Milliy hisoblar tizimi – bu iqtisodiy faoliyat natijalarini makrodarajada qayd etish va uni tahlil qilish uchun foydalanadigan, o’zaro bir biriga bog’liq ko’rsatkichlar, klassifikatsiyalar va schyotlar tizimidir.
Milliy hisoblar tizimi - mamlakat iqtisodiy rivojlanishining xalqaro statistika amaliyotida qabul qilingan umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatlarning makrodarajadagi milliy mahsulotini va milliy daromadini hisoblash metodologiyasi. Milliy hisoblar tizimi jarayonlarining turli bosqichlarini va iqtisodiyotdagi eng muhim oʻzaro aloqalarni aks ettiradigan hisoblamalar va balans jadvallari toʻplamidan iborat
MHT schotlarini tuzishning umumiy qoidalari
Schyotlarning yozilish shakli buxgalteriya schyotiariga o'xshash. Ular T— ko'rinishda bo'lib. uning bir tomonida resurslarni, ikkinchi to- monida ularning ishlatilishini ifodalovchi ko'rsatkichlar yozib boriladi. Schyotlarning ikki tomoni har doim balanslashtiriladi. Balanslashtirish 2xil usu! bilan amalga oshiriladi: 1-balans usuli. ya'ni schvotning ishlatilishi tarafiga balanslashtiruvchi ko'rsatkich yoziladi. Bu ko'rsatkich keyingi schyotga resurs sifatida o'tkaziladi. Masalan. ishlab chiqarish schyotida qo‘shilgan qiymat ko'rsatkichi balanslashtiruvchi ko'rsatkich sifatida aniqlanadi va keyingi daromadlarning hosil bo'lishi schyotiga resurs sifatida yozib qo'yiladi. 2-usul 1-usuldan farq qiladi. Bu usulda schyotlarning resurs va ishlatilishi tarkibida keltiri 1 gan iqtisodiy ko’r- satkichlarning yig'indilari bir-biriga teng kelishi lozimligi asosida tuzilganligi, o'z-o'zidan bu schyotlarni muvozanatlashtiradi. Bunday schyotga misol tariqasida Tovarlar va xizmatlar yig‘ma schyotini keltirish mumkin. Bu schvotning resurslar va ishlatilishi ko'rsatkichlar tarkibi shunday tanlanganki. ular to'g'ri hisoblab topilganda ikkala tomon o'zaro muvozanatlashadi. Lekin. amaliyotda ko'rsatkichlarni aniq- lash manbalari turli va ko‘rsatkichlarni hisoblashda ekspeit baholash usullari qoilanilgani sababli “resurslar" va “ishlatilishi” ko‘rsatkichlari yig’indilari bir-biriga har doim ham teng (yoki yaqin) bo'lavermaydi. Oradagi farq, odatda. statistik xatolik deb ataladi. Bu xatolikni katta- kichikligiga qarab. hisoblarning qanday darajada aniq bajarilganligini bilish mumkin.
MHT schyotlarining tarkibi
Ishlab chiqarish schoti
Daromadlarning shakllanish schoti
Birlamchi daromadlarning taqsimoti schoti
Daromadlarni qayta taqsimlash schyot
Daromadlarni ishlatilishi schoti
Kapital xarajatlar schoti
Moliya schoti
Toovarlar va xizmatlar yig'ma schyoti