3.2-rasm. Dinamiklik koeffitsientini aniqlash uchun jadval.
Shamol yuklamasi tushishi nuqtasi (qoplangan burg'ilash minorasining pastki asosdan og'irlik markazigacha bo'lgan masofa) formulalar bo'yicha hisoblanadi (m):
to'rt oyo’qli minora uchun
uch oyo’qli minora uchun
Bu yerda H – minoraning to'liq baladnligi, m; b va b1 – minoraning oyo’qlari o'qi bo'yicha pastki va yuqori asoslarining tomonlari.
Neft va gazga burg'ilashda minoraga quyidagi yuklamalar ta'sir ko'rsatadi:
- minoraning vaznidan va unga montaj qilingan jihozlardan doimiy;
- burg'ilash jarayonida kattaligi bo'yicha o'zgaradigan foydalanuvchi.
Minoraning yuk ko'tarish qobiliyati va mustahkamligi vertikal va gorizontal kuchlar birligiga bog'liq.
Vertikal siquvchi kuchlar ilgakdagi yuklama, minoraning va uning jihozlarining vazni, tal arqonining yetakchi va qo'zg'almas tarmoqlari tarangligi bilan paydo bo'ladi. Minorani ag'darib tashlaydigan gorizontal yuklamalar – tal arqonining yetakchi va qo'zg'almas tarmoqlaridagi kuchlardan, burg'ilash kolonnasining barmoq ortida qiya o'rnatilgan shamlari og'irligidan va shamol ta'siridan gorizontal tashkil etuvchilardir.
Minoraning крonblok osti ramasiga vertikal yuklama:
qo'zg'almas ilgakda
(3.17)
qo'zg'aluvchan ilgakda
Bu yerda Rk – ilgakka ruxsat etilgan yuklama, N; Qт.с – tal tizimining (ilgak, tal bloki, arqon va крonblok) og'irligi, N.
Tal arqonining yetakchi va yetaklanuvchi torlari taranglashishidan крonblokka ta'sir ko'rsatadigan kuchning gorizontal tashkil etuvchisi:
qo'zg'almas ilgakda
ilgak harakatlanganda
Bu yerda va – arqonning yetakchi va qo'zg'almas torlari bilan minoraning vertikal o'qi orasidagi burchaklar.
Agar torlar bir biriga qarama-qarshi mahkamlangan bo'lsa, unda “minus” belgisi olinadi, lebedkada minoraning bir tomonidan bo'lsa – “plyus”.
Крonblokka arqonning yetakchi va qo'zg'almas torlari tarangligining tashkil etuvchisidan tushadigan gorizontal kuchlar 15 k/N dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Barmoq ortida o'rnatilgan shamlar og'irligi kuchining ta'siridan tushadigan gorizontal kuch
Bu yerda k – shamdondan barmoqqacha masofaning shamning uzunligiga nisbatini hisobga oladigan koeffitsient; Gсв – barmoq ortida o'rnatilgan shamlar og'irligi, N; α – shamlarning vertikalga og'ish burchagi, α=2÷4°.
Yuqorida aytib o'tilgandek, minoraga ta'sir ko'rsatadigan gorizontla shamol yuklamasi, burg'ilash uskunasi foydalaniladigan tabiiy iqlim sharoitlarga bog'liq. Ushbu yuklamaga shamol (tezlik) bosimi deb ataladigan, dinamik shamol bosimi ta'sir ko'rsatadi.
Ko'p yillik kuzatuvlar bo'yicha q0 270 dan 1000 Pa gacha atrofida o'zgarib turadi. Burg'ilash minoralarini hisoblash uchun q0 qiymatlari foydalanish joyidan qat'i nazar olinadi: q0=700 Pa – ishchi bo'lmagan holat uchun; q0=250 Pa – ishchi holat uchun; q0=150 Pa – montaj-transport holat uchun. Minora (machta)ning har bir seksiyasi uchun shamol bosimidan teng ta'sir ko'rsatuvchilar formula bo'yicha hisoblanadi
Bu yerda si – yer yuzasidan balandlikka ko'ra bosim ortishi koeffitsienti: <10m balandlikda si=1,0; 20m - si=1,25; 40m – 1,55; 100m – 2,1; – minora (machta)ning o'z tebranishlari davrini hisobga oladigan dinamik koeffitsient, aksariyat minoralar va machtalar uchun T<0,5s bo'lganda, 1 ga teng bo'ladi; T>0,5s bo'lganda, =2;Сa – aerodinamik koeffitsient, quvurli minoralar uchun Сa=1; profilli prokat uchun Сa=1,4; Si – panel (seksiya)ning minoraning o'qi bo'yicha o'tadigan vertikal tekislikka proeksiyasi
Bu yerda Fi – panelning umumiy maydoni, =0,15÷0,2 – panel to'lishi koeffitsienti, qoplangan minora uchun =1.
Shamdonga o'rnatilgan shamlar paketiga tushadigan shamol yuklamasini hisoblashda, paket ko'pi bilan 10m balandlikdagi uchastkalarga bo'linadi. Qoplama bilan to'silmagan har bir uchastka uchun shamol yuklamasi formula bo'yicha hisoblanadi
Bu yerda 1,4 – shamlar paketining aerodinamik koeffitsienti; fi – shamlar paketining qoplama bilan to'silmagan uchastkasining maydoni, m2.
Shamol yuklamasi paketning uchastkalari ochiq qismlaridagi geometrik markazlarida qo'llanadi.
Qoplama bilan to'silmagan, shamlar paketi uchastkalarining maydonini aniqlash uchun so'nggi chuqurlikdagi quduqni burg'ilash uchun zarur bo'lgan shamlar soni hisoblanadi
Bu yerda lС – shamning uzunligi, m.
Shamlar sonini bilib, shamlar paketining enini hisoblaymiz:
Bu yerda k – har bir quvur uchun zaxirani hisobga oladigan koeffitsient, k=1,15÷1,25; dt – burg'ilash quvurining diametri, m; n1 – qatordagi shamlar soni.
Shunda qoplama bilan to'silmagan, shamlar paketi uchastkasining maydoni:
Bu yerda h1 – shamlar paketi ochiq qismi uchastkasining balandligi, m.
Minoraning yuk ko'tarish qobiliyatiga va turg'unligiga shuningdek minora asosining mustahkamligi ta'sir ko'rsatadi. Minoraning oyoqlari ostidagi fundament tumbaning pastki asosi maydoni S (m2):
(3.28)
Bu yerda Rf – burg'ilash minorasi har bir fundament tumbaga uzatadigan kuch, kN; Mf=2000÷3000 kg – beton tumbaning og'irligi; []гр – gruntga tushadigan ruxsat etilgan solishtirma yuklama, Pa.
Har xil gruntlar uchun MPa dagi []гр qiymatlari quyida ko'rsatilgan.
Shag'al..............................................0,4-0,6
Graviy va gal`ka ..............................0,5-0,6
Suglinok ...............................
qattiq holatda ..........................0,25-0,4
elastik holatda .........................0,1-0,25
Gil
qattiq holatda ..........................0,3-0,6
elastik holatda .........................0,1-0,25
Qum
quruq .......................................0,2-0,3
nam..........................................0,15-0,25
suv bilan to'yingan..................0,08-0,25
graviyli....................................0,35-0,45
Tumbaning pastki asosining tomoni (m)
Minorani qismlarga bo'lmasdan xavfsiz tashish uchun hisoblar orqali olinadigan quyidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak:
minorani tashish uchun zarur bo'lgan yuk tortish kuchi (kN)
Bu yerda Mв – tashiladigan minoraning og'irligi, kg; k – chana gruntga kirib ketishi ehtimolini hisobga oladigan koeffitsient, k=1,3÷1,4; αt – minorani siljitish trassasi bo'yicha ko'tarishning maksimal burchagi; fn=0,2÷05 – minoraning sirg'alib yuruvchi qismi yuzaga ishqalanishi koeffitsienti (o't qoplama uchun fn=0,3); minorani tashish uchun traktorlar soni
Bu yerda vtr=1÷3 m/s – traktorni siljitish tezligi; Nтр– traktor dvigatelining quvvati, Vt; Nтр=0,7÷0,8 – traktor FIK.
Shamol yuklamasi ta'sirida minora ag'darilishga intiladi. Uning turg'unligi uchun ag'daruvchi moment Whw tiklash momenti Gв dan oshmasligi kerak, ya'ni [8,21,26] sharti bajarilishi kerak.
Bu yerda s – minora asosining tomoni o'lchami (3.3-rasm); Gв – minoraning vazni; W – minora (machta)ga to'liq shamol yuklamasining yo'nalishi,minoraning shamolga ro'para tekisligiga me'yorda hisoblanadi; hw – yuklama W tushish nuqtasi.
Ag'daruvchi moment tiklovchidan katta bo'lsa, minoraning diagonal tekisliklarida joylashgan rastyajkalar bilan minorani mahkamlash kerak. Rastyajkalarning bunday joylashuvi minoraning har qanday shamol yo'nalishida turg'unligini ta'minlaydi. Cho'zuvchi arqonga (rastyajkaga) ta'sir ko'rsatadigan kuchni minoraning ag'darilish qirrasiga nisbatan muvozanati shartidan hisoblash mumkin:
Bu yerda hр – minora asosidan rastyajkalarni minoraga mahkamlash tekisligigacha bo'lgan masofa;
, – rastyajkalar og'ishi burchaklari.
Masala 3.6. Ilgakdagi yuklama Qкр=81,4 kN bo'lganda, 1100 m chuqurlikdagi quduq uchun burg'ilash minorasini va uning tal tizimini tanlash kerak; quduqni burg'ilash uchun burg'ilash stanogi ZIF-1200MR ishlatiladi.
Yechim. k=1,25, shamning uzunligi esa ls=18,6m, shunda minoraning taxminiy balandligini
formula (3.2) bo'yicha hisoblaymiz.
10m>
Do'stlaringiz bilan baham: |