Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, indivudual psixik(ruhiy) rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni bir muncha tezlashtiradi
Mavzu : 2-sinf ona tili va óqish savodxonligi darsida kórgazmalilik asosida óquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish
MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………….……
I BOB. Boshlangich sinflarda ona tili óqitishning nazariy asoslari
1.1.Boshlangich sinf ona tili fanining maqsad va vazifalari
1.2.Ona tili va óqish savodxonligi darslarida óquvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning ahamiyati ……………………………………………….
II BOB. Boshlang’ich sinf óquvchilarining ona tili va o’qish savodxonligi darslarida mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda kórgazmalardan foydalanish metodikasi
2.1. Ona tili va óqish darslarida kórgaazmalardan foydalanish metodikasi
2.2. O’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiruvchi kórgazmali vositalarga oid ona tili va óqish savodxonligi dars ishlanmasi va uning tahlili
XULOSA………………………………………………...……………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………...…………………….
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo’lib, indivudual psixik(ruhiy) rivojlanishni va bilimlarni o’zlashtirishni bir muncha tezlashtiradi.
Demak o’qitish- o’qish, bildirish-bilish murakkab, qiyin ziddiyatli jarayondir.Bu jarayonda inson ruhiyatiga tegishli –sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi.
O’quvchilarda aqliy qobilyatni o’stirish, dunyoni bilishga o’rgatish aynan boshlang’ich ta’limdan boshlanadi.
Ona tilini o’qitishda seziladigan ko’pgina kamchiliklar aynan o’qitishda ta’lim tamoyillarini to’g’ri tanlamaslikdan, ulardan unumli foydalanmaslikdan kelib chiqadi deb o’ylaymiz. Bu kamchiliklarning asosida ko’pchilik o’qituvchilarimiz, o’qitish metodlarining zamonaviy tasnifini, tasnifdagi har bir guruh metodlarining ro’yxatini, u metodlarning har birini darsda qaysi maqsadlarda ishlatish kerakligini ayniqsa yangi bilim, tushunchalar, ko’nikmalar hosil qilish darslarida o’quvchi fikrining yo’nalishi bo’yicha ta’lim tamoyillaridan juda oz foydalanishlaridandir deb o’ylaymiz.
Shu munosabat bilan bizga shunday gipoteza-faraz paydo bo’ladi. Agar o’qituvchi ona tilini o’qitishda turli maqsadlar uchun to’g’ri metod tanlasa va undan o’rinli foydalansa, u albatta yuqoridagi qayd etilgan kamchiliklardan holi bo’ladi deb o’ylaymiz. Ayniqsa boshlang’ich sinflar o’ta zarur bo’lgan tafakkurni o’stirishda ta’lim tamoyillaridan doimiy, izchil foydalanib borish kerak.