sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga hisob-kitob-tushuntirish xati — avariya xavfining asosli
bahosi va avariyalarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning
yetarliligini asoslovchi
materiallar keltirilgan hujjat;
avariya ssenariysi — aniq xavfli oqibatlarga sabab bo‘luvchi avariyalarga olib keladigan, aniq
tashkil etiladigan voqea sabab bo‘ladigan alohida mantiqan bog‘liq voqealarning izchilligi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi
talablariga muvofiqligini baholash;
Oldingi
tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektining ekspertiza xulosasi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda
deklaratsiya ekspertizasi deb ataladi) — natijasi ekspertiza xulosasi hisoblanadigan ekspertiza
xulosasining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
(3-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-
iyundagi 111-son
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
ekspert tashkiloti — belgilangan tartibga muvofiq ekspertiza o‘tkazish huquqi yuzasidan
akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilot.
II. Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari
4. Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarining birinchi tipiga muvofiq
bo‘lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko‘rsatayotgan xavfli ishlab
chiqarish obyektlari sanoat
xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli bo‘ladi.
Boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ixtiyoriy
asosda amalga oshiriladi.
5. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiya
qilish xavfli ishlab chiqarish obyektidan
foydalanuvchi tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi
ekspertizasini o‘tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo‘lgan
ekspert tashkiloti tomonidan
amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
6. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obyekti identifikatsiya
qilingan taqdirda tashkilot rahbari ushbu obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarni favqulodda vaziyatlar
bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga va O‘zbekiston Respublikasi
Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va kon-texnik inspeksiyalariga,
yuqori tashkilotga, vazirlik
yoki idoraga (mavjud bo‘lganda) hamda xavfli ishlab chiqarish
obyekti joylashgan hududdagi
mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi. Ma’lumotlar ushbu Nizomga
1-ilovada
keltirilgan
shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
7. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat
xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va kon-texnik inspeksiyalari har yili
o‘zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish
obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan axborot taqdim etadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat
xavfsizligi davlat qo‘mitasi o‘zlarining bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni hisobga
olgan holda xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari ro‘yxatini
shakllantiradilar va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Do'stlaringiz bilan baham: