Tadbirlar haqida



Download 393,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana13.04.2022
Hajmi393,88 Kb.
#548182
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
271-сон 10.12.2008. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida

Oldingi
 tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga Ekspertiza tizimi qoidalari va
nizomlarini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-
fevraldagi 161-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y.,
09/19/161/2600-son)
zamonaviy xalqaro talablarga javob beradigan Ekspertiza tizimini tashkil etishga doir tashkiliy
ishlarni amalga oshirish.
13. Quyidagilar metodik kengashning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-texnik, tashkiliy-metodik va boshqa
hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga doir takliflar kiritish;
har xil tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
tashkiliy-metodik va boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish;
amal qilish muddati tamom bo‘lgan normativ texnik hujjatlarga tuzatish kiritish, amal qilish
muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari faoliyatiga tegishli bo‘lgan normativ texnik hujjatlarning
amalga kiritishga tayyorligi bo‘yicha tavsiyalar va asosli xulosalar kiritish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi ekspertizasi sohasida ishlarni tashkil etish va amalga oshirish masalalari
bo‘yicha sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organiga takliflar kiritish va ularni
muhokama qilish;
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-
fevraldagi 161-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y.,
09/19/161/2600-son)
sanoat xavfsizligi sohasida, shu jumladan Ekspertiza tizimi sohasida normativ baza hisobga
olinishi va dolzarblashtirilishini tashkil etish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning xodimlarini, shuningdek
sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Metodik kengashning ishchi organi funksiyasini O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi
davlat qo‘mitasining “Kontexnazorato‘quv” davlat unitar korxonasi uning inspeksiyalari bilan
birgalikda bajaradi.
(13-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-
martdagi 195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y.,
09/19/195/2712-son)
14. Quyidagilar normativ hujjatlar bilan ta’minlash komissiyasining asosiy funksiyalari
hisoblanadi:
Ekspertiza kengashi qatnashchilari faoliyatining tartibga soluvchi hujjatlar talablariga
muvofiqligini tasdiqlaydigan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
sanoat xavfsizligi, shu jumladan Ekspertiza tizimi sohasida yagona, tashkiliy va tarmoq
qoidalari ishlab chiqilishi va qayta ko‘rib chiqilishini tashkil etish.


15. Quyidagilar akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
ular asosida ekspertiza o‘tkaziladigan normativ texnik hujjatlarni, normativ-huquqiy
hujjatlarni tanlash va ular fondini yuritish;
xavfli 
ishlab 
chiqarish 
obyekti 
identifikatsiya 
qilinishi, 
ekspertiza 
qilinishi 
va
deklaratsiyalanishini tashkil etish va amalga oshirish;
ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish;
berilgan ekspert xulosalari reyestrlarini yuritish;
ekspertiza bo‘yicha mehnat sarfining hisoblangan normativlari va ishlar qiymatini belgilash.
Ekspert tashkiloti sifatida Ekspertiza tizimi qoidalarini bajarayotgan va tegishli talablarga
javob beradigan mulkchilikning istalgan shaklidagi tashkilot akkreditatsiya qilinishi mumkin.
16. Quyidagilar sanoat xavfsizligi sohasida attestatsiyadan o‘tkazilgan ekspertlarning asosiy
funksiyalari hisoblanadi:
xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash ishlarini bajarish;
ekspertiza bo‘yicha ishlarni bajarish;
ekspertiza o‘tkazishda sinovlarda qatnashish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
akkreditatsiya bo‘yicha vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasining topshirig‘i bo‘yicha ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish, ular faoliyati ustidan
nazorat yo‘sinida tekshirish bo‘yicha komissiyalarda qatnashish.
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-
martdagi 195-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y.,
09/19/195/2712-son)
17. Quyidagilar xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning asosiy
funksiyalari hisoblanadi:
sanoat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlaridagi, shuningdek normativ texnik hujjatlardagi
talablarga rioya qilish;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazishni
ta’minlash;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini, shuningdek belgilangan muddatlarda va qonun
hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega bo‘lgan maxsus vakolatli
davlat organi yoki boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan ko‘rsatmasi
bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari
diagnostikasi, sinovi, tekshirilishini ta’minlash;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari identifikatsiyalanishini ta’minlash;
belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini yuritish.
18. Ekspertiza tizimi qatnashchilarining faoliyati ular to‘g‘risidagi tegishli nizomlar bilan
tartibga solinadi.
19. Ekspertiza tizimi tuzilmasi ushbu Nizomga 
ilovada 
keltirilgan.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimi
to‘g‘risidagi 
Nizomga 
 
ILOVA

Download 393,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish