AMALIY MASHG’ULOT № 2.
MAVZU: BURG'ILASH USKUNASI TURINI TANLASH VA HISOBLASH
(2 SOAT);
Ishning maqsadi: Burg'ilash uskunasi turini tanlashni va uni hisoblash tartibini o’rganish.
Nazariy qism.
Quduq burg'ilash uchun burg'ilash uskunasini tanlash – ko'p omilli masala bo'lib, uning yechimi quduqlarni muvaffaqiyatli o'tkazishga va ulardan maqsadli foydalanishga yordam beradi. Burg'ilash uskunalarini chuqurlikdan qat'i nazar aniq geologik-texnik sharoitlarni, quduqning oxirgi diametrini va eng yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga erishish uchun burg'ilash usullarini hisobga olib tanlash kerak. Burg'ilash uskunasining jamlamasiga kiradigan bitta burg'ilash stanogi (yoki burg'ilash uskunasining o'zi) burg'ilash sharoitlariga va usullariga ko'ra chuqurliklarning keng diapazonida samarali qo'llanishi mumkin. Uskunaning yuk ko'tarish qobiliyati quduqning konstruktsiyasini (tuzilishini) hisobga olib tanlanadi, quduqning tuzilishi burg'ilovchi va mustahkamlovchi quvurlarni tushirishda va ko'tarishda paydo bo'ladigan yuklamalarni belgilaydi.
Qattiq foydali qazilmalarga geologiya qidiruv quduqlarini burg'ilash diapazoni juda keng va bir necha metrdan bir necha ming metrgacha o'zgarishi mumkin. Ko'rsatilgan chuqurliklar diapazonida ST SEV 771-77 va ST SEV 770-77 quduqlarni tejamli burg'ilash maqsadida burg'ilash uskunalarining parametrik qatorini yaratish ko'zda tutilgan bo'lib, ular bir biridan asosiy parametrlari (yuk ko'tarishi, burg'ilash chuqurligi, quvvati va b.) bo'yicha sonli qiymatlari bilan farqlanadi.
Parametrik qator kolonkali burg'ilash uchun barcha uskunalarni 8ta sinfga bo'ladi va har bir sinfni asosiy parametrlarning 16 qiymati bilan tavsiflaydi. Asosiy parametr sifatida quduq burg'ilashning номinal chuqurligi olinadi. Xozirgi vaqtda foydalanuvchi va chuqur qidiruv burg'ilash, neft va gazga geologiya qidiruv burg'ilash va gidrogeologik quduqlarni burg'ilash uchun mo'ljallangan burg'ilash uskunalarining yana uchta parametrik qatori mavjud. Aytib o'tilgan qatorlarda asosiy parametr sifatida burg'ilash uskunasining yuk ko'tarish qobiliyati tanlangan.
Transportboplik bo'yicha burg'ilash uskunalarini tanlash, qidiruv-razvedka ishlarining yuqori tejamkorlik samaradorligini ta'minlash uchun, joyning rel`efini, burg'ilashning tog'-geologiya sharoitlarini, quduq chuqurligini, burg'ilanish bo'yicha tog' jinslarining toifasini, tog' jinsi parchalanishi usulini, mumkin bo'lgan burg'ilash tezliklarini, quduqlar orasidagi masofani, ta'mirlash xizmatining holatini, amortizatsiya sarflarini, atrof muhit va yer qa'ri muhofazasini hisobga olib amalga oshirilishi kerak.
“Ilgakda ruxsat etilgan yuklama” parametri, quduq qurishning butun sikli jarayonida har qanday texnologik operatsiyalarni bajarishda ortib ketishi mumkin bo'lmagan, ilgakdagi yuklamaning chegaraviy ruxsat etilgan qiymatini tavsiflaydi (quduqdagi burg'ilovchi kolonnaning, quduqga tushiriladigan mustahkamlovchi quvurlar vaznidan tushadigan vertikal yuklamalar, shuningdek avariyani va quduqdagi murakkabliklarni bartaraf qilishda paydo bo'ladigan yuklamalar).
Neft va gaz sanoatidagi xavfsizlik qoidalari nisbatlarni belgilaydi, ularga muvofiq burg'ilash kolonnasining vazni (havoda) “ruxsat etilgan yuklama” kattaligidan 0,6 dan oshmasligi kerak, mustahkamlovchi kolonnaning vazni esa ko'pi bilan 0,9. Bu nisbatlar murakkabliklarni bartaraf qilish uchun kolonnalarning mustahkamlik xususiyatlaridan maksimal mumkin bo'lgan foydalanish prinsipiga zid bo'lmaydi. Shunga qaramasdan bir qator holatlarda ular yuk ko'taruvchi va burg'ilovchi asboblar parametrlarining optimal nisbatini tanlashda to'sqinlik qilishi mumkin.
“Quduq burg'ilashda shartli chuqurlik” parametri har bitta holatda, burg'ilovchi quvurlar turi va vazniga va burg'ilash kolonnasini o'rnatishga ko'ra ko'rsatilgandan kamayish yoki ortish tomoniga farqlanishi mumkin. Biroq barcha hollarda quyidagi shart bajarilishi kerak:
Bu yerda Qб.к max– burg'ilash kolonnasining maksimal vazni; Nусл – burg'ilashning shartli chuqurligi; 300 – 1 m burg'ilovchi quvurning vazni, N/m.
Yuritmaning turi aniq bir hudud joylashishi darajasiga ko'ra tanlanadi.
Dengiz burg'ilash uskunasi (DBU)ning ratsional turini tanlash quyidagi ketma-ketlikda ko'plab mezonlarning muhimligidan va amaliy muvofiqligidan kelib chiqib amalga oshiriladi: DBU mobilligi, unda ishlashning va burg'ilovchi xodimlar bo'lishining xavfsizligi, ekologiya talablariga amal qilish, ishlar bajarilishi sifati, ish vaqtidan foydalanish koeffitsienti, texnik va iqtisodiy samaradorlik.
Burg'ilash uskunasi uning maksimal yuk ko'tarish qobiliyati bo'yicha tanlanadi [G], u eng og'ir burg'ilovchi yoki mustahkamlovchi quvurlarkolonnasining havodagi vaznini belgilaydi.
Qб.k yoki Qо.k ≤ [G]. (4.2)
Geotexnologik quduqlar qurish uchun maxsuslashtirilgan burg'ilash texnikasi yo'q. Shuning uchun bu maqsadlar uchun asosan rotorli burg'ilash uskunalari (4.2-jadvalga qarang), ularning modifikatsiyalari, shuningdek shpindelli aylantirgichlari bo'lgan burg'ilash stanoklari (ZIF – 650 M va ZIF-01200 MR) qo'llanadi. Ko'rsatilgan uskunalarni yer osti ishqor bilan yuvish sharoitlariga nisbatan modernizatsiyalash yo'nalishida ishlar olib borilmoqda.
Masala 4.1. БУ5000/320ЭР-0 burg'ilash uskunasi bilan 1 m burg'ilovchi quvurlarning vazni 270 va 360 N/m bo'lganda burg'ilash chuqurligi hisoblash kerak.
Yechim. Formula (4.1) bo'yicha
1 m burg'ilovchi quvurlarning vazni q=270 N/m bo'lganda ushbu uskuna bilan quyidagi
chuqurlikkacha burg'ilash mumkin:
1 m burg'ilovchi quvurlarning vazni q=360 N/m bo'lganda:
Masala 4.2. Quyidagi konstruktsiyali loyihaviy chuqurligi 4500 m bo'lgan quduqni burg'ilash uchun burg'ilash uskunasini tanlash kerak.
4.1-jadval
Mustahkamlovchi kolonnaning номi
|
Diametr, dk мм
|
Devorlar qalinligi, mm
|
Tushirish chuqurligi, m
|
1 m vazni, d, N/m
|
Konduktor
|
|
|
|
|
Oraliq
|
|
|
|
|
Foydalanuvchi
|
|
|
|
|
*1 m mustahkamlovchi kolonnaning o'rtacha qilib olingan vazni
Quduqni loyihaviy chuqurlikkacha burg'ilash uchun 127 mm diametrli burg'ilovchi quvurlar, 150 m uzunlikdagi va 178 mm diametrli UBT (dв.у=80мм, dу=1,53кН/м).).
Burg'ilash ishlari bajariladigan hudud elektroenergiya bilan ta'minlanmagan.
Yechim. Konduktorning vazni:
Oraliq kolonnaning vazni
Foydalanuvchi kolonnaning vazni
UBT bilan burg'ilovchi kolonnaning vazni
Ko'rsatilgan hisoblardan kelib chiqadiki, eng katta yuklama burg'ilash uskunasiga 244,5 mm
oraliq kolonna tushirilganda tushadi.
Borib-kelishni hisobga olganda maksimal yuklamalar quyidagicha bo'ladi:
eng og'ir mustahkamlovchi kolonnaning vaznidan
Ushbu quduqni burg'ilash uchun dizel`-gidravlik yuritmali БУ5000/320ДГУ-1 (4.3-jadval) uskunasidan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki eng og'ir mustahkamlovchi kollonadan tushadigan yuklama (MN) ruxsat etilgandan kamroq: 2,3<3,2.
Do'stlaringiz bilan baham: |