Tajriba ishi. 1-tajriba ishi. Burg’ulash uskunalari turlari va konstruktsiyalarini o’rganish (2 soat); Ishning maqsadi



Download 0,71 Mb.
bet3/16
Sana28.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#47671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
тажриба ва амалиёт

Yuritmaga qo’yiladigan talablar. Burg’ilash qurilmalarining ijro mexanizmlarini harakatga keltiruvchi dvigatellar va uzatish qurilmalari kuch yuritmasi deyiladi. Burg’ilash qurilmasining kuch yuritmasi moddiy jihatdan samarali, ishonchli va uzoqqa chidamli, boshqarishda oddiy va qulay, moslanuvchan tavsifga ega bo’lishi kerak. Tavsifning moslanuvchanligi – kuch yuritmasining valida burovchi moment o’zgarganda mexanizmning harakatlanish tezligini o’zgartirish qobiliyati. Aylanma burg’ilashga va burg’ilash qurilmasi energiyasining asosiy iste’molchilari – lebedkaga, aylantirgichga, burg’i nasoslariga ma’lum talablar qo’yiladi.

Lebedka (chigir) yuritmasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

- ko’tarish tezliklari va burovchi momentlari o’zgarishining talab qilinadigan diapazonini;

- ilgakka yuklamaning kamayishiga ko’ra ko’tarish tezligi ravon (yoki pog’onali) oshishini.

Aylantirgich (vrashatel) yuritmasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

- asosan diapazon ichida ravon o’zgarib, aylanish chastotasini rostlashning talab qilinadigan diapazonini;

- aylanish chastotasini amalga oshirish uchun dvigatelning quvvati yetarli bo’lsa, belgilangan aylanish chastotasining barqarorligini;

- talab qilinadigan aylanish chastotasini amalga oshirish uchun dvigatelning quvvati yetarli bo’lmasa, burovchi momentning o’sishiga ko’ra aylanish chastotasining avtomatik kamayishini.



Nasos yuritmasi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

- asosan diapazon ichida ravon o’zgarib, yuvish suyuqligini uzatishni rostlashning talab qilinadigan diapazonini;

- nasos valida burovchi moment ruxsat etilgan chegaralarda o’zgarganda uzatishning barqarorligini.

Burg’i qurilmalarining yuritmalari uch xil turda bo’ladi – yakka, guruhli, ko’p dvigatelli. Yakka yuritmada qurilmaning har mashinasi (dastgoh, nasos va b.) alohida dvigatelga ega. Guruhli yuritmada bitta dvigatel transmissiya orqali qurilmaning barcha mexanizmlarini harakatga keltiradi. Ko’p dvigatelli – mashinaning har bir ishchi organi (aylantirgich, lebedka va h.k.) dvigatel bilan jihozlangan yuritma.

Geologiya qidiruv burg’ilash qurilmalarining yuritmalarida o’zgaruvchan va o’zgarmas tok dvigatellari, ichki yonuv dvigateli (IYOD), pnevmatik va gidravlik dvigatellar qo’llanadi. Dvigatelning turi mahalliy energoresurslarni, transportda tashishni va yoqilg’i bilan ta’minlashni hisobga olib tanlanadi.

Ishlar bajariladigan uchastkada elektr uzatish liniyalari bo’lganda, bir qator afzalliklari: kichik vazni, yuqori FIK (96% gacha), yuqori qisqa muddatli o’tayo’qlanish koeffitsienti (1,8-2,0), ishda ishonchliligi, reversivlik, xizmat ko’rsatish va boshqarishning osonligi, shovqinsizlik - bo’lgan elektrodvigatellar qo’llanadi. Elektr tarmoq bo’lmaganda katta maydonda ko’plab burg’ilash qurilmalari ishlagan holda, ko’chma elektrostansiyalar ishlatiladi.

Geologiya qidiruv burg’ilash qurilmalarining yuritmalarida qattiq tavsifli uch fazali asinxron elektrodvigatellar qo’llanadi. Burg’i asbobining va lebedka barabanining aylanish chastotasi tezliklar qutisi yordamida pog’onali o’zgaradi.

Rostlanadigan yuritmalarda qidiruv burg’ilash qurilmalari uchun eng istiqbolli hisoblanadigan, o’zgarmas tok elektrodvigatellari qo’llanadi. Bunday yuritmalardagi tiristorli o’zgartirgichlar o’zgaruvchan tok o’zgarmas tokka aylanishini va dvigatel vali aylanishi chastotasini noldan maksimal ruxsat etilgangacha ravon rostlanishini ta’minlaydi, bu burg’ilash texnologiyasi talablariga to’liq javob byeradi. Yuritmaning bunday tizimida burovchi moment o’zgarmas saqlanib turadi, quvvat esa valning aylanish chastotasiga proporsional kamayadi. O’zgarmas tok dvigatellarining kamchiliklari – bu ularning qimmatligi, katta solishtirma vazni, elektr jihozlarining murakkabligi.

Tashqaridan energiya uzatilishini talab qilmaydigan ichki yonuv dvigatellari yakka va bir biridan hamda burg’ilash qurilmalari bazalaridan katta masofaga uzoqlashgan, kam o’zlashtirilgan hududlardagi burg’ilash qurilmalarining yuritmalari uchun ishlatiladi. IYODdan o’ziyurar burg’ilash qurilmalari harakatga keltiriladi. Burg’ilash qurilmalarining yuritmalarida dizel yoqilg’ida va benzinda ishlaydigan dizelli va karbyuratorli dvigatellar qo’llanadi. Dizelli dvigatellar tejamkor, uzoq xizmat qiladi, ishonchli. Karbyuratorli dvigatellar kamroq tejamkor, shuning uchun ular dvigatelning vazni katta ahamiyatga ega bo’lgan, borish qiyin hududlarda qo’llanadi. Asinxron elektrodviagtellarga nisbatan IYOD yuritmaning o’ta egiluvchanligini ta’minlaydi. IYOD ning kamchiliklari – past o’tayo’qlanish qobiliyati, mexanik transmissiyalarning murakkabligi, bevosita revyersivlikning imkoni yo’qligi, yuqoriroq shovqin darajasi, muntazam yoqilg’i etkazish va dvigatellarga maxsus xizmat ko’rsatishning zarurati.

Pnevmatik dvigatellar siqiq havo bilan markaziylashgan ta’minlashda, yer osti kon lahimlaridan quduqlar burg’ilash uchun jihozlar yuritmalarida qo’llanadi. Ularning aylanish chastotasi ravon rostlanadi, ular portlash jihatdan xavfsiz. Pnevmodvigatellarning asosiy kamchiligi – past FIK.

Gidravlik dvigatellar (gidroyuritma) ishchi mexanizmlar (aylantirgich, quvur burilishi va b.) yuritmasi uchun qo’llanadi. Gidroyuritmada birlamchi dvigatel vazifasini o’zgaruvchan tok asinxron elektrodvigateli yoki nasosni harakatga keltiruvchi IYOD bajaradi. Nasos ishchi suyuqlikni (sanoat yoki urchuq moyi) taqsimlovchi va rostlovchi qurilmalar orqali gidromotorlarga tortib chiqaradi, gidromotorda suyuqlik oqimining enyergiyasi valning aylanma harakatining mexanik energiyasiga o’zgaradi. Gidroyuritma oson boshqariladi, gidrodvigatel valining aylanish chastotasi reversivligini ta’minlaydi.



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish