Tajriba ishi. 1-tajriba ishi. Burg’ulash uskunalari turlari va konstruktsiyalarini o’rganish (2 soat); Ishning maqsadi


-jadval. Burg’i qurilmalari (dastgohlar, agregatlar) tasnifi



Download 0,71 Mb.
bet2/16
Sana28.04.2020
Hajmi0,71 Mb.
#47671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
тажриба ва амалиёт

2.1-jadval. Burg’i qurilmalari (dastgohlar, agregatlar) tasnifi

Aylantiruvchi turi

Burg’ilash usuli

Jinsni yemiruvchi asbob turi

Qazish joyini shlamdan tozalash usuli

Tashishga qulayligi

Shpindelli



Aylanma

Sharoshkali koronkalar va parrakli uskuna


To’g’ri va teskari yuvish, GJS,“quruqlay” burg’ilash

Ko’chmas o’zi yurar

Ko’chma



Zarbiy-aylanma

Havo-kuch zarbiy

Qo’zg’aluvchan



Aylanma

Sharoshkali koronkalar va parrakli uskuna, spiralsimon va qoshiqsimon burg’ilar

To’g’ri va teskari yuvish, GJS, shneklar, grunt moslamalar

Qismlarga ajraladigan

O’ziyurar




Zarbiy-aylanma

Havo-kuch zarbiy

Rotorli


Aylanma

Koronkalar, uskunalar


To’g’ri va teskari yuvish, GJS tozalash

Ko’chma

Qismlarga ajraladigan



Zarbiy-aylanma

Havo-kuch zarbiy

Undan tashqari mamlakatimizning burg’i qurilmalari quyidagi asosiy turlarga bo’lini mumkin:

1. Shpindelli aylantirgichli qurilmalar.

2. Aylanish chastotasi 1500-3000 ayl/daq gacha bo’lgan ko’chma aylantirgichli katta tezlikda aylanadigan past momentli burg’i qurilmalari.

3. Aylanish chastotasi 600 ayl/daq dan kam bo’lgan ko’chma aylantirgichli past tezlikda aylanadigan yuqori momentli burg’i qurilmalari.

4. Aylanish chastotasi 600-1200 ayl/daq va burovchi momenti 200-300 daN-m bo’lgan ko’chma aylantirgichli o’rta tezlikda aylanadigan yuqori momentli burg’i qurilmalari.

5. Rotorli aylantirgichli qurilmalar.

Har bir turdagi burg’i qurilmalari, ularning texnologik imkoniyatlarini va qo’llash sohalarini belgilaydigan, o’ziga xos tuzilish sxemasiga va texnik tavsiflar parametrlariga ega.

Hozirgi vaqtda (01.01.1997 y. holatiga) shpindelli turdagi qurilmalar keng tarqalgan bo’lib, ularning solishtirma og’irligi burg’ilash parkida 40% ga yetadi va rotorli – 33%. Ko’chma aylantirgichli qurilmalar 27%ni tashkil qiladi, garchi ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tayyorlash pallasida ushbu turdagi qurilmalar ko’p miqdorda mavjudligini aytib o’tish kerak.

Burg’ilash mashinasozligining rivojlanish tendensiyasini baholash uchun oxirgi 10 yilda burg’i qurilmalarining aylantirgich turiga ko’ra taqsimlanishi qanday o’zgarganini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, 01.01.1986 yilda shpindelli dastgohlar soni 76%ni, rotorli – 18%ni va ko’chma aylantirgichli – 6 %ni tashkil qilgan.

Aytib o’tilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, shpindelli dastgohlar ulushi sezilarli darajada qisqargan, ko’chma aylantirgichli va rotorli qurilmalar soni esa sezilarli darajada ortgan. Ko’chma aylantirgichli burg’i qurilmalarining ko’payishi (21%) ushbu qurilmalarning texnologik va ekspluatatsiya afzalliklariga bog’liq.

Quduqni burg’ilash uchun burg’i jihozlarini tanlash ko’p omilli vazifa bo’lib, uning yechimi quduqlarni muvaffaqiyatli qazishga imkon yaratadi va ularning maqsadli vazifalarini osonlashtiradi.



Burg’i qurilmasining aylantirgichi – burg’ilashda asosiy texnologik operatsiyalarni bajaradigan asosiy ishchi mexanizm. Uni tanlash burg’ilash usuliga, burg’i snaryadining turiga va quduqning geologiya kesimi xususiyatlariga bog’liq.

Shpindelli aylatirgich qattiq va o’rtacha qattiq tog’ jinslaridan iborat geologik kesimlarda, kichik diametrli quduqlarni olmosli burg’ilash uchun qurilmalarda keng qo’llanadi.

Shpindelli aylatirgichning afzalliklari – ixchamligi va shpindelning uzatish mexanizmi bilan konstruktiv bog’lanishining oddiyligi, va buning natijasida quduqni gorizontga turli burchaklar ostida burg’ilash imkoni.

Shpindelli aylantirgichning texnologik imkoniyatlari qattiq jinslarda kolonkali burg’ilash talablariga to’liq javob beradi: snaryadni qazish joyidan uzmasdan burg’ilash kolonnalarini uzaytirish olmosli koronkalar zaxirasini oshiradi va kern chiqishini ko’paytiradi; patronlarni qayta mahkamlashga ketadigan ish vaqtining kam sarfi va snaryadni uzaytirish burg’ilash tezligini oshiradi.

Shpindelli aylantirgichning asosiy kamchiligi – uzatish yo’lining kichik uzunligi (0,5-0,6 m). Yumshoq tog’ jinslarini burg’ilashda patronlarni qayta mahkamlash zarurati burg’ilash tezligini sezilarli darajada kamaytiradi va kern chiqishi foizini tushiradi.



Rotorli aylantirgich yumshoq va o’rtacha qattiq jinslarda tuzilma-qidiruv va gidrogeologik quduqlarni burg’ilashda qo’llanadigan o’ziyurar va ko’chma burg’i qurilmalarida keng qo’llanadi. Uning asosiy afzalligi – uzatish yo’lining katta uzunligi.

Rotorli aylantirgichli burg’i qurilmalari asosan kernsiz burg’ilashda ishlatiladi. Kernni saralab rotorli qurilmalar bilan burg’ilashda snaryadni uzaytirish snaryadni qazish joyidan uzish bilan bog’liq, bu kern shikastlanishiga, quduq devorlari buzilishiga va koronkaga kovlab borish kamayishiga olib keladi.

Rotorli qurilmalarni qo’llab olmosli burg’ilash kam hollarda (yuqori aylanish chastotalarini qo’llash imkonining yo’qligi, snaryadning qattiq titrashi, koronkaga o’qli yuklamani rostlashning qiyinligi, qiya quduqlarni burg’ilash imkonining yo’qligi) qo’llanadi.

Ko’chma aylantirgich. Ko’chma aylantirgichli burg’i qurilmalari quyidagi afzalliklari tufayli ilg’or burg’ilash usullaridan foydalanishda keng qo’llanadi:

- olinadigan kern qabul qilgichli snaryadlar bilan, kern gidro- va pnevmotransporti bilan burg’ilash, kernsiz burg’ilash, zaboy mashinalarini qo’llash va h.k. kabi, kernni qazib olish uchun burg’i quvurlarini ko’tarmasdan amalga oshiriladigan tezkor burg’ilash usullarida ular ko’proq samarani ta’minlaydi;

- qurilmalar burg’ilash uslublari bo’yicha universal, turli quvvatli gidromotorlarni o’rnatib yoki uzatmalarni almashtirish oddiy qutisini kiritib, aylantirgichdagi aylanish chastotalari va burovchi moment qiymatlarini keng ko’lamlarda o’zgartirish mumkin;

- shpindelli dastgohlar bilan solishtirganda gidravlik boshqariladigan dastgohlar bunday burg’ilash usullarida 30-40% ga samaraliroq, bu ularning yuqori bahosini qoplaydi;

- dastgoh konstruksiyasidan tez-tez ishdan chiqadigan mexanik uzellarning bir qatori olib tashlangan, bu stanokning xizmat ko’rsatish muddatini uzaytiradi.

Shu bilan birga ko’chma aylantirgichli dastgohlarda kamchiliklar ham mavjud:

- Shpindelli dastgohlarda yuritmali motor bilan aylantirgich orasidagi quvvatning yo’qolishi taxminan 10% ni, ko’chma aylantirgichli qurilmalarda esa – kamida 30% ni tashqil qiladi, bu gidravlik tizimdagi (gidromotorda, shlanglarda va b.) bosimning yo’qolishi natijasidir;

- dastgohlarda eng malakali burg’ilovchi xodimlar ishlashi va sifatli ta’mirlov bazasining mavjudligi talab qilinadi.

Har xil ma’lumotlar va qonunchilik materiallarida burg’ilash jihozlarini tanlash va parametrik qatorlarni tuzish asosiy parametr bilan belgilanadi, asosiy parametr sifatida ilgakdagi yuk ko’tarish qobiliyati, jinsni yemiruvchi asbobning so’nggi diametrida burg’ilash chuqurligi yoki belgilangan diametrli burg’ilash quvurlarini (po’lat yoki oson eruvchan) qo’llashdagi burg’ilash chuqurligi qo’llanadi.

“Yuk ko’tarish qobiliyati” atamasi asosan faqat burg’i qurilmasi uchun qo’llanishini, sanoat esa burg’i dastgohlari va burg’i agregatlarini ko’plab ishlab chiqarishini hisobga olib, mazkur ma’lumotnomada barcha burg’ilash jihozlari burg’ilash chuqurliklari bo’yicha guruhlarga bo’lingan.




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish