Tadbirlar haqida


Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi tuzilmasi



Download 393,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/33
Sana13.04.2022
Hajmi393,88 Kb.
#548182
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
271-сон 10.12.2008. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida

Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi tuzilmasi
Oldingi
 tahrirga qarang.


(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli 
qarori 
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-
dekabrdagi 271-son 
qaroriga 
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va
rivojlantirish
KONSEPSIYASI
I. Umumiy qoidalar
Sanoat ishlab chiqarishi sohalaridagi ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishining sezilarli sur’atlari
hamda ishlab chiqarish obyektlarining yuqori foydalanish ishonchliligini qo‘llab-quvvatlash
vazifalarini hal etish zarurligi nazoratning putur yetkazmaydigan usullarini takomillashtirish va
yanada keng qo‘llashni talab etadi. Putur yetkazmaydigan usullar kompleksidan oqilona
foydalanish mahsulotning ishonchliligi va sifatini oshirish imkonini beradi, murakkab
agregatlarning texnogen avariyalari va halokatlarining oldini oladi hamda ishlab chiqarishga juda
katta iqtisodiy afzallik beradi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur
yetkazmaydigan nazorat sohasidagi faoliyatni tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik ta’minlashni doimiy
ravishda takomillashtirib borish asosida uning yo‘nalishlarini asosli belgilash, xodimlar malakasini,
laboratoriyalar vakolatliligini, putur yetkazmaydigan nazoratning metodik hujjatlari va vositalari
texnik darajasini oshirish, putur yetkazmaydigan nazorat tizimi qoidalari va tartib-qoidalarini putur
yetkazmaydigan nazorat bo‘yicha jahon standartlari talablari va mezonlariga uyg‘unlashtirish
maqsadida ishlab chiqilgan.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur
yetkazmaydigan nazorat sohasida normativ-huquqiy, normativ va texnik hujjatlarni ishlab chiqish,
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining texnik, sanoat va radiatsion xavfsizligini, shu jumladan
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, ularning mol-mulki, atrof muhitning xavfsizligini ta’minlash,
shuningdek ishlab chiqarish obyektlaridan chiqadigan texnogen xavflardan sanoat va radiatsiya
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha putur yetkazmaydigan nazorat sohasida maqsadli dasturlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasining
huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi
, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya, yer
osti boyliklarini muhofaza qilish, sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, putur yetkazmaydigan nazorat sohasida texnik siyosat va munosabatlar masalalarini
tartibga soladigan xalqaro shartnomalar va bitimlar, sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash
sohasidagi normativ hujjatlar va hokazolar tashkil etadi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish putur yetkazmaydigan nazorat
natijalarining eng ko‘p darajada samaraliligi va ishonchliligini belgilab beradigan omil sifatida putur
yetkazmaydigan nazoratni tashkil etishga kompleks yondashish zarurligi bilan belgilanadi.


Mahsulotlarning sifati va ishonchliligi darajasini, shu jumladan ishlab chiqarish obyektlarida
qo‘llaniladigan va ishlatiladigan texnik qurilmalar, binolar va inshootlarning foydalanish xavfsizligini
oshirish putur yetkazmaydigan nazorat tizimining maqsadi hisoblanadi. Bunga putur
yetkazmaydigan nazoratning ishonchliligi, takrorlanishi, qiyoslanishini ta’minlash hamda sanoat va
radiatsiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida va muqobil qarorlar qabul qilish hisobiga
erishiladi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi putur
yetkazmaydigan nazorat tizimining asosiy maqsadlari va vazifalarini, tuzilmasini, shuningdek uni
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.

Download 393,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish