Taktikasini takomillashtirish shu bilan birga mahoratini


Maydon o‘yinchisi taktikasi



Download 201,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana13.07.2022
Hajmi201,86 Kb.
#789558
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GANDBOL O‘YINIDA SHUG`ULLANUVCHILARNING O‘YIN TEXNIKASINI VA

Maydon o‘yinchisi taktikasi 
Hujum taktikasi Hujum – jamoaning o‘yin davridagi asosiy vazifasi hisoblanadi. To‘g‘ri 
tashkil qilingan, oldindan puxta o‘ylab chiqilgan va hujumda to‘g‘ri bajarilgan harakatlar
yutuqqa erishishga imkoniyat beradi. 
Hujum taktikasi tasnifi qo‘ydagi (1 rasmda) ko‘rsatilgan: Hujum o‘yini taktikasining 
tasniflanishi 
Shaxsiy harakatlar Jamoa harakatlarining nati-jasi ko‘pincha o‘yinchilarning shaxsiy
mahoratiga bog‘liq bo‘la-di.
Har bir hujumchining o‘yin olib borish uslublari va vositalari qanchalik xilma-xil
bo‘lsa, g‘alabaga erishish shunchalik oson bo‘ladi. O‘yin usullarini bilish va ularni amalda
qo‘llay bilish himoyachiga qarshi yakka kurashda ustunlik beradi.
To‘pni еrga urib olib yurishni qo‘llash. To‘pni еrga urib olib yurishni bajarishdan
oldin, albatta, bu usulni qo‘llash maqsa-dini aniqlash lozim:
1) himoya-chini aldab o‘tish va darvozaga hujum qilish;


2) to‘pni еrga urib olib yurib, darvozabon maydoniga yakuniy zarba berish uchun 
yaqinlashish;
3) bir necha himoyachini ta’qib qilishga majbur etish va ta’qibdan ozod bo‘lgan 
sherigiga to‘pni uzatish.
Agar oldinda ochiq turgan jamoadoshi bo‘lsa to‘pni еrga urib olib yurish lozim
emas.
Uzluksiz ravishda qaysi jamoadoshga to‘pni uzatish kerakligini aniqlash lozim.
To‘pni ta’qib etayotgan o‘yinchiga uzoq masofada bo‘lgan qo‘lda еrga urib olib yurish
kerak. Ta’qib etuvchi qanchalik yaqin bo‘lsa, to‘pning еrga urilib qaytishi shunchalik past
bo‘lishi kerak. Ta’qib qiluvchi yaqinida to‘pni tez-tez еrga urib olib yurish maqsadga
muvofiq emas. Yuqori tezlikda yugurib ketayotgan o‘yinchiga to‘pni uzatib berish uning 
to‘psiz tezlikka erishib to‘pni еrga urib olib yurish imkonini beradi. Bu usul raqib darvozaboni 
o‘zining maydonida joylashgan bo‘lsa va o‘yin maydoniga chiqmagan bo‘lsa qo‘llaniladi.
To‘pni uzatishni qo‘llash. 
To‘pni uzatish davrida jamoadosh o‘yinchining maydondagi joylashishi, tezligi, 
harakatlanish yo‘nalishi va ta’qib etuvchi raqibining yaqinligini inobatga olish kerak. Bu
omillar to‘pni uzatish usulini tanlashda ta’sir ko‘rsatadi.
To‘p uzatishlar ochiq va maxfiy bo‘ladi. 
Ochiq to‘p uzatishlar – bu to‘p uzatishlarda to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq 
yo‘naltiriladi. 
Ochiq to‘p uzatishlar quyidagi turlardan iborat: 
- oldinga to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshiga uzatiladi. Uzatish o‘z 
o‘rnida turib yoki harakatda bajarilishi mumkin). 
- kuzatuvchi to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamoadoshga izma-iz uzatiladi).
2 – rasm. Yopiq pozitsiyadan to‘p otishni qo‘llash sxemasi
- qarshi to‘p uzatishlarda to‘p jamoadosh harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalishda
malga oshiriladi. 
Yashirin to‘p uzatishlar–bu to‘p uzatishlari to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq 
bo‘lmagan yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bularga qo‘l panjalari yordamidagi, bel va
bosh ortidan, oyoq ostidan bajariladigan to‘p uzatishlar kiradi. Bu to‘p uzatishlarni amalga
oshirishda jamoadoshlar o‘zaro bir-birini yuqori darajada tushunishni, butun diqqat-
e’tiborini o‘yinga qaratishni talab etadi, chunki bu to‘p uzatishlar faqat kichik masofalarda
va raqib jamoasi o‘yinchilarining bevosita yaqinligida amalga oshiriladi. Hujum natijasi
ko‘pincha yashirin to‘p uzatishlarni mahorat bilan qo‘llay bilishga bog‘liq bo‘ladi. 
Yashirin to‘p uzatishlarni amalga oshirish shartlari:
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshi yo‘nalishiga harakat etmaslik: 
- to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshiga nazar tashlamasdan, faqatgina pereferik qarash
bilan uni nazorat etish
- to‘pni tez va aniq uzatish (to‘p uzatishning maxfiyligi oshkor bo‘lmasligi uchun); 
- ta’qib etuvchi uzatilgan to‘pni olib qo‘ymasligi uchun bevosita ta’qib etuvchining
yaqiniga borish kerak. 
Har bir aniq o‘yin holatida to‘pni uzatish usulini puxta tanlab olish, to‘p uzatish tezligini 
to‘g‘ri rejalashtirish, to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshning maydondagi joylashishni to‘g‘ri
aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. 

Download 201,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish