Tadbirlar haqida


IV. Sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlashda putur yetkazmaydigan nazoratning roli



Download 393,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/33
Sana13.04.2022
Hajmi393,88 Kb.
#548182
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
Bog'liq
271-сон 10.12.2008. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida

IV. Sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlashda putur yetkazmaydigan nazoratning roli
Potensial xavfli obyektlar — ishlab chiqarish texnikasi va transporti, bosim ostida ishlaydigan
idishlar, quvur tarmoqlari, elektr stansiyalari, ko‘priklar, binolar va inshootlarning tayanch
konstruksiyalari, ko‘tarish qurilmalari, temir yo‘llar, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari va boshqa bir
qancha obyektlarning sifati va xavfsizligini tekshirishda putur yetkazmaydigan nazorat alohida
ahamiyat kasb etadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida binolar, inshootlar va texnika qurilmalarini
tayyorlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, montaj qilish, qurish va sanoat xavfsizligi ekspertizasi
sifati, radiatsiya xavfini o‘z vaqtida aniqlash bilan bog‘liq sanoat va radiatsiya xavfsizligini
ta’minlashning asosiy omillaridan biri sifatida putur yetkazmaydigan nazoratning roli va ahamiyati
o‘sishi ularning texnik holati, imkoniyati va bundan keyin ishlatish muddatlarini baholash zarurligi
bilan belgilanadi. Bunday obyektlarning vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan ishonchli putur
yetkazmaydigan nazorati ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish va, asosiysi, texnogen
avariyalar va halokatlar ehtimolining oldini olish imkonini beradi.
Texnika qurilmalari, binolar va inshootlar parametrlarining chetga chiqish ehtimolining, shu
jumladan buning oqibatida ish to‘xtab qoladigan yo‘l qo‘yiladigan doirasida chetga chiqishlarini
prognozlashtirish uchun ularning holatini tavsiflaydigan belgilarni aniqlash va o‘rganish,
shuningdek normal ish rejimi buzilishining o‘z vaqtida oldini olish maqsadida ular holatini
eksperimental aniqlash usullari va vositalarini ishlab chiqish xavfli ishlab chiqarish obyektlarining
ishlab chiqarish siklidagi muhim va zarur bosqich hisoblanadi hamda texnik diagnostika deb
ataladi. Putur yetkazmaydigan nazoratga asoslangan texnik diagnostika usullari texnika qurilmalari,
binolar va inshootlar ish qobiliyati va xavfsizligini nazorat qilish jarayonlarini oqilona tashkil etish
uchun qo‘llaniladi.
Texnik diagnostika ish sharoitlarida konstruksiyalar, mexanizmlar va elementlarning texnik
holati parametrlarini tadqiq etish, shuningdek normal ishlatish sharoitlarida va tabiat hodisalari
yoki (inshootni) loyihalashtirish, tayyorlash va ishlatishdagi tashkiliy xatolar bilan belgilanadigan
xavfli ish rejimlarida ularning ish qobiliyati va ishonchliligini prognozlashtirish imkonini beradi.
Putur yetkazmaydigan nazorat tizimi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan va
ishlatiladigan texnika qurilmalari, binolar va inshootlardan foydalanish xavfsizligi darajasini
oshirishda muhim bo‘g‘in, tashkil etilishi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunini 
amalga oshirishning yo‘nalishlaridan biri
hisoblangan Sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimining instrumental ishonchli isbotlovchi bazasini
ta’minlashning asosi hisoblanadi.

Download 393,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish