Tajriba ishi. 1-tajriba ishi. Burg’ulash uskunalari turlari va konstruktsiyalarini o’rganish (2 soat); Ishning maqsadi


-rasam Yakka qavatli (a)va ikkilik (b) kolonkali quvurlar uchun olmos koronkalarni konstruksiyasi



Download 0,71 Mb.
bet10/16
Sana28.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#47671
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
тажриба ва амалиёт

2.3-rasam Yakka qavatli (a)va ikkilik (b) kolonkali quvurlar uchun olmos koronkalarni konstruksiyasi:

1-po’lat qobig’i; 2- olmos tarkibli matritsa; 3- yuvish kanali



Jadval 2.2. Yakka qavatli kolonkali quvurlar uchun olmosli koronkalarni asosiy o’lchamlari, mm

D

d











H





24.5-0.6

21.5

19.8-0.3

15+0.5

18.5+0.5

65





34.0-0.6

29.0

27.3-0.3

23+0.5

26.0+0.5

65





44.0-0.6

39.0

37.3-0.3

33+0.6

36.0+0.6

65





57.0-0.7

52.0

50.3-0.4

44+0.6

48.0+0.6

65





73.0-0.7

68.0

66.3-0.4

60+0.7

64.0+0.7

65





90.0-0.9

84.0

82.3-0.5

76+0.7

80.0+0.7

75





109.0-0.9

103

101.3-0.5

95+0.9

98.0+0.9

75


Yumaloq torets (2.4-rasm, a) olmos tarkibli matritsani qalinligini yarmiga teng burilish radiusiga ega. Bunday profil olmoslarni matritsa yuzasini kesuvchi qismi bo’yicha olmoslarni eng tekis joylashishiga va unda ularni yaxshiroq mustaxkamlashga imkon beradi. Profilni bunday shaklini tishli turdagi koronkalarda ishlatiladi.

Jadval 2.3 Ikkilik kolonkali quvurlar uchun koronkalarni asosiy o’lchamlari, mm

Koronka turi

D

d







H

TDN-UT quvurlar uchun

KUT, KUTI

KUTV


19IZG

59



31





44.0

57.0


75.0

42.0

54.0


69.5

37.5

50.0


65.5

145

165


165

TDN-2 quvurlar uchun

10AZ

11IZ










57.0

73.0


52.0

68.0


41.0

57.0


170

270


TDN-0 quvurlar uchun

KDTO-20-59

KDTO-150-59

KDTO-20-76

KDTO-20-93



















57.0

57.0


73.0

92.8


52.0

52.0


68.0

86.0


41.2

41.2


52.0

72.2


162

164


77

85


a) b) v)


g) d)


2.4-rasm.

Yarim burilgan torets (3.4-rasm, b) olmos tarkibli matritsani qalinligiga teng burilish radiusga ega. Bunday profil profilni burchakli nuqtalardagi olmoslar yaxshiroq mustaxkamlanishini ta’minlaydi. Zaboy radial kengligini qoplovchi olmoslar soni katta emas. Olmoslarni jins bilan kontaktdagi bosimi burchakli nuqtalarda kamroq va profil o’rtasida ko’proq bo’ladi. Yarim burilgan profilni qattiq jinslarni burg’ilash uchun bir qatlamli va impregnirlangan koronkalarda keng qo’llanadi. Yalpoq torets (3.4-rasm, v) da olmoslarni minimal sonini joylashtirishga imkon beradi, bu esa ko’p xollarda yuqori mexanik tezlikni ta’minlaydi. Bunday profil kamchiligi – olmoslarni torets chetlarida zaif mustaxkamlashganligidir, bu esa muddatdan oldin maydalanishiga va koronkani toretsida «yeyilish qirralariga» olib keladi. Yalpoq torets bilan impregnirlangan koronkalar ishlab chikariladi. Bunday profil bir qatlamli koronkalar uchun yaramaydi.

Yarim gumbaz shaklidagi torets (2.4-rasm, g) matritsani tashqi tomoni bo’yicha burilishda katta radiusga ega va ichki tomoni bo’yicha – kichik. Matritsani bunday shaklida olmoslarni tashqi diametr bo’yicha joylashtirish mumkin va yorilgan, maydalangan jinslarni burg’ilashda koronkalarni chidamliligini oshirish mumkin.

Zinali torets (2.4-rasm, d) matritsani tashqi diametri bo’yicha ancha rivojlangan yuza maydoniga ega, bu esa unda olmoslarni ko’prok joylashtirishga va koronkalarni chidamliligini oshirishiga imkon beradi. Mazkur xolatda ochilishida qo’shimcha tekisliklar shakllanadi, bu esa jinsni yemirilish jarayonini tezlashtiradi va koronka ishini stabillashtiradi. Bunday profil bilan SSK komplekslar uchun koronkalar ishlab chiqariladi, bu yerda yemiruvchi asbobdan yuqori ish qobiliyati talab etiladi.

Koronkani matritsasi olmoslar mustaxkamlangan metallosapol xalqa ko’rinishiga ega. U koronkani po’lat qobiqiga kavsharlanadi va olmoslar mustaxkamlashiga, burg’ilash jarayonida paydo bo’ladigan issiqlikni chiqarishga, hamda burg’ilashda o’z vaqtida olmoslarni ochilishi uchun xizmat qiladi. Matritsa matyeriali (mis, nikel, mis kukuni, nikel kukuni) olmos donlariga qaraganda pastroq qattiqligiga ega va burg’ilangan jins zarrachalari bilan tez yeyiladi, ularni ochadi. Juda ochilgan olmoslar matritsadan tushib q olishi, sinishi va jinsni yemirish bo’yicha ishni bajarmasligi mumkin. Yetarli darajada ochilmaganlikda ular jinsga bo’sh kirishadi va koronka uni yemirmaydi. Olmoslarni zarur bo’lgan ochilish darajasi matritsani yeyilishga chidamligi va turli texnologik usullar bilan (burg’ilash tartibini parametrlarni o’zgarishi, elektrokimyoviy o’tkirlash va h.k.) tartiblanadi.

Yuvish tizimi olmos koronkani matritsada joylashgan yuvish kanallardan iborat. Yuvish kanallarni o’lchami va miqdori quduqni zaboydan burg’ilangan jinsni shlamini o’z vaqtida yo’q qilinishini va koronkani matritsasini sovutishini ta’minlashi zarur. Qazib olinadigan jinslarni xarakteriga qarab koronkalarni ham oddiy yuvish tizimi bilan (01AZ, 01A4, 02IZ, 02I4, 02I4, 03I5 va b.), ham rivojlangan (07AZ, 15AZ, 16AZ) tizimlar bilan ishlab chiqaradilar. Oddiy yuvish tizimli koronkalar 6 mm kengligi bilan ikkitadan o’ntagacha yuvish kanallariga ega. Ushbu koronkalarda olmoslar yon yuza va torets bo’yicha berilmagan chiqish bilan joylashgan. Rivojlangan yuvish tizimi bo’lgan koronkalarda kanallar miqdori 18-36 gacha ko’paytirilgan, koronkani diametriga qarab, yuvish kanallarini eni esa 8-12 mm dan iborat. Ushbu koronkalarda olmoslar berilgan chiqish bilan o’rnatilgan: yon qoburg’alarda 0,3 mm gacha, torets bo’yicha esa o’rta o’lchamli olmosdan 30% gacha.

Matritsada joylashgan olmoslar o’z vazifalari bo’yicha hajmli va podrezkalilarga ajratiladi. Hajmli olmoslar matritsani toretsida ham, uning ichida ham joylashadi va jins yemiruvchi keskichlar rolini bajaradi. Ular quduqni zaboyida tog’ jinsini yemiradi va uning chuqurligini ta’minlaydi. Podrezkali olmoslarni matritsani yon yuzasida ichki va tashqi tomonlaridan joylashtiriladi. Ichki podrezkali olmoslar kernga ishlov beriladi va uning kern qabul qilgichga erkin o’tishni ta’minlaydi. Tashqi podrezka olmoslari quduqni devorchalarini kalibrlaydi.

O’rta qattiqlik jinslarda (burg’ilanishni VII – VIII toifalari) eng yaxshi natijalarni 2-5 dan 1020 sht.kar. donali olmoslar bilan almashtirilgan koronkalar ko’rsatadi, qattiq jinslarda (burg’ilanishni IX-X toifalari) 20-30dan 15-400 sht.kar. donali olmosli koronkalardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Koronkada olmoslarni donligi ularni matritsada joylashuviga bog’liq. Podrezkali olmoslar odatda toretslarnikidan kattaroq. Koronkani tors qismidan yon qismiga o’tish joylari yirikroq olmoslar bilan almashtiriladi.

Hozirgi vaqtda olmosli kronkalar turli xilda ishlab chiqariladi, shuning uchun koronka turini (4.5-rasm), matritsa xossalarini va olmoslar tavsiflarini aniqlash uchun har bir koronkani qobig’iga tushirilgan o’z indeksiga ega.

Koronkani indeksatsiya namunasi:

01AZD60K40 № 728260 AI.1.

01-Koronka konstruksiyasi; A- bir qatlamli; Z- normal matritsa (HRC 20-25), D-maydalangan hajmli olmoslar; 60 –hajmli olmoslar donadorligi, sht.kar., K- ovallangan podrezka olmoslari; 40- podrezka olmoslarni donadorligi, sht.kar.; № 728260- koronkani zavod raqami; AI-Terek olmos asboblari zavodida ishlab chiqarilgan; 1- kvartal.



KG-59-3 SVM- SSK-59 naryad bilan burg’ilash uchun koronka, diametr 59 mm; torets shakli taroqsimon; HRC 25-30 matritsani qattiqligi, yuqori mustaxkam sintetik olmoslar bilan almashtirilgan; TulNIGPda ishlab chiqarilgan.



a)

b)

2.5-rasm. Olmosli koronka turi.




2.6-rasm:
To’liq zaboy bilan quduqlarni burg’ilash sig’diruvchi jinslarni qazib o’tish uchun, geologik kesimni yaxshi o’rganganligida, batafsil razvedka bosqichida keng qo’llaydilar.

Sharli dolotalar portlovchi, seysmik, gidrogeologik, ekspluatatsion quduqlarni qazib o’tishda ham ishlatiladi.

Ikki turdagi sharli dolotalar ishlab chiqariladi: kerni olmay turib quduqlarni yoki to’liq zaboy bilan burg’ilash uchun va kata diametrli kolonkali dolotalar neft va gazga razvedka quduqlarni burg’ilash uchun.

Qattiq foydali qazilmalarga quduqlarni burg’ilashda asosan to’liq zaboy bilan burg’ilash uchun sharli dolotalar qo’llaniladi. Mazkur holatda kern olish halqali zaboy bilan burg’ilashga qaraganda zaboyda butun jins yemiriladi va qazib olish samaradorligini oshirish uchun dolotaga anchagina ko’prok katta o’qiy yuklamani yaratish zarur bo’ladi. Sharli dolotalarning konstruktiv xususiyatlari tufayli, Sharoshkalarda ko’p sonli tishlar va kontaktlarni kichik maydoni mavjudligi Sharoshkaning tishlari jinsga yaratadigan solishtirma yuklamalari yirik o’lchamlarga yetadi, bu esa jinsni samarali yemirilishini ta’minlaydi.

To’liq zaboy bilan quduqlar burg’ilashda kurollangan dolotalarni ma’lum bir eyilishgacha olib boriladi, ayniqsa kalibrlaydigan tishlarni. Quduqlarni kerni olish asbobi bilan burg’ilashga qaraganda, qazib olish dolotalarda bo’lganda ko’p marotabaga oshadi. Tushirish-ko’tarish operatsiyalari vaqti anchagina qisqaradi. Ushbu omillarni tog’ jinslarni yemirilishi yuqori samaradorligi bilan birikmalari katta unumdorlikni va burg’ilash ishlarini sezirarli arzonlashishni ta’minlaydi.

Sharli dolota (3.7-rasm) uni birlashtirib payvandlangan seksiyalar va panjaralari bilan yuzaga keltiruvchi qobiqdan iborat. Qobiqni yuqori qismida burg’ilash qovurg’alar bilan ulashish uchun rezba kesiladi. Dolota qobiq seksiyalari dolota o’qiga qarab turli burchaklarda qiyalangan sapfalarga ega.

Sapfalarda turli konfiguratsiyali podshipniklar joylashgan, sharoshkalarning tirgaklarini yaratuvchi. Sharoshkalar tigraklari dolota diametri, uning vazifasi va aylanish chastotasiga qarab tanlaydilar. Shuning uchun tirgaklar yuqori va past oborotli bo’ladi. Tirgaklarga konusli, sferaviy yoki yalpoq shakldagi Sharoshkalar o’rnatiladi, uskanani berilgan kinematikasi va burg’ilanadigan jinslarni qattiqligiga qarab.

Sharoshkalar qobig’ida po’lat frezer tishlar yoki qattiq qotishmali tishlarchalardan iborat asosiy va kalibrlanadigan jixozlar joylashgan. Asosiy jixozlar aloxida qator bo’lib (tojlar) asosiy konusda joylashgan va zaboyni yemirilishida ishtirok etadilar, kalibrlangan jixozlsr esa – ensadagi konusda va quduqni diametrni kalibrovkasida ishtirok etadi. Sharoshkalar sapfa o’qlarida ushlanib qolinadi qulfli qurilmalar yordamida o’qli o’tishdan, ular sapfalarga tirqish orqali yig’iladigan qulfli shar podshipniklar ko’rinishida ishlangan. Sapfalar lapani orqasida payvand chok bilan paylangan maxsus barmoqni yopadilar.

Zaboy yuzasini burg’ilab olingan jinsdan (shlamdan) samarali tozalash uchun dolota qobiqida yuvish uskunalar o’rnatiladi. Turli jinslarda dolotalar turi va burg’ilash tartibi 4.4 jadvalida keltirilgan (V.S.Travkin).

Sharli dolota konstruksiyasi uning ishiga va zaboyda jinslar yemirilish xarakteriga ta’sir kursatadi. Sharli dolota bilan tog’ jinslarini yemirilish mexanizmi kesuvchi asbob bilan yemirilishdan farqlanadi. Sharli dolotalar yuqori mustaxkamlikga ega va deyarli katta o’qli og’irliklarni qabul qiladi. Dolotaning sharoshkalari, po’lat va qattiq qotishma tishlarga ega bo’lib, zaboy yuzasida yumalab o’tib, ma’lum bir chastota bilan zarba beradilar va jinsni yemiradilar.



Dolotaning aylanishi uchun quvvatni ko’p sarflash talab etilmaydi, chunki sharoshkalarni podshipniklarida ishqalanish bilan va quduqni devorlariga kalibrlanadigan tishlarni ishqalanishi bilan yaratiladigan aylanma laxzalari ahamiyatli emas. Jins yemirish tishlarni katta soni dolotada og’irlikni bir maromda taqsimlashga imkon beradi va kontaktni kichik maydonida yuqori solishtirma bosimlarni yaratishga ham imkon beradi.



2.7-rasm. Sharli dolota konstruksiyasi

1 – qobiq; 2 – sapfa; 3 – podshipnik;

4 – Sharoshka; 5 – frezyer tishi zub;

6 – barmoq.


Jadval 2.4. Dolotalar turlari va burg’ilash rejimlari


Dolotalar turi

Burg’ilash bo’yicha toifa

Dolota diametri, mm

Burg’ilash rejimi

S, kN

n, ob/min

Q, l/min

1

2

3

4

5

6

M

I-IV

112

132


15-20

20-25


150-300

150-300


300-400








151

93

112



25-30

15-25


25-30

150-300

100-200


150-300

200


200

S

IV-V-VI

132

151


93

112


30-50

40-60


15-30

30-45


150-300

150-300


100-200

150-300


300

400


150

200


T

IV-VII

132

151


76

93

112



35-60

45-70


15-25

20-35


30-50

150-300

150-300


100-200

100-200


150-300

300

300


60-80

80-100


100-120

K

VIII-X

132

151


112

40-70

50-80


30

150-300

150-300


120-250

120-150

150-200


120

OK

XI-XII

112

80

100

200

Sharoshkani zaboy bo’ylab dumalab yurishda jinsga og’irlikni uzatish qisqa muddatli xarakterga ega, bu esa dolota jixozlarini yeyilishni pasaytiradi. Bunda yaratiladigan dinamik yuklamalar jinsni intensiv yemirilishiga ko’maklashadi.

Sharoshkalarni soni bo’yicha sharli dolotalarni bir sharli (I), ikki sharli (II) va uch sharli (III)ga bo’linadi. Bir sharli dolotalardan kamdan-kam foydalaniladi.

Kichik diametrli geologo razvedka quduqlarni (46, 59, 76, 93, 112, 132 va151 mm) 2000 m chuqurgacha yengil burg’ilash uskunani ishlatish bilan burg’ilanishda eng keng tarqalgan ikki sharli dolotalar.

Kichik diametri quduqlarni burg’ilashda, katta o’qli yuklamalarni yaratish imkonsiz bo’lganda, ular uch sharli dolotalar ustidan 10-15% qazib o’tish bo’yicha va 15-20% mexanik tezligi bo’yicha ustunlikni ta’minlaydilar.

Ikki sharli dolotalar gabaritlari uch sharli dolotalar gabaritlaridan 5-10% kattaroq. Buning natijasida ularni yeyilish chidamligi oshadi. Ikki sharli dolotalar uch sharlilarga qaraganda osonroq yasash texnologiyaga va arzonroq qiymatga ega.

Ikki sharli dolotalarni kamchiligi deb sharoshkalarni tishlar bilan kam tayinlanganligini (u uch sharli dolotalarga qaraganda 30%ga pasaygan) aytish mumkin. Bu dolota diametri bo’yicha tez yeyilishni chiqaradi, burg’ilashda tebranish sababi bo’ladi, bu esa quduqlarni qiyshayishni kattaroq intensivligiga, uch sharli dolotalar bilan burg’ilashga qaraganda ko’maklashadi. Vazifasiga qarab ikki sharli dolotalar olti o’lchamda ishlab chiqariladi: K, TK, T, ST, S, M.



M turdagi ikki sharli dolotalar (3.8-rasm) burg’ilanishligi I-IVtoifadagi yumshoq jinslarda quduqlarni burg’ilash uchun mo’ljallangan. Bu dolotalar kam sonda ishlatiladi, chunki yumshoq jinslarda qator vaziyatlarda qazib olish va mexanik tezligi bo’yicha burg’ilashni yuqori ko’rsatgichlarni ta’minlovchi, ko’proq kesish turdagi parrakli uskunalar qo’llaniladi. M turdagi sharli dolotalarni ish qobiliyati zaxirasi juda ham abraziv muxitda ishlaydigan tayanch podshipniklarni mustaxkamligi bilan chegaralangan.

M turdagi ikki sharli dolotalarni katta qismi purkovchi yoki yuvish suyuqlikni oqimlari, uchliklardan katta tezlikda chiqib, zaboy yuzasini yanada intensiv yemirilishiga ko’maklashadi, hamda uning shlamdan yanada chuqur tozalashga, bu esa burg’ilash tezligini oshiradi.

M turdagi uskunalar dolotaning diametriga har bir santimetriga 1-3,5 kN chegaradagi kichik o’qli yuklamalar bilan ishlaydilar. 3.8 a rasmda ushbu dolotalar Sharoshkalari 1 po’lat frezerli tishlar bilan qurollangan 2 piramidal shakldagi burchak o’tkirligi 34-39° bilan, qattiq qotishma relit 3 bir tomonli eritishga ega bo’lgan. M turdagi dolotalarni kinematik sxemalari Sharoshkalarning zaboy bo’ylab tebranishni ta’minlaydi, tishlarni ahamiyatli o’tishi bilan sharoshkalarning o’qlarini dolota o’qiga nisbatan siljishni oshirilgan o’lchami hisobiga va sharoshkalarning o’qlarini dolota o’qiga nisbatan qiyalash burchagini 57°30´ gacha yuqorilash hisobiga. Shuning uchun tishlar buzilish va kesish elementlar bilan ishlaydilar.

Ikki sharli dolotalar yangi konstruksiyalari sharoshkalarni asosiy konusida tojlarni joylashish o’ztozalash sxemasiga ega. Ular 112, 132 va 151 mm diametrlarida ishlab chiqariladi.



M turdagi ikki sharli dolotalar (3.8-rasm, b) burg’ilash bo’yicha V-VII toifali jinslarda geologorazvedka quduqlarni burg’ilash uchun mo’ljallangan, hamda o’rta quvvatli jinslarda qattiq jinslar qatlamlari bilan (ST turdagi uskunalar). Bu dolotalarning har bir santimetrga 150-450 dan o’q yuklamalar bilan ishlaydilar.

Dolotalar sharoshkalari po’lat frezerlangan tishlar bilan 1 piramidal shaklidagi o’tkirlash burchagi 39-42° bilan kurollangan, relit ktishmasi bilan 2 bir tomonli eritmalangan bo’lib.





2.8-rasm. M (a), S (b), T (v) i K (g) turdagi ikki sharli dolotalar konstruksiyasi.

ST turdagi ikki sharli dolotalar jixozlari tig’li qattiq qotishmali tishlardan yoki tig’li qattiq qotishmali tishlarni po’latli frezerli tishlarning almashuvinidan iborat bo’lishi mumkin. Undan tashqari ST turdagi dolotalarni ishlab chiqilayapti, ularning sharoshkalaridan biri tig’ shakldagi qattiq qotishmali tishlardan iborat qurolga ega, ikkinchisi esa po’latli frezerlangan tishlari bilan qurollangan. S va ST turdagi dolotalarni kinematik sxemalari zaboy bo’ylab sharoshkalarni tebranishini, tishlarni ayrim o’tish bilan sharoshkalar o’qlarni dolota o’qiga nisbatan siljish hisobiga, hamda 52-55°gacha yetuvchi sharoshkalarni yuqorilangan qiyali burchakni dolota o’qi hisobiga ta’minlaydi. Ikki sharli dolotalarni barcha yangi konstruksiyalari asosan ishchi qobiqida 4 tojlarni joylashuv 3 o’zitozalovchi sxemasiga ega. S va ST turdagi dolotalar 76, 93 va 112 mm diametrda ishlab chiqariladi.



T turdagi ikki sharli dolotalar (rasm. 2.3 v) burg’ilash bo’yicha VIII-IX toifali qattiq jinslarda geologo razvedka kudiklarni burg’ilash uchun muljallangan. Bu iskanalar dolotaning xar bir santimetrga 2-5 dan uk yuklamalari bilan ishlaydilar.

Sharoshkalar birtomonli relit bilar yeritmalanganga ega bo’lib, piramidal shakldagi utkirlash burchagi 43-49°li frezyerlangan tishlar bilan takdim etilgan. T turdagi dolotalarda ham qattiq qotishmali tishchalar qo’llaniladi.

Ushbu dolotalarni kinematik sxemasi Sharoshkalarni bir tekis tebranishlarni utishsiz ta’minlaydi. Dolotalarni barcha yangi konstruksiyalari tojlar joylashuvini uzozalovchi sxemasiga ega.

T va TK turdagi ikki sharli dolotalarni 76,93, 112 va 132 mm diametrda ishlab chikaradilar.

K va OK turdagi dolotalar burg’ilash bo’yicha IX-XII toifali qattiq va juda qattiq jinslarni burg’ilash uchun mo’ljallangan. K turdagi (4.8-rasm, g) dolotalardagi sharoshkalar qattiq qotishmali tishlar bilan qurollangan, OK turdagi dolotalarda esa qattiq qotishmali tishchalar sferik kallakchalarga ega. Ushbu dolotalarning sharoshkalari u tishsiz zarbdor tartibda ishlaydi, uskuna diametrining har bir santimetriga o’qiy yuklamalar 300-600 dan 2,5-5kN gacha yetadi. K turdagi uskunalar 46, 59, 76, 93 va 112 mm diametrida, OK turdagi uskunalar esa 76 va 93 diametrda ishlab chiqariladi.

Uch sharli dolotalar sharoshkalarni joylashtirish uchun quduqlar gabaritlarini to’liqroq qo’llash imkonini beradi, ular asosiy va kalibrlangan tishlarni eng katta soniga va sharoshkalarni ancha mustaxkamroq tirgaklarga ega. Geologorazvedka quduqlarni burg’ilash uchun uch sharli dolotalar to’rtta turda ishlab chiqariladi – OK, K, T va S diametrlari 46 dan 151 mm gacha.

Dolotaning turi va diametri tog’ jinslarning fizik-mexanik xossalariga va quduqning konstruksiyasiga qarab tanlab olinadi. Agar kesimda qattiqlik bo’yicha almashinadigan jinslar uchrasa, unda dolota jinsning ustivor turi bo’yicha tanlanadi.



Sharli dolotalar va olmos koronkalar bilan kichik diametri geologo-razvedka quduqlarni burg’ilashida quduqning diametri bo’yicha sharli kengaytirgichlar bilan kalibrovka etish zarur. Ular nafaqat quduq diametrni saqlanishi, balki minimal qiyshayish bilan qazib olishni ham ta’minlaydi. Geologo-razvedka burg’ilashda quduqlar stvollarining kalibrovkasi uchun asosan xalqasimon sharli kengaytirgichlarni ishlatadilar (rasm. 2.9).



2.9-rasm. Sharli kengaytirgich.

1- rezbali ulama; 2, 8 – o’yiqlar; 3 – qobiq; 4 – xalkali sharoshka; 5 – qattiq qotishmali qo’sshimcha; 6 – ekssentrik qo’shimcha; 7 – markaziy kanal; 9 – perexodnik

Bunday kengaytirgichlarni sharoshkalari xalqali shaklga ega, u qobiqni 3 tashqi diametri bo’yicha qamrab olishni imkon beradi. Xalqasimon sharoshkalar 4 sferik ishchi yuzasi bilan qattiq qotishmali silindri tishchalar bilan 5 qurollangan, ular tashqi diametr bo’yicha joylashgan, ichki diametrda esa tayanch podshipniklar joylashgan. Xalqasimon sharoshkalar podshipniklar yordamida ekssentrik oraliq vtulkalarda quriladi 6.

Kengaytirgichni qobig’ida dolota 9 va burg’ilash val 1 bilan ulanish uchun o’yma mavjud. Qobiqni markazida yuvish suyuqligini dolotaga o’tishi uchun markaziy kanal 7 o’tadi. Kengaytirgichni yuqori va pastki qismlarida burash va bo’shatish uchun maxsus o’yiqlar 2 va 8 mavjud. Ekssentrik vulkalar ularda xalqasimon sharoshkalar o’rnatiladi, qobiqda shu tarzda joylashadiki, sharoshkani markaziy o’qni siljishi 120°dan so’ng bo’lib o’tadi. Sferik ishchi yuzali silindrli qattiq qotishmali tishchalar 5 tashqi diametrda shaxmat tartibida joylashgan va ular quduqning devorchalarida burtiklar yemirilish tekisligini ta’minlaydi. Ayrim sharoshkalar qattiq qotishmali tishchalarni yuqori ishchi maydonchalar sathida joylashgan 15-20° burchakli tutash po’lat sektoriga ega. Bunday sektor qattiq qotishmali tishchalarni zarbdor sferik yuzalarining ishidan keyin qoladigan barcha notekisliklarni bartaraf etishni ta’minlydi.



Har bir sharoshkaning tishchalarni pastki tojida kichik kiruvchi burchak yaratiladi, 5-10° teng, diametrni sezirarli kichrayishida kengaytirgichning normal ishini ta’minlash uchun. Ushbu tojlarda qattiq qotishmali tishchalar gorizontal tekislikka nisbatan kichik burchak ostida joylashadi.


2.10-rasm. Sharoshkali burg’ilash kallaklari:

a - 1VK295 ST; b - DVK; v - 2VK214/60ST; g - 2VK214/60TKE

Har bitta sharoshka tayanchidagi podshipniklar soni va konstruksiyasi sharoshka va burg’ilash kallagining shakli va o’lchamlariga ko’ra har xil bo’lishi mumkin. Konussimon sharoshkalar odatda ikkita-uchta yuritish podshipniklarida montaj qilinadi. Sharoshka tayanchidagi bitta-ikkita podshipnik ba’zan friksion (ishqalanma) bo’ladi. Qulfli podshipnik sifatida, sharoshkali burg’ilar tanyachlaridagi kabi, faqat zoldirli podshipniklar ishlaydi. Sharoshkalar nafaqat lapalar sapfalarida (2.10, a, b-rasm), balki o’qlarda ham o’rnatilishi mumkin. 2.10, a-g, 2.13, a va b-rasmlarda ko’rsatilgan konstruksiyalarda bitta sharoshka, halqasimon zaboyni buzishdan tashqari, kern va quduq devorini shakllantiradi. 2.11, a-g-rasmda ko’rsatilgan konstruksiyalarda ba’zi sharoshkalar (2.11, a1-rasm) burg’i o’qiga yaqinroq joylashgan, kernni parmalaydi va zaboyning unga tutash markaziy qismini parchalaydi, boshqalari esa (2.11, a2-rasm) periferiyaga qaragan bo’lib, zaboyning tashqi zonasini parmalaydi va quduqning stvolini kalibrlaydi. Shuning uchun birinchilari ichki va kern hosil qiluvchi sharoshkalar deyiladi, ikkinchilari esa tashqi va quduq hosil qiluvchi.




AMALIY MASHG’ULOT


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish