O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA”GI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-
TADBIRLAR HAQIDA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash,
avariya va jarohat
yetkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi
sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar
va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish
obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini
shakllantirish
va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, “Xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi
Qonunga
muvofiq
boshqa shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish
obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilish maqsadida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
1-ilovaga
muvofiq;
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi to‘g‘risidagi
Nizom
2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat
tizimini shakllantirish va
rivojlantirish
konsepsiyasi
3-ilovaga muvofiq;
Oldingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat
organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
4-ilovaga
muvofiq.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi
111-son
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 185-modda)
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti,
sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar
yetkazganlik uchun fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi
Nizom
5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
2009-yil 1-iyuldan boshlab xavfli ishlab chiqarish obyektining loyiha hujjatlari sanoat xavfsizligi
ekspertizasining ijobiy xulosasi “Davarxitektqurilishnazorat” boshqarmasi organlarida qurilish
obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda va qurilish-montaj ishlarini boshlashga ruxsat berishda majburiy
hujjat hisoblanadi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti bilan xavfli ishlab
chiqarish obyektdan foydalanayotgan (foydalanishni mo‘ljallayotgan) tashkilot o‘rtasidagi
shartnoma asosida amalga oshiriladi;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish muddati sanoat xavfsizligi
sohasidagi normativ-
huquqiy va normativ texnik hujjatlarga muvofiq zarur materiallar va hujjatlar turkumi olingan
paytdan boshlab hamda ekspertiza o‘tkazishning boshqa barcha shartlari bajarilgach 3 oydan ortiq
bo‘lmasligi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-
martdagi 195-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y.,
09/19/195/2712-son)
sanoat xavfsizligi ekspertizasi
tizimini joriy etish, uning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini,
sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta
tayyorlashni ta’minlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishgan holda ekspert
tashkilotlari akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi va ular faoliyati ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruv
o‘tkazilganligi uchun haq to‘lash
tartibini
ishlab chiqsin;
uch oy muddatda sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish, sanoat xavfsizligi sohasida
ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyadan o‘tkazilgan ekspert
tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruv o‘tkazish qoidalari, xavfli ishlab chiqarish
obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlar xodimlarini tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazish
tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirayotgan ekspert
tashkilotlariga va sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
6-ilovaga
muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar
kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda sanoat xavfsizligi masalalarini
tartibga soladigan
idoraviy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazsinlar va ularni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar hamda
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.