanm alar yaratib, ularni takomillashtirib, sam aradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Qanday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „ Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, m etodlarni o'rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo'lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o'rgatadi. Shu bilan birga, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining o'ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi.
Shulardan kelib chiqib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o'rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o'quvchilam ing umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini o'stirishga yordam beradigan m etod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish.
Ona tili o'qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlaydi, o'qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklam i bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta ’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o'qitishning izchillik va uzlnksizligini ta’minlaydi.
Ona tili darslarida bolalarning tafakkur faoliyatini kengaytirishga, ularda erkin fikrlay olish,o’zgalar fikrini anglash,o’z fikrlarini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qilishga,jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantiradi.Ona tili ta’limda o’quv fani emas,balki butun ta’lim tizimini uyishtiruvchi ta’lim larayoni sifatida qaraladi.Ona tili ta’lim standarti ko’rsatkichlari bolaning fikrlay olishga,ifodalangan fikrni anglashga va o’z fikr anglashga va o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o’rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.
Boshlang’ich ta’lim davlat qonunini hayotga tatbiq etishda muxim bosqich xisoblanadi va unda ona tili,o’qish asosiy o’rin egallaydi.Ona tili dasturi quyidagi bilimlarni o’z ichiga oladi..
1.Savod o’rgatish,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
2.Sinfda,sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3.Fonetika,grammatika,imlo va nutq o’stirish.


1.2 Ona tili va óqish savodxonligi darslarida óquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning ahamiyati
Hozirgi davr talablardan biri- bu mantiqiy fikrlay oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalashdir. Bunday yoshlarni tarbiyalashda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining xizmati benihoya katta. Ayniqsa boshlang’ich sinf oqituvchisi darslarda o’quvchilarni ijodkorlikka o’rgatmog’i lozim. Ona tili darslari qanchalik qiziqarli bo’lsa, o’quvchilarning o’ylash, fikrlash, ijodiy qobiliyatlari shuncha takomillashadi.
O’qitishning samaradorligini oshirish va bolalarni kamol toptirish uchun eng oldin beriladigan masala mazmuniga birinchi navbatda e’tibor berilsa, unumli foyda beradi. Chunki hozirgi kunda biz ona tili va o’qish savodxonligi darslarida ko’p vaqt mashqlar bajarib, rasmlar asosida o’quvchilarga hikoyalar tuzishga, ayniqsa, topqirlikka doir topshiriqlar: rebuslar, qiziqarli mantiqiy tafakkurni rivojlantiruvchi o’yinlar, boshqotirmalar, krassvord bilan ishlashga kam e’tibor qaratishimiz asosida kichik yoshdagi o’quvchilarga mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanmay qoladi.
O’quvchilar rasmlar asosida mustaqil hikoya tuzib, yetarlicha mulohaza qila olmaydilar, unda berilgan va izlanayotgan so’zlarga kora shartlarni aniqlab , chuqur izlanmay, mexanik ravishda amallarni bajaradilar.
Ta’lim jarayoni, qolaversa, dars jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlashga har bir topshiriq ustida ijodiy yondashuvga, asosli xulosa chiqarishga undash uchun qiziqarli matiqiy topshiriqlar bajarishning roli katta. Boshlangich sinf ona tili va o’qish savodxonligidarslarida biz qiziqarli ko’rgazmali vozistalardan foydalansak, bu oquvchilarni darsga bolgan qiziqishlari va faolligini oshiradi. Agar bolalarning yosh xususiyatiga moslab mantiqiy topshiriqlar bersak, ularda ijodkorlik, hayotiylik, maqsadga intilish kabi xislatlar rivojlanadi.
Chunki bu qiziqarli va mantiqiy topshiriqlaar ko’rgazmalilik asosida o’quvchilarga berilsa ularning mantiqiy tafakkuri yanada rivojlanadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mantiqiy o’yinlar ko’rgazmali qurollaro’quvchi biluv faoliyatini oshirish vositasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Didaktik o’yin o’quvchi ta’lim- tarbiya olishi, uning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim vosita bolib xizmat qiladi. Bolalarga har bir o’yinni orgatishda muayyan ta’limiy maqsadni nazarda tutish o’qituvchi diqqat markazida bo’lishi zarur. O’yin orqali o’quvchi o’tiladigan mavzu yuzasidan bilm oladi, konikma malakalarga erishadi. O’yinning eng muhim ahamiyati ham shundadir.
Didaktik oyinlarning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, u oquvchilarni hamjihatlikka, intizomlikka sezgilikka, topqirlikka, e’tiborli bolishga, qatiylikka undaydi.
Didaktik o’yinlar o’quvchi faoligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi . Har bir o’yinga kirishgan o’quvchidan o’quv topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bolishni talab etadi , uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. O’quvchi ijodkorligini oshirishda mantiqiy o’yinlar nihoyatda zarur. Mantiqiy o’yinlar o’quvchi tafakkuriga moljallangan bo’lib, o’quvchi biluv faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Inson bilishning hisiy va mantiqiy bosqichi mavjud. Odanzotning hissiy bilishi uning sezgi, idrok , tasavurlarida oz ifodasini topadi. Insonning mantiqiy bilishi uning tushuncha, hukm , xulosalarida, o’z ifodasini topdi.
O’quvchi mantiqiy o’yinlarda ishtirok etib, o’yin shartlari yuzsidan mushohada yuritib , ma’lum hukm va xulosalarni chiqaradi.
O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish dinamikasining past darajasi o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning yorqin namoyon bo‘lmasligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning qaror topmaganligi, shaxslararo munosabatda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning shakllanmaganligi bilan tavsiflandi.
O‘rta daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyat jarayonida qiziqishlarning sustligi, ijodiy faoliyatga mas’uliyatli va barqaror munosabatning vaziyat bilan bog‘liqlikda o‘zgarib turishi, shaxslararo munosabatda qadriyatli munosabat interiorizatsiyasining to‘liq anglanmaganligi, izlanish-tadqiqotchilikka doir faoliyatda unchalik murakkab bo‘lmagan vaziyatlarni bartaraf etishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, ijodiy kompetensiyalarning qisman shakllanganligida namoyon bo‘ldi.
YUqori daraja – o‘quv-tadqiqotchilikka doir faoliyatga qadriyatli munosabatning qaror topganligi, ijtimoiy va bilish faolligining yuqori darajasi, ichki bilish motivlarining shakllanganligi, kognitiv va ijtimoiy tavsifdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga qobiliyatlilik, izlanishli-tadqiqotchilikka doir topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondashuvning namoyon bo‘lishi, umumta’limiy kompetensiyalarning to‘liq shakllanganligi kabi jihatlarda o‘z aksini topdi.


Download 34,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish