Tajriba ishi. 1-tajriba ishi. Burg’ulash uskunalari turlari va konstruktsiyalarini o’rganish (2 soat); Ishning maqsadi



Download 0,71 Mb.
bet1/16
Sana28.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#47671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
тажриба ва амалиёт


TAJRIBA ISHI.
1-TAJRIBA ISHI.

BURG’ULASH USKUNALARI TURLARI VA KONSTRUKTSIYALARINI O’RGANISH (2 SOAT);

Ishning maqsadi: burg’ulash uskunalari turlarini va konstruktsiyalarini o’rganish.

Nazariy qism.

Burg’ilash ishlarini o’tkazishning zamonaviy sharoitlarida “burg’i dastgohi”, “burg’i agregati” va “burg’i qurilmasi” tushunchalari mavjud. Burg’i dastgohi deganda quduqlar qazish uchun mo’ljallangan, jinslarni yemiruvchi asbobni, aylantiruvchi snaryadni quduqqa tushiruvchi va ko’taruvchi va boshqa vazifalarni bajaruvchi mashina tushuniladi. Burg’ilash nasosi va yurituvchi motor “burg’i dastgohi” tushunchasiga kirmaydi.



Burg’i agregati – bu quduqni burg’ilash uchun zarur bo’lgan asosiy mashinalar va mexanizmlar majmuasi. Bunga burg’i dastgohining o’zi ishga tushiruvchi qurilmasi bo’lgan yurituvchi motor, transmissiya, yuritmali yuvuvchi nasos, elektrogenerator kiradi.

Burg’i qurilmasi – bu quduqni qazish uchun zarur bo’lgan yer usti inshootlari, burg’ilash va energetika jihozlari majmuasi. Majmua tarkibiga burg’i agregati, minora (machta), burg’ilash binosi (pana joy), ko’chma elektrostansiya va boshqalar kiradi.

Burg’i qurilmalari iqlim, geologiya va yo’l sharoitlariga, shuningdek quduq tuzilishiga va burg’ilash maqsadalariga (qattiq foydali qazilmalarga, neft va gazga, suvga, geofizik tadqiqotlar o’tkazilishiga va b.) mos bo’lishi kerak.

Bunday turli burg’ilash sharoitlari munosabati bilan uchta parametrik (razmerni o’lchaydigan) qator ishlab chiqildi:

1. Qattiq foydali qazilmalarga burg’ilash uchun qurilmalar va dastgohlar (GOST 29233-91) (UKB va SKB turdagi).

2. Gidrogeologik quduqlarni burg’ilash uchun qurilmalar (GOST 28802-90) (UGB turdagi).

3. Geofizikaviy va tuzilmali-qidiruv quduqlarni burg’ilash uchun qurilmalar (GOST 16151-82) (URB turdagi).

Bugungi kunda, bozor iqtisodiyoti va kam sonli burg’ilash texnikasi bilan tashqillashtirish sharoitida bunday bo’lishlar o’z ma’nosini yo’qotgan. URB va UKB qurilmalari gidrogeologik quduqlarni burg’ilash uchun, URB qurilmalari esa qattiq foydali qazilmalarga quduq burg’ilash uchun muvaffaqiyatli qo’llanib kelmoqda.

Shu bilan birga burg’i qurilmalarini (agregatlar, dastgohlarni) tasniflashning asosiy mezoni sifatida aylantiruvchining turini olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir aylantiruvchi uchun o’z uzatish mexanizmlarining turlari va quvvatni ijro qismlariga uzatish usullari mavjud bo’lib, bu uning tuzilishdagi farqlarini belgilaydi.

Geologiya qidiruv burg’ilashning barcha ma’lum burg’i qurilmalari quyidagi asosiy turlarga bo’linishi mumkin (3.2-jadval).


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish