Shaxsiy huquq va erkinliklar
Reja:
Shaxsiy huquq va erkinliklar –insonning ajralmas huquqi.
Sud orqali himoyalanish huquqi.
Fikrlash, so’z, e’tiqod erkinligi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar –insonning ajralmas huquqi
Shaxsiy huquq va erkinliklar insonning tabiiy, asosiy ajralmas huquqlaridir. Ular tabiiy yashash huquqidan va erkinliklardan kelib chiqqan, har bir kishi tug`ilgandayoq shunday huquqlarga ega bo`ladi. Ular kishining shaxsiy erkinligiga kafolat beradi, davlatning va boshqa kishilarning uzboshimchaligidan himoya qilinadi.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari tizimining asosini tashkil qiluvchi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining VII bobida mustahkamlangan bulib, ular xalqaro huquqning barcha hujjatlari talablariga mos keladi.
Shaxsni himoya qilish, shuningdek uning hayotini ijtimoiy xavfli tajovuzdan muhofaza qilish har bir demokratik davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning boshqa turdagi huquqlardan muhim farqi shundaki, ular kishining individual hayotiy extiyojlarini ta'minlashga qaratilgan bulib, ularning uzlari tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Ular uz mohiyati bilan inson, ya'ni har bir shaxsning huquqlari hisoblanib, ular qaysi davlatning fuqaroligiga mansub ekanligiga bog`liq bulmaydi. Shaxsning mazkur huquqlari daxlsiz va har bir shaxs ularga tug`ilishi bilan ega buladi. Inson huquqlari ichida eng ulug`i va muqaddasi uning yashash huquqidir. Konstitutsiyamizning 24-moddasida kursatilganidek, «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og`ir jinoyatdir». Inson huquqlari umumjauon Deklaratsiyasining 3-moddasida: «Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir» deb, Fuqaro huquqlari va siyosiy huquqlari tug`risidagi Paktning 6-moddasida esa, «Har bir insonning yashash huquqi uning ajralmas huquqidir. Bu huquq qonunlar bilan muhofaza etiladi. Hech kim uzboshimchalik bilan insonni yashash huquqidan mahrum qila olmaydi» deb belgilangan. Xalqaro huquqning insonparvarlik qoidalaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonning yashash huquqini uzviy va ajralmas deb e'lon qiladi hamda kafolatlaydi. Bizda insonning yashash huquqi qonunlardagina e'lon qilinib qolmasdan, balki juda kup vositalar bilan ta'minlanadi. Birinchidan. O`zbekiston va uning hukumati tomonidan olib borilayotgan barqarorlik va tinchlikni saqlash siyosati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik insonning yashash huquqini ta'minlovchi eng muhim garovdir.
Ikkinchidan. O`zbekistonda yashash huquqining muhim kafolatlaridan yana biri inson umrini uzaytirish, ulimni kamaytirish, qulay va munosib turmush sharoitini vujudga keltirish kabi maqsadlarni nazarda tutuvchi kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish hisoblanadi. Uchinchidan. O`zbekistonda insonning yashash huquqi turli qonunlar bilan muhofaza qilinadi. Bular ichida, ayniqsa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi muhim urin tutadi. Unda inson hayotiga suiqast qilish, hayotga qarshi jinoyatlar eng og`ir jinoyat sifatida qaralib, buning uchun qattiq jazo choralari belgilangan. JKning 97moddasiga kura, qasddan odam uldirganlik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki ulim jazosi bilan jazolanadi. Tinchlik va xavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar, ya'ni urushni targ`ib qilish (JKning 150-moddasi), agressiya (JKning 151-moddasi), ya'ni bosqinchilik urushini rejalashtirish, boshlash uamda olib borish 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan maurum qilish yoki ulim jazosi qullaniladi. Chunki bunday jinoyatlarning barchasi insonning yashash huquqiga tajovuz qiladi. Insonning yashash huquqini kafolatlaridan yana biri, Jinoyat Kodeksining 51-moddasiga muvofiq ulim jazosi ayolga va 18 yoshga tulmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas. Bundan tashqari O`zbekistonda ulim jazosiga mahkum qilinganlar Respublika Prezidentiga avf etilishini surab murojaat etish huquqiga egadir.
Shunday qilib, har qanday demokratik va adolatli davlatda jumladan O`zbekiston Respublikasida ham insonlarning yashash huquqi kafolatlangan tabiiy va muqaddas huquq bulib, unga nisbatan har qanday tajovuz eng og`ir jinoyat hisoblanadi. Insonga qarshi jinoyatlar deb, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan ta'qiqlangan, ijtimoiy xavfli qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik) ya'ni inson hayotiga, sog`lig`iga, shaxsning ozodligi, sha'ni, qadr qimmatiga, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan jinoyatlarga aytiladi. Shaxsga qarshi jinoyatlar Jinoyat Kodeksi bo`yicha quyidagi turlarga ajratilgan:
hayotga qarshi jinoyatlar;
sog`liqqa qarshi jinoyatlar;
hayot yoki sog`liq uchun xavfli jinoyatlar;
nomusga qarshi qaratilgan jinoyatlar;
oilaga, yoshlarga va ahloqqa qarshi jinoyatlar;
shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar;
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyatlar.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida:
«Hech kim qiynoqqa solinishi, zuravonlikka, shavqatsizlik yoki inson qadrqimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi taziyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar utkazilishi mumkin emas»ligi mustahkamlab quyilgan. O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining eng muhim vazifalardan biri fuqarolarning sog`ligi va jismoniy daxlsizligini jinoyatkorona tajovuzlardan muhofaza qilishdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 101-111-moddalarida sog`liqqa qarshi jinoyatlar va ularga qarshi jazo belgilab quyilgan.
Har qanday kishining hayoti qonunchilik bilan himoya qilinadi va qo`riqlanadi. Shaxs huquq va erkinliklarini turli tajovuz soladigan xavfdan himoya qilish davlat organlari tizimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jamiyatda jinoyatchilikning kuchayishiga yo`l qo`ymaslik shu jamiyat a'zolarining inson haq-huquqlarini poymol etuvchi illatlarga birgalikda kurash olib borishiga bog`liqdir. Shu bilan bir qatorda fuqarolar ham o`z huquqlariga qarshi qaratilgan xavfdan o`zini himoya qila olishi kerak.
Inson huquq va erkinliklariga rahna soladigan jinoyatlarga qarshi kurashda va jinoyatlarning oldini olishda har birimiz faol ishtirok etishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |