Tajriba ishi-1 texnika xavfsizligi Qoidalari



Download 1,86 Mb.
bet2/9
Sana24.10.2019
Hajmi1,86 Mb.
#24196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tajriba


Ishni bajarish tartibi

Ishni boshlashdan oldin 7- idishda rangli suyuqlikning borligi tekshiriladi va 2-ventil ochilib 1- idish 3 – shtutser satxigacha suvga to‘ldiriladi. SHundan keyin 2- ventil shunday yopiladiki, cuyuqlik kam miqdorda oqib tursin, aniqrog‘i uning sarfi shisha quvurdan oqayotgan suvnikidan ozgina ko‘prok bo‘lishi keraq

Ishni laminar tartibotni tekshirishdan boshlagan ma’qul. Buning uchun 2-ventil ozgina ochilib 6-qiskich sekin-asta shunday kengaytiriladiki, bunda shisha quvurdan oqayotgan suv va rangli eritmaning tezligi bir xil bo‘lishi va ular o‘zaro aralashmasdan oqishi keraq Har bir tajribaning boshlanishida suvning shisha quvurdagi xarakati kuzatiladi va shundan keyin Reynolds sonini topish uchun kerak bo‘ladigan kattaliklarni o‘lchashga kirishiladi. Bu kattalik suvning shisha quvurdagi tezligi bo‘lib u sarf tenglamasidan topiladi. Suvning sarfi esa hajmiy o‘lchagich idish yordamida, vaqt birligi ichida oqib tushgan suvning hajmini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi.

SHundan keyin 6- qisqichni yanada ko‘proq ochib keyingi tartibot o‘rnatiladi. Bunda xam rangli eritmaning tezligi 8 –qisqich yordamida suvning tezligiga moslanadi. YAna dastlab suvning xarakati ko‘rib kuzatiladi va keyin uning sarfi o‘lchanadi. Bunday tajribalar 5-6 marta o‘tkaziladi (albatta oqimning ikkala rejimi xam o‘rnatilishi kerak )

SHundan keyin olingan natijalarni umumlashtirishga kirishiladi. Ishni bajarib bo‘lgandan keyin 2-ventil va 6 –qisqichlar yopiladi va idishlarning suvi bo‘shatiladi.
Tajriba natijalarini umumlashtirish

va hisobot tuzish

Suyuqlikning oqim tartiboti Reynolds tenglamasidan topiladi:



bu erda d q 0,019 m - shisha trubaning diametri; va suvning zichligi va qovushoqligi; suvning bu xossalari uning temperaturasiga qarab jadvaldan olinadi. Suvning shisha quvurdan oqqandagi tezligi :



bu erda – suvning sarfi, m3/s, ; – shisha quvur ko‘ndalang kesimining yuzi, m²; - suvning xajmi, m3;– shu hajmdagi suvning oqib tushishiga ketgan vaqt,s.

Kuzatish natijalari, o‘lchangan va xisoblangan kattaliklar

xisobot jadvaliga yoziladi:

1.1-jadval

N


Kuzatilgan va o‘lchangan ko‘rsatkichlar

Xisoblangan kattaliklar

Kuzatilgan oqim tartiboti

Oqib tushgan suvning xajmi

, m3



Oqib tushish vaqti

, sek


Suvning xajmiy sarfi

, m3 /s



Suvning o‘rtacha tezligi

, m/s


Reynolds krite-riysi

Re


Hisoblab topilgan oqim tartiboti

1.
























Sinov savollari


  1. Suyuqlikning zichligi va qovushoqligi nima? Hajmiy sarf xaqida tushuncha bering.

  2. Suyuqlik oqimining qanday tartibotlari bor?

  3. Reynolds kriteriysi nima, uning fizik ma’nosi qanday ?

  4. Urtacha va maksimal tezlik tushunchalari nima ?

  5. Turli tartibotlarda tezlikning tarqalish profili qanday bo‘ladi?

  6. Иш бўйича хулоса.



3-tajriba ishi
Trubalarning maxalliy qarshiliklarini aniqlash
Nazariy qism

Gidravlik qarshiliklarni xisoblash kimyoviy jixozlar va qurilmalarni loyixalashning ajralmas qism idir. Masalan suyuqliklarni uzatishda quvurlarning gidravlik qarshiligini bilmasak nasos tanlab ololmaymiz.

Quvurlarda bosimning yo‘qolishi ichki ishqalanish va maxalliy qarshilik tufayli sodir bo‘ladi. Ishqalanish qarshiligi quvurning butun uzunligida ruy berib, unga suyuqlik oqimining xolati (rejimi) va quvur devorining g‘adir-budurligi ta’sir ko‘rsatadi. Maxalliy qarshiliklar esa oqimning tezligi va yo‘nalishi o‘zgargan xollarda sodir bo‘ladi. Maxalliy qarshilik quvurlarning kengaygan, toraygan, qaytgan, ventillar o‘rnatilgan va boshqa joylarida vujudga keladi.

Odatda ishqalanish qarshiligi tufayli yo‘qolgan bosim Darsi-Veysbax nomi bilan atalgan tenglamadan topiladi.




bu erda -ishqalanish koeffitsienti;

– quvurning uzunligi va diametri, m;

– suyuqlikning zichligi, kg/m3

– suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligi, m/s

To‘g‘ri va tekis devorli quvurlar uchun ishqalanish koeffitsienti qo‘yidagicha topiladi:

laminar oqim uchun



turbulent oqim uchun

O‘rama quvurlar uchun ishqalanish qarshiligi tufayli yuqotilgan bosim qo‘yidagi tenglamadan topiladi:

bu erda : – quvur diametri, m; – quvur o‘ramining diametri, m.

Maxalliy qarshiliklar tufayli yo‘qotilgan bosim qo‘yidagicha ifodalanadi:



bu erda –maxalliy qarshilik koeffitsienti. Bu koeffitsientning qiymati adabiyotlarda berilgan.

Suyuqliklar quvurlardan oqqanda yo‘qotgan umumiy bosimi (napori) qo‘yidagi tenglamalardan topiladi:


1) uzunlik birligida


2) bosim birligida


Ishning maqsadi:

qo‘yidagi kattaliklarni aniqlashdan iborat:

-quvurlarda yo‘qotilgan bosim;

-uvurlarning ishqalanish koeffitsienti;



-maxalliy qarshiliklarni.

Tajriba qurilmasi
Tajriba qurilmasining sxemasi. 3.1-rasmda ko‘rsatilgan. Uning asosiy elementlari qo‘yidagilardan iborat: 1-ventilyator; 2-bosh xavo quvurining zadvijkasi; 3-bosh quvurdagi diafragma; 4-rotametr, gidravlik qarshiligi o‘lchanadigan 8-9-10-o‘uvurlar va o‘lchov asboblari. Bosh quvurdan boshqa tajriba qurilmalariga xam xavouzatilishini xisobga olib, ishni boshlashdan oldin ularning ventillari yopib qo‘yilishi keraq Uchala trubadagi gidravlik qarshilik bitta; 11-qiya difmanometr yordamida o‘lchanadi. Buning uchun difmanometrning rezina trubkasi qarshiligi o‘lchanayotgan trubaning ostki qism idagi shtutserchaga ulanadi. Xavo 4-rotametr orqali gidravlik qarshiliklar sistemasiga beriladi. Bu sistema 3 ta quvurdan iborat bulib, uning ikkitasida maxalliy qarshilik tug‘diruvchi to‘siqlar o‘rnatilgan. Bitta quvurda bunday to‘qsiqlar yo‘q va u quvurning ishqalanish qarshiligini aniqlash uchun ishlatiladi.


Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish