eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari ta’siridagi zonalarda bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan
aholi
punktlarining
joylashishi
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar,
ularda
deklaratsiyalanayotgan
obyektdan
uzoqdalik
va
xodimlarning
soni
ko‘rsatiladi.
Deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibiy ro‘yxati xavfli ishlab chiqarish obyektlarini
identifikatsiya qilish sohasida amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak).
2.5. “Xavfsizlik tahlili” nomli 2-bo‘limda quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) xavfli moddalarning tavsifi (moddalar, formula,
tarkibning nomi, umumiy ma’lumotlar
(molekulyar og‘irlik, qaynash harorati, zichlik) portlash xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, toksik xavflilik
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, reaksiya berish qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, moddaning hidi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar, korroziya faolligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ehtiyot choralari tavsifi,
odamlarga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar, himoya qilish vositalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, moddani zararsiz holatga o‘tkazish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, modda ta’sir
ko‘rsatgan taqdirda shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish choralari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar);
b) texnologiyalar va apparatni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ularda prinsipial
texnologik sxema, asosiy texnologik asbob-uskunalar va deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibi
bo‘yicha texnologik jarayonning qisqacha tavsifi, xavfli moddalar deklaratsiyalanayotgan
obyektning tarkibi bo‘yicha aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning
joylashish rejasi,
xavfli moddalar aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning ro‘yxati, xavfli moddalarning
asbob-uskunalar bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
v) xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha texnik yechimlarning tavsifi (asbob-uskunalarning
siyraklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va xavfli moddalarning avariya vaqtida tashqariga chiqishining
oldini olishga yo‘naltirilgan yechimlarning tavsifi, avariyalar rivojlanishining oldini olishga va xavfli
moddalarning tashqariga chiqishini lokalizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yechimlarning tavsifi,
portlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yechimlarning tavsifi, avtomatik ravishda
tartibga solish,
blokirovka qilish, signalizatsiyalar va boshqa xavfsizlikni ta’minlash vositalari
tizimlarining tavsifi);
g) xavfning tahlili (ma’lum avariyalar tahlili, avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-
sharoitlarining tahlili, avariyalar xavfini baholash).
Ma’lum avariyalar tahlilida quyidagilar bo‘lishi kerak:
1) avariyalar va deklaratsiyalanayotgan obyektda mavjud bo‘lgan nosozliklar ro‘yxati (faqat
faoliyat ko‘rsatayotgan obyektlar uchun rasmiylashtiriladi);
2) boshqa shunga o‘xshash obyektlarda mavjud bo‘lgan avariyalar yoki aylanayotgan xavfli
moddalar bilan bog‘liq avariyalar ro‘yxati;
3) sodir bo‘lgan avariyalarning asosiy sabablari tahlili.
Avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlarining tahlili quyidagilardan iborat
bo‘ladi:
1) avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga ko‘maklashuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan
sabablar va omillarni aniqlash;
2) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning namunaviy ssenariylarini aniqlash;
3) hisob-kitob qilishning qo‘llanadigan fizik-matematik modellari va usullarini asoslash;
4) avariyada qatnashuvchi xavfli moddalar miqdorini baholash;
5) shikastlovchi omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalar hisob-kitobi;
6) jabrlanganlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sonini baholash;
7) bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni baholash.
Avariyalar xavfini baholash xodimga, aholiga yetkazilgan zararning
muqarrarligini hamda
mol-mulkka va atrof tabiiy muhitga yetkazilgan ziyonni baholashdan iborat bo‘ladi.
2.6. 3-bo‘lim “Xulosalar va takliflar” quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning eng xavfli tarkiblari ro‘yxati;
b) xavf ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi eng ahamiyatli omillar ro‘yxati;
v) xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfsizlik darajasini baholash;
g) avariyalar xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni joriy etish bo‘yicha takliflar.
2.7. 4-bo‘lim “Vaziyat rejalari”da deklaratsiyalanayotgan obyektning tarkibi bo‘yicha
avariyaning mumkin bo‘lgan va eng yuqori darajadagi muqarrar (namunaviy) ssenariysi
zonalarining grafik tasviri, shuningdek joylashish zonalarini hisob-kitob qilish uchun boshlang‘ich
ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda ushbu ssenariylarning qisqacha tavsifi bo‘lishi kerak.
Vaziyat rejalarida masshtab hisobida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan obyektning sanoat maydoni (hududi);
b) tashkilotlar, aholi punktlari, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar;
v) avariyalarning shikastlovchi omillari ta’sir ko‘rsatadigan zonalar.
2.8. “Foydalanilgan manbalar ro‘yxati”da quyidagilar bo‘lishi kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: