Tajriba ishi-1 texnika xavfsizligi Qoidalari


Qattiq zarrachalar qatlami orqali (suyuqlik) harakati



Download 1,86 Mb.
bet7/9
Sana24.10.2019
Hajmi1,86 Mb.
#24196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
tajriba


Qattiq zarrachalar qatlami orqali (suyuqlik) harakati.

a – qo‘zg‘almas qatlam ; b- mavhum qaynash qatlami ;

v – qattiq zararchalarning oqim bilan chiqib ketishi.
Agar gaz oqimining tezligi yanada oshirilsa, qatlam g‘ovakliligi va balandligi keskin ko‘payib boradi. Gaz tezligi ma’lum bir kritik qiymatga etganda mavxum qaynash qatlami buziladi. Bunda gidrodinamik bosim kuchlari qatlam zarrachalari og‘irlik kuchidan oshib ketadi va qattiq zarrachalar gaz oqimi bilan birga uchib chiqa boshlaydi (3.37v-rasm). Gaz oqimi bilan qattiq zarrachalarning yoppasiga uchib chika boshlash xodisasi pnevmotransport deb nomlanadi va sanoatda sochiluvchan materiallarni uzatish uchun ishlatiladi.

3.38-rasmda donador qatlam balandligi va gidravlik qarshiligining oqim soxta (kurilma ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan xisoblangan tezlik) tezligidan bog‘liqdik grafiklari keltirilgan.

Qatlam qo‘zgalmasligi buzilib, mavxum qaynash xolatiga o‘tish paytidagi tezlik mavxum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb nomlanadi va wmk xarfi bilan belgilanadi.

Agar, gaz oqimi tezligini wmk gacha oshirib borilsa donador qatlam gidravlik karshiligi ortib boradi (3.38b-rasm). Lekin, w0 qiymati oshishi bilan qatlamning balandligi umuman o‘zgarmaydi (3.38a-rasm AVS chizik).Oqimning gidrodinamik bosim kuchi qattiq zarrachalar qatlami og‘irlik kuchiga teng bo‘lganda mavxum qaynash jarayoni boshlanadi. Lekin, amalda V nukgadagi tegishli bosimlar farki bevosita mavxum qaynash boshlanishiga (S nuqta) oid ∆R dan, ya’ni qatlamni mavxum qaynash xolatida ushlab turish uchun zarur gidrodinamik bosim kuchidan ko‘prok bo‘ladi.





Danodar zarrachalar qatlami balandlig (a) va gidravlik qarshiligining (b) oqim tezligiga bog‘liqligi.
Bunga sabab, kuzgalmas qatlam xolatidagi zarrachalar orasidagi tortishish kuchidir. Gaz oqimi tezligi wmk bo‘lganda, zarrachalar orasidagi torgishish kuchlarini engadi va gidrodinamik bosim kuchi (∆R) qatlam zarrachalari og‘irligiga tenglashadi.

3.386-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yuqorida aytilgan shartlar mavxum Qaynash jarayonining xamma oralig‘ida (SE chizik) bajarilmokla. Mavxum Qaynash boshlanishi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchlari qatlamdagi qattiq zarrachalar og‘irligini muvozanatda ushlaydi

Gaz oqimi tezligi ortishi bilan qatlam zarrachalari og‘irligi o‘zgarmaydi. Demak, qatlamni mavxum qaynash xolatida ushlab turish uchun zarur bo‘lgan ∆R Xam bir xil bo‘ladi. Bu xolat 3.38b-rasmda SE chizigi bilan ifodalanadi. Agar tezlik yana oshirilsa, mavxum qaynash muvozanati buzilib, kurilmadan gaz oqimi bilan zarrachalar yoppasiga uchib chiqa boshlaydi. Ushbu xolatga oid tezlik uchib chiqish tezligi yoki ikkinchi kritik tezlik deb yuritiladi va Wuch belgi bilan ifodalanadi.

Ishni bajarish tartibi.

Mavxum qaynash qatlami bir va turli jinsli bo‘lishi mumkin. Bir jinsli mavxum qaynash amalda faqat tomchili suyuqlik oqimida qattiq zarrachalar mavxum qaynash jarayonidi sodir bo‘ladi.



Bunda oqim tezligi wmk dan ko‘payib ketganda qatlam balandligi ortsa xam uni tepa chegarasi sezilarli darajada tebranmaydi (3.39a-rasm). Ammo, sanoat korxonalarida asosan «qattiq jism - gaz» sistemasida mavxum qaynash jarayoni ishlatiladi (3.39b-rasm). Odatda, bu sistema ko‘pincha, turli jinsli bo‘ladi. Ba’zi xollarda gaz pufakchalariga ega bo‘lgan mavxum qaynash jarayoni sodir bo‘ladi. Bu pufakchalar qatlam tepa qismiga etganda yoriladi va natijada qatlam balandligining tebranishiga olibkeladi (3.38a-rasm). SE va SE1 nuqtali chiziklar mavxum qaynash qatlami tebranish oralig‘ini bildiradi.

Mavxum qaynash qatlamning turlari.

a – bir jinsli; b – turli jinsli; v –barbotajli; g-porshenli; d-kanalli.


Turli jinsli qatlamning mavxum qaynash jarayoni uchun qatlamda xar xil o‘lchamli pufakchalar mavjudligi xarakterlidir. Agar, mavxum qaynash soni kichik bo‘lsa, qatlamning turli jinsli ekanligi uning xarakteristikalariga ta’sir etmaydi. Aksincha, haraqatlanuvchi pufakchalar qatlamdagi zarrachalar aralashishini jadallashtiradi. Lekin, Kw o‘sishi bilan qatlamning turli jinsliligi ortadi, ya’ni pufakchalar O‘lchami kattalashadi va qatlam tepa chegarasidan qattiq zarrachalar intensiv ravishda uloqtiriladi. Pufakchalar ko‘ndalang o‘lchami kurilma o‘lchamigacha yiriklashib boradi. Natijada porshenli rejim xosil bo‘ladi (3.39-rasm). Bu rejimda qattiq jism va gaz o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir yomonlashadi.

Agar, nam yoki juda mayda, xamda yopishqoq; zarrachalar mavxum qaynash xolatiga keltirilganda kanalli mavxum qaynash jarayoni paydo bo‘ladi (3.39d- rasm). Kanal xosil kiluvchi qatlamning eng sunggi xolati bo‘lib favvora Qatlam xisoblanadi. Bunda, kurilma o‘ki atrofidagi kanal orqali gaz oqimi qatlamdan otilib chikadi.

Donador-tolali materiallarning mavxum kdynashi. Ma’lumki, Vatanimizning eng asosiy texnik xom - ashyosi - paxta chigitidir. Paxta chigiti ko‘p Qatlamli, notugri shaklli, geterogen sistema bo‘lib, uning yadrosi - kolloid - kapillyar govakli gel, krbigi-yogochsimon tuzilishli va tashki yuzasi - kuyu k paxta tolalari bilan krplangandir.

SHuni aloxida ta’kidlash kerakki, xar bir qatlam o‘zaro fizik - mexaniq va diffuzion — issiqlik xossalari bilan bir - biridan keskin fark kiladi. Umuman olganda esa, paxta chigitini donador sochiluvchan materiallar guruxiga qo‘shib bo‘lmaydi, chunki zarrachalar orasidagi tortishish kuchi donador materiallarnikidan ancha katta va bu guruxga keltirib chikarilgan asosiy qonuniyatlarga bo‘ysunmaydi.

SHuning uchun, ko‘pincha ilmiy tadkikotlar va nazariy taxlil asosida, paxta chigiti aloxida donador - tolali materiallar guruxiga ajratib olindi.

Undan tashqari, paxta chigitining yana bir necha uziga xos xususiyatlari borligi xam unga aloxida yondoshish kerakligini takozo etadi. 3.40-rasmdan ko‘rinib turibdiki, chigitning tukliligi ortishi bilan uning ekvivalent diametri ortadi va keltirilgan zichligi kamayadi.



Bunday murakkab tuzilish va shaklli paxta chigitining shakl koeffitsienta ushbu empirik tenglamadan aniqlanadi [5,6,13]:
f = 1.063 + 5.5∙10-2On


Tuksizlangan (a) va

gukli (b) paxta chigiti.

bu erda On - paxta chigiti tukliligi, %.

CHigitning fizik - mexaniq xossalarini o‘rganish shuni kursatadiki, uning tukliligi ortishi bilan qatlamdagi zarrachalar orasida tortishish kuchi ko‘payadi. Buning yaqqol isboti mavxum qaynaщ boshlanishning material tukliligiga bog‘liqlik grafigida kurish mumkin (3.41-rasm). Agar chigit tukliligi On = O dan On = 13% gacha ortsa, unda mavxum qaynash boshlanish tezligi 1,2 m/s dan 2,16 m/s gacha ko‘payadi. Bu albatta chigitning tukliligi va ular orasidagi tortishish kuchlari, xamda materialning noksimon, notugri shakli bilan bog‘liqdir.

Nazorat savollari.



  1. Suyuqlikning oqimining tezlik o‘zgarishi.

  2. Qanday xodisa pnevmotransport deb nomlanadi ?

  3. Birinchi kritik tezlik.


Tajriba ishi -9

Mavhum qaynash qatlamida zarrachalarning qaynash tezliklarini aniqlash

Maqsad: Mavhum qaynash qatlami haqida tushunchaga ega bo`lish, uni

qo`llaniladigan sohalarni, mohiyatini hamda jarayonga ta'sir qilinishini ko`rib chiqish va o`rganish.

Nazariy qism. Hozirgi vaqtda kimiyo sanoatining barcha tеxnologik

jarayonlarida mavhum qaynash usuli kеng qo`llanilmoqda. Mavhum qaynash

jarayonida fazalar o`rtasidagi kontakt yuza katta bo`lishi tufayli jarayon bir nеcha marta tеzlashadi, natijada apparatning unumdorligi oshadi. Mavhum qaynash qatlamining gidravlik qarshiligi nisbatan katta emas, donasimon zarrachalar qatlamini hosil qilish uchun ixtiyoriy shakldagi vеrtikal idishga donasimon qattiq material gaz tarqatuvchi to`r ustiga joylashtiriladi. Ag ar to`r orqali pastdan yuqoriga qaratib kichik tеzlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, matеrial qatlami o`zgarmay qoladi.



(

Gaz oqimi tezligini asta sekin ko`paytirib borilsa, tezlik ma`lum qiymatga ega

bo`lganda qatlamdagi materialning og`irligi oqimning gidrodinamik bosim kuchiga teng bo`lib qoladi. Bunda qattiq zarrachalar gidrodinamik muvozanat holatini egallaydi.va har xil yo`nalishda siljiy boshlaydi. Gaz tezligini yana oshirsak qatlam kеngayadi, zarrachalar harakatining intensivligi oshadi; bunda gidrodinamik muvozanat buzilmaydi. Bunday sharoitda qatlam.mavhum qaynash holatini egallaydi, ya‘ni qatlam xuddi qaynayotgandek bo‘lib ko‘rinadi.

Qatlamning o`zgarmas holatdan mavhum qaynash holatga o`tishiga to`g`ri kеladigan gaz yoki suyuqlikning tеzligi mavhum qaynashning boshlanish tеzligi yoki birinchi kritik tezlik deb yuritiladi.

Agar gazning tezligini oshirsak, tezlik ma`lum qiymatga yetganda gidrodinamik bosim kuchlari materialning og`irlik kuchlardan ortib ketadi, natijada qattiq material donachalari gaz oqimi bilan birga chiqib ketadi (5.1-rasm, g). Qattiq material donachalarining gaz oqimi bilan chiqib ketish holatiga to`g`ri keladigan tezlik chiqib ketish tezligi yoki ikkinchi kritik tezligi deb ataladi. Demak, mavhum qaynash holati birinchi va ikkinchi kritik tezliklar orasida yuz beradi.

Mavhum qaynash ikki xil (bir jinsli va turli jinsli) ko`rinishda yuz beradi. Bir jinsli mavhum qaynashda birinchi va ikkinchi kritik tezliklar o`rtasida qattiq material zarrachalari butun qatlam balandligi bo`yicha bir xil tarqalgan bo`ladi. Amaliy jihatdan bunday mavhum qaynash jarayoni tomchili suyuqlik yordamida amalga oshiriladi.

Turli jinsli mavhum qaynash asosan qattiq modda zarrachalari oqimi yordamida

mavhum qaynash holatiga kеltirilganda yuz bеradi. Bunda birinchi va ikkinchi kritik tеzliklar oralig`ida qattiq modda zarrachalari qatlam bo`ylab har xil tarqalgan bo`ladi.

Turli jinsli qatlamning hosil bo`lish darajasi zarrachalarning yuzasi va shakliga, diametriga, oqimning tezligiga, gaz tarqatuvchi to`rning xiliga bog`liq.

Agar qattiq zarrachalarning o‘lchami kattalashib, apparatning diametri

kichiklashsa va gazning tezligi ko‘paysa, o‘zaro porshenli qatlam paydo bo‘ladi. Porshenli qatlamda qattiq fazaning vertikal yo‘nalishidagi aralashtirilishi qiyinlashadi.Nam qattiq materiallar yoki juda kichik o‘lchamli materiallar mavhum qaynash

holatiga keltirilganda kanal hosil qiluvchi qatlam paydo bo‘ladi. Bunda gaz kanallar orqali o‘tib ketadi, qattiq materiallarning asosiy massasi o‘zgarmay qoladi. Konussimon va konus-silindrsimon apparatlarda kanal hosil qiluvchi qatlam fontanli qatlamga aylanadi. Bunday sharoitda gaz yoki suyuqlik oqimi asosan apparatning o‘qi bo‘ylab qattiq zarrachalar bilan birgalikda harakat qiladi va fontan kabi ularni yuqoriga tarqatadi.

Donasimon qatlamning gidravlik qarshiligi va muhitning tеzligi orasidagi

bog`liqlikni ko`rib chiqamiz



AB chiziq o`zgarmas qatlam orqali o`tayotgan gaz harakatini tasvirlaydi. C

nuqta o`zgarmas qatlamning mavhum qaynash holatiga o`tishini ko`rsatadi. Shu nuqtaga to`g`ri kelgan tеzlik w0' birinchi kritik tеzlikni xarakterlaydi. Mavhum qaynash jarayonining boshlanishi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchlari qatlamidagi qattiq zarrachalar og`irligini muvozanatga solib turadi. Gaz oqimi tezligining ortishi bilan qattiq zarrachalar og`irligi o`zgarmaydi, zarrachalarni mavhum qaynash holatida ushlab turish uchun zarur bo`lgan enеrgiya sarfi ham bir xil bo`ladi. Bu holat grafikda CЕ gorizontal chiziq bilan bеlgilangan. Е nuqtaga to`g`ri kеlgan w0'' ikkinchi kritik tеzlikni xaraktеrlaydi. Tеzlik w0' >w0'' bo`lgan paytda zarrachalar oqim bilan birgalikda apparatdan chiqib ketadi. Bunday sharoitda qatlamdagi qattiq zarrachalar og`irligining kamayishi natijasida qattiq zarrachalarni

mavhum qaynash holatiga kеltirish uchun kеrak bo`lgan enеrgiya sarfi kamayadi. Shu sababli bosimlar farqi ∆p nuqta C dan keyin kamayadi.

O‘zgarmas qatlamdan mavhum qaynash holatiga o‘tish uchun bosim cho‘qqisi

xarakterlidir. Zarrachalar o‘rtasidagi o‘zaro tortishish kuchlarini yengish uchun

qo‘shimcha energiya sarflanishi sababli bosim cho‘qqisi hosil bo‘ladi. Bosim

cho‘qqisining kattaligi zarrachalar shakli va yuzasiga bog‘liq. Agar gaz tezligi astasekin kamaytirilsa, egri chiziq A nuqtada kesishma pastroqda o‘tib, cho‘qqi hosil qolmaydi. Bu hodisa gisterezis deb ataladi.



Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish