3.1-rasm. Minoraning balandligini aniqlash sxemasi.
Geologiya qidiruv burg'ilashda ko'tarishda burg'ilash quvurlarining og'irligidan Qном quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
Qном=αqlб.т.(1-)cosӨср(1+ftgӨср), H (3.4)
Bu yerda α – burg'ilash quvurlari birikmalarining og'irligini hisobga oladigan koeffitsient (α=1,05 – nippel birikma uchun: α=1,1 – mufta-qulfli birikma uchun); q – burg'ilash quvuri 1 m silliq qismining og'irligi, N/m; pm – quvurlar materialining zichligi (po'lat – pm=7850 kg/m3, yengil qotishmali – pm=2800 kg/m3); pж – yuvish suyuqligining zichligi, kg/m3; Oср=(Oн+Ok)/2 – quduqning o'rtacha zenit burchagi, grad.; On va Ok – quduqning boshlang'ich va so'nggi zenit burchaklari, grad.; f – burg'ilash quvurlari quduq devorlariga ishqalanish koeffitsienti (f=0,3 ÷0,35).
Maksimal yuk ko'tarish qobiliyati Qmax burg'ilash yoki mustahkamlash kolonnasini ko'tarishga qarshilik kuchini hisobga oladigan koeffitsientga ko'paytirilgan номinal Qном ga teng.
Qmax=kprQном, H (3.5)
100 m gacha chuqurlikdagi quduq uchun kpr=2,0; keyingilar uchun - kpr=1,6.
Tal tizimi arqonining bo'sh uchini mahkamlash usuliga ko'ra burg'ilash minorasi (machtasi) крonblok ramasiga yuklamalar ifodalardan hisoblanadi:
- arqonning uchi qo'zg'almas bo'lgan tal tizimining moslamasida
Q0=Qmax(), H (3.6)
- bo'sh uchi qo'zg'aluvchan blokda yoki крonblokda mahkamlanganda, qo'zg'almas tarmoqsiz moslamada
Q0=Qmax(), H (3.7)
Formulalar (3.6) va (3.7) ni solishtirganda ko'rinib turgandek, ilgakdagi yuklama bir xil bo'lganda крonblokka (minora, machta) arqonning qo'zg'almas uchisiz tal moslamasida eng kichik yuklama ta'sir ko'rsatadi. Biroq, bu holatda minora kamroq simmetrik yuklanadi, shuning uchun chuqur quduqlarni burg'ilashda arqonning tarmog'i qo'zg'almas bo'lgan moslamadan foydalanish kerak.
Machtaga maksimal ruxsat etilgan qisqa muddatli o'ta yuklanish formula bo'yicha hisoblanadi:
Qm=Rln(), H (3.8)
Bu yerda 𝜆=1,7÷2,2 – elektrodvigatelning qisqa muddatli o'ta yuklanishi (elektrodvigatelning pasportida ko'rsatiladi), 𝜆=1,1 IYOD uchun.
Ish jarayonida minoraga (machtaga) vertikal va gorizontal yuklamalar ta'sir ko'rsatadi.
Vertikal yuklama Рв minoraning asosida (kN)
Рв =Qкр+Qm+ Рх + Рн (3.9)
Bu yerda Qm – minoraning o'z vaznidan yuklama, kN; Рх va Рн – tal arqonining yuruvchi va qo'zg'almas uchlari vertikal tashkil etuvchilaridan yuklamalar (kN), ularning yig'indisi oddiy qilib formula bo'yicha hisoblanadi:
Рх + Рн =Qкр/tsh (3.10)
(tsh – tal blokining arqon shkivlari soni).
To'rt oyo’qli minoraning gorizontaliga γ burchak ostida qiyalangan, oyog'ining o'qi bo'yicha yo'nalgan kuch (kN)
Р1=Q0/4sinγ (3.11)
Bu yerda Qm – minoraning o'z vaznidan yuklama; γ =75÷80° - minora oyog'ining o'qi bilan uning pastki asosi tekisligi orasidagi burchak.
Minoraga ta'sir ko'rsatadigan gorizontal yuklama (kN),
Рг=Рсв+Рвет (3.12)
Bu yerda Рсв – shamlar vaznidan yuklamaning gorizontal tashkil etuvchisi, kN; Рвет – minora shamol bosimidan yuklama , kN.
Aytib o'tilgan yuklamalar formlalar bo'yicha hisoblanadi:
Рсв0.0025gMсв (3.13)
Рвет=qHSK0=q0CSnKob(1+£Kp) (3.14)
Bu yerda g – erkin tushish tezlanishi, m/s2; Mсв – shamlar og'irligi, kg; qn=q0S – minoraning yuzasiga normativ shamol yuklama si, kN; q0 – shamolning normativ tezlanish bosimi (Pa), tekshiriladigan joyda gidrometrologiya xizmatining ma'lumotlariga muvofiq olinadi (geografik joylashuviga ko'ra 10 m gacha yer yuzasidan balandlik uchun 265; 344; 442; 540; 686; 835 va 981 Pa ni tashkil qiladi; 10 m dan yuqori balandlik uchun tuzatish koeffitsientlari qo'llanadi: 1,35 – 20 m balandlik uchun; 1,8 – 40 m uchun; 2,2 – 100 m uchun; 3,0 – 350 m va yuqori uchun; tog' joylari uchun tuzatish koeffitsientlari gidrometeorologiya xizmatining ma'lumotlariga muvofiq olinadi, biroq ko'rsatilgan qiymatlardan kam emas); С – qurilish me'yorlari bo'yicha tanlanadigan aerodinamik koeffitsient (quvurli minoralar uchun С =1, prokatdan bo'lgan minoralar uchun С =1,4); S=SpKob – shamol uradigan minora maydoni; С n – minoraning shamol yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan va minoraning tashqi konturlari bilan cheklangan tekisligiga proeksiyasining to'liq maydoni; Kob – minoraning shamol uradigan maydoni to'lishini hisobga oladigan koeffitsient (minoraning qoplangan qismlari uchun Kоб=1, qoplanmagan qismlari uchun Kоб=0,15÷0,2); £ – minoraning o'z tebranishlari turiga va davriylikka T (s) bog'liq bo'lgan dinamiklik koeffitsienti (3.2-rasmda jadvaldan aniqlanadi); Kp – yer yuzidan balandlikka ko'ra shamolning tezlik bosimi pul`satsiyasi koeffitsienti (20, 40, 60 va 80 m): inshootlar uchun 0,35; 0,32; 0,28 va 0,25 ni tashkil qiladi, troslar va simlar uchun 0,25; 0,22; 0,20 va 0,18.
Do'stlaringiz bilan baham: |