O‘yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to‘g‘ri harakat qilishga bog‘liq.
Buning
uchun o‘yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanish kerak.
Taktika- bu o‘yinchilarning raqib ustidan g‘alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy,
guruh yoki jamoa harakatlarining tashkil qilinishini, ya’ni jamoa o‘yinchilarining muayyan
rejaga binoan, aynan shu aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon
beradigan birgalikdagi harakatlaridir.
Taktikaning asosiy vazifasi hujum va himoya
harakatlarining maqsadga
yo‘naltiradigan eng qo‘lay vosita, usul va shakllarini belgilashdan iboratdir. Taktika turini
tanlash jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‘yinchilarning o‘zaro
kurashuvchi guruhlariga, maydonning holatiga, iqlim sharoiti va boshqa omillarga bog‘liqdir.
O‘yin taktikasi doimiy rivojlanish xususiyatiga egadir. Ba’zi
hollarda xujum himoyadan
ustun kelib, u o‘yinchilardan himoyada taktik usullarning yangi variantlarini kashf etishni
talab qiladi. Lekin ba’zan himoya shuncha mustahkamki, o‘yinchilar g‘alabani qo‘lga
kiritish uchun hujumda yangi taktik usullar va vositalar ixtiro etishga majbur bo‘ladilar. Hozirgi
zamon taktikasi yuqori shaxsiy texnik mahorat va o‘yinchilarning yuqori tezlikdagi o‘zaro
harakatlanishining asosida quriladi.
O‘yin taktikasining tasniflanishi O‘yin taktikasi- maydon o‘yinchisi taktikasi va
darvozabon o‘yini taktikasidan iborat.
Faoliyat yo‘nalishi jihatidan esa taktika xujum taktikasi va himoya taktikasini tashkil
etadi. Shu aytib o‘tilgan taktika turlari bir necha guruhlardan iborat bo‘lib,
ular shaxsiy,
guruh va jamoa harakatlardan iborat.
Shaxsiy harakatlar – bu o‘yinchining mustaqil harakati bo‘lib, jamoa oldiga
qo‘yilgan taktik vazifalarini bajarishga qaratilgan va jamoadoshlar yordamisiz amalga oshiriladi.
Guruh harakatlari – bu ikki yoki uch o‘yinchining jamoa vazifalarini bajarishga
qaratilgan o‘zaro harakatlaridir.
Jamoa harakatlari – bu jamoa o‘yinchilarining jamoa vazifalarini bajarishga
qaratilgan o‘zaro harakatlaridir.
Har bir harakatlar guruhi bir qancha harakat turidan iborat. Harakat turi
o‘yinchilarning o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatlanishi bilan tavsiflanadi.
Boshqacha
qilib aytganda, harakat tizimi paydo bo‘ladi. O‘yin tizimi deb, o‘yinchilarning o‘zaro
harakatlarini tashkil etilishiga aytiladi. O‘yin tizimi bo‘yicha har bir o‘yinchining vazifalari
aniqlaniladi va shu mazkur vazifalarga ko‘ra, maydonda joylashtiriladi.
O‘yinchilarning har bir harakat turini qaysi usulda amalga oshirishi raqiblariga ta’sir
qilishiga qarab qo‘llaniladi: o‘yinchilar maydonda to‘planib yoki, aksincha,
yoyilib harakat
qiladilar. Harakat usullari qo‘shimcha variantlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: