xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab
chiqish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomga
1-ILOVA
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari to‘g‘risida
ma’lumotlar
O‘zbekiston Respublikasida xavfli
ishlab chiqarish obyektining sanoat
xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab
chiqish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomga
2-ILOVA
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi tuzilishiga talablar
1. Deklaratsiya quyidagi tarkibiy elementlarni o‘z ichiga oladi:
titul varaq;
deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
mundarija;
1-bo‘lim “Umumiy ma’lumotlar”;
2-bo‘lim “Xavfsizlik tahlili natijalari”;
3-bo‘lim “Sanoat xavfsizligi talablarini ta’minlash”;
4-bo‘lim “Xulosalar”;
5-bo‘lim “Vaziyat rejasi”.
Deklaratsiyaga ilovalar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1-ilova “Hisob-kitob-tushuntirish xati”;
2-ilova “Axborotnoma”.
1.1. Titul varaq deklaratsiyaning birinchi sahifasi hisoblanadi va hujjatni ishlab chiqish va
qidirish uchun zarur bo‘lgan axborotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Titul varaqda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
a) deklaratsiya qilinayotgan obyektdan foydalanuvchi tashkilotning
rahbari yoki loyihaning
buyurtmachisi tomonidan deklaratsiyani tasdiqlash grifi;
b) tarkibiga deklaratsiyalanadigan obyekt kiradigan tashkilot tomonidan belgilanadigan
ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami;
Oldingi
tahrirga qarang.
v) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami;
(1.1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi
195-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
g) deklaratsiyalanayotgan obyektning (bitta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) yoki
deklaratsiyalanayotgan obyektlarning (bir nechta obyekt deklaratsiyalangan taqdirda) aniq nomi
ko‘rsatilgan holda deklaratsiyaning nomi, shuningdek tashkilotning nomi;
d) deklaratsiyalanayotgan obyektning xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestridagi
ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami;
e) deklaratsiyalanayotgan obyektning joylashgan joyi va deklaratsiya tasdiqlangan yil.
1.2. Deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
a) deklaratsiyani ishlab chiqqan tashkilotning
nomi va unga ilovalar, uning pochta manzili,
telefoni, faksi, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash bilan bog‘liq faoliyat turini amalga oshirish
Tashkilotning
to‘liq nomi
Tashkilotning to‘liq
pochta manzili,
telefoni, faksi
Yuqori
tashkilot
(idora), mavjud
bo‘lsa
Obyektning
to‘liq nomi
Obyektning
joylashgan
joyi
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining
4-
moddasiga
muvofiq obyektning xavflilik belgilari
Xavfsizlik
deklaratsiyalangan
yil
1
2
3
4
5
6
7
huquqi uchun litsenziya va/yoki ruxsatnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda faoliyat turining nomi,
litsenziyaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartib raqami va berilgan sanasi ko‘rsatiladi;
b) bajaruvchilarning ro‘yxati, unda deklaratsiyani ishlab chiqishda qatnashgan shaxslarning
familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va ish joyi ko‘rsatiladi.
1.3. Mundarijada deklaratsiyaning barcha bo‘limlari nomi, ushbu elementlar boshlanadigan
sahifalar ko‘rsatiladi:
1.4. 1-bo‘lim “Umumiy ma’lumotlar” quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) tashkilotning rekvizitlari (tashkilotning to‘liq va qisqartirilgan nomi,
yuqori organning,
vazirlik yoki idoraning, kompaniya, konsernning (ular mavjud bo‘lsa) nomi, ularda tashkilot
rahbarlarining manzili, telefoni,
familiyasi va lavozimi, tashkilotning to‘liq pochta manzili, telefoni,
faksi va teletaypi, tashkilot faoliyatining deklaratsiyalanayotgan obyektdan foydalanish bilan bog‘liq
bo‘lgan asosiy yo‘nalishlarining qisqacha ro‘yxati);
b) deklaratsiyalashning asoslanishi (xavfli ishlab chiqarish obyektining deklaratsiyalanayotgan
obyektlarga tegishliligiga asos bo‘lgan xavfli moddalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar,
deklaratsiyani ishlab chiqish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishiga asos bo‘lgan normativ huquqiy
hujjatlar ro‘yxati);
v) joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (deklaratsiyalanayotgan obyekt joylashadigan joy
tavsifi,
hududning hajmi va chegaralari, deklaratsiya qilinayotgan obyektning sanitariya-himoya
va/yoki qo‘riqlanadigan zonalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
g) xodimlar va aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (deklaratsiya qilinayotgan obyekt xodimlarining
umumiy soni va eng ko‘p ishlaydigan smenasining soni, eng yuqori darajadagi gipotetik
avariyaning shikastlovchi omillari ta’sir ko‘rsatadigan zonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqin-
atrofdagi yirik tashkilotlar va aholi punktlari ro‘yxati, unda xodimlar va aholi soni ko‘rsatiladi);
d) faqat faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlar uchun ko‘rsatiladigan sug‘urta ma’lumotlari
(sug‘urtalovchi tashkilotning nomi va manzili, shuningdek uning sug‘urta litsenziyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, sug‘urta summasi miqdori ko‘rsatilgan holda sug‘urta shartnomalari ro‘yxati).
1.5. 2-bo‘lim “Xavfsizlik tahlili natijalari” quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
a) deklaratsiya qilinayotgan obyektni identifikatsiya qilishda hisobga olinadigan xavfli
moddalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xavfli moddaning nomi, moddaning xavflilik darajasi va odam
organizmiga ta’sir ko‘rsatish xarakteri);
b) texnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (asosiy
texnologik potoklar sxemasi, u blok-
sxemadan iborat bo‘ladi, sxemada xavfli moddalarning nomlari va ularning deklaratsiyalanayotgan
obyektning texnologik tizimida ko‘chish yo‘nalishlari ko‘rsatiladi, shuningdek xavfli moddalarning
taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda texnik qurilmalarda — apparatlarda (idishlarda),
quvurlarda bo‘ladigan xavfli moddalarning umumiy miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud
bo‘ladi, ularning bitta idishdagi yoki eng yuqori sig‘imli quvur uchastkasidagi eng yuqori miqdori
ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar deklaratsiyalanadigan obyektning barcha tarkiblari uchun xavfli
moddaning eng yuqori reglamentli miqdorlari bo‘yicha ko‘rsatiladi);
v) xavf tahlilining asosiy natijalari (avariyalar kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlari tahlili
natijalari, avariyalar xavfini baholash natijalari).
Avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlari tahlili
natijalari quyidagilardan
iborat bo‘lishi kerak:
1) avariyalar omillari va ularning kelib chiqishi va rivojlanishiga ko‘maklashadigan asosiy
sabablar ro‘yxati;
2) eng katta va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar ssenariylarining qisqacha tavsifi.
Avariyalar xavfini baholash natijalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
1) xavfni baholashda qo‘llanadigan hisob-kitob modellari va metodlari ro‘yxati;
2) avariyada qatnashadigan xavfli moddalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) shikastlovchi omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan zonalar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) jabrlanishi mumkin bo‘lganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
6) xodimlarga, aholiga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan hamda mol-mulkka va atrof tabiiy
muhitga yetkaziladigan ziyon to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
1.6. 3-bo‘lim “Sanoat xavfsizligi talablarini ta’minlash” quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: