Farmatsevtik nazorat, malaka oshirish, metrologiya bo‘limlari va qayd etish byurosining vazifalari. Bosh boshqarmaning bo‘limlari Reja: Farmatsevtik nazorat, malaka oshirish, metrologiya bo‘limlari va qayd etish byurosining vazifalari



Download 23,71 Kb.
bet1/2
Sana20.03.2022
Hajmi23,71 Kb.
#503771
  1   2
Bog'liq
Farmatsevtik nazorat


Farmatsevtik nazorat, malaka oshirish, metrologiya bo‘limlari va qayd etish byurosining vazifalari.
Bosh boshqarmaning bo‘limlari
Reja:

Farmatsevtik nazorat, malaka oshirish, metrologiya bo‘limlari va qayd etish byurosining vazifalari.
Bosh boshqarmaning bo‘limlari
Farmatsevtik nazorat bo‘limi – dori vositalari va tibbiy buyumlarni sifat standartlari talablarini bajarilishi sertifikatlangan maxsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, saqlash, tashish, sotish va qo‘llash jarayonida nazoratni amalga oshiradi.
Farmatsevtika nazorat bo‘limi xodimlari- O‘zR Ssv ning Farmatsevt ika faoliyati bo‘yicha litsenziya komissiyasi ishida ishtirok etadi. YA’ni farmnazorat bo‘limining vakolatlari doirasida Farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning shart- sharoitlariga ekspert xulosalarni beradi.
Malaka oshirish kurslari bo‘limi – Respublikadagi maxalliy ishlab chiqarish korxonalari xodimlarini JSST «YAxshi ishlab chiqarish amaliyoti» qoidalari bo‘yicha o‘qitiladi.
Metrologiya bo‘limi – sertifikatsiya bo‘limiga tushgan buyurtmalardagi priborlarni me’yoriy xujjatlarga mosligini sinovlar asosida tekshiradi.
Qayd etish byurosi – chet el va maxalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tavsiya etilayotgan dori vositalari va tibbiy texnikani respublikada sotishga ruxsat etish uchun qayd etadi.
Dori vositalari standartizatsiyasi va ekspertizasi davlat markazida ilmiy-uslubiy va informatsion bo‘limi xamda sertifikatlashtirish sektori mavjud.
Ilmiy-uslubiy va informatsion bo‘limi – respublikada Farmatsevt ika soxasi bo‘yicha ilmiy-amaliy yangiliklarni mazkur soxa mutaxassislariga va axoliga etkazish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu vazifalari O‘zbekiston Farmatsevt ik xabarnomasi va xar yili bir marta chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasi dori vositalari va tibbiy buyumlarining davlat reestrini chiqarish bilan amalga oshiriladi.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilishni takomillashtirish to‘g‘risida:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi PQ-3052-son “Sog‘liqni saqlash organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Sog‘liqni saqlash vazirining 2017 yil 13 iyundagi 310-son buyrug‘i tasdiklandi
• . Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb yuritiladi) ning huquq va burchlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‘tkazmagan holda bekor qilish orqali tugatildi.
• Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi davlat unitar korxonasining (keyingi o‘rinlarda Davlat markazi deb yuritiladi) yangi tahrirdagi Ustavi tasdiklandi

Davlat markazi direktorining vazifalari:


• Bosh boshqarmaning barcha bo‘shatilayotgan shtat birliklarini Davlat markaziga o‘tkazish, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
• mehnatga haq to‘lash tarzidagi to‘lovlar va boshqa shartlarini saqlab qolgan holda Bosh boshqarmaning ishlab turgan xodimlari bilan tuzilgan mehnat

107
shartnomalariga o‘zgartirish kiritish orqali mehnat shartnomalarini qayta rasmiylashtirish;


• Bosh boshqarmaning gerbli muhrini belgilangan tartibda yo‘q qilish;
• Davlat markazining gerbli muhrini o‘zgartirish.
• Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda «korxona» deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 maydagi 181-son “Dorivor vositalar, tibbiy buyumlar va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari sifati ustidan davlat nazoratini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyundagi PQ-3052-son “Sog‘liqni saqlash organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
• Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
• Korxona O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sifatini nazorat qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish va metrologik ta’minoti bo‘yicha respublika miqyosidagi davlat tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.
• Korxonaning rasmiy to‘liq va qisqartirilgan nomi:
• davlat tilida: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi» davlat unitar korxonasi;
• qisqacha nomi: «DVTBTTESDM» DUK;
• Korxona joylashgan joyi: Ӯzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ozod ko‘chasi, K.Umarov tor ko‘chasi, 16-uy (pochta indeksi 100002).
• Korxonaning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
• - Farmakologiya qo‘mitasi;
• - Farmakopeya qo‘mitasi;
• - YAngi tibbiy texnika qo‘mitasi;
• - Narkotiklar nazorati qo‘mitasi;
• - Farminspeksiya;
• - Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi;
• - Farmatsevtika sohasiga xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi;
• Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi;
• - Metrologiya xizmati;
• - Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi;
• - Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi;
• - Farmako-toksikologik tahlil laboratoriyasi;

108
• - Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi;


• Axborot-tahlil bo‘limi;
• - Matbaa bo‘limi;
• - Axborot texnologiyalari bo‘limi;
• - Vivariy;
• - Ma’muriy-boshqaruv xodimlari;
• - Texnik xodimlar;
• - Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
• - Korxonaning Andijon, Samarqand, Qarshi, Urganch shaharlaridagi sho‘‘ba korxonalari.
• Korxona faoliyatining predmeti quyidagilardir:
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davomiy nazorat, sertifikatlashtirish, sifati nazorati sinovlari asosida ularning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi, sifati, samaradorligi va xavfsizligini aniqlash;
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifati nazorati normativ hujjatlarining milliy, xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash;
• O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish idoralari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshirish va nazorat qilish;
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, mavjud sifat nazorati usullarini joriy etish, takomillashtirish, yangi usullarini yaratish, amaliyotga joriy etish;
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning normativ hujjatlari fondini yaratish, to‘ldirib, yangilab borish, aktuallashtirilishini amalga oshirish;
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, sifat nazorati, dori turlari texnologiyasi, farmakognoziya, farmakologiya, farmatsiya ishini tashkil etish sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sifati nazorati, standartlashtirilishi, muomalasini muvofiqlashtiruvchi normativ va boshqa hujjatlar, axborotlarni hamda dori vositalari texnologiyasi, klinik farmokologiyasini o‘z ilmiy jurnalida chop etish;
• muvofiqlikni baholashda ishtirok etadigan xodimlarning sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishini ta’minlash;
• mutaxassis va xodimlarni respublika hududi va respublikadan tashqaridagi ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar, markazlar, ishlab chiqaruvchi korxonalarga xizmat safariga yuborish yo‘li bilan malakasini oshirish, tajriba almashinish, sifat nazoratining yangi usullarini o‘zlashtirish;
• dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani standartlashtirish, sifat nazoratining yangi usullarini yaratish, yangi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani yaratish bo‘yicha ilmiy-izlanishlar olib borish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududida ilmiy laboratoriyalar, bo‘limlar, sho‘‘ba korxonalar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish.



Download 23,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish