Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati



Download 8.66 Kb.
Sana26.03.2017
Hajmi8.66 Kb.

Aim.uz

Jahon soliq kodeksini qabul qilish zarurati va ahamiyati

Birlashgan millatlar tashkiloti u yoki bu xalkaro dasturlar asosida bozor

isloxotlarini amalga oshirayotgan davlatlarga ma’lum bir loyixalarni ishlab chikish va

joriy etishda yordam berish xamda xamkorlik kilishni amalga oshiradi. Bunday

xamkorlik yunalishlaridan biri — zamonaviy xalkaro iktisodiy talablarga javob

beradigan milliy soliq tizimining yuzaga kelishiga, shakllanishi va rivojlanishiga

yordam berishdir. Aynan shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida, ya’ni

xalkaro soliq dasturi doirasida Jaxon soliq kodeksini tayyorlash fikri yuzaga keldi.

Ushbu Kodeksning asosiy maksadi — isloxotlarni amalga oshirayotgan davlatlarga

ilmiy asosda soliq munosabatlarini boshkarish, yagona terminologiya va yagona

mazmundagi izoxni yaratish imkoniyatlarini takdim etishdir.

«Jaxon soliq kodeksi asoslari» shaklidagi ushbu xujjat 1993 yilda tayyorlanib,

nashrdan chikarildi. Uning mualliflari Garvard universiteti (AKSh) mutaxassislari

Uord M. Xassi va Donald S. Lyubik. Ushbu Kodeks asoslari 300 betdan iborat bulib,

591 ta modda va izoxni uz ichiga olgan Soliq kodeksi matnidan iboratdir.

Kodeksning kirish kismida mualliflar kupgina davlatlar tajribasidan utgan soliq

tizimining zamonaviy ma’nosini ochib berishga xarakat kilganliklarini yozishgan.

Jaxon soliq kodeksi namuna sifatida bulishiga karamasdan, unda soliq

tulovlarining anik stavkalari, uning minimumlari va imtiyozlar berilgandir.

Kodeks matni va unda berilgan stavkalar kodeksdan foydalanishni xoxlovchi

davlatlar uchun majburiy emas, balki tavsiyaviy tusga egadir.

Milliy soliq konunchiligi tayyorlanayotganda ushbu davlat mutaxassislari

tomonidan mamlakatdagi anik iktisodiy va xukukiy shart-sharoitlar inobatga olinishi

kerak.


Kodeksda berilgan nizom aloxida axamiyatga egadir. Bu nizomga kura, soliq

tizimi orkali iktisodiy subsidiyalar berish tugri subsidiya tulovlariga nisbatan kam

samaralidir. Imtiyoz turlari va engilliklarning kupligi, soliq imtiyozlarini nazorat

kilishning kiyinligi sababli, soliq tizimini murakkablashtiradi va samaradorligini

tushiradi, uning zarur bulgan egiluvchanlik xususiyatlarini yukotadi. Bundan kelib

chikadiki, kodeksda soliqlardan vaktinchalik yoki doimiy ozod etish kabi imtiyozlar

kuzda tutilmaydi. Rivojlanayotgan davlatlar iktisodiyoti xususiyatlarini xisobga olgan

xolda, Kodeks mualliflari fikricha, ushbu davlatlar daromadlari asosiy kismi bojxona

bojlari, kushilgan kiymat soligi, aktsizlar xamda korxona va tashkilotlar foydasiga

soliq xisobiga shakllanadi. Bunday soliq tizimi ular fikricha, soliqlarni undirish bilan

boglik bulgan ma’muriy xarajatlar jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqka

nisbatan kam buladi.

Tavsiya etilayotgan Kodeksdagi soliqlar tizimiga fakatgina yukori

daromadlarga ega bulgan axoli kismiga kullaniladigan jismoniy shaxslardan

olinadigan individual daromad soligi xam kiritilgandir. Bu, bozor iktisodiyotiga

utayotgan davlatlarda asosan rivojlanayotgan va sobik sotsialistik davlatlarda

individual daromad soligini rivojlangan davlatlardagi kabi keng mikyosda kullash

uchun etarli darajadagi ma’muriy va xukukiy mexanizmlar mavjud emasligi bilan

izoxlanadi. Individual daromad soligi soliq tushumlari maksadida emas, balki tenglik

xissini karor toptirish maksadida joriy etiladi.

136

Jaxon soliq kodeksini ishlab chikkanlar, soliq konunlarini tayyorlash va kabul



kilish soliq isloxotiga dastlabki kadamdir deb xisoblaydilar. Asosiysi, soliq

apparatining samaradorligini yaratishda deb biladilar. Adolatli va yukori saloxiyatli

soliq xizmatining mavjudligi soliq isloxotidagi muvaffakiyatlarning zaruriy shartidir.

Jaxon soliq kodeksi asosiy soliq turlari buyicha 5 kismga bulinib, bozor

iktisodiyotiga utayotgan davlatlarda joriy etish uchun tavsiya kilinadi. Birinchi kism

daromad soligi; ikkinchi kism — kushilgan kiymat soligi; uchinchi kism — aktsiz



soliqlari; turtinchi kism — kuchmas mulkka soliq; beshinchi kism — soliq

ma’muriyati, deb nomlanadi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa