Tadbirlar haqida


IV. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta ko‘rib chiqish



Download 393,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana13.04.2022
Hajmi393,88 Kb.
#548182
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
271-сон 10.12.2008. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida

IV. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini qayta ko‘rib chiqish
21. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi:
1) sanoat xavfsizligini, avariyalarni lokalizatsiya qilish va avariya oqibatlarini bartaraf etishni
ta’minlashga ta’sir ko‘rsatadigan sharoitlar o‘zgarganda kechi bilan 1 yil muddatda;
2) sanoat xavfsizligi, avariyalarni lokalizatsiya qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish
sohasidagi amalda bo‘lgan talablar (qoidalar va me’yorlar) o‘zgarganda kechi bilan 1 yil muddatda;
Oldingi
 tahrirga qarang.


3) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat
xavfsizligi davlat qo‘mitasining qo‘shma qarori qabul qilinganda ushbu qarorlarda nazarda tutilgan
muddatlarda qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
(21-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi
195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
22. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi 5 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
V. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini taqdim etish
23. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki
undan foydalanishni nazarda tutuvchi tashkilotlar tomonidan ekspertiza o‘tkazilgandan keyin
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat yoki xizmat sirlari bo‘lgan ma’lumotlarni muhofaza
qilish talablariga rioya qilgan holda mazkur Nizomning 
24-bandida 
ko‘rsatilgan hajmda davlat
organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etiladi.
24. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi yoki undan foydalanishni nazarda
tutuvchi tashkilot rahbari:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) ekspertiza xulosasini rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir oy muddatda sanoat xavfsizligi
deklaratsiyasini favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmaga, O‘zbekiston
Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi va kon-texnik
inspeksiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi
Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga va deklaratsiya qilinayotgan xavfli ishlab chiqarish obyekti
joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi.
(24-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi
195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini asoslangan so‘rovlar bo‘yicha davlat boshqa organlariga
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
(24-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi
195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
v) sanoat xavfsizligi deklaratsiyasining axborot varaqasini jamoat birlashmalari va fuqarolarga
ularning asoslangan so‘rovlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi
va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etadi;
(24-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi
195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
g) rasmiy vakillarning deklaratsiyadan foydalanishini ta’minlaydi.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 111-son 
qaroriga
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)

Download 393,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish