Telegram kanalimiz:
@Onatilirgn
Ona tili va adabiyoti (1-30)
1. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo`l qo`yilgan gap
ishtirok etgan?
A) Inson Oy yuzasini sinchiklab tadqiq qilgach, u
haqida ko`pgina qiziq narsalarni bilib oldi
B) Bobur halloslab yugurib keldi va shoshib-pishib
voqealarni birma-bir ayta boshladi
C) U barqut bolishga horg`in suyangan ko`yi asta
o`yga toldi
D) Alisher Navoiyning asarlari o`zbek tilini baland
pag`onaga ko`tardi
2. Siz ikki jirkanch o`g`il
Qaytmadingiz bu ishdan —
Eng og`ir gunoh bo`lmas
Ota qabrin buzishdan. Tobe bog`lanishlar haqida
qaysi fikrlar to`g`ri. 1) son yasama sifatga
bog`langan; 2) olmosh to`ldiruvchiga bog`langan; 3)
belgisiz kelishik shakli nomustaqil bo`lak tarkibida;
4) barcha holatlarda gap bo`laklari kesimga bevosita
tobelangan.
A) 2 B) 1, 2, 3 C) 3, 4 D) 1, 2
3. Quyidagi keltirilgan gapning egasi qaysi so`z
turkumi bilan ifodalangan?
Atrof sokinligini chigirtkalarning chirillashi buzardi.
A) ot B) taqlid so`z C) fe‘l D) sifat
4. Qaysi qatordagi ma‘nodosh so‘zlar sifat
turkumiga mansub?
A) chiroy, husn, ko‘rk
B) shamol, to‘fon, yel
C) vazifa, topshiriq, majburiyat
D) ulug‘, buyuk, ulkan
5. Shaxs-son ma‘nosini ifodalovchi –man, -san, -
miz, -siz qo`shimchalari fe‘lning qaysi shakllaridan
keyin qo`shilmaydi?
A) hozirgi zamon hamda buyruq-istak mayli
shakllaridan so`ng
B) kelasi zamon hamda buyruq-istak shakllaridan
keyin
C) o`tgan zamonning –b(-ib) shakllaridan so`ng
D) o`tgan zamonning –di, shart maylining –sa
shakllaridan keyin
6. Yasalish asosi ot bo`lmagan yasama so`zni
aniqlang?
A) gulchilik
B) sanoqsiz
C) bilimdonlik
D) bog`dorchilik
7. Qaysi qatordagi ergashgan qo`shma gapning
ergash gapi tarkibida otlashgan sifat ishtirok etgan?
A) To`g`ri so`z qilichdan o`tkir, shuning uchun
hamisha rost so`zlashga odatlan
B) Ahmoqning yuragi og`zida, aqllining tili esa
yuragida bo`ladi
C) Olloyorning eng zo`r sifati shuki, uning qo`lida
yig`layotgan chaqaloqlar ham birdan yupanadi-
qoladi
D) Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so`z
uqtirgandan ko`ra yelkada tosh tashish afzal
8. Berilgan gaplardan qaysi birida yaqindan so`zi
ravish holi vazifasida kelgan?
A) Ular yaqindan shu yerda yashay boshlashdi
B) Yaqindan musiqa ovozi eshitildi
C) Boshga ish tushganda yaqindan yordam berish
do`stlikning birinchi shartidir
D) yaqindan so`zi ravish holi bo`la olmaydi
9. Qaysi gapda hosil bo`lish usuliga ko`ra bir
guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan yasama so`z
mavjud?
A) Bitmas-tuganmas bilimning tagida serg`alva
mehnat yotadi
B) Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga
C) Tashvishsiz bosh qayda, bemehnat osh qayda?
D) Tinchlik deb kurashgan ota-bobolarimiz ruhi
qalbimizda barhayot yashaydi
10. bajarmoq so`zi quyidagi qaysi so`zlar bilan
sinonim bo`la oladi. 1) ado etmoq; 2) o`rinlatmoq;
3) do`ndirmoq; bitirmoq; 4) bajo qilmoq; 5)
o`tamoq.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 4 D) 3, 4, 5
11. Qaysi qatorda qo`llangan undalma
tinglovchining diqqatini tortishga xizmat qilgan?
A) Nimalar haqida surasan xayol, so`yla, majnuntol?
B) Qo`y, xotin, ko`pam zorlanma.
C) Bor ekansiz-ku, Qobiljon aka!
Telegram kanalimiz:
@Onatilirgn
D) Paxtakorlar, go`zaga ishlov berishni
kuchaytiringiz!
12. Jo`nalish kelishigidagi ismlar bilan birga
qo`llana oladigan ko`makchilar berilgan qatorni
toping?
A) ko`ra, qaramay, yarasha, bo`ylab, muvofiq
B) qaramay, asosan, doir, tomon, uzra
C) ko`ra, yarasha, asosan, qarab, sari
D) tomon, yarasha, muvofiq, doir, asosan
13. Kichkintoylar nutqida Sog’likda ko’rishaylik!